14- mavzu Shaxs taraqqiyotini davrlarga bo’lish
2-ma’ruza
Reja:
1.
Ijtimoiy psixologiyada shaxs kamoloti bosqichlari
haqida tasavvurlar
ishlanishi.
2.
Inson kamolotining persogenetik nazariyalari.
3.
Shaxs kamolotida nizolarning roli.
4.
Shaxs kamolotining bosqichlari.
Tayanch iboralar:
psixik rivojlanishini tabaqalashtirish, D.B.Elkonin, S.Xoll,
taraqqiyot kontseptsiyasi, rekapitulyatsiya qonuni, shaxs kamoloti fazalari.
kognitiv orientatsiya, shaxs kamoloti, persogenetik, nizo
E.Eriksonning epigenetik taraqqiyot kontseptsiyasi.
Amerikalik
psixolog
E.Erikson( 1902-1994)
ego-psixologiya yonalishining
vakili sifatida mashhurdir. Erikson nazariyasi Anna Freyd nazariyasi kabi
psixologik tahlil amaliyotidan keyin yuzaga keldi. E.Eriksonning o‟zi tan
olganiday, Yevropadan emigratsiya qilingach yashagan urushdan keyingi
Amerikada kichik
bolalardagi xavotirlilik, hindlardagi umidsizlik, urush
veteranlaridagi sarosima, natsist (german fashist)laridagi
shafqatsizlik kabi
ko‟rinishlami tushuntirish va korreksiya qilish talab qilinadi. Bu barcha
ko‟rinishlarga psixoanalitik yondoshuv nizo mavjudligini ko‟rsatdi, Z.Freydning
ishlari esa nevrotik nizolami birmuncha o‟rganilgan insoniy axloq aspekti qila oldi.
Biroq E.Erikson sanab o‟tilgan ommaviy ko‟rinishlami nevrozning faqat analogi
deb hisoblamaydi. Uning fikriga ko‟ra, insoniy "Men"ning asoslari jamiyatning
ijtimoiy uyushtirilishida ildiz otadi.
E.Erikson "Men" va jamiyat munosabatlari haqidagi psixoanalitik konsepsiyani
yaratdi.
Shu bilan birgalikda, lining konsepsiyasi - bu bolalik konsepsiyasidir.
Uzoq muddatli bolalikka ega bo‟lish aynan insonga xos. Bundan tashqari,
jamiyatning rivojlanishi bolalikning uzayishiga olib keladi. "Uzoq davom etuvchi
bolalik insonni texnik va intellektual mazmunda o‟z ishiga mohir odam qilib
qo‟yadi, biroq u insonda butun umr hissiy etilmaganlik izini qoldiradi",
- deb
yozadi E.Erikson. Е. Erikson shaxs tuzilmasini xuddi Z.Freyd kabi talqin qiladi.
Agar kundalik hayotimizning qaysidir lahzasida, deb yozadi u, biz to‟xtab,
o‟zimizdan, ayni daqiqada nimalami orzu qilganimizni so‟rasak, unda bizni qator
kutilmagan kashfiyotlar kutadi: biz taajjub bilan fahmlaymizki, bizning fikrlarimiz
va tuyg‟ularimiz nisbiy muvozanat holatidan goh u, goh bu tomonga o‟zgarib,
ikkilanishni sodir etadi. Bu holatdan bir tomonga og‟sak,
bizning fikrlarimiz biz
istagan narsaga nisbatan qator fantastik g‟oyalami tug‟diradi; boshqa tomonga
og‟gancha biz to‟satdan burch va majburiyatlar to‟g‟risidagi fikrlar hukmi ostida
qolamiz, biz endi nimalami istashimiz haqida emas,
balki nimalar qilishimiz
kcrakligini o‟ylaymiz; uchinchi holat, bu chegaralar o‟rtasida go‟yoki "jonsiz
nuqta", eflash qiyinroq. Bu erda qaerdaki biz o‟zimizni kamroq anglagan joyimiz,
E.Erikson fikriga ko‟ra, biz hammasidan ko‟ra ko‟proq o‟zligimizni anglaymiz,
o‟zimiz bo'lamiz. Shunday qilib, qachonki biz istasak - bu "U",
qachonki biz
majburmiz - bu "Boshqa Men", "jonsiz nuqta" esa - bu "Men". Bu ikki
instantsiyalar chegaralari o‟rtasida doimiy ravishda muvozanatlashgancha "Men"
odamga jadal istaklar va vijdon kuchi bilan bostirilganlar" o‟rtasida murosaga
kelish imkonini beradigan himoya mexanizmlaridan foydalanadi.