1 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/76
Sana27.01.2022
Hajmi1,05 Mb.
#412703
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
Bog'liq
yuksak osimliklarning hujayralaridan kopaytirish biotexnologiyasi

 
 
©
 
Hayitov Ilhom Yuldoshevich. 



SO„Z BOSHI 
 
Bugungi kundagi fan-texnika taraqqiyoti jamiyatimizdagi o‗zgarishlarning 
jadallashishiga, jamiyat hayotida yangiliklarning kirib kelishiga sabab bo‗lmoqda. 
Ta‘lim-tarbiyaning maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanish 
yo‗nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi 
kunda O‗zbekiston Respublikasida tashkil etilgan ta‘lim-tarbiyaning asosiy 
maqsadi komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat.
O‗zbekiston Respublikasi Mustaqilligining dastlabki yillaridayoq ta‘lim 
sohasiga alohida e‘tibor berildi. Jamiyatda ta‘lim ustuvor deb e‘lon qilindi. 
Jamiyatda ta‘limni rivojlantirish uchun turli islohotlar o‗tkazilmoqda. ―Ta‘lim 
to‗g‗risida‖gi Qonun va ―Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi‖ ta‘lim sohasidagi 
islohotlarni amalga oshirish dasturi bo‗lib xizmat qilmoqda va unda ta‘lim 
sohasida amalga oshiriladigan ishlarning maqsadi, vazifalari va yo‗nalishlarini 
belgilab berilgan. Bu vazifalarni amalga oshirish, avvalo o‗qituvchiga, uning 
bilimi va kasb mahoratining shakllanganlik darajasiga bog‗liq. O‗qituvchi 
zimmasiga yuklatilgan vazifalarni nechog‗lik vijdon, aql va kasb mahorat bilan 
bajarishi jamiyat kelajagini ta‘minlovchi muhim omildir. 
Bunday tezkor o‗zgarishlar va texnologiyalarning kirib kelishi, texnik va 
texnologik tadqiqotlarni kuzatish hamda uzluksiz ta‘limda joriy etishni talab 
etadi. Ta‘lim jarayoni jamiyat taraqqiyotining ijtimoiy omili sifatida faoliyat 
ko‗rsatib, jamiyatning barcha sohalarini o‗zgarishi va rivojlanishiga olib keladi. 
Shunday ekan keyingi 15-20 yil ichida fan dasturlariga yangi o‗quv 
kurslarining qo‗shilishi buning yaqqol misolidir. Shu jumladan biotexnologiya 
fani ham 1994-1995 yillarda O‗zbekiston Respublikasining tegishli oliy o‗quv 
yurtlarida o‗quv fani sifatida kiritildi va o‗qitila boshlandi. Bu fan biologiya 
bo‗limining yangi bir yo‗nalishi bo‗lib, asosan botanika, zoologiya, fiziologiya, 
genetika, mikrobiologiya fanlarining rivojlanishi asosida vujudga keldi. 
Biotexnologiya o‗quv kursi talabalarga biologik jarayonlardan foydalanib 
sanoatda mahsulotlar ishlab chiqarish usullarini o‗rgatadi. Bunga misol qilib 
turli xil achitqilar asosida pivo, vino, shampan vinosi, spirt, qatiq, qimiz, 
pishloq, non mahsulotlari ishlab chiqarishni misol qilib olishimiz mumkin. Bu 
usullar biotexnologiyaning an‘anaviy usullariga kirsada, lekin bu usullar yangi 
zamonaviy biotexnologiyaning rivojlanishiga olib keldi. Bugungi kunga kelib 
zamonaviy biotexnologik usullar asosida mikroor-ganizmlar, o‗simliklar va 
hattoki hayvonlarning klonlari yaratilmoqda. Gen muhandisligi usullari yor-
damida ularning transgen formalari yaratilmoqda va ulardan transplantatsion 
jarayonlarda foydalanilmoqda. Hozirgi kunda tibbiyot sanoatida, mikroor-
ganizmlar, hayvonlar va o‗simliklarning hujayralaridan o‗stirish hamda klon-



lash sohalarida katta ishlar olib borilmoqda. Bu ma‘lumotlar to‗g‗risida 
O‗zbekistonda biotexnologiya fanining rivojlanishiga bosh bo‗lgan O‗zbekis-
ton Milliy Universitetida birinchi bor biotexnologiya kafedrasini ochgan olim, 
b.f.d., professor M.M.Raximov va shu sohaning rivojlanishiga hissa qo‗shgan 
olimlarimizdan 
Q.Davronov, N.A Xujamshukurov, X.A Berdiqulov, 
R.Shoyaqubovlarning yozgan maqolalarida, o‗quv uslubiy qo‗llanmalarida, 
monografiyalarida yaxshi tushunchalar berilgan.
O‗simlik hujayrasini o‗stirish jarayoni hayvon hujayrasini o‗stirish 
jarayoniga nisbatan oson. O‗simlik hujayralarini ekish uchun 22-27 
0
С haro-
ratda, qorong‗i yoki yorug‗ joyda saqlanadi. O‗simlik hujayrasini o‗stirish 
uchun qo‗llaniladigan ozuqa muhitining tarkibi juda murakkab bo‗lmasdan uni 
uy sharoitida tayyorlash ham mumkin. Bunda hujayralarni agar-agar va krax-
mal asosida tayyorlangan qattiq ozuqa muhitida (bu usul ozuqa muhitlari mav-
zusida to‗liq yoritilgan) yoki filtr qog‗ozi hamda paxta ko‗prikchalari asosida 
tayyorlangan suyuq ozuqa muhitida ham o‗stirish mumkin. 
Shuning uchun biz, ushbu o‗kuv-uslubiy qo‗llanmamizni ―Yuksak o‗sim-
liklar hujayralarini o‗stirish‖ga bag‗ishladik. Botanika darsliklaridan bizga 
ma‘lumki, ko‗pgina o‗simliklar tol, terak, tok, anor, anjir kabi o‗simliklar 
qalamchalaridan ko‗paysa, nok, murut kabi o‗simliklar vegetativ usulda ildizi-
dan ko‗payadi. Bunday ko‗paytirilgan o‗simliklar aynan ota-ona organizm 
o‗simliklariga o‗xshash bo‗ladi. Lekin bu kabi o‗simliklar urug‗idan ko‗pay-
tirilganda esa aynan ota-ona organizmiga o‗xshamasdan balki o‗zlarining yov-
voyi ajdodlarini belgi va xususiyatlarini takrorlaydi. Tabiatda vegetativ ko‗pay-
maydigan o‗simliklarni ko‗paytirish bir oz qiyinchiliklar tug‗diradi, shuning 
uchun ular turli xil usullar asosida payvand qilinadi. Zamonaviy biotexnologiya 
bu qiyinchiliklarning barchasiga barham berdi. Biz quyida bu usullarni qisman 
bo‗lsada, yoritishga harakat qildik. Ushbu o‗quv-uslubiy qo‗llanma O‗zbekis-
ton Respublikasi Oliy va O‗rta maxsus ta‘lim vazirligi tomonidan, 5420100-
biologiya bakalavriyat yo‗nalishi talabalari uchun Biotexnologiya asoslari 
fanidan tasdiqlagan o‗quv dasturining «O‗simlik hujayralari muhandisligi» 
bo‗limiga asosan mos ravishda yozildi.
Ushbu o‗quv-uslubiy qo‗llanmani tayyorlashda o‗zlarining qimmatli 
maslahatlarini bergan professor Q.D. Davronovga va dotsent B.E. Xo‗jamqu-
lovga muallif o‗z minnatdorchiligini bildiradi.



Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish