1. Silikat texnologiyasi. Keramika va shishalar ishlab chiqarish texnologiyasi


Xomashyoni aralashtirish, tarkibini to’grilash va saqlash. X



Download 354 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana25.03.2023
Hajmi354 Kb.
#921605
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Xomashyoni aralashtirish, tarkibini to’grilash va saqlash. X
omashyolarni bir-biri 
va suv bilan aralashtirish muhim texnologik jarayon bo’lib, u kanotli loyqorgich, shnekli 
loyqorgich, eritmaqorgich, parrakli aralashtirgich, loyatalagich kabi mashinalarda amalga 
oshiriladi. Misol tariqasida plastik usulda qurilish g’ishti tayyorlash jarayoni bilan tanishish 
mumkin. Bu usulda maydalangan giltuproq kanotli bir yoki ikki valli loyqorgichga tushadi. 
Bu yerda unga 18—25 % suv qo’shilib loy qoriladi va bir jinsli bo’lguniga qadar shnekli 
val qanotlari yordamida aralashtiriladi. Plastik massa, masalan, maishiy-ho’jalik chinnisini 
olish uchun shliker yoki eritmadan tayyorlanayotgan bo’lsa, u holda tarkibidagi suv 
miqdori filtr presslar yordamida kamaytiriladi. Yana massaga lentasimon vakuumli yoki 
vakuumsiz presslarda qo’shimcha ishlov berib sifatini yaxshilash mumkin. 
Bir jinsli tayyor moddani qoliplash.
Keramika va o’tga chidamli materiallar 
yarimquruq usul kukuni, plastik usul massasi, shliker yoki eritma maxsus asbob va 
mashinalar yordamida qoliplab olinadi. 7—12 % namlikka ega bo’lgan yarimquruq kukun 
bir yoki ikki tomonlama bir pog’onali yohud ko’ppog’onali usullarda 20—40 MPa bosimda 
presslanadi. Presslash jarayoni tirsak dastali, friksion, rotasion va gidravlik presslarda 
bajariladi. 18—25 % namlikka ega plastik massani presslash 1—2 MPa bosimda 
lentasimon yoki shtampovka presslarida amalga oshiriladi. Odatda massa press ichida 
shnek yordamida suriladi va zichlanadi. Press mundshtukidan uzluksiz chiqayotgan brus 
kesadigan qurilmaning po’lat simlari yordamida kesilib, berilgan o’lchamdagi g’isht hosil 
qilinadi. Shtampovka presslarida jarayon davriy bajarilgani sababli kesadigan qurilmaga 
hojat qolmaydi. Bu presslar juda unumdor bo’lib soatiga 10 ming, hatto undan ko’p 
mahsulotni qoliplash imkoniyatini beradi. Sopol - chinni kabi buyumlar olishda ham 
yuqorida namlari qayd etilgan massalar ishlatiladi, ammo qoliplash jarayoni 
qo’llanilayotgan mashina va asboblar turiga ko’ra boshqacharoq o’tadi. 
Shisha va sitall mahsulotlari ishlab chiqarishda qoliplash jarayoni keramika va o’tga 
chidamli materiallar olish texnologiyasidan ularoq asosiy termik operasiya eritish 
jarayonidan so’ng amalga oshiriladi. Qoliplash qo’l va mashinalar yordamida tortib 
chuzish, quyish, prokatlash, presslash, puflash usullarida bajariladi. Masalan, deraza oynasi 
vertikal va gorizontal yo’nalishda cho’ziladigan mashinalarda tayyorlanadi. Bu 
mashinalarda uzluksiz shisha lentasi eritmaga tushirilgan «qayiqcha» nomli qoliplovchi 
moslamaning tirkishi orkali tortib cho’ziladi va teshikli o’lchamlarda qalinligi 2—6 mm 
bo’lgan varaklar ko’rinishida qirqib olinadi. Uzluksiz shisha lentasini qayiqcha usulisiz 
erkin holda ham cho’zib olish mumkin. Bu usulda shisha massasi boshqa modda bilan 
aloqada bo’lmagani sababli havo pufakchalari, qilsimon chiziq va hira nuqta kabi 
nuqsonlardan holi bo’ladi. 
Shisha va sitall shihtasi erishidan oldin (ba’zi holatlarda) qoliplanib mayda-mayda 
dona — granulalar hosil qilinadi. Quruq usulda portlandsement ishlab chiqarish jarayonida 
ham ana shunday donalar teshikli press, mahsus baraban yoki tovoksimon 
donadorlashtirgichlarda tayyorlanadi. Bu bilan shisha shihtasi yoki sement unining chiqit 


gazlar bilan ko’p miqdorda uchib chiqib ketishiga barham berildi. Natijada pechь normal 
ishlaydi va ish unumdorligi oshadi. 

Download 354 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish