14
tipga bog‗liq hisoblanadi. Bir xil organ, to‗qimalar tarkibiga kiruvchi hujayra-
larning morfogenez xususiyati turli xil darajada namoyon bo‗ladi. Masalan,
sabzining floema to‗qimasi dastlab ildiz hosil qiladi, ksilemadan esa embrioid-
lar vujudga keladi.
Morfogenez jarayoni mexanizmlarini to‗liq
ochib berish uchun aniq bir
sharoitda differensiallanish asosida o‗simlik vujudga keluvchi kallus to‗qimasi
hujayralarida kechadigan morfofiziologik jarayonlarni chuqur o‗rganish talab
etiladi. Bunda in vitro o‗stirish jarayonida hujayrada yangi tipdagi mikroquvur-
chalar tizimi vujudga kelishi, ularning o‗lchamlari o‗zgarishi, ribosoma faolli-
gi, pigment plastidalari holati, zahira moddalar yig‗ilishi kabi o‗zgarishlar
kuzatilgan. O‗simlik hujayrasida mikroquvur tizimi, mikrofilamentlar kabi bir
qator tizimlarning hujayra faoliyatidagi ahamiyati tahmin qilinsada, to‗liq
ochib berilmagan. Bu strukturalar bevosita hujayra bo‗linish jarayonida shakl-
lanadi va bo‗linishda ishtirok etishi tahmin qilinadi. Shuningdek Golji appa-
ratidagi o‗zgarishlar hujayraning bo‗linish jarayonida muhim ahamiyatga
egaligi qayd etilgan.
Mitoz bo‗linishda poliploidizatsiya natijasida ko‗p
yadroli hujayralar
vujudga kelishi kuzatiladi. Mitoz siklining sinxron tarzda amalga oshmasligi
bevosita to‗qima hujayralarida morfologik geterogenlikning vujudga kelishiga
sabab bo‗lishi mumkin. In vitro sharoitida hujayralar bo‗linish jarayonida
mutatsiyalar yuzaga kelishi asosida genetik geterogenlik vujudga keladi. Bu
holat esa o‗z navbatida organogenez jarayoniga kuchli ta‘sir ko‗rsatadi. Hujay-
ralar ozuqa muhitida o‗stirilayotganda ham ularning dedifferensiatsiya holatiga
o‗tishi, embrional o‗sish davri, ikkilamchi kallus to‗qimasining differensiatsiya
kabi bir qator xususiyatlari o‗zgaradi. Hujayralararo o‗zaro aloqalar, ixtisosla-
shishi jarayonida muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Differensiatsiya jarayoni
hujayrada mavjud genetik axborotning turli darajadagi repressiyasi va
derepressiyasiga bog‗liq.
Kallus to‗qimasidagi har bir hujayra ma‘lum bir joyni va holatni egallay-
di. Shu bilan birga ushbu hujayra atrofdagi hujayralar bilan fizik – kimyoviy
jihatdan aloqadorlikda bo‗ladi va umumiy tarzda tizimning holati belgilanadi.
Hujayralararo bog‗lanishlar sitoplazmatik membrananing ma‘lum bir donor-
akseptor bog‗lanishi natijasida yuzaga keladi. Bunda donor-akseptor bog‗lanish
hosil
qiluvchilarga molekulalar, quyi molekulyar moddalar, uglevodlarning
oqsillar bilan hosil qilgan birikmalari, fitogormonlar, ingibitorlar,
qutbli mod-
dalar va boshqalardan kiradi. Barcha holatlarda bog‗lanishlar asosan nuklein-
oqsil, oqsil-uglevod tipida qo‗shilishlarni hosil qiladi. Bunda ushbu bog‗lani-
shlarni hosil qiluvchi molekulalar bir-birini tanib olishi natijasida hujayralar-
ning o‗zaro birikishlarida effektor yoki aporepressor ko‗rinishidagi ta‘sirga
15
ega. Retsipent hujayrada maxsus retseptorlarga yuqoridagi kabi moddalar
maxsus tanlash asosida birikishi natijasida esa hujayra epigenezida genetik
axborot o‗zgarishi amalga oshishi mumkin. Shunday qilib, hujayralar differen-
siatsiya asosida reprogrammirovaniya,
repressiya, genetik axborotning derep-
ressiyasi kabi jarayonlar yotadi. Bu jarayonlar o‗z navbatida hujayralarning
maxsus tarzda ixtisoslashishi natijasida o‗zaro bog‗lanishlar hosil qilishi,
birikishi, geometrik jihatdan shakli o‗zgarishi, organogenez, morfogenez kabi
jarayonlarga olib keladi.
Morfogenez jarayonida muhim ahamiyatga ega holatlardan biri adge-ziya
hisoblanib, uning natijasida to‗qima va organlar vujudga keladi. Hujayra
yuzasida
joylashgan retseptorlar, shuningdek mikroquvurchalar tipidagi tuzi-
lmalar hujayralarning o‗zaro birikishi, differensiatsiyasi, to‗qimalar shakllani-
shi kabi jarayonlarning amalga oshishida o‗ziga xos o‗ringa ega deb qaraladi.
Hujayrada tuzilishi va shakl hosil bo‗lish jarayoni bevosita yadro orqali idora
qilinadi va endogen, ekzogen effektorlar, turli qo‗zg‗atuvchilar ta‘sirida tartib-
ga tushiriladi. Bunda tashqi effektorlar ta‘sirini qabul qilish va bu ta‘sirlarning
genetik axborotda namoyon bo‗lishini ta‘minlashda oraliq holatdagi allosterik
oqsil molekulalari muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Bunda tashqi ta‘sirlarni
qabul qilgan bu ko‗rinishdagi molekulalar konformatsion o‗zgaradi va uning
ta‘sir genetik tizimdagi operonga uzatiladi.
Hujayrada morfogenez jarayonining kechishi i-RNK sintezi, faol ferment-
lar, turli xil oqsil molekulalari sintezi kabi jarayonlarning vaqt va fazoda
ma‘lum bir tartibda amalga oshishi bilan izohlanadi. Bir qator oqsil molekula-
larining hujayrada morfogenez jarayonida muhim reaksiyalarda ishtirok etishi
qayd etilgan. Ya‘ni hujayra morfogenezida peptid tabiatiga ega maxsus omil
mavjud. Kallus to‗qimasining yuzaga kelishi va organogenez jarayoni geneti-
kasini o‗rganish asosida olimlar bu jarayonlarning genetik tizim nazorati ostida
amalga oshishini qayd qilishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: