Davosi. Bolalarda rekonstruktiv-plastik operatsiya usullari qo‘llaniladi. Hozirgi paytda Andersen-Yan-Kucher rekonstruktiv-plastik operatsiyasi qo‘llanilmokda. Bunda gidronefrozga sabab bo‘lgan joy (skleroz, stenoz, klapan va b.) kesib olib tashlanadi va siydik yo‘li kesilgan uchidan uzunasiga 1,0 sm atrofida qirqilib, keyin buyrak jomiga anastomoz qilinadi. Hatto radioizotop renografiyada ham buyrak funksiyasi aniqlanmagan taqdirda plastik operatsiya usulini qo‘llamoq lozim. Chunki bolalar buyragining kompensator mexanizmi ancha kuchli bo‘ladi. Biroq, buyrak parenximasi haddan tashqari noziklashib, buyrak suv to‘ldirilgan xaltachaga o‘xshab qolgan hollarda nefrektomiya bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |