NNTni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun hujjatlarni taqdim qilish tartibi
soddalashtirildi va h.k.
5.Hujjatlarni notarial tasdiqlashni bekor qilish, NNTni davlat ro‘yxatidan
o‘tkazish to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqish muddatining qisqartirilishi kabi
ijobiy o‘zgarishlar “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2014 yil 11 dekabrdagi O‘RQ-381
Qonunida ham o‘z aksini topdi.
SHu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 martdagi qarori bilan
Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirishga
doir qo‘shimcha chora-tadbirlarrejasi tasdiqlandi.
1.Davlat boshqaruvi organlari tomonidan NNTlarning milliy qonunchilik va
xalqaro shartnomalarda mustahkamlangan huquq va qonuniy manfaatlariga rioya
qilinishi masalalariga muhim ahamiyat berildi.
2.Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 martdagi 57-sonli qaroriga ko‘ra har
chorakda NNTning rahbar organlari tomonidan qabul qilingan qarorlarini adliya
organlariga taqdim qilish amaliyoti bekor qilindi.
3.NNTlarning faoliyati shak-shubhasiz turli xil tadbirlarni o‘tkazish orqali
erishiladigan hayriya va ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan. Bu
erda shuni ta’kidlash joizki, qonunchilikda shuningdek NNTlar tomonidan tadbirlar
o‘tkazish tartibini takomillashtirishga qaratilgan tegishli ijobiy choralar ko‘rildi.
4.Xususan, 2015 yilning 4 iyunida O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining
buyrug‘i bilan (ro‘yxat raqami 2679) Nodavlat notijorat tashkilotlari tadbirlarini
kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. NNTlarning tadbirlarini
kelishishning huquqiy belgilanishi avval ham mavjud bo‘lganligi sababli ushbu
nizom yangilik hisoblanmaydi. Mazkur nizomning asosiy vazifasi huquqni qo‘llash
amaliyotida bir xillikni ta’minlashdan iborat.
5.NNTlar faoliyatining erkinligini kafolatlash va tadbirlarni hech qanday
to‘siqlarsiz o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida, nizomda qonun hujjatlari va NNT
ustavida belgilangan maqsadlardan kelib chiqib o‘tkazilayotgan tadbirlarga adliya
organlari vakilining noqonuniy aralashuviga yo‘l qo‘yilmasligi, shuningdek
NNTning ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning noqonuniy hatti-xarakatlari ustidan
shikoyat qilish huquqi alohida belgilab o‘tilgan.
NNTlar faoliyatini tartibga solish sohasidagi qonunchilikdagi ijobiy
o‘zgarishlarga ob’ektiv nazar tashlansa, mazkur ma’ruzaning xulosasi sifatida shuni
qayd etish mumkinki, ularning barchasi:
-
Do'stlaringiz bilan baham: