1 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Klonal mikroko„paytirish jarayoniga ta‟sir etuvchi omillar



Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/76
Sana27.01.2022
Hajmi1,05 Mb.
#412703
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   76
Bog'liq
yuksak osimliklarning hujayralaridan kopaytirish biotexnologiyasi

Klonal mikroko„paytirish jarayoniga ta‟sir etuvchi omillar. 
Klon 
usulida mikroko‗paytirish jarayoniga ko‗plab turli tabiatga ega omillar o‗z 
ta‘sirini ko‗rsatadi. Bunday omillarga, hujayrasi o‗stirilayotgan o‗simlikning 


61 
fiziologik xususiyatlari va o‗stirish muhitining fizik va kimyoviy xususiyatlari 
kiradi. Klon usulida mikroko‗paytirishda asosiy ishlardan biri ona o‗simlik va 
boshlang‗ich eksplantani tanlab olish hisoblanadi.
Ona o‗simlikni tanlab olishda uning turiga, naviga, o‗ziga xos xususi-
yatlariga hamda fiziologik xossalariga e‘tibor beriladi. Olinayotgan o‗simlik 
bakteriya, zamburug‗ va viruslar bilan kasallanmagan bo‗lishi kerak. Shuning-
dek, o‗simlik intensiv o‗sish davrida bo‗lishi, ya‘ni tinchlik fazasidan chiqqan 
va faol o‗sishni boshdan kechirayotgan bo‗lishi kerak. O‗simlik piyozchalari, 
tugunaklari, ildizmevalaridan bu maqsadda foydalanilganda (agar bu material-
lar dam olish fazasida bo‗lsa) alohida ajratilgan hujayra va to‗qimalarni 
o‗stirish muhitida ma‘lum vaqt davomida haroratni pasaytirish yoki oshirishga 
to‗g‗ri keladi. Shuningdek o‗simlikning ko‗payish usullari genetikasi o‗rgani-
ladi. Masalan, qulupnay barcha yo‗llar bilan ko‗paya oladi. Zaytun o‗simligi 
tabiatda faqat qalamchasi orqali ko‗payadi. Bir pallali o‗simliklarga nisbatan 
ikki pallalilarning regeneratsiya xususiyati ancha yuqori hisoblanadi.
Eksplantani tanlashda uning yoshi, tuzilishi va kelib chiqishi kabilarga 
e‘tibor beriladi. Bunda hosil qilinuvchi o‗simliklarda anomal belgilardan 
qochish maqsadida va umuman klonlanuvchi material barqarorligini maksimal 
darajada ta‘minlash uchun kuchsiz differensiallashgan to‗qimalar boshlang‗ich 
eksplanta sifatida olinadi. Daraxtsimonlarda yosh o‗simliklardan olingan 
to‗qimalar, qari to‗qimalarga nisbatan tezroq ildiz hosil qilish xususiyatiga ega 
bo‗ladi. Umuman boshlang‗ich eksplanta sifatida poyaning uchki qismlari, 
qo‗ltiqda joylashgan kurtaklar, murtak, yosh barglar, qalamchalar, gul tugun-
chasi, piyozchalarida meristema mavjud bo‗lgan to‗qimalardan foydalanish 
yaxshi natija beradi. 1975 yilda Grin va Filips tomonidan olib borilgan tajriba-
larda makkajo‗xorining yetilgan urug‗laridan ajratib olingan embrion hujayra-
lari o‗stirilganda kallus to‗qimasi hamda ildiz hosil qilishi qayd etilgan. Bunda 
changlanishdan so‗ng 2-3 haftadan keyin olingan hujayralarda kallus hosil 
qilishi va o‗simlik rivojlanishi yaxshi kechishi kuzatilgan. Bu holat o‗simlik 
ontogenezida genetik axborotning o‗qilish jarayoni ishga tushishi bilan izoh-
lanadi. Qayd etish lozimki, yosh to‗qimalardan boshlang‗ich eksplanta sifatida 
foydalanish hamisha ham ijobiy natija beravermaydi. Exeveriya o‗simligida 
yosh barg to‗qimalari asosida olingan eksplanta rivojlanishi natijasida faqat 
ildiz hosil bo‗ladi. Agar bunda qari barg hujayralaridan foydalanilsa ulardan 
rivojlanish natijasida faqat o‗simtalar hosil bo‗lsa, o‗rta yoshli barg hujayra-
laridan esa rivojlanishda ildiz hamda poya o‗simtalari vujudga keladi. Bunda 
eksplanta o‗lchami qancha kichik bo‗lsa rivojlanish shuncha sust boradi. Ikkin-
chi tomondan yirik eksplanta olinganda uning virus bilan kasallanganlik 
ehtimolligi darajasi ortib boradi. Mikroko‗paytirishga o‗stirish vaqtining davo-


62 
miyligi ham ta‘sir ko‗rsatadi. Eksplantaning fiziologik holati qayta ekishlar 
davomida o‗zgarib boradi. O‗stirish jarayoni davomiyligi uzayganda esa o‗sim-
talar hosil bo‗lishi tezlashadi. Bu holat eksplantada yuvenil davrga o‗xshash 
holat yuzaga kelishi bilan izohlanadi.
O‗stirish muhitini sterillash ham ba‘zida muhim ahamiyatga ega bo‗ladi. 
Bunday paytda sterillovchi moddalar, eksplanta xususiyatlarini e‘tiborga olib 
tanlanadi. Nozik to‗qimalarni o‗stirish muhitini sterillashda sterillovchi modda 
konsentratsiyasini kamaytirish talab etiladi, chunki yuqori konsentratsiyalarda 
qo‗llanilganda sterillovchi modda eksplanta tarkibidagi hujayralarni nobud qilishi 
mumkin. Eksplanta ko‗pchilik hollarda zamuburug‗, bakteriya infeksiyalari bilan 
kasallanmasligi uchun fungitsid va antibiotiklar bilan ishlov beriladi. Bunda 
hujayralarni benzonat natriy tuzi bilan ishlov berish yaxshi natija beradi. 
Hujayralarning xususiyatlarini hisobga olgan holatda o‗stirishda qattiq va 
suyuq fazali ozuqa muhitlaridan foydalaniladi. Ba‘zan ozuqa muhiti xususiyat-
lari trofik elementlarning yuqori darajada harakatchanligini ta‘minlashga mos-
lashtirilib yaratiladi. Masalan, atirgul o‗simligini ko‗paytirishda o‗simtalar ikki 
qavatli ozuqa muhitida yaxshi o‗sadi. Bunda ozuqa muhitining pastki qatlami 
agarli muhitdan va tepa qavati suyuq ozuqa muhitidan tashkil topadi. Eksp-
lantaning joylashish holati ham o‗sish jarayoniga kuchli ta‘sir ko‗rsatishi 
mumkin. Bunda ozuqa muhitida eksplantalar gorizontal yoki vertikal holatda 
joylashtiriladi. Shuningdek hujayralar o‗stirilayotgan probirkalar tiqinlari tipi 
ham farqlanadi. Masalan paxtadan tayyorlangan, plastmassali, shisha yoki 
metall tiqinlar ishlatiladi. O‗stirilayotgan muhitdagi ozuqa miqdori va eksp-
lanta o‗rtasidagi nisbat, optimal yoritilish darajasi, gaz almashinuvining qulay-
ligi kabi omillar ham o‗stirish samaradorligiga o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi.
Ozuqa muhitining tarkibi har bir o‗simlik hujayrasi uchun aloqida tarzda 
tuzib chiqiladi. Klon usulida mikro ko‗paytirish jarayoniga ozuqa muhiti tarki-
bidagi gormonlar, vitaminlar, turli xil tuzlar va uglevodlar miqdori o‗stirish 
jarayoniga ijobiy yoki ba‘zan normadan ortiq ishlatilganda salbiy ta‘sir ko‗rsatishi 
mumkin. 
In vitro
sharoitida ko‗pincha Murasige va Skug, Linsmayyer va Skug, 
SHenk va Xildebrandt, Nich, Gamborg, Xeller va boshqalar tomonidan ishlab 
chiqilgan ozuqa muhitlaridan foydalaniladi. Odatda foydalaniladigan Murasige-
Skuga ozuqa muhiti tarkibida anorganik azot miqdori ko‗p bo‗ladi, bu esa soma-
tik embriogenez va organogenez jarayonlariga turtki berish xossasiga ega. 
N.A.Kuzmin, V.V.Vnukova tomonidan 1997 yilda qattiq bug‗doy ustida olib 
borgan tajribalarida Murasige-Skuga va Gamborg ozuqa muhitlarida kallusdan 
morfogenez hosil bo‗lishi o‗rganildi. Bunda Murasige-Skuga muhitida auksin 
miqdori ko‗p bo‗lgan sharoitda qattiq bug‗doy xromosomalari to‗plami barqaror-
ligi ortishi kuzatildi. Ozuqa muhitida umuman olganda NH4: NO3 nisbat miq-


63 
dorining qanday bo‗lishi o‗stirish jarayoniga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi degan savolga 
adabiyotlarda turli xil fikrlar mavjud va o‗simlik turlari qujayralari uchun bu 
nisbatning optimal darajasi ishlab chiqilmagan. Ozuqa muhitida uglevodlar 
manbai sifatida saxaroza, glyukoza, fruktoza, galaktoza kabi qand moddalaridan 
foydalaniladi. Mikroklonal usulda o‗stirishning turli bosqichlarida uglevodlarga 
bo‗lgan talab darajasi ham o‗zgaradi.
O‗stirish jarayoniga ta‘sir qiluvchi fizik omillarga harorat va yorug‗likni 
kiritish mumkin. Umumiy holatda o‗stirishning dastlabki ikki bosqichida 
yoritilish darajasi muhitda 1000-3000 lk, yoruglik 14-16 soatni tashkil etishi 
kerak, biroq bu ko‗rsatkichlar o‗stirilayotgan hujayralar xususiyatlariga ham 
bog‗liq bo‗ladi. Yorug‗lik intensivligining normadan biroz oshirilishi ba‘zida 
xloroza faollashishiga sabab bo‗ladi va natijada o‗simlikning tuproqqa mosla-
shish jarayoni tezlashadi. Yorug‗likning spektr tarkibi qam o‗stirilayotgan 
hujayralarga katta ta‘sir ko‗rsatishi qayd etilgan. N.V.Katayeva, V.A.Avetisov 
va boshqalar tomonidan 1981 yilda olib borilgan tadqiqotlarda o‗stirish jara-
yonida hujayralar to‗plamidagi morfogenez jarayoni yuzaga kelishida ko‗k nur 
spektri asosiy o‗ringa egaligi kuzatilgan. Qizil yorug‗lik spektri esa tamaki 
o‗simligida kurtaklar hosil bo‗lishiga, pomidorda o‗simtalar hosil bo‗lishi va 
qayinda ildiz hosil bo‗lishi jarayonlariga ijobiy ta‘sir ko‗rsatishi aniqlangan. 
T.N.Konstantinov va uning hamkasblari tomonidan 1987 yilda olib borilgan 
tajribalarda 
in vitro 
sharoitida ko‗k nur spektri tamakida vegetativ kurtaklar 
hosil bo‗lishini, qizil nur spektri esa gul kurtaklari hosil bo‗lishini kuchaytirishi 
aniqlangan. Biroq bunda ozuqa muhitida auksinlar, sitokininlar miqdori 
o‗zgartirilishi vegetativ va gul kurtaklari hosil bo‗lishini o‗zgartirib yuboradi. 
R.A.Karnachuk va YE.S.Gvozdev tomonidan 1998 yilda olib borilgan tajriba-
larda bug‗doy o‗simligida kallus to‗qimasi morfogenezi asosan yorug‗lik nuri-
ning yashil rang spektrida kuchayishi qayd etilgan. Muhitning garmon tarkibi 
qam hujayralarning o‗sish jarayoniga ta‘sir ko‗rsatadi.
Hujayrani o‗stirishda muhit harorati kunduzi 22-26 
0
С, kechasi 18-22
0
С 
ni tashkil qiladi. Ba‘zi hollarda haroratning pasaytirilishi hujayralarning o‗sish 
jarayoniga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi. Sun‘iy muhitda hujayralarni o‗stirish va 
ko‗paytirishda har bir o‗simlikning tabiatda o‗sish sharoiti xususiyatlarini 
o‗rganish asosida muhit yaratib berishga ham katta e‘tibor qaratish lozimligi 
to‗g‗risida adabiyotlarda ma‘lumotlar mavjudligini ko‗rish mumkin. Muhit va 
havoning nisbiy namligi o‗rtacha – 65-70 % ni tashkil qilishi talab etiladi. 

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish