Asosiy kapital egasi kapital qiymatini undan foydalanish
vaqti davomida qayta
tiOrtiqi. Masalan, uskuna 1000000 so’m bo’lib, undan foydalanish muddati 10 yil bo’lsa,
uning qiymati 10 yil davomida teng qiymatlarda mahsulot qiymatiga o’tkaziladi deb
qaraydigan bo’lsak, har yilgi daromaddan 100000 so’mdan amortizatsiyaga ajratish kerak
bo’ladi.
Aylanma kapital bir yil davomida o’zining butun qiymatini mahsulot qiymatiga
o’tkazib qayta tiklanadi.
Kapitalning
qiymati undan foydalanib, kelajakda qancha daromad olishga
bog’liqdir. Kelajakda ko’proq daromad olish ishtiyoqi ko’pchilikni bugungi iste’molining
bir
qismidan voz kechib, uni jamg’arishga undaydi. Jamg’arilgan mablag’ pul
ko’rinishidagi kapital sifatida biror-bir tadbirkorga ma’lum muddatga qo’shimcha qiymat
orqali qaytarilishi sharti bilan berilishi mumkin. Ushbu olingan qo’shimcha qiymatga
kapitalga olingan foiz deyiladi.
Ssuda foizi -
kapital egasiga uning kapitalidan ma’lum muddat oralig’ida
foydalanganligi uchun to’lanadigan narxdir.
Kapitaldan foydalanishni tahlil qilganda bugun sarflangan mablag’ni
kelajakda
sarflanadigan mablag’ bilan taqqoslash yoki bugun olinadigan daromad bilan kelajakda
olinadigan daromadni taqqoslash muhim ahamiyatga egadir.
Bu erda vaqt omilini
e’tiborga olish kerak bo’ladi. Bugungi sarflangan bir so’m bir yildan keyin sarflanadigan
bir so’mga teng emas. Bularni bir-biriga tenglashtirish uchun,
avval ularni bir vaqtga
keltirish zarur bo’ladi. Turli xil yillardagi harajatlarni yoki daromadlarni bir yilga
keltirishda diskont ko’paytiruvchisidan foydalaniladi.
Harajat va daromadlarni bir xil boshlang’ich vaqtga
keltirish hisob-kitoblariga
diskontirlash
deyiladi. Bunday hisob-kitoblar investitsiya loyihalarini baholashda keng
qo’llaniladi. Investitsiyalarni tahlil qilganda yillar davomida bo’ladigan
harajatlar bilan
loyihadan olinidigan daromadlarni solishtirishga to’g’ri keladi. Kelajakda olinadigan
daromadning nafi bugungi kunda olinadigan daromad nafidan kichik bo’ladi. Nima uchun
deganda, joriy daromadga (ya’ni, bugungi kundagi daromadga) kelajakda foiz bo’yicha
qo’shimcha daromad olish mumkin.
Loyihalarni tahlil qilishda loyiha qiymatini aniqlash uchun bugungi kunda qo’yilgan
kapital mablag’lar bilan loyiha amalga oshirilgandan keyin
olinadigan daromadlarni
solishtirish zarur bo’ladi. Buning uchun joriy harajatni va kelajakda olinadigan daromadni
hisob-kitob qilish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: