Klinikasi. Bolalarda gidronefrozning klinikasi haddan tashqari ko‘p qirrali o‘ziga xos patognomik simptom yo‘q Klinik belgilari gidronefrozning shakli va bosqichga bog‘liq Ko‘p hollarda gidronefroz o‘zgarishlar latent bo‘lib, ko‘pincha uni o‘z vaqtida aniqlash mushkul.
Gidronefrozning asosiy belgilari. 1. Og‘riq U har xil bo‘lib, ba’zan doimiy uvishib turuvchi xislatga ega. Ayrim hollarda sanchiqqa ham aylanishi mumkin. Og‘riqning kuchli yoki kuchsiz bo‘lishi buyrak jomining qanchalik kattalashganiga bog‘liq emas, aksincha, buyrak jomi qancha kattalashgan bo‘lsa, og‘riq ham shunchalik kuchsiz bo‘ladi. 2. Buyrak sohasidagi shish yoki o‘smasimon hosila, odatda bexosdan aniqlanadi. Bunda buyrakning tashqi qismi silliq bo‘lib, paypaslaganda elastiklik muhitiga ega, ayrim bemorlarda esa buyrakning joyidan biroz siljishini, perkussiyada suyuqlik borligini osonlik bilan bilsa bo‘ladi. Biroq, bu belgi ancha kech vaqtlarda aniqlanadi. 3. Siydikdagi o‘zgarishlar, birinchi navbatda mikrogematuriya aniqlanadi. Bu uzoq vaqt davom etishi mumkin. Patogenetik mexanizmi xali etarlicha aniq emas. Ikkilamchi infeksiya qo‘shilganda esa leykosituriya kuzatiladi.
Tashxisi. Ayrim hollarda gidronefrozga tashxis qo‘yish bir-muncha qiyin. Biroq, sinchiklab yig‘ilgan anamnez, siydik analizi natijalari, bemophi qarab ko‘rish gidronefrozga gumon tug‘diradi. Ekskretor tekshirishdan keyin ayon bo‘ladi (17.13-rasm).
|
17.13-rasm. Ikki tomonlama gidronefroz 3 daraja.
|
Tasviriy urogrammada faqat buyrak soyasi kattalashganligini kurish mumkin bo‘lsa, ekskretor urografiyada uning jom-kosachalar sistemasi qanchalik darajada o‘zgarishga uchraganligi aniqlanadi.
Qiyosiy tashxisi. Gidronefrozni ko‘pgina urologik kasalliklar: nefrolitiaz, nefroptozdan farqlashga to‘g‘ri keladi. Nefrolitiazdan farqlash uchun tasviriy urogramma qilish kifoya. Bunda tosh soyasi ko‘rinadi. Agar rentgenokontrast tosh bo‘lsa, u ekskretor urografiyada aniq ko‘rinadi. Bunda buyrakning pielouretral segmenti aniq bilinadi, tosh bor joyda esa kontrast bilan tulmagan «ochiq» yuza aniqlanadi. Nefroptozda esa ekskretor urografiyada, uning anatomik ko‘rinishi o‘zgarmasdan qolaveradi. Ko‘pgina hollarda gidronefrozni Vilms o‘smasidan farqlashga to‘g‘ri keladi. O‘smaning boshlanish davrida buyrak funksiyasi buzilmagan bo‘ladi. Shu tufayli ekskretor urogrammada gidronefrozga xos bo‘lgan jom va kosachalarning kattalashgani kuzatilmaydi, aksincha, buyrak kosachalari qisilib, surilib, uzining topografiyasini o‘zgartirgan bo‘ladi. Buyrak o‘smasida buyrak qattiq konsistentsiyaga ega va uning yuzasi notekis bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |