11-MAVZU: O‘ZBEKISTONDA FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARI
VA MAHALLIY O’Z-O’ZINI BOSHQARISH.
Reja:
1.
Demokratik institutlar rivoji fuqarolik jamiyati talabi.
2.
Fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruviga ishtiroki.
3.
Jamoat birlashmalari fuqarolik jamiyatining muhim sharti.
4.
O‘zbekistonda siyosiy partiyalar tadrijiy rivoji va huquqiy asoslari.
5.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining konstitutsiyaviy
negizlari.
Tayanch so‘zlar:
Inson, jamiyat, davlat, konstitutsiya, demokratiya, fuqarolik
jamiyati, demokratik institutlar, jamoat birlashmasi, nodavlat notijorat tashkilotlari,
siyosiy partiyalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, fuqarolar yig‘ini,
kasaba uyushmasi, davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy nazorat, ijtimoiy sheriklik,
milliy qadriyat, fuqarolik madaniyati, faollik, ishtirok, mas’uliyat, javobgarlik.
1. Demokratik institutlar rivoji - fuqarolik jamiyati talabi.
Demokratik tamoyillarga amal qilib, fuqarolik jamiyatini qurishni maqsad
qilgan jamiyatda fuqarolarning davlat va jamiyatni boshqarishda keng jalb etish, faol
ishtirokini ta’minlash asosiy siyosiy maqsadga aylanadi. Bu,
demokratik
institutlarning
rivojini
xarakterlovchi
muhim mezondir. SHu ma’noda,
"
Demokratiya
, - deb yozadi Birinchi Prezident Islom Karimov, –
- inson, jamiyat,
davlat degan uch sub’ekt o‘zaro bir-birini to‘ldiradigan, bir-birini boyitib,
kerak bo‘lsa, nazorat qilib turadigan tizim demakdir. Bu har qaysi insonning
jamiyat bilan, jamiyatning esa davlat bilan munosabatini, ular o‘rtasidagi
muvozanatni anglatadi»
1
.
Xususan, mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab O‘zbekistonda
xalqni
davlat hokimiyatini boshqarishda ishtirok etishini ta’minlashning siyosiy-huquqiy
asoslarini yaratilishiga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekistonda yangi demokratik
jamiyat asoslariga o‘tish, totalitarizmdan meros bo‘lib
qolgan davlat va fuqaro
munosabatlariga barham berish siyosatning ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Qisqa
davrda mamlakatda "fuqaro - jamiyat -davlat" tizimi qonuniy asosga qo‘yildi. Bu –
siyosiy jihatdan keng va atroflicha tahlilga ega bo‘lgan jarayon. CHunki, uning
mohiyati jamiyatda demokratik jarayonlarni amalga
oshirishni nazarda tutadi, eng
muhimi, fuqaro manfaati bilan davlat hokimiyatini boshqarish o‘zaro
muvofiqlashtiriladi. Bu jamiyatda, insonning barcha huquqlari: xususan, davlat
ishlarida
qatnashish; e’tiqod erkinligi; yig‘ilishlar; uyushmalar erkinligini amalda
ta’minlash siyosiy voqelikka aylanadi. '"Fuqaro" va "davlat"
munosabatlaridagi
mavjud begonalashish jarayonlariga barham berilib, ularni davlat hokimiyatini
boshqarishga bo‘lgan mas’ulligi hamda davlatning fuqarolar
oldidagi javobgarligi
vujudga keldi. Jumladan, bosh Qomusimizning 32-moddasida belgilab
qo‘yilganidek, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini
1
Kаrimоv I.А. Оnа yurtimiz bахtu iqbоli vа buyuk kеlаjаgi yo’lidа хizmаt qilish-eng оliy sаоdаtdir T.: O’zbеkistоn. 2015. B. 17.
boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar
2
deb, belgilab qo‘yiladi. Bunday imkoniyat jamiyatda
demokratik institutlarning
rivoji bilan ta’minlanadi.