1. Yuqori siydik chiqarish yo‘llarining tug‘ma nuqsonlari



Download 1,27 Mb.
bet4/12
Sana11.05.2022
Hajmi1,27 Mb.
#602153
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
11-mavzu

Davosi. Hech qanaqa klinik belgilar bo‘lmaganda hech qanday muolaja talab qilinmaydi. Agar ikkilangan qismning birida gidronefroz, pielonefrit, buyrak-tosh kasalligi qo‘shilgan bo‘lsa, shu kasalliklarga xos davo o‘tkaziladi. Agar ikkilangan buyrakni olib tashlash talab qilinadigan patologiya bo‘lsa, geminefrektomiya - o‘sha patologik jarayonga uchragan ikkilangan buyrakdan biri olib tashlanadi, agar ikkalasi ham kuchli zararlangan bo‘lsa, u paytda nefrektomiya bajariladi.
Operatsiyadan keyingi davrda regional limfa terapiyasini qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Bu usul yaxshi natija beradi va antibiotiklarni tejash imkonini yaratadi. Bu terapiyani qo‘llash uchun operatsiya paytida buyrak jomining orqa tomonida mikroirrigator qoldiriladi. Bemorlar operatsiyadan keyin 2-3 yil davomida dispanser kuzatuvida bo‘lishlari lozim.
Qo‘shimcha uchinchi buyrak. Juda kam uchraydi. Qo‘shimcha buyrak ayrim qon tomiridan oziqlanadi, uning o‘ziga tegishli siydik nayi ham bor. U buyrakning pastida joylashgan bo‘lib, gohida chanoq sohasiga ham tushishi mumkin. Uning o‘lchamlari har xil, ko‘pincha kichik bo‘ladi. Ba’zan uning siydik nayi qovuqda emas, balki a’zolarga ham ochiladi. Qo‘shimcha buyrak ekskretor urografiya va buyrak angiografiyasi yordamida diagnostika qilinadi.
Davosi. Kasallikning bu turini asoratlangan turida va konservativ davolash foyda bermaganida operativ davolashga ko‘rsatma hisoblanadi. Operatsiya usulini tanlash asosiy yoki qo‘shimcha buyrakdagi patologik o‘zgarishlar bilan bog‘liq Masalan, qo‘shimcha buyrak o‘z funksiyasini butunlay yo‘qotgan bo‘lsa a’zoni yo‘qotuvchi operatsiya – geminefrureterektomiya operatsiyasi amalga oshiriladi; a’zoni saqlovchi operatsiyalar – antireflyuks operatsiyalar, jom-siydik nayi yoki siydik naylari aro anastamoz operatsiyalari amalga oshiriladi. Bundan tashqari ko‘rsatma bo‘yicha endoskopik operatsiya, ya’ni qovuq siydik nayi reflyuksi kuzatilganda siydik nayi shilliq ostiga teflon implantatsiyasi amalga oshiriladi.
Buyrak o‘lchami patologiyasi.
Buyrak gipoplaziyasi. Bu buyrak o‘lchamining kichikligidir. U me’yoriy gistologik tuzilishga ega, funksiyasining buzilish belgilari ham yo‘q. Ko‘pincha bir tomonlama bo‘ladi. Tashxis asosan ekskretor urografiyada aniqlanadi. Rentgenda uning o‘lchamlari, jomi kichik bo‘lib, uchburchak yoki ampula shaklida bo‘ladi. Bir tomonlama gipoplaziya faqat asoratlari bo‘lgan taqdirdagina davolanadi. Agar ikkinchi buyrak yaxshi ishlayotgan bo‘lsa, gipoplaziyaga uchragan buyrak olib tashlanadi.
Buyrak gipoplaziyasining ikki xili farq qilinadi: rudimentar buyrak, kichik buyrak. Rudimentar buyrakda buyrak embrion davrining ilk bosqichlarida o‘z rivojini to‘xtatadi. Bunda buyrak o‘phida 1-3 sm yoki undan ham kichik o‘lchamli sklerotik to‘qima borligi aniqlanadi. Gistologik tekshirishda esa kalavacha qoldiqlari va oz miqdorda siydik naychalari aniqlanadi. Kichik buyrakda esa uning o‘lchamlari (2-3 sm gacha) kichik bo‘lib, parenximasida kalavachalar soni ancha kam, biroq; oralik, to‘qima ancha yaxshi rivojlangan. Kichik buyrak, ko‘pincha nefrogen gipertoniya bilan asoratlanadi. UTT yordamida tekshirilganda gipoplaziya tomonda buyrak o‘lchamlari yoshiga nisbatan kichik bo‘ladi, struktur elementlari kuzatiladi, buyrak sinuslarining deformatsiyasi aniqlanadi (17.4-rasm).



17.4-rasm. O‘ng buyrak gipoplaziyasining exografik tasviri.




Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish