8-mavzu. IV topshiriq. Mavzu yuzasidan tuzilgan quyidagi testlarni bajaring.
1. M.V.Klarin pedagoglar tomonidan qoʻyiladigan oʻquv maqsadlarning qanday tipik usullarini koʻrsatadi?
1) maqsadlarni oʻrganiladigan mazmuni orqali aniqlash; 2) maqsadlarni pedagogning faoliyati orqali aniqlash; 3) maqsadlarni oʻquvchining intellektual, emosional, shaxsiy rivojlanishining ichki jarayonlari orqali qoʻyish; 4) maqsadlarni oʻquvchilarning oʻquv faoliyati orqali qoʻyish.
A) 1, 2, 3 B) 2, 3, 4 C) 1, 2, 3, 4 D) 1, 3, 4
2. Quyidagi qaysi fikr notoʻgʻri?
A) Ta’lim maqsadlarini predmet mazmuni, pedagog yoki oʻquvchi faoliyati jarayoni orqali aniqlash ta’limning koʻzda tutilgan natijalari haqida toʻla tasavvur bermaydi. Ular haqida mulohazani faqat tashqi koʻrinish – oʻquvchining tashqi ifodalangan faoliyati boʻyicha yuritish mumkin.
B) Ta’lim natijasini aniqlashtirish maqsadini oʻz oldiga qoʻygan pedagog uning tashqi kuzatiladigan belgilari (nutq, harakat)ni maksimal ravishda toʻliq ifodalashga intiladi. Ta’lim natijasini ifodalashni uning ichki belgilarini roʻyxatga olish orqali amalga oshirishga urinish uni juda soddalashtirib yuborish demakdir.
C) Pedagogik texnologiya taklif qilayotgan oʻquv maqsadlarini qoʻyish usuli oʻta instrumentalligi bilan farq qiladi. Bu shundan iboratki, ta’lim maqsadlari ta’lim natijalari orqali ifodalanib, u oʻquvchining turli-tuman faoliyatida namoyon boʻladi.
D) Oʻquv maqsadlari shunday faoliyatlarda ifodalanadiki, ularni oʻqituvchi-pedagog yoki boshqa biror ekspert aniq tanib olishi yoki oʻlchashi uchun imkoniyat boʻladi. Buning mohiyati shundan iboratki, pedagogik texnologiyada ta’lim maqsadlari pedagog yoki boshqa biror ekspert tomonidan aniq tanib olinadigan yoki oʻlchanadigan oʻquvchilarning faoliyatlari bilan ifodalanuvchi ta’lim natijalari orqali qoʻyiladi.
3. Vazifalarni ta’riflash (maqsadlarni identifikasiyalash)ni yengillashtirish uchun ularni bayon qilishda, ta’lim oluvchilarning harakatini ifodalovchi qaysi fe’llar qoʻllaniladi?
A) aniq faktni biladi; qoidani biladi; soʻz bilan bayon qilingan materialni matematik ifodaga
aylantira oladi;
B) sxema (grafik, diagramma va h.k.)ni tushuntiradi; mavjud ma’lumotlardan xulosa
chiqaradi; tushunchani yangi vaziyatda ishlata oladi;
C) qoidani (qonun, nazariy holat)ni qoʻllaydi; hammaga tanish qoidani yangi vaziyatda
toʻgʻri ishlatilishini namoyish qiladi; noaniq taxminlarni ajratadi; mulohaza, fikrlash
mantiqidagi xato va kamchiliklarni topadi.
D) koʻrsatilganlarning barchasi qoʻllaniladi
4. Oʻqituvchining bahosi ekspert tarzida boʻlib, u koʻp jihatdan ... boʻlib qoladi va uning madaniy darajasiga, ijodiy tafakkur qilish imkoniyatiga bogʻliq boʻladi. Ushbu fikrdagi tushirilgan soʻz qaysi javobda berilgan?
A) intuitiv B) deduktiv C) induktiv D) taklif
5. Qaysi tushuncha obyektlarning oʻzaro tabiiy aloqasi asosida qurilgan va iyerarxik (koʻp bosqichli) prinsip boʻyicha joylashgan obyektlar kategoriyasi bayonini oʻz ichiga oluvchi obyektlar klassifikasiyasi va sistematikasini ifodalaydi?
A) illyustratsiya B) demonstratsiya C) didaktik o‘yin D) taksonomiya
6. Qaysi fikr notoʻgʻri?
A) B.Blum taksonomiyasi dunyoda eng koʻp tarqalganlardan biri hisoblanadi. U test topshiriqlarini ishlab chiquvchilarga oʻquv materiali elementini mazkur taksonomiyadagi oʻquv maqsadlari kategoriyasini biri bilan bogʻlanishini aniqlashga imkon beradi.
B) B.Blumning taksonomiyasini qoʻllash (identifikasiyalanadigan oʻquv maqsadlarni ifodalashda qiyinchilik tugʻilganda) umumiy oʻquv maqsadlarni shakllantirishga imkon beradi.
C) B.Blum taksonomiyasidan foydalanib pedagog faqatgina maqsadni ajratib va aniqlashtirib qolmasdan, balki ularni tartibga keltiradi.
D) batchasi toʻgʻri
7. Maqsadlarni iyerarxik klassifikasiyasi pedagog amaliyotchi uchun quaysi sabablarga koʻra muhim?
A) kuchni bosh masalaga toʻplashga imkon beradi.
B) aniq oʻquv maqsadlar pedagogga oʻquvchilarning umumiy ishida ularga oriyentirlarni tushuntirishga imkon beradi.
C) aniq oʻquv maqsadlar pedagogga oʻquvchilarning umumiy ishida ularga oriyentirlarni muhokama qilishga, tushunish uchun oydinlik yaratishga imkon beradi.
D) barchasi
8. Qaysi kategoriya oʻrganilgan materialni xotirada saqlash va xuddi oʻziday qilib qayta aytib berishni ifodalaydi, bu kategoriyaning umumiy xususiyati tegishli ma’lumotlarni esga, xotiraga keltirishdan iborat?
A) bilim B) tushunish C) metod D) tahlil
9. Oʻrganilganni ahamiyatini tushunish qobiliyatini koʻrsatkichi sifatida materialni ifodalashni bir shakldan boshqa shaklga aylantirish, uni bir tildan boshqa tilga (masalan, soʻz shaklidan matematik shaklga) oʻtkazish xizmat qilish mumkin. Tushunishni koʻrsatkichi sifatida oʻquvchi tomonidan materialni tushuntirib berish, uni qisqa bayon qilaolish yoki voqea (hodisa)ni kelgusida qanday kechishi haqida taklif kiritishi xizmat qilishi mumkin. Oʻquvchining mazkur oʻquv natijalari materialni oddiy eslashdan yuqori turadi. Bu qaysi kategoriya?
A) bilim B) tushunish C) metod D) tahlil
10. Qaysi kategoriya butunni elementlarga boʻlishni amalga oshirish koʻnikmasi, ushbu elementlar gradasiyasi va ular oraidagi munosabatlarni oʻrnatish, butunni tashkil etish prinsiplarini anglash sanaladi? Bu yerda oʻquv natijalar tushunish va qoʻllashga nisbatan yuqori intellektual darajaligi bilan xarakterlaradi, chunki oʻquv materiali mazmunini ham uning ichki tuzilishini ham anglash talab etiladi.
A) bilim B) tushunish C) sintez D) tahlil
11. Qaysi kategoriya yangi strukturani olish maqsadida berilgan elementlardan butun, yaxlitni yaratish hisoblanib, tegishli natijalar yangi sxema va strukturalarni yaratishga urgʻu beruvchi ijodiy xarakterdagi faoliyatni taqozo etadi?
A) bilim B) baholash C) sintez D) tahlil
12. Qabul qilingan maqsadlarni hisobga olib, yuqorida koʻrsatilgan barcha kategoriyalar boʻyicha oʻquv natijalarga erishishni va aniq ifodalangan mezonlarga asoslanadi?
A) bilim B) baholash C) sintez D) tahlil
13. Qaysi kategoriyada oʻquvchi-talabadan terminologiyani bilish, aniq faktlarni bilish, belgilangan belgilarni bilish, rivojlanish tendensiyalarini bilish, guruh(klassifikasiya)lashni bilish, tekshiruv va baholash mezonlarini bilish, aniq muammo boʻyicha mazkur sohada qoʻllanilayotgan tadqiqot metodlarini bilish, hodisalarni tushuntirish va sharhlab berish va ularni oldindan koʻrish, bashorat qilish uchun zarur qonun va prinsiplarni bilish, nazariya va strukturalarni bilish talab qilinadi?
A) bilim B) baholash C) sintez D) tahlil
14. Tushunish kategoriyasida mazmunni izohlash, talqin qilish nima deyiladi?
A) Ekstrapolesiya B) Interpretasiyalash C) Integratsiya D) Ekspertiza
15. Tushunish kategoriyasida mazmunni oʻxshatish asosida oʻtkazish nima deyiladi?
A) Ekstrapolesiya B) Interpretasiyalash C) Integratsiya D) Ekspertiza
16. “Eslamoq (xuddi oʻziday qilib qayta aytib bermoq), aks ettirmoq (qayd qilmoq), xabardor qilmoq (bildirmoq), atamoq, yozmoq, farq qilmoq, tanimoq, gapirib bermoq, takrorlamoq”. Ushbu fe’llar B.Blumning taksonomiyasi boʻyicha qaysi oʻquv maqsadlari kategoriyalariga mos keladi?
A) bilim B) tushunish C) metod D) tahlil
17. “Dalil keltirmoq, almashtirmoq, aniqlashtirmoq, belgilamoq, tushuntirmoq, oʻtkazmoq, oʻzgartirmoq(aylantirmoq), namoyish qilmoq, sharhlamoq, ochmoq”. Ushbu fe’llar B.Blumning taksonomiyasi boʻyicha qaysi oʻquv maqsadlari kategoriyalariga mos keladi?
A) bilim B) tushunish C) metod D) tahlil
18. “Chiqarmoq, ajratmoq, tabaqalashtirmoq, klass(sinf)lamoq, taxmin qilmoq, Oldindan aytmoq, yoymoq, taqsimlamoq, tekshirmoq, guruhlamoq”. Ushbu fe’llar B.Blumning taksonomiyasi boʻyicha qaysi oʻquv maqsadlari kategoriyalariga mos keladi?
A) bilim B) tushunish C) sintez D) tahlil
19. “Ixtiro qilmoq, umumlashtirmoq, birlashtirmoq, rejalashtirmoq, ishlab chiqmoq, tizimlashtirmoq, kombinasiyalamoq, yaratmoq, tuzmoq, loyihalamoq”. Ushbu fe’llar B.Blumning taksonomiyasi boʻyicha qaysi oʻquv maqsadlari kategoriyalariga mos keladi?
A) bilim B) tushunish C) sintez D) tahlil
20. “Diagnoz qoʻymoq, isbotlamoq, oʻlchamoq, asoslamoq, quvvatlamoq, baholamoq, tekshirmoq, nazoratga olmoq, solishtirmoq, tenglashtirmoq”. Ushbu fe’llar B.Blumning taksonomiyasi boʻyicha qaysi oʻquv maqsadlari kategoriyalariga mos keladi?
A) bilim B) tushunish C) sintez D) baholash
21. Pedagogik-psixologik adabiyotlarda bu tushuncha quyidagicha izohlanadi: agar ta’lim-tarbiya jarayonida oʻquv ishi (vazifasi) talaba uchun biror shaxsiy qimmatga ega boʻlsagina, kishida unga qiziqish uygʻonishi va ta’lim maqsadi shaxsning oʻz extiyojiga aylanishi mumkin. Bu tushuncha ehtiyoj, intilish, mayl, qiziqish kabi ma’nolarni ham anglatadi?
A) motiv B) maqsad C) sintez D) pedtexnologiya
22. Qaysi fikr toʻgʻri?
A) Motiv – kishini biror ish-harakatni bajarishga undovchi da’vat, turtki hisoblanadi, muallimlar bolada oʻqishga motiv hosil qilishga intilishlari, oʻquv jarayonida uni hisobga olib, oʻstirish va boshqarishlari zarur.
B) Biror ish-faoliyatiga motiv hosil qilish – bu murakkab ruhiy jarayondir. Motivlarni shakllantirish masalasi individual – shaxsiy xususiyatga ega boʻlib, ta’limning maqsadi, vaziyati bilan oʻqishni tashkil etish shakllari, usullari mutanosibligini taqozo qiladi.
C) Oʻquvchida bilim olishga intilish (motiv) uygʻotish – ijodkor oʻqituvchilarga xos xusisiyatdir. Bolada oʻqishga motiv hosil boʻlganini koʻrsatuvchi muhim belgilardan biri - oʻquv topshirigʻini bajarishga tezda, astoydil kirishib ketishi, oʻqishga boʻlgan qiziqishining barqarorligidir.
D) barcha fikrlar toʻgʻri
23. Eski maktablarda, shuningdek Yevropada XIV-XV asrlargacha qanday ta’lim tizimi hukmron boʻlib, bola oʻquv predmetining asosiy qoidalarini oʻqituvchidan eshitib oʻrganardi, chunki oʻqituvchining soʻzi oʻquvchi uchun axborot olishning yagona manbayi boʻlgan?
A) koʻrgazmali B) sxolastik C) deduktiv D) intraduktiv
24. Dunyoda keng tarqalgan bixeviorizm ta’limoti qayerning ta’lim nazariyasi sanaladi?
A) Angliyaning B) Germaniyaning C) Amerikaning D) Rossiyaning
25. Quyidagi qaysi fikr notoʻgʻri?
A) Ilmiy ish qilishda unga tayyorgarlik davri va bevosita ilmiy ishni yozish davri farqlanadi. Ilmiy ish qilishga tayyorgarlik davrida birinchi navbatda tanlangan mavzu bo‘yicha e’lon qilingan ilmiy-metodik adabiyot ishlab chiqiladi.
B) Ilmiy tadqiqotda mavzuni yoritish uchun zarur bo‘lgan ilmiy-nazariy va metodik masalalarni ishlab, o‘rganib chiqish, ko‘chirmalar olish, konspekt tayyorlash, bibliografik ma’lumotlarni to‘plash, shuningdek, ilmiy tadqiqot uchun material manbayini tanlash va material to‘plash kabi ishlar ilmiy tadqiqotga yozish davrida amalga oshiriladi.
C) Ilmiy-nazariy va metodik adabiyotlarni tanlash hamda ishlab chiqishda tanlangan mavzuning adabiyotini iloji boricha to‘liq qamrab olishga harakat qilish kerak. Tanlangan mavzu bo‘yicha ilmiy-metodik adabiyot ko‘p bo‘lishi yoki kam bo‘lishi mumkin. Bulardan har qaysining o‘z ijobiy va salbiy tomonlari bor.
D) Agar mavzu bo‘yicha ilmiy-metodik adabiyot boy bo‘lsa, bu mavzu fanda ancha mukammal ishlangan bo‘ladi, demak, yangi bir fikr aytish imkoniyati kamroq bo‘ladi. Agar mavzu bo‘yicha ilmiy-metodik adabiyot kamchil bo‘lsa, tayyor fikrlarga suyanish imkoniyati bo‘lmaydi, bunda tadqiqotchi ko‘pincha mustaqil ish tutishga to‘g‘ri keladi. Bu esa ilmiy ish olib boruvchidan alohida uquv, idrok bilan ijodiy mehnat qilishni talab etadi.
26. Quyidagi qaysi fikr notoʻgʻri?
A) Mavzu uchun eng asosiy, muhim adabiyotlarni talabaning yoki tadqiqotchining ilmiy rahbari yoki ilmiy maslahatchisi ko‘rsatadi. Boshqa adabiyotlarni talabaning o‘zi axtarib topadi. Bunda kutubxonaning predmet katalogidan foydalanish ijobiy natijalar beradi.
B) Predmet katalogida tilshunoslik (o‘zbek tilshunosligi, turkiy tillar) yoki adabiyotshunoslik bo‘limi, albatta, bo‘ladi. Agar tilshunoslik katalogining o‘zi fonetika, leksika, morfologiya va boshqa bo‘limlarga ajratilgan bo‘lsa, talabaning ishi ancha yengillashadi.
C) Talaba ilmiy manbalar – adabiyot topishni boshqa yo‘llar bilan ham olib borishi mumkin. Rahbari ko‘rsatgan adabiyotlarda (agar ular ilmiy maqola yoki monografiya bo‘lsa), albatta, bir qancha manbalarga havola (snoska) berilgan bo‘ladi. Talaba rahbari ko‘rsatgan adabiyotni puxta o‘rganib chiqqach, bu adabiyotlarda snoska berilgan manbalarni topib, ularni ham ishlab chiqadi. Keyingi (snoska yo‘li bilan borib) topilgan adabiyotlarda o‘z navbatida yana boshqa adabiyotlarga snoska bo‘ladi.
D) koʻrsatilganlar toʻgʻri
27. Quyidagilardan qaysilar koʻchirma (sitata) olish talablari hisoblanadi?
1) ko‘chirma olishga hech narsani, hatto bironta tinish belgisini, nuqsonlarini ham aynan saqlab yozib olish kerak: matn har xil harflar bilan ( och yoki to‘q qora harflar, bosma yoki yozma harflar, kichik yoki bosh harflar bilan ) berilgan bo‘lsa, buni ham ko‘chirmada aks ettirish kerak;
2) agar o‘rganilayotgan manba hajman katta bo‘lsa, talaba bu adabiyotdan o‘z mavzusiga doir qismini aniqlab, faqat shu qisminigina ishlab chiqishi mumkin. Bunda qaysi betlarni (bob, bo‘lim, paragraf) ishlab chiqqanligini ko‘chirmang, konspektning boshlanishida yoki oxirida manba ma’lumotlari bilan birgalikda yozib qo‘yilishi kerak;
3) kitob, adabiyot, ilmiy-nazariy manbalar ustida ishlashning o‘ziga xos shakllaridan biri, o‘rganilayotgan adabiyotning eng zarur o‘rinlarini mumkin qadar aniq, so‘zma-so‘z ko‘chirib olishni yoki o‘z so‘zlari bilan o‘zlashtirib yozib olinishi;
4) avval avtorning familiyasi, keyin ismi va otaismi yoki shularni ko‘rsatuvchi inisiallar yoziladi: inisiallar (qisqartma bo‘lganligi sababli) ketiga nuqta qo‘yiladi, familiya bilan inisiallar orasiga tinish belgisi qo‘yilmaydi;
5) badiiy asar, darslik va qo‘llanmalar odatda bir necha marta nashr qilinadi: shunday bo‘lsa, nechanchi nashri ekanligi ham ko‘rsatilishi kerak, bunday ma’lumot kitob nomidan keyin keltiriladi;
6) ko‘chirmalar berishga numeratsiyalar bo‘lishi kerak (Matbuot nashrlarda yulduzchalar bilan ifodalanishi ham mumkin); ko‘chirmada odatda arab raqamlari ishlatiladi, havola o‘rniga qo‘yiladigan va snoskada yoziladigan raqamni harflar satridan yuqoriroqqa qo‘yiladi;
7) ba’zi matnlarda har bir betdagi ko‘chirma alohida-alohida nomerlanadi, ba’zi asarlardagi ko‘chirmalar har bir bob uchun alohida qo‘llaniladi, ba’zan esa boshdan-oyoq bir numeratsiya bilan havola va ko‘chirmalar tartib bilan berilaveradi;
8) ba’zan sahifa oxirida odatdagicha ko‘chirma matni bo‘lmaydi, asosiy matnning o‘zida havola beriladigan o‘rinda qavslarga olib, arab raqami yoziladi. Bu raqam ish oxirida berilgan adabiyotlar ro‘yxatidagi numeratsiya raqamiga mos qo‘yiladi va faqat bet koʻrsatiladi.
A) 1, 3, 5, 7 B) 2, 4, 6, 8 C) 1, 3, 4, 5, 6, 7, 8 D) barchasi
28. Ko‘chirma (sitata) olganda qaysi qoidalarga amal qilinadi?
1. Ko‘chirmalar ma’lum maqsadga mos tanlanadi: undan biror fikrni isbotlash yoki tasdiqlash maqsadida foydalaniladi.
2. Har bir ko‘chirma qo‘shtirnoq ichiga olinadi. Agar sitata gap o‘rtasidan ko‘chirilsa, boshlovchi qo‘shtirnoqdan keyin ko‘p nuqta (uch nuqta) qo‘yiladi: agar tekstdan eng keyingi so‘z yoki jumla (so‘zlar) tushirib qoldirilsa, sitata oxiriga, yakunlovchi qo‘shtirnoqdan oldin ko‘p nuqta qo‘yiladi. Agar sitata qilib ko‘chirilayotgan gap yoki tekstning o‘rta qismidan so‘z yoki so‘zlar tushiriladigan bo‘lsa, o‘sha so‘z yoki so‘zlar o‘rniga ko‘p nuqta qo‘yiladi.
3. Sitata matnidagi so‘zlar qisqartirib yozilmaydi.
4. Har bir sitatadan keyin qavs ichida uning manbai ko‘rsatiladi. Agar bir manbadan ketma-ket bir necha sitata olinsa, birinchi sitatada manba to‘la ko‘rsatiladi, keyingi sitatalardan keyin esa, “O‘sha yerda” yoki “Koʻrsatilgan manba, ...– bet” deb yoziladi.
A) 1, 2, 3 B) 2, 3, 4 C) 1, 3, 4 *D) 1, 2, 3, 4
29. Qaysi atama lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, asar yoki ma’ruza mazmunini qisqacha yozish demakdir?
*A) konspekt B) metod C) sintez D) snoska
30. Konspektlashtirish haqidagi qaysi fikr notoʻgʻri?
A) Konspekt tuzish o‘qilgan asarni chuqur o‘zlashtirish uchun xizmat qiladi, uni tuzuvchidan o‘rganayotgan masala yuzasidan faol fikr yuritishni talab qiladi, xotirani tarbiyalashda konspekt olish katta rol o‘ynaydi, konspekt to‘g‘ri, maqsadga muvofiq tuzilgandagina o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani to‘la uddalay oladi.
B) Konspektlashtirishning ahamiyati shu qo‘l yozishmalarini keyinchalik ko‘rib chiqish bilan avvallari o‘qigan asar yoki adabiyotlar mazmunini to‘la xotiraga keltirish mumkin, konspekt hajmi jihatidan asosiy matndan bir necha marta katta bo‘lishiga qaramasdan uning mazmuni to‘la saqlanganini, har tomonlama chuqur o‘ylab tuzilishi, shuningdek, originalning asosiy fazilatlarini o‘z ichiga olishi kerak.
C) Konspektni ancha kengaytirilgan tezisga tenglashtirish mumkin, shu bilan birga konspekt manbaning eng xarakterli o‘rinlaridan olingan ko‘chirmalarni ham o‘z ichiga oladi, konspekt tuzish talabadan katta malaka talab qiluvchi o‘quv va ijodiy jarayon bo‘lib, uning mantiqiy, va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradi.
D) To‘g‘ri va ixcham konspektlashtira olish ko‘nikmalari pirovardida ilmiy ishlarga muvaffaqiyat olib borishning garovidir; tematik konspekt yuzasidan ikki bosqichda kechadi: I. Manbalarni ikki maqsadda diqqat bilan o‘qib, o‘rganib chiqish: a) konspekt olish uchun asos bo‘la oladigan ma’lumotlarni belgilab olish odatda, mavzuni mukammal yaratuvchi eng muhim material asos qilib olinadi; b) tezisni yaratuvchi rejani aniqlab olish.
31. Mavzuning ilmiy-nazariy va metodik manbalar o‘rganilib, ishlab chiqilgan, kitob-manbalardan faktlar, misollar ... larga ko‘chirish ishlari bajarilgach, ilmiy tadqiqotga tayyorgarlik tugaydi. Ushbu jumladagi tushirilgan atamani toping.
A) konspekt B) daftarchaga C) kartochka D) tezis
32. Quyidagi qaysi fikr notoʻgʻri?
A) Ilmiy tadqiqot ishining mavzusini tanlash va reja tuzishda ilmiy rahbar yoki ilmiy maslahatchining oʻrni katta. Muhokama qilib tanlangan mavzu ilmiy-amaliy jihatdan dolzarb boʻlishi lozim.
B) Ilmiy tadqiqot ishiga reja tuzishda Kirishga qoʻyiladigan talablarga, Asosiy qism: bob va boʻlim (fasl)larda yoritiladigan masalalar ilmiy izchilligiga qat’iy amal qilinadi.
C) Xulosada bob va boʻlimlarda koʻtarilgan (hal qilingan) masalalar – yechim-fikrlarning eng yakuniy natijalari ixcham va loʻnda shaklda berilishi lozim.
D) barchasi toʻgʻri
Do'stlaringiz bilan baham: |