differensiatsiya
deb ataladi. ―Differensiatsiya‖ tushunchasi
shuningdek, embrion, meristema tarkibidagi hujayralarning maxsus hujayra-
larga aylanishini ham anglatadi. Bunda meristema hujayralari dastlab struk-
turasi va funksiyasiga ko‗ra o‗xshash holatda bo‗lsa, rivojlanish jarayonida
o‗zaro farqlana boradi, ya‘ni differensiatsiya jarayoni davomida turli xil organ
va to‗qima hujayralarini yuzaga keltiradi. Bu jarayonning qanday mexanizm
asosida borishini o‗rganish – hujayra biologiyasi fanining murakkab masala-
laridan biri hisoblanadi. Hujayrada bu holat genlar ekspressiyasi natijasida
yuzaga keladi deb taxmin qilinadi. Ya‘ni bunda ma‘lum genlar guruhining
ekspressiyasi natijasida yangi vujudga kelgan hujayralarda morfologik va
fiziologik xususiyatlar o‗zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |