14- mavzu Shaxs taraqqiyotini davrlarga bo’lish 2-ma’ruza Reja


Erikson nazariyasining asosiy tushunchalari



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana27.05.2022
Hajmi0,62 Mb.
#611929
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
14- mavzu Shaxs taraqqiyotini davrlarga bo’lish

Erikson nazariyasining asosiy tushunchalari 
Eriksonning Ego rivojlanishi haqidagi tasavvurlari uning quyidagi asarlarida 
bayon etilgan.”Bolalik va jamiyat” (1950), “Identiklik: o‟spirinlik inqirozi” (1968), 
“Identiklik va hayotiy sikl” (1979), “Yetuklik” (1979) v.b. Yuqorida keltirilgan 
kitoblar nomlaridan ham ko‟rinib turibdiki, Erikson konsepsiyasida asosiy 
tushuncha - identiklikdir. 
Shaxsiy identiklik
- shaxsning yadrosi, yuragi” bo‟lib, uni 
boshqalardan farqli ravishda faqat o‟ziga o‟xshashligini tasdiqlaydigan individual 
xislatlar to‟plamidir
1

Ego identiklik-
shaxsiy Menining barqarorligi, uzluksizligi, 
yaxlitligini sub‟ektiv his qilishdir. 
Guruhiy identiklik-
ma‟lum ijtimoiy guruhga 
tegishliligini his qilishdir. Egoidentiklik va guruhiy identiklik hayot davomida 
shakllanadi. 
Eriksonning ta‟kidlashicha, identiklik shakllanishida muhim mexanizmlardan 
biri 
ritualizatsiya-
insonlar orasida ma‟lumotlar almashishda, o‟zaro aloqaga 
kirishishda xulq-atvoming takrorlanuvchi shakllaridir. Ritualizatsiya - tug‟ma 
asosga ega bo‟lib, hayot davomida murakkablashib boyib boradi. 
Erikson nazariyasining asosiy mohiyati shundan iboratki, har bir inson o‟z 
hayoti davomida sakkizta bosqichdan o‟tadi, har bir bosqichda unga ijtimoiy 
talablar qo'yilmli Ijtimoiy rivojlanishda individ oldida turgan muammolar unga 
inqirozli vu/iynlhuni tug‟diradi. Inqiroz - rivojlanishning o‟tish, burilish davri 
1
Эриксон Э. Детство и общество. Спб.2000.С.14. 


bo‟lib, inson unga ni/oni qaiutay hal qilishni bilmaydigan, kuchli, moslashuvchan 
shaxs sifatida kirishi mumkin. Odamlar rivojlanish bosqichidagi qarama-
qarshiliklami 
turlicha muvaffaqiyat va har xil tezlikda
bartaraf etadi - Erikson 
konsepsiyasining 
epigenetik tamoylli
shundan iborat Eriksonning ta‟kidlashicha, 
avlodlaming ehtiyojlari va imkoniyatlari simmetrikdir, uning konsepsiyasida 
ulaming o‟zaro bog‟liqligi aks ettirilgan. 
Rus psixologlari ishida, ijimoiy-tarixiy tajribani o‟zlashtirishi bolaning faqat 
faol faoliyatidagina sodir bo‟lishi ko‟rsatilgan. Faoliyat tushunchasining kiritilishi 
rivojlanish sub„ekti faolligiga urg„u beradi, rivojlanish muammosini sub'ektning 
o‟ziga qaratadi. L.F.Obuxova xulosasiga ko‟ra rivojlanish jarayoni bu sub„ektning 
harakati bo‟lib, predmetlardagi uning faoliyati tufayli amalga oshadi, irsiylik va 
muloqot omillari esa shaxsning individual betakrorligiga bog„bq bo‟lgan, zarur 
shart-sharoitlar hisoblanadi. Bu yerdan rivojlanishni harakatlantiruvchi kuchlar 
kategoriyasi tushunchasi yangicha izoh talqin oldi, uning asosida bolaning 
faoliyati, faoliyatni amalga oshirishda atrof-muhit olam bilan o‟zaro aloqa, faoliyat 
ichidagi qarama- qarshilikni tushuna boshlaganlar D.B.Elkonin rivojlanishning 
asosiy prinsipial yo‟lini ushbu yosh davriga muvofiq tarzda bolalar faoliyatini 
tashkillashtirishni e'tirof etib, o‟rgatishning, o‟qitishning yetakchi roli haqidagi 
g„oyani chuqurlashtirdi. Madaniy-tarixiy fenomen sifatida bolalik tarixi jamiyat 
tarixi bilan 
uyg'unlashadi.
Bolalik bu tarixiy kelib chiqish va ko‟rinishiga ega 
bo‟lgan, murakkab ijtimoiy - madaniy hodisadir. Fransuz tarixchisi F. Arlesning 
o„ziga xos tadqiqotlarida bolalik tushunchasi insoniyat tarixiy rivojlanishi 
davomida qanday shakllanganligi va turli davrlarda u nimasi bilan farqlanganligi 
ko„rsatilgan. F. Arles san‟at asarlari, badiiy asarlar, o„tgan davrdagi insonlar 
maktublarini tahlil qilgan. U ijtimoiy hayotning rivojlanishi, yangi ijtimoiy 
institutlaming paydo bo‟lishi insoniyat hayotining yosh davrlarini ajratilishiga olib 
keladi, degan xulosaga keldi. Masalan, oila ichida kichkintoyni «erkalatish» va 
«suyish» bilan bog„liq ilk bolalik davri yuzaga keladi. Ijtimoiy institut sifatida 
maktab, katta hayotga bolalarni muntazam tayyorlash majburiyatini oladi, 
maktabning sinf jamoasi bolalik va o„smir-o„spirinlik tushunchalarini («З-sinf 
o'quvchisi») «beshinchi sinfdagi» yaxshiroq farqlaydi. Harbiy xizmat va majburiy 
harbiy majburiyatning kiritilishi o„spirinlik davrini shakllanishiga ta‟sir ko'rsatadi. 
Bunday tarzda F. Arles mavjud bo„lgan davr ustiga yangi davmi qurish hisobidan, 
bolalikni uzaytirishni tarixiy tendensiyasini ko'rsatishga harakat qilgan. 

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish