1 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Seleksiya maqsadlarida o„stirilgan o„simlik hujayralaridan foyda-



Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/76
Sana27.01.2022
Hajmi1,05 Mb.
#412703
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   76
Bog'liq
yuksak osimliklarning hujayralaridan kopaytirish biotexnologiyasi

Seleksiya maqsadlarida o„stirilgan o„simlik hujayralaridan foyda-
lanishning genetik asoslari. 
In vitro
sharoitida o‗stirilgan hujayralar morfo-


51 
logik, biokimyoviy, fiziologik va genetik jihatdan o‗ziga xos xususiyatlarga 
ega bo‗ladi. O‗stirilayotgan hujayralardan liniyasi hosil bo‗lgan regenerant – 
o‗simliklardagi turli tumanlik, xususiyati 
klon ichidagi xususiy turli xillik yoki 
variabellik 
deb ataladi. Klon ichidagi bu ko‗rinishdagi genetik turli xillikning 
kelib chiqish mexanizmlari to‗liq aniqlanmagan. Biroq shunga qaramasdan 
klon ichidagi genetik o‗zgaruvchanlik qatorlari vujudga kelish jarayonini bosh-
lang‗ich eksplanta genotipiga nisbatan o‗rganish va shu asosda 
in vitro
sharoiti-
da genetik hamda epigenetik o‗zgaruvchanlikni nisbiy baholash mumkin. 
O‗stirilayotgan hujayralarning polimorfizmini asos sifatida olingan o‗simlik 
yoshi, hosildorlik darajasi, korellyativ aloqadorlik bor yoki yo‗qligi kabi bir qator 
xususiyatlariga bog‗liq holatda tushuntirish mumkin. Keltirilgan oxirgi omil 
in 
vitro
sharoitida hujayralardagi spontan ravishda yuzaga keluvchi o‗zgaruvchanlik 
хususiyatida muhim ahamiyatga ega deb hisoblanadi.
O‗simlikning har bir ajratilgan qismi tarkibi turli xil to‗qimalar majmu-
asidan iborat va bunda boshlang‗ich eksplanta tarkibida qaysi to‗qima hujayralari 
kallus hosil qilishni boshlashi bilan bog‗liq holatda geterogen xususiyat vujudga 
kelishi mumkin. Tabiatda ham to‗liq holatda bir jinsli eksplantalar mavjud emas, 
bunda yoshga, turga, fiziologik xususiyatlariga bog‗liq holatda boshlanng‗ich 
material tarkibi geterogen xususiyat kasb etadi. Bu esa hujayralarni o‗stirish 
jarayonida sifat jihatidan turli xillikning yuzaga kelishiga sabab bo‗ladi.
Fiziologik geterogenlik xususiyati o‗stirilayotgan hujayralarning rivoj-
lanish jarayoni turli bosqichlarida ekanligi, ya‘ni hujayralar o‗sish, rivojlanish va 
nobud bo‗lish kabi davrlarni bosib o‗tishi bilan izohlanadi. Bu ko‗rinishdagi 
hujayralar majmuasidan iborat o‗stirish jarayoni asinxron xususiyatga ega bo‗ladi. 
O‗simlik hujayralarining barchasini o‗stirish jarayonida sinxron tarzda, ya‘ni bir 
xil rivojlanish tartibiga tushirish butunlay mumkin emas. Shu sababli o‗stirilayot-
gan hujayralar ichida bo‗linish bosqichidagi hujayralar o‗rtacha 2-4 % ni tashkil 
qiladi. Noqulay sharoit, ya‘ni past harorat, ozuqa tarkibidagi yetishmovchiliklari 
kabi omillar, bo‗linish jarayoniga ta‘sir ko‗rsatadi. Ba‘zi kimyoviy moddalar 
hujayralarning bo‗linish bosqichini susaytirishi mumkin. Talab etiladigan barcha 
sharoitlar ta‘minlanganda o‗stirilayotgan hujayralarning 10-30 % ini sinxron 
ravishda rivojlanishiga erishish mumkin, ammo keyingi avlod hujayralari vujudga 
kelgan vaqtda yana sinxronlik buzilishi kuzatiladi. Qayd etish kerak-ki, fiziologik 
variabellik darajasi suspenziya holidagi o‗stirilayotgan hujayralarda agarli muhit-
da o‗stirilayotgan kallus to‗qimasiga nisbatan kamroq bo‗ldi. Bu holat ozuqa 
muhitining nisbatan bir jinsliligi, aeratsiya va suyuq fazali ozuqa muhitidan 
zararli moddalarning chiqarib turilishi bilan izohlanadi. O‗stirilayotgan hujayra-
lardagi geterogenlik xususiyati genetik, epigenetik va modifikatsion o‗zgaruv-
chanlik bilan bog‗liq hisoblanadi. Genetik yoki mutatsion o‗zgaruvchanlik geno-


52 
tip o‗zgarishiga sabab bo‗ladi va ba‘zan irsiylanishi mumkin. DNK mutatsiyasi-
dagi o‗zgarishlar xromosoma, gen darajasida yuzaga keladi.
Gen yoki nuqtali mutatsiya DNK strukturasida joylashgan nukleotid-
larning qismi o‗zgarishi bilan bog‗liq. Gen mutatsiyalari hujayrada morfolo-
gik, biokimyoviy va fiziologik xususiyatlarning kuchli yoki kuchsiz o‗zgari-
shlariga sabab bo‗ladi. Xromosomalar makrostrukturasida yuzaga keladigan 
o‗zgarishlar natijasidagi mutatsiyalar, xromosoma mutatsiyalari yoki xromo-
somalar aberratsiyasi (qayta qurilishi) deb ataladi. Xromosomalardagi qayta 
qurilish inversiya, deletsiya, duplikatsiya, translokatsiya va transpozitsiya jara-
yonlari natijasida yuzaga keladi. Gen mutatsiyalari kariotipi yadrodagi xromo-
somalar sonidagi o‗zgarishlar bilan bog‗liq.
In vitro
sharoitida hujayralardagi genetik o‗zgarishlarda xromosoma 
darajasidagi o‗zgarishlar yetarlicha o‗rganilgan. Bitta ozuqa muhitida bir joyda 
o‗stirilayotgan hujayralarda xromosomalar to‗plami jihatidan diploid, polip-
loid, aneuploid hujayralar mavjud bo‗ladi. Genetik o‗zgaruvchanlikning yuza-
ga kelishi sabablari turli xil bo‗lib ular quyidagilardir:
1) birlamchi eksplantani ajratib olish uchun o‗simlikning tabiiy holatida 
mavjud bo‗lgan korrelyativ aloqaning buzilishi;
2) ozuqa muhiti komponentlarining ta‘siri;
3) moddalar almashinuvi mahsulotlari muhitda to‗planishining ta‘siri; 
4) olingan boshlang‗ich material tarkibidagi geterogenlik. 
Xromosoma darajasidagi o‗zgaruvchanlik hujayrada mitoz jarayonining 
buzilishi natijasida endomitoz va endoreduplikatsiya yuzaga keladi. Bunda 
endomitoz natijasida xromosomalar spirallanib mitoz boshlanadi, biroq xromo-
soma iplari bo‗linishi izdan chiqadi va yadro qobig‗i saqlanib qoladi. Natijada esa 
xromosomalarning yadro qobig‗i ichida despirallanishi amalga oshadi. Bunda 
xromosomalar soni ortadi, yadroning hajmi kattaradi. Endoreduplikatsiyada yadro 
tarkibidagi DNK miqdori ortadi. Poliploid va aneuploid hujayralar, mitozda 
xromosomalarning noto‗g‗ri taqsimlanishi natijasida yuzaga keladi.
Hujayralarning mahsuldorlik darajasi o‗rtasida farq vujudga kelganda 
hujayralararo o‗sish, bo‗linish tezligi o‗zgaradi va muhitning ta‘sirlariga chi-
damlilik o‗rtasida ham sezilarli farqlanish yuzaga keladi. Natijada esa hujayra-
lararo o‗zaro raqobatlashish vujudga kelib,u yoki bu hujayralarning yengib 
chiqishi kuzatiladi. Bunda yengib chiqqan dominant hujayralar seleksiyasi 
uchun tanlab olinadi. Dominant hujayralar to‗plamining vujudga kelishi, bosh-
qa konkurent hujayralarni yo‗qotish usuli bilan amalga oshiriladi. Bu ko‗ri-
nishdagi tanlash jarayoni 

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish