14- mavzu Shaxs taraqqiyotini davrlarga bo’lish 2-ma’ruza Reja



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/8
Sana27.05.2022
Hajmi0,62 Mb.
#611929
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
14- mavzu Shaxs taraqqiyotini davrlarga bo’lish

Ettinchi bosqich
inson hayotiy yo‟lining ulg‟aygan bosqichida markaziy bosqich 
sifatida ko‟rib chiqiladi. E.Erikson bo‟yicha shaxs rivojlanishi uning butun hayoti 
davomida davom etadi. (Eslatib o‟tamiz, Z.Freyd uchun “inson o‟z bolaligining 
jamiyat tomonidan doimiy ravishda cheklovlami his qiladigan o‟zgarmas mahsuli 
bo‟lib qoladi!”). Shaxs rivojlanishi bolalar tomonidan o‟zining boshqalarga 
kerakliligi sub‟ektiv tuyg‟usini tasdiqlaydigan ta‟sir sharofati bilan davom etadi. 
Unumdorlik va natija (naslning davom etishi) bu bosqichda shaxsning asosiy 
tavsifnomasi sifatida yangi avlod tarbiyasi to‟g‟risidagi g‟amxo‟rlikda, mahsuldor 
mehnat faoliyati va ijodkorlikda ro‟yobga chiqadi. Inson nimaiki qilsa, o‟zining 
“Men”idan bir qismini qo‟shadi va bu shaxsiy boyishga olib keladi. “Yetuk inson, 
- deb yozadi E.Erikson, — kerakli bo‟lishga ehtiyojmand bo‟ladi va yetuklik 
g‟amxo‟rlik qilish kerak bo‟lgan o‟z zurriyotlari tomonidan rahbarlik qilish va 
rag‟batlantirishga muhtoj bo‟ladi”. Bunda gap faqat o‟z bolalari to‟g‟risida borishi 


shart emas. 
Aksincha, agar rivojlanishning noxush vaziyati yuzaga kelgan holatda qoloqlik 
va sustlik, shaxsiy ma‟naviy qashshoqlikka olib keladigan o‟ziga nihoyatda yuqori 
e‟tibomi jamlash paydo bo‟ladi. Bunday odamlar o‟zlariga o‟zlarining shaxsiy va 
yagona farzandi sifatida qaraydilar. Agar sharoit bunday tendensiyaga qulaylik 
tug‟dirsa, unda shaxsning jismoniy va psixologik jihatdan nogironlashuvi 
boshlanadi. Agar oldingi bosqichlar oqimida kuchlar nisbati omadsiz tanlov 
foydasiga hal bo‟Isa, demak u awalgi bosqichlaming barcha bilan tayyorlangan. 
Takrorlanmas individuallikning bo‟lagi joylangan boshqalar to‟g‟risida 
g‟amxo‟rlik qilish, ijodiy imkoniyat, buyumlar yaratish istagi o‟z-o‟zini eb bitirish 
va shaxsiy inqirozga yuz tutishning ehtimoliy shakllanishini bartaraf etishga 
yordamlashadi. 
Hayotiy yo‟lning 
sakkizinchi bosqichi
egotenglikning yangi tugallangan 
shakllariga erishish bilan xarakterlanadi. Qay tarzdadir odamlar va buyumlarga 
nisbatan g‟amxo‟rlikni namoyon qilgan va hayotning ajralmas qismi bo‟lmish 
muvaffaqiyat hamda umidsizliklarga moslashgan, bolalar ota-onasi va buyumlar 
hamda g‟oyalar yaratuvchisida - faqat unda sekin-asta barcha etti bosqich mahsuli -
shaxs yaxlitligi aks etiladi. E.Erikson bunday qalbga oid holatning bir necha 
tarkibiy qismlarini ta‟kidlaydi: bu tartib va mazmunlilikka o‟zining sodiqligida 
o‟sib boruvchi shaxsiy ishons; bu qanday baho evaziga erishilishidan qat‟i nazar 
yashab o‟tgan hayotning ma‟naviy mazmuni va jahon miqyosidagi tartibni boshdan 
kechirish kabi postnarsistik muhabbat; bu o‟z hayotiy yo‟lini yagona kerakli va 
alishtirishga muhtoj bo‟lmagan sifatida qabul qilish; bu yangi, oldingisidan farqli, 
o‟z ota-onasiga bo‟lgan muhabbat; bu o‟tgan vaqt tamoyillari va har xil turdagi 
faoliyatga ulaming insoniy madaniyatda qay tarzda namoyon bo‟lishlariga ko‟ra 
ko‟ngil qo‟ygan munosabatdir. Bunday shaxs egasi alohida odamning hayoti faqat 
tarixning yagona bo‟lagi bilan yagona hayotiy siklning tasodifiy bir -biriga mos 
kelishi va bu fakt oldida о‟limning o‟z kuchini yo‟qotishini tushunadi. 
Donishmand hind, asl jentel‟men va vijdonli dehqon bu shaxsiy bir butunlikning 
yakuniy holatini to‟liq darajada idrok etadi va uni bir- biridan bilib oladi. 
Rivojlanishning bu bosqichida E.Erikson o‟lim oldida hayotga chetlashgan 
qiziqish sifatida ta‟rif bergan oqillik vujudga keladi. 
Aksincha, bu shaxsiy integratsiyaning yo‟qligi o‟lim qo‟rquviga olib keladi. 
Umidsizlik yuzaga keladi, shaxsiy yaxlitlikka boshqa yo‟llar bilan erishish niyatida 
hayotni yangidan boshlash uchun nihoyatda kam vaqt qolgan. Epigenez davomida 
asosiy vazifalami hal qilishda ijobiy va salbiy tendensiyalaming kurashi natijasida 
shaxsning asosiy “yaxshi fazilatlari” shakllanadi. Biroq modomiki ijobiy tuyg‟ular 
doimo mavjud bo‟larkan va bir-biriga qarshi turarkan, unda “yaxshi fazilatlar” ham 
ikki qutbga ega bo‟ladi. Demak, asosli ishonch asosli ishonchsizlikka qarshi UMID 
- YIROQLASHISHni; uyat va shubhaga qarshi avtonomlik - IRODA - 
TA‟SIRCHANLIKni; aybdorlikka qarshi tashabbuskorlik - MAQSADGA 
INTILUVCHANLIK - LOQAYDLIKni; shaxsiy to‟laqonli emaslikka qarshi 
mehnatsevarlik - KOMPETENTLIL1K - INERSIYAni; tenglik diffuziyasiga 
qarshi tenglik - SADOQAT - VOZ KECHISHni; yolg‟izlikka qarshi yaqinlik - 
MUHABBAT - ODAMOVILIKni; o‟z-o‟zini eb bitirishga qarshi natija - 


G‟AMXO‟RLIK - RAD ETISHni; hayotga qiziqishni yo‟qotishga qarshi 
egointegratsiya - OQILLIK - NAFRATni tug‟diradi. 
E.Erikson 3.Freydning izdoshi. AQSH ning 200 yilligiga bag‟ishlab nashr 
qilingan “Mashhur amerikaliklar lug‟ati”da u “Freyddan keyin psixoanalitik 
an‟anada ishlaganlar ichida ijodiy munosabatda birmuncha yorqin” shaxs sifatida 
tilga olingan. D.N.Lyalikov ta‟kidlaganidek, E.Eriksonda birmuncha qadrlisi - bu 
uning ta‟limotidagi asosiy mag‟iz, ya‟ni shaxsiy va guruhli tenglik, psixik 
moratoriya tushimchalarini ishlab chiqqani, tenglikning o‟spirinlik inqirozi 
to‟g‟risidagi ta‟limotidir. E.Erikson o‟zini Freyd konsepsiyasini kengaytirgan, 
uning doirasidan chiqqan deb hisoblaydi. Birinchidan, u urg‟uni “UNDAN” 
“MENGA” ko‟chirdi. E.Erikson so‟zlari bo‟yicha uning “Bolalik va jamiyat” 
kitobi - “Men”ning jamiyatga munosabati to‟g‟risidagi psixoanalitik ishdir. 
E.Erikson anglanmagan motivatsiya g‟oyasini qabul qiladi, biroq o‟z tadqiqotlarini 
asosan ijtimoiylashuv jarayoniga bag‟ishlaydi. Ikkinchidan, E.Erikson bola 
rivojlanadigan yangi tizimni kiritadi. 3.Freyd uchun bu uchburchak: bola-ona-ota. 
E.Erikson rivojlanishni “Men” rivojlanadigan tarixiy reakllikni ta‟kidlagancha 
ijtimoiy munosabatlaming hiyla keng tizimida ko‟rib chiqadi. U oila a‟zolari va 
ijtimoiy-madaniy reallik o‟rtasidagi munosabatlar dinamikasiga taalluqli. 
Uchinchidan, E.Erikson nazariyasi vaqt va uning o‟zi mansub bo‟lgan jamiyat 
talablariga javob beradi. E.Eriksonning maqsadi - psixologik hayoti inqirozlami 
bartaraf etish uchun genetik imkoniyatlami aniqlaydi. Agar Z.Freyd o‟z ishlarini 
patologik rivojlanish etiologiyasiga bag‟ishlagan bo‟lsa, unda E. Erikson asosiy 
e‟tibomi psixoanalitik nazariyaga yangi yo‟nalish bergancha psixologik 
inqirozlami muvaffaqiyatli hal qilish shartlarini o‟rganishga jamladi. 
E.Eriksonning konsepsiyasi shaxs hayotiy yo‟lining epigenetik konsepsiyasi deb 
nomlanadi. Ma‟lumki, epigenetik tamoyil embrional rivojlanishni o‟rganishda 
foydalaniladi. SHu tamoyilga ko‟ra barcha o‟sayotgan narsa umumiy rejaga ega. 
Bu umumiy rejadan kelib chiqqancha, alohida qismlar rivojlanadi. SHu bilan 
birgalikda, ulaming har biri imtiyozli rivojlanish uchun birmuncha yoqimli davrga 
ega. Barcha qism rivojlanib, fimksional yaxlitlikni shakllantirmaguncha shunday 
davom etadi. Biologiyada epigenetik konsepsiyalar yangi shakl va tuzilmalaming 
yuzaga kelishida tashqi omillaming rolini ta‟kidlaydi. E.Erikson nuqtai nazari bilan 
bosqichlaming izchilligi - biologik yetilish natijasi, biroq rivojlanish mazmuni 
inson mansub bo‟lgan jamiyat undan nimani kutishi bilan beglilanadi. E.Erikson 
bo‟yicha har qanday odam, u qanday madaniyatga mansub bo‟lmasin, bu barcha 
bosqichlami o‟tashi mumkin, hammasi uning hayoti qanday davomlilikka ega 
ekani bilan bog‟liq. 
Amalga oshirilgan ishlami baholagancha E.Erikson uni davrlarga bo‟lishni 
shaxs nazariyasi sifatida ko‟rib chiqib bo‟lmaydi. Uning fikriga ko‟ra bu faqat 
bunday nazariya yaratishga kalit, xolos. 
Erikson sxemasining diagonali shaxs rivojlanishi bosqichlarining ketma-
ketligini ko‟rsatadi, biroq uning shaxsiy so‟zlari bo‟ycha u tezlik va jadallikda 
variatsiya uchun bo‟shliq qoldiradi. 
“Epigenetik diagramma bir biriga bog‟liq bo‟lgan bosqichlar tizimini sanab 
o‟tadi va garchi individual bosqichlar kam yoki ko‟p izchillik bilan tadqiq etilgan 


yoxud kam yoki ko‟proq munosib tarzda nomlangan bo‟lsa-da bizning 
diagrammamiz tadqiqotchiga ulami o‟rganish qachonki bosqislaming bor tizimini 
yaxlit holda inobatga olganda maqsadga erishtirishini aytib beradi... Diagramma 
uning barcha bo‟sh kvadratlarini fikrlashga undaydi”. Shunday qilib, E.Erikson 
so‟zlariga ko‟ra “epigenez sxemasi metodologiya va frazeologiya qismlarini 
kelgusida o‟rganish uchun ochiq qoldirgancha tafakkur va mulohaza qilishning 
global shaklini nazarda tutadi”. 
E.Erikson konsepsiyasining bayonini uning suyukli faylasufi K‟erkegoming: 
“Hayot teskari tartibda tushunilishi mumkin, biroq uni boshidan yashash kerak”, - 
dcgan so‟zlari bilan yakunlash mumkin 
 

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish