1 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Hujayra seleksiyasida qo„llaniladigan o„simlik turlari



Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/76
Sana27.01.2022
Hajmi1,05 Mb.
#412703
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   76
Bog'liq
yuksak osimliklarning hujayralaridan kopaytirish biotexnologiyasi

Hujayra seleksiyasida qo„llaniladigan o„simlik turlari. 
In vitro
sharoi-
tida hujayralar seleksiyasi, hujayralarning suspenziyalari, kallus to‗qimalari 
yoki alohida ajratib o‗stirilayotgan protoplastlar ustida olib boriladi. Bunda 
obyekt mavjud texnologiya va qo‗yilgan maqsad asosida tanlanadi.
Kallus to‗qimasi hujayra seleksiyasida keng foydalaniladigan qulay 
obyekt hisoblanadi. Bunda birlamchi yoki qayta ekilgan kallus to‗qimalaridan 
foydalaniladi va bu ko‗rinishdagi kallus to‗qimalari qayta ekish jarayonida 
regeneratsiya xususiyatini keskin o‗zgartirmaydi. Biroq ko‗pchilik tadqiqot-
chilar kallus to‗qimalaridan hujayra seleksiyasida foydalanish bir qator kam-
chiliklarga ega deb hisoblaydilar. Masalan, to‗qimaning nisbatan sekin o‗sishi, 
zararli moddalarning seleksiya jarayonida sinab ko‗rilishida barcha hujayra-
larga bir xil yetib bormasligi, shuningdek qayta ekish jarayonida hujayralarning 
regeneratsiya xususiyati o‗zgarishlari yuzaga keladi. Seleksiya jarayonida 
alohida tarzdagi hujayralar suspenziyasi va protoplastlardan foydalanish keng 
qo‗llaniladi. Biroq ko‗pgina o‗simlik turlarida bu ko‗rinishdagi o‗stirish texno-
logiyasi hali ishlab chiqilmagan. Shu sababli kallus to‗qimalaridan seleksiya 
jarayonida foydalanish ba‘zi o‗simlik turlari hujayralari ustida o‗tkaziladigan 


56 
seleksiya jarayonida yagona usul sifatida qolmoqda. Nisbatan barqaror hujayra 
liniyalarini vujudga keltirish ancha murakkab, uzoq davom etuvchi jarayon 
hisoblanadi. Odatda, hujayra seleksiyasi jarayoni alohida ajratilgan o‗simlik 
eksplantasi asosida kallus to‗qimasini vujudga keltirishdan boshlanib, keyingi 
ishlar turli xil omillarning kallus to‗qimasiga konsentratsiyaga bog‗liq ta‘sirini 
o‗rganish asosida ta‘sir egri chizig‗ini ifodalash bilan davom etadi.
Bunda kallus hujayralari bir vaqtning o‗zida o‗sib rivojlanadi, shu bilan 
birga bir qism kallus hujayralari nobud bo‗lish bosqichiga kiradi. Ta‘sir etuvchi 
omilning optimal konsentratsiyasi aniqlanadi va bu keyingi tadqiqotlar davomi-
da foydalaniladi. Bu ko‗rinishda vujudga kelgan muhitdagi hujayralar koloni-
yasi muhitga fiziologik moslashish holatida bo‗lib, genetik jihatdan barqaror 
bo‗lmasligi mumkin. Shu sababli to‗qima 4-6 marotaba ko‗chirib ekish orqali 
tekshirib boriladi. Keyin esa ta‘sir etuvchi omil bo‗lmagan muhitga ko‗chirib 
ekiladi va yana qayta ekish 2-3 marotaba takrorlanadi. Hujayralar koloniyasini 
qaytadan ta‘sir etuvchi omil mavjud bo‗lgan muhitga ekilgandan so‗ngra gene-
tik barqaror klonlar tanlab olinadi va shu asosda regenerant - o‗simlik rivoj-
lantiriladi. Biroq vujudga keltirilgan hujayralar har doim ham kerakli belgilarga 
ega bo‗lavermaydi.
Kallus to‗qimasini o‗stirish asosida seleksion material ustida ish olib bor-
ish bug‗doy, arpa, jo‗hori, sholi, pomidor, kartoshka, lyutserna ba‘zi hollarda 
daraxtsimon o‗simliklar hujayralarida olib borildi. Bunda bug‗doy, kartoshka, 
sholi o‗simliklarining bu usulda seleksion tanlanishi natijasida NaCl, Na
2
SO

tuzlariga chidamli navlari yaratilgan. Ushbu usulda hujayralar o‗stirilayotgan 
muhitga aminokislotalarning zararli analoglarini qo‗shish orqali sabzining tar-
kibida 20 marotaba ko‗p metionin, 30 marotaba ko‗p triptofan, 5 marotaba ko‗p 
lizin to‗plovchi navlari va kartoshkaning esa kasallikka chidamli navlari yaratil-
gan. Bu yo‗nalishdagi ishlarda daraxtsimon o‗simliklar ustida olib boriladigan 
izlanishlar tadqiqot xarakteriga ega. Shu ko‗rinishda kallus to‗qimalarini o‗stirish-
ga asoslangan seleksiya odam ehtiyojlari uchun foydali belgilarga ega ko‗plab 
o‗simliklarning sermahsul yangi navlarini yaratish imkonini beradi. 
Yuqorida sanab o‗tilgan kallus to‗qimasi, hujayralarning suspenziyasi, 
alohida ajratib o‗stiriladigan protoplastlar kabi seleksion materiallardan tash-
qari obyekt sifatida somatik yoki androgen embrioidolar, organogen eksplan-
talar, masalan barg bo‗lakchalari yoki meristema va poya qismlari, shuningdek 
alohida ajratilgan murtak hujayralaridan foydalaniladi. Masalan, 
in vitro
sharoitida arpa murtagi hujayralarini o‗stirish asosida tarkibida nisbatan oqsil 
miqdori ko‗p bo‗lgan yangi nav yaratilgan. Kartoshka kurtagi hujayralarini 
o‗stirish uchun mutagen moddalar qo‗llanilganda xlorofill yetishmovchiligi va 
antibiotiklar ta‘siriga chidamli ximer navi yaratildi. ―Saratov-29‖ va ―Moskva-


57 
35‖ bug‗doy navlari changchi hujayralarini o‗stirish muhitida natriy xlor tuzi 
miqdorini ko‗paytirish orqali somatik embrioidlar vujudga keltirildi va shu 
asosda sho‗rga chidamli bug‗doy navi yaratilgan (Bekkujin, 1993). 
Ushbu ko‗rinishda hujayra darajasida olib boriladigan seleksiya jarayoni 
natijasida an‘anaviy seleksiya usullariga nisbatan 2-4 marotaba tez o‗simlik 
yangi navlarini yaratish imkoniyati tug‗iladi.

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish