birinchidan,
fuqarolik jamiyati institutlarining muhim davlat qarorlarini
qabul qilishdagi o‘rni va ta’sirini kuchaytirish;
-
ikkinchidan,
fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish
hamda ularning farovonligini, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy
rivojlanishini yuksaltirish;
-
uchinchidan,
NNTlarning
ijtimoiy-siyosiy
faolligini
oshirishga
yo‘naltirilgan kompleks choralarni amalga oshirish, NNTlar va boshqa fuqarolik
institutlarini institutsional rivojlantirish, ularning iqtisodiy barqarorligini
ta’minlashga yo‘naltirilganligini ta’kidlash mumkin.
1.
O‘zbekistonda siyosiy partiyalarning tadrijiy rivoji va huquqiy
asoslari.
O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillarida ko‘ppartiyaviylikni
shakllantirishga qaratilgan islohotlar jamiyatda demokratik taraqqiyotning
kelgusidagi istiqbol rivojini belgilab berishda katta ahamiyat kasb etdi. Bu borada
1991 yilning 15 fevralida "O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari
to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi fuqarolik jamiyatini barpo etish
g‘oyasining dastlabki huquqiy poydevori bo‘ldi. Qonunning ahamiyati shundaki,
unda jamoat birlashmalarining davlatdan mustaqil faoliyat yuritadigan tuzilma
ekanligi, ular faoliyatiga mansabdor shaxslarning aralashishi mumkin emasligi
qat’iy belgilab qo‘yildi. Aynan shu qonunda birinchi bor siyosiy partiyalar va jamoat
tashkilotlarining
mamlakat taqdiridagi mas’uliyati davlat tashkilotlariga
tenglashtirildi.
O‘zbekistonda Birinchi Prezident saylovlari birinchi bor (1991 yil dekabr)
tashkiliy uyushqoqlik, siyosiy hamjihatlikda muqobillik asosida o‘tkazildi. Bu
saylovlarning tarixiy va siyosiy ahamiyati shundan iboratki, u milliy zaminimizda
ilk bor demokratiyaning asosiy talablaridan biri siyosiy hokimiyat ligitimligini
ta’minladi. 1992 yil 8 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul
qilinishi biz tanlagan demokratik yo‘lning huquqiy asoslarini yaratib berdi.
Konstitutsiyaning XIII bobida respublikada huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati
barpo etish va bunda ko‘ppartiyaviylik tizimini shakllantirishning huquqiy asoslari
o‘z ifodasini topdi. Jumladan, Konstitutsiyaning 60-moddasida "siyosiy partiyalar
turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o‘zlarining demokratik
yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok
etadilar" deb siyosiy partiyalarning vakolatlari belgilab berildi. Ayni paytda, 57-
moddada "Konstitutsiyaviy tizimni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qiluvchi,
respublikaning
suvereniteti,
yaxlitligi
va
xavfsizligiga,
fuqarolarning
konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy,
irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiluvchi, xalqning sog‘ligi va ma’naviyatiga tajovuz
qiluvchi, shuningdek, harbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi
siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati
ta’qiqlanadi" deb ularning mas’uliyati hamda javobgarligi ko‘rsatildi.
Dastlabki islohotlar rivoji va ijtimoiy-siyosiy vaziyatning o‘zgarishi bilan1991
yil 1 noyabrda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasiga asos soladi. O‘zbekistonda
ayrim mamlakatlardagi "demokratiya"dan farqli o‘laroq, o‘z fuqarolarini yangi
demokratik jamiyat qurish yo‘liga safarbar qilishi mumkin bo‘lgan siyosiy tashkilot
mohiyatan butunlay boshqa tuzilmaga aylandi.
Bozor iqtisodiyoti va demokratik jamiyat qurish borasidagi islohotlar,
mulkchilik munosabatlarining chuqurlashuvi jamiyatda bu jarayonlar ifodachisi va
bunday manfaatlarni uyg‘unlashtiruvchi harakatga bo‘lgan ehtiyojni taqozo eta
boshladi. SHu tariqa, 1994 yil 24 mayda "Vatan taraqqiyoti" partiyasi vujudga kelib,
u o‘z dasturida asosan ishbilarmon, tadbirkorlarning sa’y-harakatlarini
muvofiqlashtirib, mamlakatimiz imkoniyatlarini to‘la yuzaga chiqarish va shu yo‘l
bilan O‘zbekiston xalqining farovon turmushga erishmog‘ini ta’minlash, erkin bozor
munosabatlari asosida mamlakatni jahonning rivojlangan davlatlaridan biriga
aylantirish kabi g‘oyalarni ilgari surdi. "Vatan taraqqiyoti" partiyasi 2000 yilga kelib
o‘z maqsadi va vazifalari bilan yaqin bo‘lgan, 1998 yil 28 dekabrda tashkil topgan
O‘zbekiston Fidokorlar Milliy Demokratik partiyasi bilan birlashdi. Bu, o‘z
navbatida, O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining rivojlanishida o‘ziga xos
voqea bo‘ldi. Fidokorlar partiyasining vujudga kelishi jamiyatdagi siyosiy
taraqqiyot natijasi bo‘lib, islohotchilik g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishda jamiyatning
shijoatkor, tadbirkor va yosh qatlam kuchlarini ifodalashga bo‘lgan intilish sifatida
namoyon bo‘ldi.
Odamlar hayotida yuz berayotgan o‘zgarishlar, yangi turmush tarzi, ba’zan
uning murakkab ijtimoiy munosabatlari vatanparvarlik, bag‘rikenglik, yurt tinchligi,
sotsial adolat, fikrlar xilma-xilligi kabi masalalarni tobora ustuvor vazifaga
aylantirdi. Bu o‘zgarishlar O‘zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasining
(1995 yil 17 fevralda) tashkil topishiga ijtimoiy sharoit yaratadi. Partiya nizomiga
muvofiq mustaqillikni mustahkamlashning bosh masalasi sifatida insonning ozod
bo‘lishi, uning imkoniyatlarini yo‘naltirish, fuqarolarning huquqlarini,
erkinliklarini, burchlarini ta’minlash, barcha millatlar va xalqlarni, jamoat
tashkilotlarini birlashtiradigan etakchi kuch – huquqiy demokratik davlat g‘oyalarini
ilgari surish uning bosh maqsadi etib belgilandi. SHu g‘oyalarga hamohang
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi 1995 yilning 3 iyunida tashkil
topib, dasturiy maqsadlari millatning ma’naviy birligi, Vatan – yagona oila, kuchli
demokratik davlat, milliy qadriyatlar, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot va umumjahoniy
integratsiya, zamon kishisi, milliy istiqbol kabi g‘oyalar partiya faoliyatining
mazmun-mohiyatini tashkil etdi.
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini barpo etish, demokratik islohotlarni
chuqurlashtirish, ko‘ppartiyaviylik tizimini takomillashtirishda 1996 yilning 29-30
avgustida bo‘lib o‘tgan Oliy Majlisning VI sessiyasi yangi bir davrni boshlab berdi,
deyish mumkin. Birinchi Prezident Islom Karimovning "Hozirgi bosqichda
demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning muhim vazifalari to‘g‘risida"gi
ma’ruzasi jamiyatga yangicha demokratik ruh bag‘ishladi. Ma’ruzada haqiqiy
demokratiyaning zarur va qonuniy belgisi bo‘lgan tub ma’nodagi
ko‘ppartiyaviylikni shakllantirish uchun jamiyat siyosiy tizimini yangilashning
nazariy asoslari belgilab berildi.
Mamlakatda bozor iqtisodining rivojlanishi, moliyaviy infrastruktura
tizimining qaror topishi, ishlab chiqarishning takomillashuvi, xususiy mulkdorlar
qatlamining o‘sishi natijasida jamiyatda yangi siyosiy qatlam vujudga keldi. Bu
qatlam jamiyat rivojini modernizatsiya qilishga qodir bo‘lgan ishbilarmonlar va
tadbirkorlar edi. Ular innavatsion g‘oyalarni umumlashtiradigan, o‘z maqsadlarini
jamiyat manfaatlari bilan uyg‘unlashtiradigan siyosiy birlashmaning vujudga
kelishiga zamin yaratadi. SHunday qilib, 2003 yil 15 noyabrda Tadbirkorlar va
ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Lebiral Demokratik partiyasiga asos solinadi.
Sobiq ma’muriy-buyruqbozlik tizimi siyosatining oqibatida atrof-muhitga
bepisand munosabatda bo‘lish, tabiiy resurslardan vahshiyona foydalanish oqibatida
o‘simlik va hayvonot dunyosining genofondiga salbiy ta’siri, biologik xilma-
xillikning qisqarishi, katta hajmdagi sanoat va boshqa tur chiqindilarning hosil
bo‘lishi, cho‘llanish, er va suv resurslarining degradatsiyasi, Orol dengizi halokati
kabi mintaqaviy va global miqyosda echilishi zarur bo‘lgan ekologik muammolar
o‘z echimini kutib yotgan edi. Aynan shu kabi muammolarni hal etishga qaratilgan
siyosiy kuch sifatida 2008 yilning 2 avgustida O‘zbekiston ekologik harakati tashkil
etiladi. Ta’kidlash lozimki, tashkil topgan har bir siyosiy tashkilot va mazkur
Harakat davr va ijtimoiy sharoit taqozosi va jamiyat talablari asosida vujudga
kelganligini kuzatamiz. YA’ni, unda o‘zib ham, ortda qolib ketmaslik - bu
evolyusion yo‘lning sharti.
Mamlakatda ko‘ppartiyaviylik tizimining huquqiy asoslarini mustahkamlashda
saylov instituti va uni huquqiy jihatdan rivojlantirishga qaratilgan xatti-harakatlar
alohida o‘rin tutadi. 1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisiga saylovlar to‘g‘risida", 1994 yil 5 mayda qabul qilingan "Viloyat,
tuman, va shahar xalq deputatlari kengashiga saylovlar to‘g‘risida"gi va
"Fuqarolarning saylov huquqi kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlar negizida Oliy
Majlisga demokratik va ko‘ppartiviylikka asoslangan ilk saylovlar 1994 yil 25
dekabrda o‘tkazilishi o‘zbek parlamentarizmi tarixida yangi davrni ochib berdi.
O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining qaror topishi va siyosiy partiyalar
takomillashuvida 1996 yil 25 dekabrda Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan
“Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonun katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Qonun 17
moddadan iborat bo‘lib, unda siyosiy partiyalarning demokratik qonunlar asosida
faoliyat
yuritishlari uchun etakchi va ilg‘or mamlakatlar mezonlari
talablaridarajasidagi huquqiy asoslar kiritildi. Masalan, qonunning 12-moddasida
siyosiy partiyalarning huquqlari aniq va ravshan ko‘rsatib berilgan. Ushbu qonun
siyosiy partiyalarni tuzish, ularning faoliyat ko‘rsatishi, partiyaga a’zolik, partiya
faoliyatining kafolatlari, uning ustavini ro‘yxatga olish, partiyalarning mulkiy
munosabatlariga
doir
barcha huquqiy
maqomlarining
mujassamlashgani
O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimini qaror toptirishda muhim o‘rin tutdi.
O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining tadrijiy rivoji shundan dalolat
bermoqdaki, mustaqillik yillarida mamlakatda demokratik saylovlarning huquqiy
asoslari yaratildi va saylovlar to‘g‘risidagi qonunlar hayotda o‘z ifodasini topmokda.
SHu bilan birga, saylov kampaniyalari davri siyosiy partiyalar uchun siyosiy
kengliklar sifatida fuqarolarning siyosiy va huquqiy madaniyatlari yuksalishiga
sezilarli ta’sir ko‘rsatdi.
O‘zbekistonda hokimiyat bo‘linishi tamoyillariga amal qilgan holda 2002 yil
27 yanvarida o‘tkazilgan referendumga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi ikki
palatali parlament tizimiga o‘tkazildi. Bunday o‘zgarish to‘g‘risidagi qaror
mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida yangi sahifani ochib berdi. Uning
natijalariga binoan Oliy Majlisning VIII sessiyasida «Referendum yakunlari hamda
davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida»gi konsti-
tutsiyaviy qonun qabul qilindi. Bu hujjatlar asosida «O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Senati to‘g‘risida» va «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasi to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilindi. Mazkur
qonunlar Oliy Majlis palatalarining maqomini, ularni shakllantirish tartibini,
vakolatlarini, o‘zaro hamda boshqa hokimiyat organlari bilan hamkorlik qilish
mexanizmlarini aniqlab berdi. Amalga oshirilgan islohotlar natijasida hokimiyatlar
o‘rtasidagi muvozanatning tashkil etilishi ta’minlandi. Qonun chiqaruvchi
vakillarning nafaqat mas’uliyati, balki professional darajasi oshdi. Hududiy
manfaatlar va ularning aniq himoyachilari vujudga keldi. Hokimiyatning monopol
va ma’muriy usulidan o‘zaro teng hamkorlik mexanizmlari yaratildi. Ijro hokimiyati
ustidan deputat nazorati qonunga muvofiq o‘rnatildi. Senator va deputatni chaqirib
olish, ayni paytda, uning maqomi to‘g‘risida qonunlar qabul qilindi.
2006 yil 9 noyabrda qabul qilingan “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada
demokratlashtirish
hamda
mamlakatni
modernizatsiya
qilishda
siyosiy
partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun bu yo‘lda
tashlangan dastlabki qadamlarning tabora kengayishiga sharoit yaratdi. Unga
muvofiq Xalq deputatlari viloyat, shahar kengashlaridagi siyosiy partiyalarning
deputatlik guruhlari bilan maslahatlashib, viloyat va Toshkent shahar hokimi
nomzodlari Birinchi Prezident tomonidan xalq deputatlari Kengashiga tasdiqlash
uchun taqdim etiladi. Bunda hokim faoliyatini nazorat qilish va qoniqarsiz deb
topilgan hollarda vazifasidan ozod qilish bo‘yicha tavsiya kiritish huquqlari beriladi.
Mazkur konsepsiya konstitutsion qonunning uzviy davomi, uni rivojlantiruvchi
keyingi bosqich sifatida takomillashib kelayotganligini kuzatamiz. Bu o‘z o‘rnida
O‘zbekistonda davlat hokimiyatini shakllantirishda siyosiy partiyalarning bevosita
ishtirokining oshishiga olib keldi.
YUrtboshimiz tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik
palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabrda bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisidagi
“Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik
jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” nomli ma’ruzasida davlatimizning yaqin va
uzoq istiqboliga mo‘ljallangan evolyusion rivojlanishning mantiqiy davomi bo‘lib,
bu yangi bir davrni boshlab berdi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri
nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga
saylovlarda eng ko‘p deputatlik o‘rnini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi
deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiyalar tomonidan taklif
etilishi demokratik islohotlar yo‘lidagi harakatlarimizning izchilligini yana bir bora
tasdiqlaydi. Bunda siyosiy partiyalarning hokimiyat uchun kurashish va ularni
shakllantirish borasidagi faoliyatlari uchun jamiyatda real siyosiy maydonning
huquqiy asoslari yaratiladi. Ayni paytda, siyosiy partiyalar o‘z dasturiy vazifalarini
amalga oshirishda partiyalararo raqobat muhitining yanada kuchayishiga, sog‘lom
siyosiy muxolifatlarning vujudga kelishiga hamda demokratik islohotlarni yanada
chuqurlatirishga xizmat qiladi.
Mazkur
Konsepsiyaning
5-bo‘limi
fuqarolik jamiyati institutlarini
shakllantirish va rivojlantirishga bag‘ishlandi.
YUrtboshimiz ta’kidlaganidek, “Biz uchun fuqarolik jamiyati – ijtimoiy
makon. Bu makonda qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘z-o‘zini kamol toptirishga
monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. SHaxs manfaatlari, uning huquq va
erkinliklari to‘la darajada ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashadi. Ayni vaqtda, boshqa
odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. YA’ni, erkinlik
va qonunga bo‘ysunish bir vaqtning o‘zida amal qiladi”
10
.
10
Kаrimоv I.А. O’zbеkistоn ХХI аsr bo’sаg’аsidа: хаvfsizlikkа tаhdid, bаrqаrоrlik shаrtlаri vа tаrаqqiyot kаfоlаtlаri.
–T.: O’zbеkistоn, 1997. 173-bеt.
Do'stlaringiz bilan baham: |