me`yorlari va etik tamoyillar REJA: Amaliy va nazariy psixologiya haqida umumiy tushuncha.
Amaliy psixolog faoliyatining asosiy yo’nalishlari.
Amaliy psixologiyani tuzilishi va bo’limlari.
V. I. Slobodnikov va E. I. Isaevlar tomonidan “Amaliy psixolog” tushunchasini ikki jihatini ajratib ko’rsatadi: Amaliy psixolog-amaliy tartib sifatida “tabiiy-ilmiy tipdagi akademik tadqiqot psixologiyasiga yo’nalgandir Amaliy psixolog-maxsus psixologik amaliyot sifatida undagi asosiy yo’nalganlik psixikani tadqiq qilishga emas, psixika bilan ishlashga qaratilgandir.
Amaliy psixolog “buyurtmachi”lar tomonidan qo’yilgan masalalarni hal qilishga yo’naltirilgan faoliyat
AMALIY PSIXOLOGNING FAOLIYAT YURITADIGAN JABHALARI
Ekstremal psixologiya Siyosiy psixologiya Sport psixologiyasi Savdo psixologiyasi San`at psixologiyasi Marketing psixologiyasi Mehnat psixologiyasi Pedagogik psixologiya Tibbiyot psixologiyasi Yuridik psixologiya Harbiy psixologiya
a) muhandislik psixologiyasi - inson bilan mashina o’rtasidagi vazifalarni taqsimlash masalalalarini hal qiladi va asosan operatorlarning faoliyatini o’rganadi
b) aviatsiya psixologiyasiuchishga o’rganish jarayoni va uchish moslamalarini boshqarishda inson faoliyatining psixologik qonuniyatlarini o’rganadi MEHNAT PSIXOLOGIYASI: inson mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil qilishning psixologik tamoyillarini o’rganadi. Mehnat psixologiyasining bir nechta bo’limlari mavjud
v) kosmik psixologiya - vaznsizlik holati, fazoviy tasavvurlar chalkashib ketgan vaqtda va organizmga juda ko’p ortiqcha ta`sirlar yuklangan paytda asab va ruhiy zo’r berish bilan bog`liq bo’lgan alohida holatlar tug`ilganda odam faoliyatining xususiyatlarini o’rganadi.
Pedagogik psixologiya ,Tibbiyot psixologiyasi, Yuridik psixologiya ,Harbiy psixologiya ,Sport psixologiyasi, Savdo psixologiyasi.
Pedagogik psixologiya - uning predmeti o’quvchilarga ta`lim-tarbiya berishning psixologik qonuniyatlarini o’rganish, o’quvchilar tafakkurini taraqqiy topishi, intellektual faoliyat malakalari va usullarini o’zlashtirish jarayonini boshqarish masalalarini o’rganadi
Tibbiyot psixologiyasi -shifokor faoliyatining va bemor xulq-atvorining psixologik jihatlarini o’rganadi
Yuridik psixologiya - xuquq tizimi bilan bog`liq bo’lgan psixologik masalalarni o’rganadi
Harbiy psixologiya - kishining harbiy harakatlar sharoitidagi xulq-atvori bilan bog`liq hodisalar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarini, psixologik targ`ibot metodlarini, harbiy texnikani boshqarishning psixologik muammolarini o’rganadi
Sport psixologiyasi - sportchilar shaxsi va faoliyati xususiyatlarini, ularning psixologik jihatdan tayyorligining shartsharoitlari, musobaqalarni tashkil etish va o’tkazish bilan bog`liq psixologik omillarni o’rganadi
Savdo psixologiyasi - asosan rivojlangan mamlakatlarda keng taraqqiy etgan bo’lib, kishilar ruhiyatiga tijorat ta`sirini psixologik shart-sharoitini, xaridorlarga xizmat ko’rsatishning psixologik omillarini aniqlaydi. Modalar psixologiyasini tadqiq qiladi.
Fikrimizcha, amaliy psixologning vazifalari haqida fikr yuritilganda uning turli darajalarini ajratish lozim: Ilmiy-tadqiqotchilik vazifasi shaxs shakllanishi va rivojlanishiga doir muammolarni hal qilishi bilan bog`liq.
Amaliy psixologiyaning amaliy vazifalari muassasa va tashkilotlarda shaxs mehnati va alohida individumlarning qulay funktsiyalashuvini psixologik jihatdan ta`minlash bilan tavsiflanadi.
Amaliy vazifalar aniq muammolar bilan belgilanadi
G. S. Abramova psixologik ma`lumotlari sirasiga buyurtmachi, . mijoz, foydalanuvchi kabi tushunchalarni kiritadi
MIJOZ • bu o’zi yoki boshqa shaxslar haqidagi bilimlarni psixologga etkazadi. SHunga ko’ra u o’zining bu psixologik ma`lumotlarni tarkibi uchun javobgarlikni his qiladi
BUYURTMACHI • psixologga psixologik ma`lumot uchun murojaat qiluvchi shaxs (o’zi, tashkilot yoki boshqa shaxslar haqida).
FOYDALANUVCHI • psixologdan psixologik ma`lumotlarni oluvchi shaxs.
Amaliy psixologning asosiy faoliyat yo’nalishlar- psixologik yordam, psixologik hamkorlik, psixologik qo’llab-quvvatlash va psixologik kuzatuvlar tashkil qiladi.
Amaliy psixolog faoliyati 5 ta asosiy yo’nalishiga ajratiladi:
PSIXOPROFILAKTIKA sog`lom psixologik muhitni yaratish uchun tushuntirish ishlarini olib borish bo’yicha tadbirlar o’tkazish faoliyatlari nazarda tutiladi.
PSIXODIAGNOSTIKA uning asosiy maqsadi ma`lum bir shaxs yoki guruh haqida psixologik ma`lumotlar olish inson haqidagi aniq bilimlarni umumlashtirgan holda ilmiy nazariya asosida qo’lga kiritishdir.
PSIXOLOGIK KORREKTSIYA mijoz ruhiyatining u yoki bu jabhasiga maqsadga yo’naltirilgan ta`sir sifatida tushuniladi, uning ko’rsatkichlarini yosh yoki boshqa me`yorlarga mos ravishda muvofiqlashtirishga yo’naltirilgan.
PSIXOLOGIK MASLAHAT uning asosiy maqsadi insonni kerakli psixologik ma`lumotlar bilan ta`minlash va zarur shartsharoitni yaratish hamda psixolog bilan bo’ladigan muloqot natijasida hayotiy qiyinchiliklarni bartaraf etishga moslashishlariga yordam ko’rsatishdir.
PSIXOLOGIK MODEL DOIRASIDAGI PSIXOTERAPIYA psixik kasalliklardan kelib chiqmagan holda jiddiy psixologik muammoli vaziyatlarda mijoz shaxsining samarali o’zgarishida yordam ko’rsatishga yo’naltirilgan.