jamiyatga mos keladigan texnika turlariga o‟qiydi.
Bu bosqichda bolaga solinadigan xavf - notenglik va to‟laqonli emaslik
tuyg‟usidan iborat. E.Erikson fikriga ko‟ra, “bola
bu holatda qurollar olamida
o‟zining uquvsizligidan umidsizlikni boshidan kechiradi va o‟zini o‟rta darajasi
yoki notenglikka maxkum inson sifatida ko‟ra boshlaydi”. Agar muvaffaqiyatli
holatda ota va ona figurali, ulaming bola uchun ahamiyatliligi ikkinchi planga
o‟tadi, o‟zini maktab talablariga muvofiq emaslik tuyg‟usi paydo bo‟lganida oila
yana bola uchun boshpana bo‟ladi.
E.Erikson ta‟kidlaydiki, rivojlanuvchi bola har bir bosqichda o‟zi uchun hayotiy
muhim bo‟lgan shaxsiy asoslanganlik tuyg‟usiga kelishi kerak va uni mas‟uliyatsiz
maqtov yoki muruwatli ma‟qullash qoniqtirmasligi zarur. Uning egotengligi o‟zi
erishgan yutuqlar hayotning mazkur madaniyat uchun ahamiyatli sohalarida
namoyon bo‟lishini tushungan taqdirdagina real kuchga ega bo‟ladi.
Shaxs rivojlanishida beshinchi bosqich eng chuqur hayotiy inqirozni
xarakterlaydi. Bolalik yakuniga etdi. Bu katta
hayotiy bosqichning yakuni
egotenglikning dastlabki yaxlit shakllarining shakllanishi bilan xarakterlanadi.
Rivojlanishning uchta chizig‟i bu inqirozga olib keladi: bu shiddatli jismoniy
o‟sish va jinsiy yetilish (“fiziologik inqilob”); “boshqalar ko‟z o‟ngida men qanday
ko‟rinaman”, “men o‟zim bilan nimani aks ettiraman” kabi savollar bilan
tashvishlanish; egallangan malakalar, individual qobiliyatlar va jamiyat talablariga
javob beruvchi o‟z kasbiy iste‟dodini topish zaruriyati. Tenglikning o‟smirlik
inqirozida rivojlanishning barcha o‟talgan kritik lahzalari yana ko‟tariladi. O‟smir
endi barcha eski vazifalami ongli tarzda va ichki ishonch bilan hal qilishi zarur,
aynan shunday tanlov o‟zi va jamiyat uchun ahamiyatli. SHunda olamga ijtimoiy
ishonch, mustaqillik, tashabbuskorlik, o‟zlashtirilgan malakalar shaxsning yangi
yaxlitliligini yaratadi.
O‟spirinlik yoshi - rivojlanishning tenglikni asosiy inqirozi to‟g‟ri
keladigan
birmuncha muhim davridir. Undan keyin “kattalarga oid tenglik”ni egallash, yoxud
rivojlanishda to‟xtalish, ya‟ni “tenglik diffuziyasi” keladi.
Qachonki yosh inson jamiyatda o‟z o‟mini topishga (sinab ko‟rish va xatolar
sodir etish yo‟li bilan) intilganida o‟spirinlik va kattalarga oid holat o‟rtasida
masofani E.Erikson “psixik moratoriy” deb nomladi. Bu inqirozning o‟tkirlig
ancha erta krizislar (ishonch, mustaqillik, faollik va boshqalar) ning echilganlik
darajasi bilan bo‟lganiday, jamiyatning butun ma‟naviy muhitiga ham bog‟liq.
Bartaraf etilmagan inqoroz tenglikning keskin diffuziyasi holatiga olib keladi,
o‟spirinlik yoshining ijtimoiy patologiyasi asosini tashkil etadi.
E.Erikson bo‟yicha tenglik patologiyasi sindromi: infantil darajaga regressiya va
imkoni boricha kattalik maqomini egallashni orqaga surish istagi; g‟ira-shira, biroq
barqaror xavotirlilik holati; izolyatsiya va ma‟naviy qashshoqlik tuyg‟usi; doimiy
ravishda hayotni o‟zgartirish mumkin bo‟lgan qandaydir holatda bo‟lish; boshqa
jinsdagi shaxs bilan shaxsan muloqotda bo‟lish va hissiy ta‟sir ko‟rsatishga
layoqatsizlikdan qo‟rqish; barcha tan olingan jamoatchilik rollari - erkak va ayol
rollariga qadar dushmanlik va nafrat hissi (“uniseks”);
amerikacha va barcha
xorijiy irratsional ustunlikka nafrat (biz yo‟q bo‟lgan joyda hammasi yaxshi”
tamoyili bo‟yicha). So‟nggi holatda salbiy tenglikka, o‟z-o‟zini tasdiqlashning
yagona usuli sifatida “hech kimniki bo‟lish”ga intilish.
E.Eriksonning o‟spirinlik davriga taalluqli bir necha muhim kuzatishlarini qayd
qilamiz. Bu yoshda yuzaga keluvchi oshiqlik, E.Erikson fikri bo‟yicha, dastlab
jinsiy xarakter kasb etmaydi. “O‟spirinlik oshiqligi ahamiyatli darajada dastlab
kimdir - boshqa odamning noaniq obraziga shaxsiy proeksiyasi yo‟li bilan o‟z
tengligini aniqlashga urinish va uni aks etgan hamda aniqlashtirilgan ko‟rinishda
o‟z ko‟zi bilan ko‟rishdir, - deb hisoblaydi E.Erikson. - Mana nima uchun
o‟spirinlik oshiqligi ko‟rinishi ko‟p hollarda gap-so‟zlarga sabab bo‟ladi”. SHaxs
rivojlanishi mantig‟i bo‟yicha odamlarga muloqotda
tanlovchanlik va ijtimoiy
kelib chiqishi, didi yoki qobiliyatlari bilan farqlanuvchi barcha “begonalar”ga
nisbatan shafqatsizlik xosdir. “Ko‟pincha kostyumning maxsus qismlari yoki
o‟ziga xos imo-ishoralar “o‟ziniki”ni “begonalar”dan ajratishga yordamlashuvchi
belgi sifatida vaqtinchalik tanlanadi... bunday chidamsizlik qiyofasizlik va
qorishmalardan farqli ravishda o‟z tengligini his qilishi uchun muhofaza
hisoblanadi”, — deb yozadi u.
Egotenglikning shakllanishi yosh insonga rivojlanishning oltinchi bosqichiga
o‟tish
imkonini beradi, bu bosqich mazmuni - umr yo‟ldoshini izlash, boshqalar
bilan zich hamkorlik qilish istagi, o‟zining ijtimoiy guruhi a‟zolari bilan yaqin
do‟stona aloqalarga intilishdan iborat. Yosh inson endi o‟zining “Men”ini
yo‟qotish va qiyofasizlikdan cho‟chimaydi. Avvalgi bosqich yutuqlari ungan, deb
yozadi E.Erikson, “o‟zining tengligini boshqalar bilan aralashtirishga tayyorlik va
istash” imkonini beradi. Axloqning asosiy modalliligini to‟liq egallash atrofdagilar
bilan yaqinlashishga intilish asosi bo‟lib xizmat qiladi. Endi rivojlanish mazmunini
qandaydir organ modusi belgilamaydi, balki barcha ko‟rib chiqilgan moduslar
yangi, oldingi bosqichda paydo bo‟lgan egotenglikning yaxlit mahsulotga
bo‟ysunadi.
Yosh inson yaqinlikka tayyor, u o‟zini aniq ijtimoiy guruhlarda
boshqalar bilan hamkorlikka qodir, hatto agar bu kelishuvlaming ahamiyatli
qurbon qilishni talab etsa-da, bunday guruhli mansublikka qat‟iy amal qilish uchun
yetarlicha etik kuchga ega.
Bu bosqichning xavfli tomoni shundaki, u o‟zida yolg‟izlik, to‟liq yaqinlikni
talab qiluvchi aloqalardan qochishni aks ettiradi. Bunday buzilish, E.Erikson
fikriga ko‟ra, “fe‟l-atvoming keskin muammolari”ga, psixologik buzilishlarga olib
kelishi mumkin. Agar psixik moratoriy
bu bosqichda ham davom etsa, unda
yaqinlik tuyg‟usi o‟miga masofa saqlash, o‟z “hududi”ga, o‟zieing ichki olamiga
hech kimni qo‟ymaslikka intilish yuzaga keladi. Bu intilishlar shaxsiy sifatlarga -
ajralib yashash va yolg‟izlik tuyg‟ulariga aylanishi mumkinligi xavfi bor.
Tenglikning bu salbiy tomonlarini engib o‟tishga muhabbat yordam beradi.
E.Erikson o‟spiringa emas, ayniqsa, o‟smirga emas, balki yosh insonga nisbatan
“asl genitallik” to‟g‟risida gapirish mumkin, deb hisoblaydi. E. Erikson eslatib
o‟tadi, Freydning “genital muhabbat” farqlashini dalil qilib keltirgancha
muhabbatni jinsiy qiziqish sifatida tushunilmasligi kerak. E.Erikson muhabbatning
etuk tuyg‟usi paydo bo‟lganida va mehnatga oid faoliyatda
hamkorlikning ijodiy
muhiti o‟matilganda rivojlanishning keyingi bosqichiga o‟tishga tayyorlaniligini
ko‟rsatib o‟tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: