ANOMAL BOLALAR VA ULARNING TASNIFI
Anomal bolalar va ularning tasnifi:
Jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bor bolalar anomal bolalar deyiladi (yunoncha odatdan tashqari, noraso degan ma’noni bildiruvchi anomal so‘zidan olingan). Hozirgi kunda chet davlatlarda ushbu bolalar maxsus yordamga muhtoj bolalar deb ham yuritiladi. Korreksion pedagogika fanining mavzui bahsi anomal bolalardir. Korreksion pedagogika fanining vazifasi – anomaliyalarning kelib chiqish sabablari, turlari, anomal bolalarning psixofiziologik rivojlanishidagi xususiyatlarini o‘rganish, ularning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |