o‘rim-yig‘im mashinalari
Reja:
1. Don kombaynlarining turlari
2. O‘rib-yig‘ib olingan donni qayta ishlash
1. DON KOMBAYNLARINING TURLARI
Donli ekinlarni o‘rib-yig‘ib olish qishloq xo‘jaligidagi muhim ishlardan hisoblanadi. Hosilni yig‘ib-terib olishda mashina va mexanizmlardan keng foydalanish, mashinani tanlash, rostlash ishlari o‘simliklarning turiga, holatiga ko‘p jihatdan bog‘liq.
Don ekinlarini o‘rish mashinalari yaratilganda o‘simlikning agrobiologik xossalari, o‘simlikning yangi navlari yetishtirilayotganda esa ularning mashina terimiga moslasha olishi hisobga olinadi.
Ekinlarning bir tekis rivojlanmasligi oqibatida donlarning absolut og‘irligi, namligi, o‘lchamlari, o‘simlik bilan ishlash kuchi turlicha bo‘ladi. Donni o‘simlikdan ajratuvchi kuch qiymati o‘zgarib turadi. Bu kuchning maksimumi minimumidan 10—20 marta katta. Bunday farq yig‘im-terim ishlarining boshida ko‘proq, oxirida esa kamroq bo‘ladi. O‘simlik bilan yaxshi ilashmagan donlar kichik zarb bilan urilgandayoq to‘kilib ketadi. Tup bilan qattiq ilashgan donni tupdan ajratish uchun katta kuch talab qilinadi. Yig‘im-terim oldidan bug‘doyzorlarni begona o‘tlardan tozalash don o‘rish mashinalaridan samarali foydalanishning muhim shartlaridan biridir.
Qishloq xo‘jaligida ob-havo haroratlariga, donli ekinlarning navi va holatiga qarab, hosilni yig‘ishning bir fazali (kombaynda bir yo‘la o‘rib, yanchib) va ikki fazali usullari qo‘llaniladi. Birinchi holda pishib yetilgan don kombayn yordamida yig‘ib-terib olinadi. Ikkinchi holda pishib yetilmagan don hosili o‘rib, dalaga qator uyumlab ketiladi, bir necha kundan keyin esa yig‘ilib, don boshoqlaridan ajratib olinadi (yanchiladi). Donni ikki fazali usul bilan o‘rish bir fazali o‘rishga qaraganda 5—8 kun oldin boshlanadi.
Poyalarni qirqish balandligi ekishning bo‘yiga qarab 12—25 sm tanlanadi. Bug‘doy uyumlarida to‘kiladigan don miqdori 0,5% dan, yotib qolgan g‘alla dalalarida esa 1,5% dan oshmasligi kerak.G‘allani o‘rib, qator uyumlash uchun ÆÐÑ-4,9A, ÆÂÍ7, ÆÂÍ-6, ÆÂÍ-6-12, ÆÂ-15, ÆÍÓ-4,0, ÆÁÀ-3,5A mashinalari ishlatiladi. Donli ekinlar hosilini bir yo‘la kombaynda o‘rib-yanchish uchun ÑK-6 „Kolos“, ÑK-5 „Niva“, ÑKÄ-
„Sibiryak“ va CK-4A g‘alla yig‘ish kombaynlari ishlatiladi.
Makkajo‘xori qanday maqsadlarda foydalanilishiga qarab har xil usulda: so‘ta va poyasini bir vaqtda maydalab, so‘talarini poyadan ajratib yoki poyasini maydalab, donini uqalab yig‘ib olinadi.
Yoppasiga, qatorlab va kvadrat-uyalab ekilgan makkajo‘xorini siloslash uchun o‘rib olishda 14,30 va 40 kN (1,4; 3 va 4 TÊ) klassidagi traktorlar bilan agregatlanadigan KÑ-2,6 va KÑ-1,8 „Vixr“ silos yig‘ish kombaynlaridan foydalanish mumkin, KÑÑ2,6 silos yig‘ish kombayni T-150 va T-150K traktorlari bilan agregatlanadi. Bu agregatlar oshirilgan — 3,3 m/s (soatiga 12 km) tezlikda ishlaydi va yuqori ish unumdorligini ta’minlaydi.
Qator oralari 70 va 90 sm dan qilib ekilgan makkajo‘xorini to‘liq yetilganda don uchun yig‘ishda so‘talarni bargidan tozalash, barg-poya massasini maydalash, siloslash uchun sutli-dumbul va dumbulligida so‘talarini ajratib olib yoki ajratmasdan bir yo‘la poya hamda bargi bilan maydalab yig‘ib olishda tozalash apparati bo‘lgan ikki qatorli pritsepli va T-150, T-150K traktorlarga agregatlanadigan „Xersones-7“ KOÏ-1,4B kombayn ishlatiladi. Kombaynni 2,22 m/s (soatiga 8 km) dan katta tezlikda makkajo‘xori qatorlari oralab oson boshqarish uchun u harakat yo‘lini avtomatik korrektirovka qiladigan mexanizm bilan ta’minlangan. „Xersones-7“ KOÏ-1,4B kombayni 14 va 30 kN klassdagi traktorlar bilan ham agregatlanishi mumkin.
Donli ekinlar hosilini bir yo‘la kombaynda o‘rib-yanchish uchun ÑK-6 „Kolos“, ÑK-5 „Niva“. ÑKÄ „Sibiryak“ va ÑK-1A g‘alla yig‘ish kombaynlari ishlatiladi.
Kombaynlarning tuzilishi va ishlash prinsiði asosan bir xil. Bir-biridan faqat o‘lchamlari, molotilkaning unumdorligi va agregatning ayrim qismlarining tuzilishi bilan farq qiladi.
ÑK-6 „Kolos“ kombayini unumli ishlaydi. Uning ish unumi 6—8 kg/s gacha boradi.
G‘alla hosildorligining uzluksiz ortib borishi munosabati bilan kelgusida kombaynlarning ish unumini 10—12 kg/s gacha yetkazish mo‘ljallanadi.
„Kolos“ kombayni o‘rgich, yanchish apparati, yurish qismi, gidravlik tizim, kabina va boshqa mexanizmlardan tuzilgan. Kombaynga gidravlik taxlagich, somonni maydalash va yig‘ish uchun moslama va somonni uyumlarga yig‘ish uchun qo‘llanila-
7 — M.Melibayev
digan moslamalarni o‘rnatish mumkin. Kombaynda yanchish apparatini yuklashni avtomatik boshqarish tizimi, barabanning aylanish chastotasi yurish tezligini ko‘rsatuvchi asboblar, va yorug‘lik signallari bor.
„Kolos“ kombayni uch xil ko‘rinishga ega. Ular bir-biridan yanchish barabanlarining tuzilishi bilan farq qiladi.
CK-6 kombaynida bitta savag‘ichli yanchish barabani bor
bo‘lib, kombayn normal namlik sharoitida ishlatiladi;
CK-6-II kombaynida ikkita savag‘ichli yanchish barabani
bor bo‘lib, yuqori namlik sharoitida ishlatiladi.
v) CKÏÐ-6 kombaynida bitta shtiftli va bitta savag‘ichli barabanlar bor bo‘lib, asosan qiyin yanchiladigan sholi hosilini yig‘ish uchun ishlatiladi.
Somon va mayda qiðiqlarni yig‘ish uchun agregatga gidravlik boshqariladigan g‘aramlagich tirkaladi.
„KEYS Korporeyshn“ kompaniyasining 2344 va 2366 donli ekinlarni o‘rish-yig‘ish kombayni boshoqli, dukkakli ekinlar va boshqa turdagi o‘simliklarning urug‘larini yig‘ib olishga mo‘ljallangan.
Kombayn qirquvchi va uzatuvchi, yanchuvchi va ajratuvchi, don tozalovchi, don yig‘uvchi va tarqatuvchi qismlardan tashkil topgan.
Kombaynga qamrov kengligi 4 yoki 6 m bo‘lgan xeder (o‘rish va uzatish qismi) o‘rnatilishi mumkin.
O‘rish va uzatish qismi quyidagi asosiy ishchi organlardan tashkil topgan: segment-barmoqli o‘rish organi, motovilo, shnek, striðper va qiya transportyordan iborat.
O‘rish va uzatish qismiga ikki tiðdagi, boshoqli ekinlarga— plankali va yotib qolgan yoki o‘ralib ketadigan qishloq xo‘jalik ekinlariga—universal motovilolar o‘rnatilishi mumkin. Motoviloni sozlash tezlik, balandlik va bo‘ylama holatni o‘zgartirish bilan amalga oshiriladi. Universal motovilolar uchun barmoq qadamlarini ham sozlash kerak.
Kombaynlar barmoqlarining qadami 38,1 mm va 76,2 mm bo‘lgan o‘rish apparati bilan jihozlanishi mumkin. Sholi va dukkakli ekinlar uchun 38,1 mm li, mayda donli ekinlar, kungaboqar va sorgo uchun 76,2 mm li pichoqlar tizimi tavsiya qilinadi.
Kombaynda yanchish va ajratish rotor korpusida amalga oshadi. O‘rilgan material uzatish mexanizmidan rotor qanotlariga uzatiladi. Yanchish va ajratishni rotor va barabanosti panjaralari bajaradi. Rotor donli boshoqlarni yanchadi, boshoqdan ajralgan don barabanosti panjaralarining teshiklaridan o‘z og‘irligi bilan pastga tushib ketadi.
Barabanosti panjaralari uchta seksiyadan iborat. Panjaralarning uchta bo‘lishidan quyidagi maqsadlar ko‘zlangan. Birinchidan, materialni to‘la yanchilguncha ushlab turishi, ikkinchidan, tozalash qismiga uzatiladigan donni to‘la ajrashi uchun yetarli hajmga ega bo‘lishi kerak.
Materialni rotor korpusidan o‘tishi transportyor kuraklari bilan nazorat qilinadi, kuraklarni vertikal holga keltirish o‘rilgan materialni spiral bo‘yicha qo‘shimcha harakat qilishiga, yanchish va ajratish sifatini oshirishga imkon beradi.
„Keys“ kombaynlarida egovsimon va elak brusli hamda maxsus rotorlar qo‘llanishi mumkin.
Don va makkajo‘xori yig‘adigan kombaynlar barabanosti panjarasi, elak panjaralar ustida egovsimon brusli rotorlar qo‘llaniladi. Egri va to‘g‘ri egovsimon bruslarni oziq-ovqat uchun ishlatiladigan donli ekinlarni yig‘ishda ishlatgan ma’qul, chunki bunday rotorlarda donning sinishi juda kam. Elak bruslar oldingi qismidan tez yeyiladi va ishlash muddatini uzaytirish uchun uni aylantirib qo‘yish mumkin.
Kombaynda don tozalash to‘pon va boshmoqli elaklarda amalga oshadi. To‘pon va boshqa aralashmalar havo yordamida yuqoriga ko‘tariladi va kombaynning orqa qismiga o‘tkazib yuboriladi.
Don tozalash sifatini sozlashda tozalash ventilatorining aylanishlar sonini, to‘pon va boshmoq panjaralarining o‘lchamlarini sozlashdan iborat. Qattiq shamol donni to‘ponga qo‘shib uchirib ketishi mumkin, panjaralarning o‘lchamini kichik bo‘lishi, donni elanmay qolishiga, katta bo‘lishi esa, to‘ponni donga qo‘shilib ketishiga sabab bo‘ladi.
Donni elash uchun taroqsimon shakldagi turli o‘lchamlarga ega bo‘lgan to‘pon panjaralari ishlatiladi.
Kombaynning oxirgi vazifasi tozalangan donni bunkerga yig‘ish va o‘simlik qoldiqlarini chiqarib tashlashdan iborat. Tozalangan don shnek yordamida don bunkeriga uzatiladi, o‘simlik qoldiqlari esa, rotorning oxirgi qismidan tushirish biteri yordamida somon sochgichga uzatiladi.
Somon qirqqich o‘simlik qoldiqlarini yerga ishlov berishda xalaqit bermaydigan o‘lchamgacha maydalaydi. Somon qirqqich tushirish biterining o‘rniga o‘rnatilgan.
Somon sochgichning plankalari bir necha holatlarga sozlanishi mumkin, sozlash o‘simlik qoldiqlarini dalada qanday taqsimlash kerakligiga qarab amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |