Davosi. Distopiyaga uchragan buyrakni davolashga hojat yo‘q Muolaja asosan asoratlarga qaratilgan bo‘lib, ko‘pincha konservativ usul qo‘llaniladi. Nefrolitiaz, gidronefroz, o‘sma va boshqa asoratlar rivojlangan bo‘lsa, tegishli ravishda operatsiya bajariladi. Buyrak morfostrukturasi va uning joylashuvi o‘ziga xos bo‘lganligini operatsiya paytida, albatta, inobatga olish lozim.
Buyraklarning bir-biriga nisbatan joylashuvi.
Ko‘machsimon buyrak. Juda ham kam uchraydi. Bunda buyraklar medial yuzalari buylab bir-biri bilan birlashib, promontorium yoki tos sohasida joylashadi. S-simon yoki L-simon buyraklarda bir buyrakning yuqori pallasi ikkinchi buyrakning pastki pallasi bilan birlashadi. Birinchi shakldagi buyrakda bir buyrakning jom-siydik yo‘li segmenti medial, ikkinchi shakldagisida esa bu segment lateral tomonga qaragan bo‘ladi. Agar buyrakning faqat pastki yoki yuqori pallalari bir-biri bilan birikib qolgan bo‘lsa, bunga taqasimon buyrak deyiladi va uning amaliy ahamiyati ancha katta.
Taqasimon buyrakning ko‘pdan ko‘p tomirlari bo‘lgani uchun u harakati cheklangan va odatda shoxtomir hamda pastki kavak vena oldida yotadi. Uning asosiy klinik belgisi qorin sohasida og‘riq bo‘lishidir. Bu og‘riq bola orqaga qattiq egilganida ayniqsa kuchayadi va bu Rovzing simptomi deyiladi. Qorinni paypaslab ko‘rganda umurtqa pog‘onasining ikkala tomonida qattiq muhitga ega o‘smasimon hosila borligini payqash mumkin. Ba’zan taqasimon buyrakning birlashgan qismi bo‘yin pastki kavak venani bosib qo‘yganligidan unda gipertenziya holatlari paydo bo‘lib, oyoqlar shishi, hatto assit ham paydo bo‘lishi ehtimoldan holi emas. Taqasimon buyrak, ko‘pincha gidronefrozga uchraydi, pielonefrit rivojlanishi, tosh paydo bo‘lishi, ba’zan nefrogen gipertoniyaga sabab bo‘lishi mumkin. Taqasimon buyrakka ham tashxis qo‘yishda UTTning ahamiyati katta. UTT tekshiruvida ko‘ndalang kesimda exoskanerlash o‘tkazilganda, qorinning o‘rta chizig‘i bo‘ylab kindik sohasida buyraklarni pastki qutblarini birlashtiruvchi parenximatoz torma aniqlanadi (17.7-rasm ko‘rsatkich bilan ko‘rsatilgan).
|
17.7-rasm. Taqasimon buyrakning exografik tasiviri.
|
Tashxisni aniqlashda ekskretor urografiya va radioizotop usullar qo‘l keladi. Tomirlar arxitektonikasini o‘rganish uchun buyrak angiografiyasini bajarish lozim (17.8-rasm).
|
|
17.8-rasm. Translyumbal buyrak angiogrammasi. Taqasimon buyrak.
|
Davosi. Agar bemophi kuchli og‘riq bezovta qilsa, operatsiya qilinadi. Bunda istmotomiya (buyin sohasini kesib, buyraklarni ajratish) qo‘llaniladi. Agar gidronefroz rivojlangan yoki tosh paydo bo‘lgan bo‘lsa, tegishli operatsiya muolajalari ham bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |