16
4. Genetik asosda belgilarning idora qilinishini o‘rganish, masalan
kallus to‘qimasi hosil bo‘lishi darajasi, kallus to‘qimasida morfogenez tezligi
kabilar bug‘doy o‘simligida dominant holatda va to‘liq dominant bo‘lmagan
holatda, ya’ni epistaz tipida amalga oshadi.
Bitta genetik tizim orqali barcha belgilarning idora qilinishi, ya‘ni epis-
taz, nisbatan baraqaror ko‗rinishda amalga oshadi, dominantlik holatida irsiy-
lanishi genotipga bog‗liq holatda amalga oshadi. Shuni ham qayd etish kerakki,
kallus to‗qimasi yuzaga kelishi va o‗simlik regeneratsiya jarayoni o‗rtasida
kuchli darajada bog‗liqlik mavjud emas. Yа‘ni bu xususiyatlar hujayrada turli
xil genetik mexanizmlar asosida boshqarilishi mumkin. Hujayralarni o‗stirish-
da variabellik xususiyati umumiy qonuniyat hisoblanadi. Hujayralarning mor-
fogenez xususiyati yadroning holatiga ham sezilarli darajada bog‗liq. Odatda
ozuqa muhitida o‗stirilayotgan hujayralar diploid holatda bo‗ladi. Shunday
qilib, in vitro sharoitida morfogenez jarayoni induksiyasi hujayra va to‗qima-
larda geterogenlikni yuzaga keltirish orqali ta‘minlanadi. Kallus to‗qimasida
hujayralarga ko‗rsatiladigan geterogenlikni yuzaga keltiruvchi har qanday
ta‘sir natijasida differensiatsiya jarayoni va shakl o‗zgarishlari yuzaga keladi.
Bu qonuniyatni bug‗doy, makkajo‗xori o‗simliklari kallus to‗qimalarini kosmik
sharoitda o‗stirilgan tajribalar ham isbotlaydi. Bu tajribalar 1994 yilda M. Ka-
rabayev ishlarida qayd etilgan. Kosmik uchish sharoitida ekstrimal (noqulay)
sharoitga nisbatan o‗simlik hujayralari ikki xil javob reaksiyasini ko‗rsatadi:
1. Eta ya‘ni moslashish bosqichi bo‗lib, bu davr 10-12 kunga cho‗ziladi.
Bu vaqtda hujayralarning hayotchanlik xususiyati susayishi va sezilarli miqdor-
da kamayishi bilan xarakterlanadi. Bunda stress ta‘sirga nisbatan chidamli
hujayralar soni ortadi.
2. Ikkinchi bosqichda hujayralar bo‗linishi, taqsimlanishi populyatsiya
bo‗yicha o‗zgaradi. Shuningdek ozuqa muhiti tarkibida moddalarning gradiy-
ent qiymati va hujayralar hayotiy mahsulotlari qiymati o‗zgaradi. Kosmik uchi-
sh vaqtiga bog‗liq bo‗lmagan holatda hujayralarning strukturaviy rivojlanishi,
differensiatsiya, embriogenez va o‗simlik regeneratsiyasi jarayonlari kosmik
sharoitda susayadi. Bunga sabab kosmik sharoitda hujayralarning nomuvofiq
tarzda taqsimlanishi, hujayralararo aloqaning kamayishi deb taxmin qilinadi.
Bu olingan natijalarning tahlili gravitatsiya kuchining o‗simlik hujayralarini
o‗stirish jarayoniga ta‘siri kuchli ekanligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: