1 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/76
Sana27.01.2022
Hajmi1,05 Mb.
#412703
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   76
Bog'liq
yuksak osimliklarning hujayralaridan kopaytirish biotexnologiyasi

avtoseleksiya 
deb ataladi, bunda jarayon tashqi stress 
omillar ta‘sirida emas, balki spontan ravishda o‗z-o‗zidan amalga oshadi. 
Avtoseleksiya jarayoni natijasida mavjud sharoitga nisbatan chidamli kariotip-


53 
ga ega bo‗lgan hujayralar to‗plami vujudga keladi. Hayotchanlik xususiyati 
yuqori bo‗lgan poliploid hujayralar yangi muhit sharotiga tanlanish asosida 
moslasha boradi. Bunda muhit sharoitidagi o‗zgartirishlar bevosita tanlash 
jarayoni yo‗nalishiga o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi. Tajribalarda qayd etilishicha, 
muhit tarkibida 2,4-D va kinetin konsentratsiyasining ko‗paytirilishi poliploid 
hujayralar hosil bo‗lishi jarayoniga ijobiy ta‘sir qiladi.
Gaplopappus o‗simlik to‗qimasi ustida olib borilgan tajribalar shuni 
ko‗rsatadiki, muhit sharoitining o‗zgartirilishi sitogenetik har xillikning vujudga 
kelishiga katta ta‘sir ko‗rsatadi. R.G.Butenko rahbarligida laboratoriya sharoitida 
bu o‗simlikning meristema to‗qimalari ikki yil davomida o‗stirildi va ekish 
jarayoni bir oyda bir marta o‗tkazildi. Bunda vujudga kelgan diploid hujayra-
larning 95 % ida mahsuldorlik boshqalariga nisbatan o‗zgarishi qayd etildi. Shved 
tadqiqotchisi T.Erikson izlanishlarida aynan ushbu to‗qimani o‗stirishda yangi 
ozuqa muhitiga hujayralar har ikki kunda almashtirib ekib turildi. Bunda shtamm 
barqaror diploid xususiyat kasb etishi aniqlandi. Biroq bu usulda o‗stirishda 
hujayralar populyatsiyasining genetik barqarorligini to‗liq kafolatlash imkoni 
bo‗lmaydi, chunki bunda genetik jihatdan geterogenlik xususiyatining o‗zi ham 
boshlang‗ich material sifatida o‗rin tutishi mumkin. Ko‗pgina o‗simliklar 
to‗qimalaridagi differensiallanish jarayoni, mahsuldorlik darajasi turli hil bo‗lgan 
hujayralarda amalga oshadi. O‗simlikda maxsus hujayralar, bargdagi yashil 
assimilyatsiya jarayonini amalga oshiruvchi paren-xima hujayralarida, ildizmeva-
larda zahira to‗plovchi hujayralar poliploid xususiyatga ega.
O‗z - o‗zidan yoki muhitda birorta omil ta‘sirida o‗zgarishga ega hujayra 
shakllarining vujudga kelishi, amaliy jihatdan qishloq xo‗jaligida yangi o‗sim-
lik navlarini yaratish uchun qulay material sifatida muhim ahamiyatga ega. 
In vitro
sharoitida turli xil epigenetik o‗zgarishlar genlarning turli yo‗na-
lishdagi faollashuviga sabab bo‗ladi. Bu o‗zgarishlar esa ko‗p hollarda irsiy-
lanish xarakteriga ega bo‗ladi. Irsiylanmaydigan o‗zgarishlar muhitda hujayra-
larning moslashishi tarzida kechuvchi modifikatsion o‗zgarishlardan iborat. Bu 
ko‗rinishdagi o‗zgarishlar hujayralarning muhit sharoitiga fiziologik jihatdan 
moslashishi bo‗lib, genotip ta‘siridagi reaksiya normasidan chetga chiqmaydi.
In vitro
sharoitida hujayralarni o‗stirish davomiylik vaqti uzayishi bilan 
ularda yuzaga keluvchi geterogenlik xususiyati darajasi ham orta boradi. 
Morfogenezning turli tiplarida, ya‘ni somatik embriogenez yoki organogenez 
jarayonlari ham hujayra genetikasi o‗zgarishlari bilan bog‗liq bo‗lib, barcha 
o‗zgarishlar o‗z navbatida fenotipda namoyon bo‗ladi. Tajribalarda qayd 
etilishicha, somatik embriogenez jarayoni davomiylik vaqti qisqaligi sababli bu 
jarayon davomida genetik o‗zgarishlar soni kam bo‗ladi va vujudga kelgan 
material asosan ona material genofondi tarkibiga ega bo‗ladi.


54 
Klon tarzida ko‗paytirishning amaliy ahamiyati shundan iboratki, bunda 
ona formalaridan biokimyoviy, sitogenetik belgilariga ko‗ra sifat va miqdoriy 
jihatdan keskin farqlanuvchi hujayralarning vujudga kelishi natijasida qishloq 
xo‗jaligi o‗simliklarining yangi navlarini yaratishning imkoniyatini beradi. 
Masalan, ushbu usul yordamida yaratilgan kartoshkaning ―Zarevo‖ navi yuqori 
hosildorligi, kasalliklarga chidamliligi, tugunaklari tarkibida protein va krax-
mal miqdorining nisbatan ko‗pligi kabi xususiyatlari bilan ajralib turadi. Dala 
sharoitida ekish davomida sanab o‗tilgan xususiyatlarning irsiylanishi uch yil 
davomida o‗zgarishsiz saqlanadi (V.V.Sidorov va boshqalar ma‘lmotlari asosi-
da, 1984-1985 yillar). Tamaki o‗simligida kallus to‗qimasini o‗stirish orqali 
yaratilgan nav esa tamaki mozaika virusi ta‘siriga nisbatan chidamlilik xususi-
yatini namoyon qiladi. Hozirgi vaqtda bu uslub yordamida nafaqat oziq ovqat 
sifatida ekiladigan qishloq xo‗jalik ekinlarining yangi navlarini yaratish, balki 
manzarali va dorivor o‗simliklarning yangi belgilarga ega navlarini olish ustida 
ham ko‗pgina amaliy ishlar bajarilgan. Masalan, pelargoniya Velvet Rose 
o‗simligining yangi navi kallus to‗qimasini o‗stirish asosida yaratilgan. 
Shunday qilib, klon tarzida ko‗paytirish hujayralarda yuzaga keluvchi 
genetik o‗zgarishlar qishloq xo‗jaligi va seleksiyada amaliy jihatdan muhim 
ahamiyatga ega. Shunga qaramasdan o‗stirish muhitida genetik jihatdan bar-
qaror bo‗lmagan hujayralarning vujudga kelishi seleksionerlar uchun kerakli 
bo‗lgan barqaror o‗zgarishlarga bo‗lgan talabni qondirmaydi. Shu sababli o‗sti-
rish muhitida seleksiya jarayoni uchun yetarlicha material to‗plash maqsadida 
fizik va kimyoviy mutagen moddalar qo‗llash orqali hujayralarning genetik har 
xilligi ta‘minlanadi. Masalan o‗stirilayotgan to‗qimalar rauvolf azotli iprit 
moddasi bilan 2,5Х10
-3
М konsentratsiya da ishlov berilganda xromosomalar 
abberatsiyasi birinchi ekishdayoq 32% ga ortadi triploid hujayralar soni 
ko‗payadi. Natijada biologik sintez jarayoni faol bo‗lgan shtamm yaratish 
imkoniyati tug‗iladi. O‗z - o‗zidan va biror omil ta‘sirida o‗stirilayotgan hujay-
ra, to‗qima va protoplastlardan chiqarilgan mutatsiyalar seleksionerlar uchun 
yangi o‗simlik navini yaratishda amaliy jihatdan muhim hisoblanadi. Yangi 
nav yaratishda seleksionerlar o‗simlikning tashqi muhit o‗zgarishlariga, zarar-
kunanda va kasalliklarga, tuproq sho‗rlanishiga, turli moddalar ta‘siriga chi-
damliligi kabi xususiyatlarga ega bo‗lishiga katta e‘tibor berishi kerak. Bunda 
o‗stirilayotgan hujayralar seleksiyasida ushbu belgilarga ega hujayralar asosida 
butun bir o‗simlikni yaratish jarayoni amalga oshiriladi. O‗z-o‗zidan yoki turli 
omillar ta‘sirida chaqirilgan mutagenez jarayoni tamoyil jihatidan o‗zaro katta 
farqlarga ega emas. Mutatsiyalar sonini orttirish maqsadida ko‗pincha hujayra-
lar o‗stirilayotgan muhitga nitrozoguanidin, nitrozometilmochevina, metilme-
tansulfonat kabi mutagenlar qo‗shiladi. Ba‘zida esa ultrabinafsha nurlanish, g-


55 
kvanti 60So va neytronlar ta‘siri kabilardan ham foydalaniladi. Tanlab ta‘sir 
ko‗rsatuvchi omillar sifatida esa antibiotiklar, nuklein kislotalar sintezini 
susaytiruvchi moddalar, purin va pirimid asoslari analoglari, fito - va patotoksi-
nlar, tuzli va suvli stressni vujudga keltiruvchi moddalar, aminokislota analog-
lari va boshqa shu kabi moddalar qo‗llaniladi. 
Hujayra seleksiyasida quyidagi usullardan foydalaniladi: 
– to‗g‗ridan-to‗g‗ri, ya‘ni pozitiv seleksiya, bunda aniq bir mutatsiyaga 
ega hujayralar saqlanib qolinadi; 
– bilvosita, negativ ko‗rinishdagi tanlash, bunda bo‗linayotgan yovvoyi 
tipdagi hujayralar yo‗qotib boriladi va metobolik jihatdan nofaol hujayralar 
saqlab qolinadi, biroq bu hujayralar ustida qo‗shimcha mutagen moddalar bilan 
ishlov berish ishlari olib boriladi; 
– total seleksiya, bunda barcha hujayra klonlari ustida individual holatda 
tekshirish olib boriladi; 
– vizual seleksiya va selektiv bo‗lmagan tanlash, bunda tanlanuvchi 
hujayralar hujayra populyatsiyasi orasida vizual usulda yoki biokimyoviy 
usullar hisoblangan yupqa qavatli, suyuq fazali xromatografiya, radioimmun 
tahlil, mikrospektrofotometriya kabilardan foydalanish orqali tanlanadi. 
Yuqorida sanab o‗tilgan usullar hujayra seleksiyasida keng qo‗llaniladi-
gan usullar hisoblanadi va bu usullar yordamida gerbitsidlar, antibiotiklar, tok-
sinlar, og‗ir metall tuzlari va boshqa shu kabi antimetobolit moddalarning sal-
biy ta‘siriga chidamli o‗simlik – regenerantlarini tanlab olish mumkin bo‗ladi.

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish