Oq va rangli sementlar
pardoz ishlarida va arxitektura buyumlari tayyorlashda
ishlatiladi. Oq sement tarkibida temir oksid va marganes oksid kam bo’lgan xom-ashyodan
tayyorlanadi, bunday hom ashyo maxsus rejimda pishiriladi. Rangli sement olish uchun oq
sementga ishqorga chidamli mineral pigmentlar qo’shiladi.
Sulfat ta’siriga chidamli sement
dengiz suvi ta’sirida
turadigan temir-beton
konstruksiyalar va qorishmalar tayyorlashga ketadi.
Plaetiklashtirilgan sement
tayyorlash uchun klinker mahsus qo’shimcha bilan birga
maydalanadi. Bunday sementning plastikligi yuqori bo’ladi, undan tayyorlangan qorishma
qolipga yaxshi joylashadi, bunday sement qorishma va betonning sovuqqa chidamliligini
oshiradi hamda suv o’tkazuvchanligini pasaytiradi.
Gidrofob sement
olish uchun klinker gidrofoblashtiradigan (suv shimdirmaydigan)
qo’shimcha bilan birga maydalanadi. Bunday sementni uzoq vaqt (xatto nam muhitda ham)
saqlash mumkin; bunda
sementning sifati pasaymaydi, u yuqori plastiklikka ega bo’ladi.
Gidrofob sement qo’shilgan betonlarning suv shimuvchanligi kam, sovuqqa chidamliligi
esa yuqori bo’ladi.
Mahalliy
hom ashyodan foydalanib, arzon sementlar tayyorlanadi. Shlakli, ohak-
shlakli, ohak-kulli, ohak-pusiolanli sementlar shular jumlasidandir. Bu xil sementlar u
qadar muhim bo’lmagan inshootlarga ishlatiladi.
Sement ishlab chiqarish.
Bu jarayon 75 ... 80% tabiiy kalsiy karbonat (ohaktosh
bo’r yoki marmar) hamda ma’lum tarkibga ega bo’lgan 20 ... 25%
oson suyuqlanuvchan
tuproq arashlashmasidan tashkil topgan shixtani bir-biri bilan yopishoq massa hosil
qilguncha kuydirishdan iborat. Sement ishlab chiqarish ikki: xo’l va suyuq usullarda olib
boriladi. Bizda, deyarli, xo’l usuldan foydalaniladi. Xo’l usul; homashyo materiallari
maydalangandan so’ng, ular aralashtiriladi va suvli muhitda sharli tegirmonda yanchiladi.
Natijada tarkibida 35 ... 40% suv bo’lgan quyuq suspenziya (pastasimol hosil bo’ladi. Bu
suspenziyalar tarkibini bir xillashtirish uchun ular basseynlarga yig’ilib,
yaxshilab
aralashtiriladi. Hosil qilingan massa (shlam deb ataladi) shu basseynda saqlanadi va kerakli
miqdordagisi uzluksiz ravishda kuydirish pechlariga o’tkaziladi.
Pechning pastki qismiga o’txona joylashtirilgan bo’lib, u yerda toshko’mir changi,
suyuq qozon yoqilg’ilari yoki tabiiy gaz yoqilg’i sifatida ishlatiladi. O’txonadan chiqqan
o’ta qizigan kuyindi gazlar shlam xarakatiga qarshi yo’nalishda pechning yuqori tomoniga
yo’naladi. Shlamdan oldin suv bug’lanadi, sungra gil tuproqli minerallar suv ajralishi bilan
parchalanadi. Aralashma pechning pastki qismiga kela boshlagan sari kalsiy karbonat
parchalanib poroshok holidagi kalsiy oksidga aylanadi va
nihoyat yuqori temperatura
(1200...1300°C) ta’sirida bu oksidlar sun’iy minerallarga aylanadi. Massa pechning quyi
qismiga kelgan sari uning temperaturasi 1400°C ga qadar ko’tariladi va kuyib bir-biri bilan
yopishib (chala suyuqlanib) donador massa — klinker hosil qiladi. Klinker sovitish
kamerasiga utkaziladi va u 2 — 4 hafta davomida yetiltirish
maqsadida omborlarda
saqlanadi. So’ngra sharli tegirmonlarda zarrachalar o’lchami 0,1 mmdan kichik holga
kelguncha yanchiladi.
Sement pishirish pechlarining o’rtacha unumdorligi 1800 t/sutka yoki 650 ming t/yil.