14- mavzu Shaxs taraqqiyotini davrlarga bo’lish 2-ma’ruza Reja



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana27.05.2022
Hajmi0,62 Mb.
#611929
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
14- mavzu Shaxs taraqqiyotini davrlarga bo’lish

to’rtinchi bosqichi
bo‟lg‟usi katta 
odamning mehnatga oid faoliyatning texnik va ijtimoiy asoslariga o‟rganishi uchun 
infantil jinsiylikning muayyan mudroq bosganligi va genital yetukliknig kechikishi 
bilan xarakterlanadi. Maktab sistematik ko‟rinishda bolani bo‟lg‟usi mehnatga oid 
faoliyat to‟g‟risidagi bilimlarga jalb qiladi, maxsus uyushtirilgan shaklda 
„texnologik tarzda” madaniyat uzatadi, mehnatsevarlikni shakllantiradi. Bu 
bosqichda bola o‟qishni xush ko‟radi va birmuncha fidokorlik bilan ushbu 
jamiyatga mos keladigan texnika turlariga o‟qiydi. 
Bu bosqichda bolaga solinadigan xavf - notenglik va to‟laqonli emaslik 
tuyg‟usidan iborat. E.Erikson fikriga ko‟ra, “bola bu holatda qurollar olamida 
o‟zining uquvsizligidan umidsizlikni boshidan kechiradi va o‟zini o‟rta darajasi 
yoki notenglikka maxkum inson sifatida ko‟ra boshlaydi”. Agar muvaffaqiyatli 
holatda ota va ona figurali, ulaming bola uchun ahamiyatliligi ikkinchi planga 
o‟tadi, o‟zini maktab talablariga muvofiq emaslik tuyg‟usi paydo bo‟lganida oila 
yana bola uchun boshpana bo‟ladi. 
E.Erikson ta‟kidlaydiki, rivojlanuvchi bola har bir bosqichda o‟zi uchun hayotiy 
muhim bo‟lgan shaxsiy asoslanganlik tuyg‟usiga kelishi kerak va uni mas‟uliyatsiz 
maqtov yoki muruwatli ma‟qullash qoniqtirmasligi zarur. Uning egotengligi o‟zi 
erishgan yutuqlar hayotning mazkur madaniyat uchun ahamiyatli sohalarida 


namoyon bo‟lishini tushungan taqdirdagina real kuchga ega bo‟ladi. 
Shaxs rivojlanishida beshinchi bosqich eng chuqur hayotiy inqirozni 
xarakterlaydi. Bolalik yakuniga etdi. Bu katta hayotiy bosqichning yakuni 
egotenglikning dastlabki yaxlit shakllarining shakllanishi bilan xarakterlanadi. 
Rivojlanishning uchta chizig‟i bu inqirozga olib keladi: bu shiddatli jismoniy 
o‟sish va jinsiy yetilish (“fiziologik inqilob”); “boshqalar ko‟z o‟ngida men qanday 
ko‟rinaman”, “men o‟zim bilan nimani aks ettiraman” kabi savollar bilan 
tashvishlanish; egallangan malakalar, individual qobiliyatlar va jamiyat talablariga 
javob beruvchi o‟z kasbiy iste‟dodini topish zaruriyati. Tenglikning o‟smirlik 
inqirozida rivojlanishning barcha o‟talgan kritik lahzalari yana ko‟tariladi. O‟smir 
endi barcha eski vazifalami ongli tarzda va ichki ishonch bilan hal qilishi zarur, 
aynan shunday tanlov o‟zi va jamiyat uchun ahamiyatli. SHunda olamga ijtimoiy 
ishonch, mustaqillik, tashabbuskorlik, o‟zlashtirilgan malakalar shaxsning yangi 
yaxlitliligini yaratadi. 
O‟spirinlik yoshi - rivojlanishning tenglikni asosiy inqirozi to‟g‟ri keladigan 
birmuncha muhim davridir. Undan keyin “kattalarga oid tenglik”ni egallash, yoxud 
rivojlanishda to‟xtalish, ya‟ni “tenglik diffuziyasi” keladi. 
Qachonki yosh inson jamiyatda o‟z o‟mini topishga (sinab ko‟rish va xatolar 
sodir etish yo‟li bilan) intilganida o‟spirinlik va kattalarga oid holat o‟rtasida 
masofani E.Erikson “psixik moratoriy” deb nomladi. Bu inqirozning o‟tkirlig 
ancha erta krizislar (ishonch, mustaqillik, faollik va boshqalar) ning echilganlik 
darajasi bilan bo‟lganiday, jamiyatning butun ma‟naviy muhitiga ham bog‟liq. 
Bartaraf etilmagan inqoroz tenglikning keskin diffuziyasi holatiga olib keladi, 
o‟spirinlik yoshining ijtimoiy patologiyasi asosini tashkil etadi. 
E.Erikson bo‟yicha tenglik patologiyasi sindromi: infantil darajaga regressiya va 
imkoni boricha kattalik maqomini egallashni orqaga surish istagi; g‟ira-shira, biroq 
barqaror xavotirlilik holati; izolyatsiya va ma‟naviy qashshoqlik tuyg‟usi; doimiy 
ravishda hayotni o‟zgartirish mumkin bo‟lgan qandaydir holatda bo‟lish; boshqa 
jinsdagi shaxs bilan shaxsan muloqotda bo‟lish va hissiy ta‟sir ko‟rsatishga 
layoqatsizlikdan qo‟rqish; barcha tan olingan jamoatchilik rollari - erkak va ayol 
rollariga qadar dushmanlik va nafrat hissi (“uniseks”); amerikacha va barcha 
xorijiy irratsional ustunlikka nafrat (biz yo‟q bo‟lgan joyda hammasi yaxshi” 
tamoyili bo‟yicha). So‟nggi holatda salbiy tenglikka, o‟z-o‟zini tasdiqlashning 
yagona usuli sifatida “hech kimniki bo‟lish”ga intilish. 
E.Eriksonning o‟spirinlik davriga taalluqli bir necha muhim kuzatishlarini qayd 
qilamiz. Bu yoshda yuzaga keluvchi oshiqlik, E.Erikson fikri bo‟yicha, dastlab 
jinsiy xarakter kasb etmaydi. “O‟spirinlik oshiqligi ahamiyatli darajada dastlab 
kimdir - boshqa odamning noaniq obraziga shaxsiy proeksiyasi yo‟li bilan o‟z 
tengligini aniqlashga urinish va uni aks etgan hamda aniqlashtirilgan ko‟rinishda 
o‟z ko‟zi bilan ko‟rishdir, - deb hisoblaydi E.Erikson. - Mana nima uchun 
o‟spirinlik oshiqligi ko‟rinishi ko‟p hollarda gap-so‟zlarga sabab bo‟ladi”. SHaxs 
rivojlanishi mantig‟i bo‟yicha odamlarga muloqotda tanlovchanlik va ijtimoiy 
kelib chiqishi, didi yoki qobiliyatlari bilan farqlanuvchi barcha “begonalar”ga 
nisbatan shafqatsizlik xosdir. “Ko‟pincha kostyumning maxsus qismlari yoki 
o‟ziga xos imo-ishoralar “o‟ziniki”ni “begonalar”dan ajratishga yordamlashuvchi 


belgi sifatida vaqtinchalik tanlanadi... bunday chidamsizlik qiyofasizlik va 
qorishmalardan farqli ravishda o‟z tengligini his qilishi uchun muhofaza 
hisoblanadi”, — deb yozadi u. 
Egotenglikning shakllanishi yosh insonga rivojlanishning oltinchi bosqichiga 
o‟tish imkonini beradi, bu bosqich mazmuni - umr yo‟ldoshini izlash, boshqalar 
bilan zich hamkorlik qilish istagi, o‟zining ijtimoiy guruhi a‟zolari bilan yaqin 
do‟stona aloqalarga intilishdan iborat. Yosh inson endi o‟zining “Men”ini 
yo‟qotish va qiyofasizlikdan cho‟chimaydi. Avvalgi bosqich yutuqlari ungan, deb 
yozadi E.Erikson, “o‟zining tengligini boshqalar bilan aralashtirishga tayyorlik va 
istash” imkonini beradi. Axloqning asosiy modalliligini to‟liq egallash atrofdagilar 
bilan yaqinlashishga intilish asosi bo‟lib xizmat qiladi. Endi rivojlanish mazmunini 
qandaydir organ modusi belgilamaydi, balki barcha ko‟rib chiqilgan moduslar 
yangi, oldingi bosqichda paydo bo‟lgan egotenglikning yaxlit mahsulotga 
bo‟ysunadi. Yosh inson yaqinlikka tayyor, u o‟zini aniq ijtimoiy guruhlarda 
boshqalar bilan hamkorlikka qodir, hatto agar bu kelishuvlaming ahamiyatli 
qurbon qilishni talab etsa-da, bunday guruhli mansublikka qat‟iy amal qilish uchun 
yetarlicha etik kuchga ega. 
Bu bosqichning xavfli tomoni shundaki, u o‟zida yolg‟izlik, to‟liq yaqinlikni 
talab qiluvchi aloqalardan qochishni aks ettiradi. Bunday buzilish, E.Erikson 
fikriga ko‟ra, “fe‟l-atvoming keskin muammolari”ga, psixologik buzilishlarga olib 
kelishi mumkin. Agar psixik moratoriy bu bosqichda ham davom etsa, unda 
yaqinlik tuyg‟usi o‟miga masofa saqlash, o‟z “hududi”ga, o‟zieing ichki olamiga 
hech kimni qo‟ymaslikka intilish yuzaga keladi. Bu intilishlar shaxsiy sifatlarga - 
ajralib yashash va yolg‟izlik tuyg‟ulariga aylanishi mumkinligi xavfi bor. 
Tenglikning bu salbiy tomonlarini engib o‟tishga muhabbat yordam beradi. 
E.Erikson o‟spiringa emas, ayniqsa, o‟smirga emas, balki yosh insonga nisbatan 
“asl genitallik” to‟g‟risida gapirish mumkin, deb hisoblaydi. E. Erikson eslatib 
o‟tadi, Freydning “genital muhabbat” farqlashini dalil qilib keltirgancha 
muhabbatni jinsiy qiziqish sifatida tushunilmasligi kerak. E.Erikson muhabbatning 
etuk tuyg‟usi paydo bo‟lganida va mehnatga oid faoliyatda hamkorlikning ijodiy 
muhiti o‟matilganda rivojlanishning keyingi bosqichiga o‟tishga tayyorlaniligini 
ko‟rsatib o‟tadi. 

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish