Shaxs rivojlanishining psixoijtimoiy bosqichlari
E.Erikson o‟zining birinchi yirik va o‟ta mashhur ishida yozgandiki, shaxsiy
individuallilikni o‟rganish XX asming ikkinchi yarmida XIX asr oxirida Z.Freyd
vaqtidagi shahvoniyatga berilganlikni o‟rganish qanday bo‟lgan bo‟lsa, shunday
strategik masala bo‟ldi. "Turli tarixiy davrlar, - deb yozadi u, - bizga insoniy
shaxsning o‟z mohiyatiga ko‟ra ajralmas qismi yuzasidan turli jihatlami vaqtga oid
keskinlikda ko‟rish imkonini beradi”.
E.Erikson bo‟yicha shaxs hayotiy yo‟lining bosqichlari taqdim etilgan.
Hayotiy siklning har bir bosqichi uchun jamiyat tomonidan oldinga suriladigan
maxsus vazifa xarakterlidir. Jamiyat hayotiy siklning turli bosqichlarida rivojlanish
mazmunini ham belgilaydi. Biroq E.Eriksonga muvofiq vazifaning echimi
shaxsning psixologiik harakatlantiruvchi rivojlanishda erishgan darajasi kabi u
yashayotgan jamiyatning umumiy ma‟naviy muhitiga ham bog‟liq.
Go‟daklik yoshining vazifasi - olamga asosli ishonchni shakllantirish, bir-
biridan ajralganlik va begonalashish tuyg‟usini bartaraf etishdan iborat. Ilk yosh
vazifalari - shaxsiy erkinligi va mustaqilligi uchun o‟z harakatlaridan kuchli
shubhalanish va uyat tuyg‟usiga qarshi kurashdan iborat. O‟yinli yoshning
vazifalari - faol tashabbusning va ayni vaqtda o‟z istaklari uchun aybdorlik hamda
axloqiy mas‟uliyat hissini boshdan kechirishning rivojlanishi. Maktabda o‟qish
davrida yangi vazifa - o‟z no‟noqligi va foydasizligini anglashga qarshi turuvchi
mehnatsevarlik va mehnat qurollari bilan muomala qila olish malakasining
shakllanishi sodir bo‟ladi. O‟smirlik va ilk o‟spirinlik yoshida dastlabki yaxlit
o‟zini va olamdagi o‟z o‟mini anglash vazifasi; bu vazifani hal qilishdagi salbiy
qutb - shaxsiy “Men”ini (“bir xillik diffuziyasi”) tushunishda ishonchsizlik paydo
bo‟ladi. O‟sprinlikning oxiri va yetuklikning boshlanishidagi vazifalar - umr
yo‟ldoshini izlash va yolg‟izlik tuyg‟usini bartaraf etuvchi yaqin do‟stona
aloqalami o‟matishdan iborat.
Yetuklik davri vazifasi - insondagi ijodiy kuchning qoloqlik va turg‟unlikka
qarshi kurashuvi. Keksalik davri hayotdan ehtimoliy ixlosi qaytish va o‟sib
borayotgan umidsizlikka qarama-qarshi tarzda o‟zi, o‟z hayotiy yo‟li to‟g‟risidagi
yakuniy yaxlit tasawuming shakllanishi bilan xarakterlanadi.
E.Erikson bo‟yicha bu har bir vazifaning yechimi ikkita oxirgi qutb o‟rtasida
muayyan dinamik nisbat o‟matishga olib keladi. Shaxs rivojlanishi - bu
rivojlanishning keyingi bosqichiga o‟tishda so‟nmaydigan oxirgi imkoniyatlar
kurashining natijasidir. Rivojlanishning yangi bosqichidagi bu kurash yangi, ancha
dolzarb vazifalar yechimi bilan bostiriladi, biroq tugallanganlik hayotiy
omadsizliklar davrida o‟zi haqida eslatadi. Har bir bosqichda erishilgan
muvozanatlar o‟zida egotenglikning yangi shakllarini aks ettiradi va sub‟ektni
ancha keng ijtimoiy muhitga kirish imkonini ochadi. Bolani tarbiyalashda “salbiy”
tuyg‟ulaming hamisha mavjudligi va butun hayot davomida “ijobiy” tuyg‟ularga
dinamik zid a‟zo bo‟lib xizmat qilishini unutmaslik zarur.
Egotenglikning bir shaklidan boshqasiga o‟tish tenglik inqirozini uyg‟otadi.
E.Erikson bo‟yicha inqirozlar - bu shaxsning kasalligi, nevrotik buzilishlar
ko‟rinishi eraas, balki “progress (istiqbol) va regress (inqiroz), integratsiya va
sustlik o‟rtasidagi tanlov lahzalari”, “aylanish punktlari”dir.
Psixoanalitik amaliyot E.Eriksonni hayotiy tajribani o‟zlashtirish bolaning
dastlabki tanaga oid taassurotlari asosida amalga oshishiga ishontirdi. Aynan
shuning uchun u “organ modusi” va “axloq modalligi” tushunchalariga katta
ahamiyat berdi. “Organ modusi” tushunchasi Z.Freyd ortidan E.Erikson tomonidan
jinsiy quvvatning to‟planish doirasi sifatida ta‟riflandi. Rivojlanishning aniq
bosqichida jinsiy quwat bilan bog‟lik organ rivojlanishning muayyan modusini
bunyodga keltiradi, ya‟ni shaxsning ustunlik qiluvchi sifatining shakllanishiga olib
keladi. Erogen zonalarga muvofiq tortish, tutib qolish, bostirib kirish va qo‟shilish
moduslari mavjud. Bolalar tarbiyachida zonalar va ulaming moduslari, deb
ta‟kidlaydi E.Erikson, bolaning ilk tanaga oid tajribasiga ahamiyat beruvchi har
qanday madaniy tizimning diqqat markazida turadi. Z.Freyddan farqli ravishda
E.Erikson uchun organ modusi - psixik rivojlanish uchun dastlabki nuqta,
turtkigina, xolos. Qachonki jamiyat o‟zining shaxsiy institutlari (oila, maktab va
boshqalar) orqali ushbu modusga alohida mazmun berarkan, uning ahamiyatini
“begonalashuvi”, organdan ajralish va axloq modalligiga aylanishi sodir bo‟ladi.
Shunday qilib, moduslar orqali psixojinsiy va psixoijtimoiy rivojlanish amalga
oshiriladi.
Moduslaming tabiat aqli bilan shartlangan xususiyatlari shundan iboratki,
dimnmg ishlashi uchun boshqa ob‟ekt yoki inson zarur. Demak, bola hayotining
dnsilabki kunlarida “og‟zi orqali yashaydi va sevadi”, ona esa “o‟z ko‟kragi orqali
yiislmydi va sevadi" Ovqatlantirish vaqtida bola hamkorlikning ilk tajribasini
oladi: uning “og'iz orqali olish" qobiliyati ona tomonidan javobga uchraydi.
Slluni ta'kidlash kerakki, E.Erikson uchun oral zona emas, balki o‟zaro
harakatning nafaqat “og‟iz orqali”, balki butun “sensor zonalar orqali olish
qobiliyati”dan iborat oral usuli muhim. E.Erikson uchun og‟iz - bolaning faqat
uning rivojlanishidagi eng birinchi pog‟onasidagina olamga munosabati fokusidir.
Organ modusi - “olish” o‟zining kelib chiqish zonasidan ajraladi va boshqa sensor
hissiyotlar (taktil, ko‟rish, eshitishga oid va boshqalar) ga tarqatiladi, buning
natijasida axloqning psixik modalligi - “so‟rish” shakllanadi.
Z.Freyd kabi go‟daklik yoshining ikkinchi bosqichini E.Erikson tishlaming
yorib chiqishi bilan bog‟laydi. Shu lahzadan boshlab, “so‟rish” qobiliyati ancha
faol va yo‟naltirilgan bo‟ladi. U “tishlash” modusi bilan xarakterlanadi.
Begonalashgancha modus o‟zida passiv olishni siqib chiqarib, bola faolligining
barcha turlarida namoyon bo‟ladi. “Dastlab taassurotlami o‟z-o‟zidan bo‟ladigan
kabi ko‟rinishda qabul qilishga tayyor bo‟lgan ko‟zlar fokusni to‟g‟rilash, ajratish
va ancha xira fondan ob‟ektni “ushlab olish”ga, uni kuzatishga o‟rganadilar, - deb
yozadi E.Erikson. - Shunga o‟xshab, quloqlar ahamiyatli tovushlami tanishga,
ulaming tarqalishini cheklash va ularga yo‟nalish bo‟yicha izlovchi o‟girilishni
boshqarishga, xuddi shunday qo‟llar ham maqsadli yo‟nalgan holda cho‟zilishga,
panjalar esa “qattiq tutib olish”ga o‟rganadi”. Modusning butun sensor zonalarga
tarqalishi natijasida axloqning ijtimoiy modalliligi - “buyumlami olish va tutib
turish” shakllanadi. U qachonki bola o‟tirishni boshlaganida namoyon bo‟ladi.
Barcha bu yutuqlar bolaning o‟zini alohida shaxs sifatida ajratishiga olib keladi.
Ego o‟xshashlikning bu birinchi shaklining rivojlanishi barcha keyingilari kabi
rivojlanish inqirozi bilan birga boradi. Bola hayotining birinchi yili oxirida uning
ko‟rsatkichlari: tishlaming yorib chiqishi, o‟zini alohida shaxs sifatida anglashning
o‟sishi, onaning kasbiy mashg‟ulotlar va shaxsiy qiziqishlarga qaytishi natijasida
“ona - bola” ikkiligining zaiflashuvi tufayli umumiy zo‟riqish. Bu inqiroz agar bola
hayotining birinchi yilini oxirida bolaning olamga bo‟lgan asosli ishonchi va asosli
ishonchsizligi o‟rtasidagi nisbat birinchisi foydasiga yuzaga kelsa, oson engib
o‟tiladi. Go‟dakda ijtimoiy ishonch belgilari yengil ovqatlantirish, chuqur uyqu,
ichaklaming me‟yoriy ishlashida namoyon bo‟ladi. E.Erikson fikriga ko‟ra,
dastlabki ijtimoiy yutuqlarga bolaning o‟ta xavotir yoki jahl qilmasdan onasini
ko‟rinmay qolishiga imkon berishga tayyorlikni ham kiritish mumkin, chunki
onaning mavjud bo‟lishi bolaga ichki ishonch bo‟lsa, uning yana paydo bo‟lishi
oldindan aytiladigan hodisa bo‟ladi. Aynan shu doimiylik, uzluksizlik va tadrijiylik
kichkina bolada shaxsiy tenglikning boshlang‟ich tuyg‟usini shakllantiradi.
Olamga ishonch va ishonchsizlik o‟rtasidagi nisbat dinamikasi yoki E.Erikson
so‟zlari bilan aytganda, “dastlabki hayotiy tajribasidan chiqarilgan ishonch va
umid miqdori”, ovqatlantirish xususiyatlari bilan emas, balki bolani parvarishlash
sifati, go‟dakka g‟amxo‟rlikda namoyon bo‟ladigan onalik mehri va nazokati bilan
belgilanadi, bunda muhim shart onaning o‟z harakatlariga ishonchi hisoblanadi.
“Ona o‟z bolasida o‟zining madaniyatida mavjud bo‟lgan hayotiy uslub doirasida
unga butkul shaxsiy ishonchning qattiq tuyg‟usi bilan bolaning ehtiyojlari haqida
ta‟sirchan g‟amxo‟rlikni o‟zida birlashtiradigan murojaat turi bilan ishonch
tuyg‟usini bunyod etadi”, - deb ta‟kidlaydi E.Erikson.
E.Erikson turli madaniyatlarda “ishonchning turli sxemalari” va bola
parvarishining turli an‟analarini aniqladi. Bir xil madaniyatda ona hissiy jihatdan
juda noziklikni namoyon etadi, go‟dakni qachonki u yig‟lab, qaysarlik qilganida
yo‟rgaklamay, ovqatlantiradi. Boshqa madaniyatda aksincha, tarang qilib siqib
yo‟rgaklanadi, bolaga “uning o‟pkasi kuchli bo‟lishi uchun” chinqirish va
yig‟lashga qo‟yib beriladi. Parvarishning bu usuli, E.Erikson fikriga ko‟ra, ms
madaniyatiga xos.
Bu bilan, deydi E.Erikson, ms millatiga mansub odamlaming o‟ziga xos
ifodaliligi tushuntiriladi. Dehqon oilalarida qabul qilinganidek, tarang siqib
yo‟rgaklangan bola nigohlari orqali olam bilan aloqa qilishning asosiy usuliga ega.
Bu an‟analarda E.Erikson jamiyatning o‟z a‟zosini qanday ko‟rishni istashi bilan
chuqur aloqani aniqlaydi. Xullas, bitta hind qabilasida E.Erikson onaning qachonki
bola uning ko‟kragini tishlaganida, bolani kuchli yig‟lashga etgunicha boshiga
urishini payqagan. Hindlar bunday usulni yaxshi ovchini tarbiyalashga
ko‟maklashadi, deb hisoblaydilar. Bu misollar E.Eriksonning insoniy mavjud
bo‟lishlik uyushtirishni bir- birini to‟ldirishi zarur bo‟lgan uchta jarayoniga bog‟liq
ekanligi to‟g‟risidagi fikrini yaqqol tasdiqlaydi: bu - tanani tarkibiy qismi bo‟lgan
organik tizimlami (soma) ierarxik uyushtirishning biologik jarayoni; egosintez
(psixika) vositasida individual tajribani uyushtimvchi psixik jarayon; o‟zaro
bog‟langan odamlami madaniy uyushtirishning ijtimoiy jarayoni (etos). Erikson
har qanday insoniy turmush hodisalami bir butunlikda tushunish uchim barcha shu
uchta yondoshuv zarur ekanini, ayniqsa, ta‟kidlab o‟tadi.
Ko‟pgina madaniyatlarda bolani muayyan vaqtda ko‟krakdan ajratish qabul
qilingan. Ma‟lum bo‟lganiday, klassik psixoanalizda, bu hodisa oqibati butun
umrga tatiydigan eng chuqur bolalar jarohatlaridan biri sifatida qaraladi. Biroq,
E.Erikson bu hodisani bunchalik fojiaviy baholamaydi. Uning fikriga ko‟ra, asosli
ishonchni ovqatlantirishning boshqa shakllarida ham qo‟llab-quwatlash mumkin.
Agar bolani qo‟lga olsalar, uni tebratsalar, jilmaysalar, u bilan gaplashsalar, bolada
bu bosqichning barcha ijtimoiy rnuvaffaqiyatlari shakllanadi. Bunda ota-onalar
bolani majburlash va taqiqlash yo‟llari bilan boshqarmasliklari zamr, ular bolaga
“o‟zlari u bilan hozir qilayotganlarida qandaydir qiymat borligiga chuqur va
deyarli organik ishonch”ni bera olishlari lozim. Biroq hatto o‟ta yoqimli holatlarda
ham frustratsiyani chorlovchi taqiq va cheklovlardan qochib bo‟lmaydi. Ular
bolada rad etilganlik tuyg‟usini qoldiradi va olamga asosli ishonchsizlik uchun
asosni yuzaga keltiradi.
Shaxs rivojlanishining ikkinchi bosqichi E.Erikson fikriga ko‟ra bolaning o‟z
avtonomligi va mustaqilligini shakllanishi hamda himoya qilishidan iborat. U bola
yurishni boshlagan lahzadan boshlanadi. Bu bosqichda lazzat olish zonasi anus
bilan bog‟liq. Anal (orqa teshikka oid) zona ikkita qarama-qarshi modusni yaratadi
- tutib turish modusi va bo‟shashish modusi. Jamiyat bolani tozalikka o‟rgatishga
alohida ahamiyat bergancha bu moduslaming ustunlik qilishi, ulaming o‟z
organidan ajralishi va saqlash hamda yo‟q qilish kabi axloq modallariga aylanishi
uchun sharoit yaratadi. Jamiyat tomonidan unga berilgan qiymat “Sfinkterli
nazorat” uchun kurash natijada o‟zini harakatga soluvchi imkoniyatlarini egallash,
o‟zining yangi, avtonom “Meri‟ini tasdiqlash uchun kurashga aylanib boradi.
Mustaqillikning o‟sib bomvchi tuyg‟usi yuzaga kelgan olamga asosli ishonchga
zarar etkazmasligi zamr.
Ota-ona tomonidan nazorat bu tuyg‟uni bolaning go‟yoki o‟zining yangi
imkoniyatlari kuchini sinab ko‟rayotgandek o‟sib boruvchi istaklari - talab qilish,
o‟zlashtirish, parchalashni cheklash orqali saqlab qolish imkonini beradi.
“Tashqi qat‟iylik bolani hali mashq qiliranagan farqlash tuyg‟usi, uning
ehtiyotkorona tutib turish va qo‟yib yuborishga layoqatsizligi tomonidan potensial
anarxiyadan muhofaza qiladi”, - deb yozadi E.Erikson. Bu cheklovlar, o‟z
navbatida, salbiy uyat va shubha tuyg‟ulari uchun asos yaratadi.
E.Erikson fikriga ko‟ra uyat tuyg‟usining paydo bo‟lishi o‟z-o‟zini anglashning
yuzaga kelishi bilan bog‟liq, chunki uyat sub‟ektning butkul hamma ko‟rishi uchun
qo‟yilganligi va uning o‟z holatini tushunishini ko‟zda tutadi. “Uyatni his
qilayotgan kimsa butun olamni uni ko‟rmasligi, uning “yalang‟ochligi”ni
sezmasligiga majburlashni istagan bo‟lardi, - deb yozadi E.Erikson, - u butun
olamning ko‟r bo‟lishini istardi. Yoki, aksincha, o‟zi ko‟rinmas bo‟lib qolishni
istaydi”. Bolani yomon qiliqlari uchun jazolash va uyaltirish uni “olam nigohi unga
qadalgan”ligi tuyg‟usiga olib keladi. “Bola butun olamni unga qaramaslikka
majburlashni istagan bo‟lardi”, biroq bu mumkin emas. SHuning uchun uning
yomon qiliqlarini ijtimoiy ma‟qullamaslik bolada “dunyoning ichki ko‟zi” — o‟z
xatolari uchun uyatni shakllantiradi. E.Erikson so‟zlariga ko‟ra “shubha uyatning
ukasidir”. Shubha shaxsiy tana old va orqa tomonlarga ega ekanini anglash bilan
bog‟liq. Orqa bolaning o‟zini ko‟rishi amalga oshmaydigan tomon va uning
avtonomiyaga intilishini cheklashi mumkin bo‟lgan butkul boshqa odamlaming
irodasiga bo‟ysundirilgan. Ular bolaning o‟zigagina qoniqish va yengillik
beradigan ichaklaming vazifalarini “yomon” deydilar. Shu erdan insonning
kelgusidagi hayotida orqada qoldiradiganlari shubha va irratsional qo‟rquv uchun
asos bo‟ladi.
Mustaqillik tuyg‟usining uyat va shubhaga qarshi kurashi boshqa odamlar bilan
hamkorlik qilish va o‟zinikida qat‟iy turish, o‟z-o‟zini ifodalash erkinligi va uni
cheklash qobiliyatlari o‟rtasida nisbat o‟matishga olib keladi. Bosqich oxirida bu
qarama-qarshiliklar o‟rtasida harakatli muvozanat shakllanadi. U agar ota-onalar
va yaqin kattalar bolani o‟ta boshqargancha uning avtonomiyaga bo‟lgan intilishini
bostirganlarida ijobiy bo‟ladi. “Ijobiy o‟z-o‟zini baholashni saqlab qolishda
o’z-
o’zini
nazorat qilish tuyg‟usidan hayrihoxlik va faxrning barqaror tuyg‟usi; o‟z-
o‟zini nazorat qilishning yo‟qolishi va begona tashqi nazoratdan barqaror
shubhalanish va uyatga moyillik tug‟iladi”, - deb taukidlaydi E.Erikson.
Bostirib kirish va kirishish moduslari shaxs rivojlanishining uchinchi - infantil-
genital bosqichida axloqning yangi modalliligini yaratadi. “Borliqqa quwatli
ko‟chib o‟tish vositasida, boshqalar tanasiga jismoniy hamla qilish vositasida,
boshqa odamlaming qulog‟i va qalbiga tajovuzkor tovushlar vositasida,
noma‟lumga xos qiziquvchanlik vositasida bostirib kirish, E.Erikson ta‟rifl
bo‟yicha shundayki, maktabgacha yoshdagi bola o‟z axloqiy reaksiyalarining bitta
qutbda, boshqa qutblarida u atrofdagilarga nisbatan ta‟sirchan, tengdoshlari va
kichkina bolalar bilan nozik va g‟amxo‟r munosabatlami o‟matishga tayyordir”.
Z.Freydda bu bosqich fallik yoki Edip nomlanishini olgan. E.Erikson fikriga ko‟ra,
bolaning o‟z genitaliyasiga qiziqishi, o‟zining jinsiy mansubligini anglashi va
qarama-qarshi jinsdagi ota-onalar bilan munosabatda ota (ona) o‟mini egallashga
intilishi - bola rivojlanishining bu davrdagi xususiy lahzasidir. Bola zo‟r ishtiyoq
bilan va faol atrof olamni o‟rganadi; tasavvurdagi, modellashtirilgan vaziyatlami
yaratgancha, o‟yinda, bola tengdoshlari bilan birgalikda “madaniyatning iqtisodiy
etosi”ni, ya‟ni ishlab chiqarish jarayonida odamlar o‟rtasidagi munosabatlar
tizimini o‟zlashtiradi. Buning natijasida bolada kattalar bilan birgalikda real
faoliyatga kirishish, kichkinalik rolidan chiqish istagi shakllanadi. Biroq kattalar
bola uchun hamma narsaga qodir va aql bovar qilmaydigan bo‟lib qoladilar, ular
uyaltirishlari va jazolashlari mumkin, qarama-qarshiliklaming bu tugunida faol
tadbirkorlik va tashabbuskorlik sifatlari shakllanishi zarur.
Tashabbuskorlik tuyg‟usi, E.Erikson fikriga ko‟ra, barchaga baravar taalluqli
xarakterga ega. “Tashabbuskorlik so‟zining o‟zi, - deb yozadi E.Erikson, -
ko‟pchilik uchun amerikacha va tadbirkorlik alomatiga ega. SHunga qaramay,
tashabbuskorlik har qanday harakatning zaruriy jihati hisoblanadi va
tashabbuskorlik odamlarga hamma narsada - nima bilan shug‟ullansalar va nimani
o‟rgansalar, mevalami yig‟ishdan boshlab, erkin tadbirkorlik tizimi bilan
tugagunga qadar zarurdir”.
Bolaning tajovuzkor axloqi o‟z ortidan tashabbuskorlikning cheklanishi va
aybdorlik hamda xavotirlilik tuyg‟usining paydo bo‟lishini boshlab keladi. Xullas,
E.Erikson bo‟yicha axloqqa yangi ichki bosqichlar - vijdon va o‟z xayollari hamda
harakatlari uchun axloqiy mas‟uliyat joylanadi. Rivojlanishning aynan shu
bosqichlarida boshqa hech birida bo‟lmagandek, bola tez va zo‟r ishtiyoq bilan
o‟qiydi. "U konstruksiyalash va rejalashtirish maqsadlari uchun boshqa bolalar
bilan birgalikda harakatlanishi, birlashishi mumkin va buni istaydi hamda u o‟z
o‟qituvchisi bilan muloqotdan foyda olishga intiladi, shuningdek, har qanday ideal
prototipdan o‟zib ketishga tayyor bo‟ladi”, - deb ta‟kidlaydi E.Erikson.
Shaxs rivojlanishining psixologik tahlil “latent davr”, E.Erikson esa -
“psixojinsiy moratoriya vaqti” deb ataydigan
Do'stlaringiz bilan baham: |