1-DARS “A” test TIL—IJTIMOIY HODISA
Qaysi javobda dunyoda so’z jihatdan eng badavlat til nomi berilgan?
A) arab tili B) ingliz tili C) ispan tili D) xitoy tili
Olimlarning hisob-kitoblariga ko’ra, bugungi kunda insoniyat nechta tildan muomala vositasi sifatida foydalanib kelmoqda?
A) 3000 B) 5000 C) 7000 D) 9000
Quyida ko’rsatilgan davlatlarning qaysi birida fors tili aloqa-aralashuv quroli sanaladi?
A) Tojikiston B) Qatar C) Eron D) Yaman
Ma’lumki, jamiyatdan uzilgan, insonlarning aloqa-aralashuviga xizmat qilmaydigan til o’lik til sanaladi. Qaysi javobda ana shunday til nomi berilgan?
A) boshqird tili B) shved tili
C) lotin tili D) mo’g’ul tili
Qaysi ilmiy mulohaza to’g’ri emas?
A) Til jamiyatga, ya’ni odamlarning o’zaro munosabatga kirishuviga xizmat qiladi.
B) Har qanday til asrlar davomida rivojlanib, boyib boradi.
C) Bir-biriga yaqin, umumiy jihatlari ko’p bo’lgan tillar qarindosh tillar sanaladi.
D) Dunyo tillar qarindoshligiga ko’ra til oilalariga bo’linadi.
Qaysi javoda turkiy tillar oilasiga mansub bo’lmagan tillar berilgan?
A) qoraqalpoq, turkman, qozoq
B) ozarbayjon, tatar, chuvash
C) tojik, afg’on, arab
D) gagauz, xakas, yoqut
Hozirgi Xitoy Xalq Respublikasi hududida yashayotgan turkkyzabon xalq nomi qaysi javobda qayd etilgan?
A) boshqird B) uyg’ur C) qirg’iz D) tuva
Qaysi javobda qadimgi oltoy tilidan kelib chiqmagan, tarixiy ildizlari turkiy tillar bilan tutashmaydigan til nomi qayd etilgan? A) yapon tili B) koreys tili
C) tungus-manjur tili D) xitoy tili
Turkiy tillar oilasining qarluq guruhiga mansub tillar berilgan javobni toping.
A) o’zbek, uyg’ur B) turk, turkman
C) qirg’iz, qozoq D) tojik, afg’on
Usmonli turk va ozar tili turkiy tillar oilasining qaysi guruhiga mansub?
A) qorluq guruhi B) o’g’uz guruhi
C) qipchoq guruhi D) chigil guruhi
“Ozbekiston Respublikasida davlat tiliga yoki boshqa tillarga mensimay yoki xusumat bilan qarash taqiqlanadi”.
“Davlat tili haqida”gi Qonunning nechanchi moddasida shunday deb bitilgan?
A) 1-modda B) 2-modda C) 18-modda D) 24-modda
“Davlat tili haqida”gi Qonun necha moddadan iborat?
A) 128 modda B) 96 modda C) 52 modda D) 24 modda
Qaysi javobda bir-biriga qarindosh bo’lgan tillar nomi berilgan?
A) rus, fors, ingliz B) yapon, hind, golland
C) xitoy, koreys, mo’g’ul D) afg’on, arab, turkman
Qaysi javobda xalqaro tillar nomi berilgan?
A) ingliz, ispan, fransuz, rus, arab, xitoy
B) ingliz, hind, xitoy, yapon, rus, ispan
C) xitoy, hind, ingliz, nemis, fransuz, rus
D) fransuz, nemis, ispan, italyan, ingliz, Portugal
Bugungi kunda turkiy tillar oilasi nechta tilni qamrab oladi?
A) yigitmaga yaqin B) o’ttizga yaqin
C) qirqqa yaqin D) yuzga yaqin