1 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Klonal usulda mikroko„paytirishning bosqichlari



Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/76
Sana27.01.2022
Hajmi1,05 Mb.
#412703
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   76
Bog'liq
yuksak osimliklarning hujayralaridan kopaytirish biotexnologiyasi

Klonal usulda mikroko„paytirishning bosqichlari. 
Klonal usulda 
mikro ko‗paytirish jarayonini 4 ta bosqichga bo‗lib o‗rganish mumkin: 
1. Donor o‗simlikni tanlash, yaxshi rivojlangan sog‗lom o‗simlik asosida 
boshlang‗ich eksplantani ajratib olish va steril ozuqa muhitiga joylashtirish. 


64 
2. Maksimal miqdordagi meristematik klonlarni hosil qilish, bunda 
jarayon mikroko‗paytirish jarayonining xususiy xarakteriga asoslanadi. 
3. Vujudga kelgan o‗simtalarni tuproqqa ekish va ildiz qosil qilishiga 
moslashishiga qulay sharoit yaratish. Bunda regenerant – o‗simliklarni ma‘lum 
vaqt davomida ba‘zan +2
о
С, +10
о
С haroratda saqlash ijobiy natija beradi.
4. O‗simliklarni issiqxonalarda o‗stirish va ularni dala sharoitida 
ko‗paytirishni tashkil etish.
To‗qimalarni yuqoridagi 4 ta bosqich bo‗yicha o‗stirishda, har bir bosqich 
o‗ziga xos tarkibli ozuqa muhitini talab etadi.
Birinchi bosqichda asosan ozuqa muhitining sterilligi muhim ahamiyat 
kasb etadi. Bunda steril muhitni tashkil etishda biroz qiyinchiliklar tug‗ilishi 
mumkin. Ko‗pincha eksplanta joylashtirilgan sterillash maqsadida ozuqa muhi-
tiga tetratsiklin, benzilpenitsillin kabi antibiotiklarni 100-200 mg/l konsent-
ratsiyada qo‗shish tavsiya qilinadi. Bu usul ichki infeksiyalar bilan zararlanish 
xavfi yuqori bo‗lgan daraxtsimon o‗simliklar hujayralarini ko‗paytirishda keng 
qo‗llaniladi.
Birinchi bosqichda ozuqa muhiti tarkibiga Murasiga va Skuga tomoni-
dan ishlab chiqilgan mineral tuzlar solinadi, shuningdek biologik faol mod-
dalar, o‗sish regulyatorlari hisoblangan auksinlar, sitokininlar qo‗shiladi. Bun-
da ozuqa muhiti tarkibi tanlangan obyekt xususiyatlariga asoslanib ishlab 
chiqiladi. O‗stirishning birinchi bosqichida birlamchi eksplanta hujayralari 
faoliyati natijasida muhitga turli xil zararli moddalar, jumladan fenollar, kim-
yoviy strukturasiga ko‗ra terpen qatoriga kiruvchi moddalar ajralishi kuzatiladi. 
Shu sababli bu kabi moddalarning salbiy ta‘sirini yo‗qotish uchun ko‗pincha 
antioksidantlardan foydalaniladi. Bu ikki yo‗l bilan amalga oshiriladi: antioksi-
dantlarning kuchsiz eritmasi bilan eksplanta 4-24 soat mobaynida yuviladi yoki 
bu moddalar ozuqa muhiti tarkibiga qo‗shiladi. Antioksidantlar sifatida askor-
bin kislota (1 mg/l), glyutation (4-5 mg/l), ditiotrietol (1-3 mg/l), dietilditio-
karbomat (2-5 mg/l), polivinilpirrolidon (5000-10000 mg/l) kabi moddalar 
ishlatiladi. Ba‘zida talab etilgan hollarda ozuqa muhitiga adsorbent sifatida, 
0,5-1,0% konsentratsiyada faollashtirilgan ko‗mir ishlatiladi. O‗stirishning 
birinchi bosqichi 1-2 oy cho‗zilishi mumkin. Natijada bu bosqich davomida 
meristema to‗qimalarining o‗sishi va dastlabki o‗simtalar hosil bo‗lishi amalga 
oshadi. O‗stirishning 2-bosqichi - mikroko‗payishning xususiy jarayonlaridan 
iborat. Bu bosqichda meriklonlarning miqdoriy maksimal holatda rivojlanishi 
natijasida nuqsonga ega, mutant - o‗simliklarning yuzaga kelishi kuzatiladi.
Birinchi bosqichdagi singari o‗stirishning ikkinchi bosqichida ham 
Murasiga va Skuga tomonidan tarkibi ishlab chiqilgan ozuqa muhitidan foyda-
laniladi, ozuqa muhiti tarkibiga o‗sish regulyatorlari kabi biologik faol modda-


65 
lar qo‗shiladi. Eksplantalarni ozuqa muqitida yaxshi rivojlanishini ta‘minlashda 
asosiy ahamiyatga ega jarayonlardan biri bu muhitda sitokinin va auksinlar 
o‗rtasidagi nisbatni to‗g‗ri tanlay olish hisoblanadi. Uzoq vaqt davomida 
o‗stirish jarayonida ozuqa muhitida sitokininlar miqdori fiziologik normadan 
ko‗p ishlatilishi, bu moddaning hujayralarda yig‗ilib borishiga sabab bo‗ladi. 
Natijada esa bu moddaning qo‗shimcha zararli ta‘sirida morfologik jiqatdan 
nuqsonlarga ega o‗simliklar vujudga kelish ehtimolligi ortadi. Bu kabi salbiy 
ta‘sir yon meristema hujayralarini o‗stirishda poliferatsiya jarayoni susayishi-
ga olib kelishi qayd etilgan. Shuningdek bunda vujudga kelayotgan o‗simtalar 
rivoji qam sustlashadi. Bu ko‗rinishdagi ozuqa muhitida sitokininlar miqdori 
ko‗paytirilgandagi salbiy ta‘sirini yo‗qotish ustida N.V.Katayev va R.G.Buten-
ko tadqiqotlar olib borishgan. Ular ozuqa muhitida sitokininlar miqdorini qat‘iy 
kuzatib borishni va fitogormonlarning miqdori fiziologik norma miqdoridan 
ortib ketishiga yo‗l qo‗ymaslikni tavsiya qilishgan. Hujayralarni mikroklonal 
o‗stirishning 3 va 4 bosqichlari – mikroo‗simtalarning hosil bo‗lishi, o‗simta-
larni tuproq sharoitiga moslashtirish va dala sharoitida ekish kabi murakkab 
ishlarni amalga oshirishdan iborat. Bu bosqichlarning muvaffaqiyatli amalga 
oshirilishi bevosita mikroklonal usulda o‗stirishning oldingi bosqichlari sama-
radorligi bilan bog‗liq hisoblanadi. O‗stirishning uchinchi bosqichida ozuqa 
muhitining tarkibi o‗zgartiriladi: bunda Murasiga va Skuga tavsiyalari asosida 
ozuqa muhitidagi mineral tuzlar miqdori ikki, ba‘zida to‗rt marotaba kamay-
tiriladi. Yoki ozuqa muhiti, Uayt ozuqa muhitiga almashtiriladi, shuningdek 
ozuqa muhiti tarkibida qandlar miqdori 0,5-1,0 % gacha kamaytiriladi, sitokini-
nlar to‗liq yo‗qotiladi va faqat auksin qoldiriladi. Ildiz o‗simtalarining vujudga 
kelishi uchun v - indolil - 3 - moy kislotasi (IMK), indol uksus kislota (IUK) 
yoki naftal uksus kislota (NUK) qo‗llaniladi;
Mikroo‗simtalarning rivojlanishini tezlashtirish maqsadida quyidagi 
ikkita usul qo‗llaniladi:
1) Vujudga kelgan mikroo‗simtalarni 2 soatdan 24 soatgacha steril sharo-
itda 20-50 mg/l konsentratsiyali auksin eritmasi bilan ishlov berish va keyin 
tarkibida gormonlar mavjud bo‗lmagan agarli ozuqa muhitiga joylashtirish 
amalga oshiriladi. Keyin esa o‗zini tutib olgan o‗simta tuproq sharoitiga 
ko‗chiriladi.
2) Vujudga kelgan mikroo‗simtalar 3-4 hafta mobaynida tarkibida 1-5 
mg/l konsentratsiyada auksinlar mavjud bo‗lgan ozuqa muhitiga ekiladi. 
Keyingi vaqtda bu jarayonda mikroo‗simtalarni rivojlantirishda probirka sharo-
itida gidroponika (tomchilatib sug‗orish) usulidan foydalanish ham amalga 
oshirilmoqda. Bu usul o‗stirish jarayonini osonlashtirishi bilan birgalikda tup-
roq sharoitiga yaxshi moslashuvchi o‗simlikni yuzaga keltiradi. Kartoshka 


66 
o‗simligida minitugunaklarni yuzaga keltirishda substratsiz gidroponika usuli 
qo‗llaniladi. Bunda o‗simta joylashtirilgan idishning pastki va ustki qismi 
qorong‗ilik ta‘minlaydigan qora material bilan o‗raladi yoki mikroildizlar hosil 
bo‗lishiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatuvchi faollashtirilgan ko‗mir muhitga qo‗shiladi.
Klon usulida mikroko‗paytirishda regenerant – o‗simlikni substratga 
ekish eng muhim jarayonlardan biri hisoblanadi. Bunda ekish uchun eng qulay 
vaqt bahor va yoz fasli boshlanishga to‗g‗ri keladi.
Probirkada o‗stirilgan o‗simta bir nechta ildiz hosil qilgandan so‗ngra 
maxsus ilgich yoki pinset yordamida ehtiyotkorlik bilan olinadi. Bunda o‗simta 
ildizi agar qoldiqlaridan yuvib tozalanadi va 1-2 soat mobaynida 85-90°S 
haroratda sterillangan tuproqqa ekiladi. Ko‗pchilik o‗simliklarni ekishda subs-
trat sifatida torf, qum 3:1 nisbatda; torf, tuproq, perlit 1:1:1 nisbatda; torf, qum, 
perlit 1:1:1 nisbatda foydalaniladi. Ba‘zi o‗simliklarni o‗stirishda substrat sfag-
num moxi, torf aralashmasi, qayin bargi, qarag‗ay ildizi qoldiqlaridan 1:1:1 
nisbatda qo‗llaniladi.
O‗simlik ekiladigan tuproqli susbstrat oldindan, maxsus yashikchalar va 
tuvaklar holida tayyorlanadi. Tayyor tuvaklar 20-22°С haroratli, yoritilish 
darajasi 5000 lk va havo namligi 65-90% ni tashkil qiluvchi issiqxona larga 
joylashtiriladi. Bunda o‗simlik yaxshi rivojlanishi uchun sun‘iy tuman hosil 
qilinishi ijobiy natija beradi. Ba‘zida o‗simlikni ekishda maxsus sharoit 
yo‗qligi sababli sellofandan tayyorlangan xaltachalar, shisha bankalardan ham 
foydalanish mumkin. Ekilgandan so‗ngra rivojlanayotgan o‗simlik 20-30 kun-
dan keyin Knudson, Murasiga va Skuga, Chesnokova, Knop kabilar tomonidan 
ishlab chiqilgan mineral tuzlar tarkibli ozuqa bilan ta‘minlanadi. Shuningdek 
qo‗shimcha tarzda mineral o‗g‗itlash olib boriladi. O‗simlik yaxshi rivojlani-
shi uchun substrat ba‘zan katta hajmda, yangi holatda tayyorlab, almashtirilib 
turiladi. O‗simlikning keyingi moslashishlari har bir o‗simlik turi uchun o‗ziga 
xos agrotexnik talablar asosida olib boriladi.
Probirkada o‗stirilgan o‗simlikni tuproq sharoitiga ekish va moslashtirish 
jarayoni yetarlicha sarf xarajatli va murakkab ish hisoblanadi. Ba‘zida o‗simlik 
tuproqqa ekilgandan so‗ng barglari tushib ketishi va rivojlanishi to‗xtab qolishi 
hollari ham kuzatiladi. Bu hodisa probirkada o‗stirilgan o‗simlik hujayralarida 
barg og‗izchalari funksiyasining buzilishi va natijada suv almashinuvi normal 
balansi izdan chiqishi bilan bog‗liq holda izohlanadi. Ikkinchidan ba‘zi o‗sim-
liklarni 

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish