3-mavzu: IV topshiriq. Mavzu yuzasidan tuzilgan quyidagi testlarni bajaring.
1. Ta’lim maqsadi jamiyatning rivojlanish sur’ati va darajasi, jamiyatning talablari va imkoniyatlari hamda … fanlar va ulardagi amaliyotning rivojlanganligi va imkoniyatlari darajasiga bog’liq maqsaddir. Ushbu gapdagi tushirilgan soʻzni belgilang.
*A) pedogogik B) tabiiy C) aniq D) ijtimoiy
2. Ta’lim maqsadi nimalar yordamida natijalanadi?
A) oʻqituvchi va oʻquvchilar faoliyati asosida B) ta’lim vositalari yordamida
C) faqat internet tizimi yordamida * D) A va B
3. Nima ta’limning aniq yoʻnalishini belgilab beruvchi yetakchi gʻoya hisoblanib, u har bir fan ta’limining bosh mezoni sanaladi?
A) ta’lim standartlari B) dastur * C) ta’lim maqsadi D) barchasi
4. Ta’lim maqsadini nechaga boʻlib qarash mumkin?
A) ikkiga * B) uchga C) toʻrtga D) beshga
5. Qaysi ta’lim bosqichi ta’lim berish, ularni aqliy, ma’naviy, jismoniy kamol toptirishning dastlabki bosqichi sanaladi?
*A) boshlangʻich B) umumiy o‘rta C) oliy D) maktabgacha
6. Nima ta’lim mazmuni va muayyan oʻquv predmeti boʻyicha oʻquvchilar egallaydigan bilim, koʻnikma, malakalarga qoʻyilgan talablarni davlat tomonidan tasdiqlangan etaloni, modeli hisoblanadi?
*A) ta’lim standartlari B) dastur C) ta’lim maqsadi D) barchasi
7. Ta’lim maqsadi umumiy o’rta ta’limning DTSda keltirilgan umumiy o‘rta ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan qaysi talablarni amalga oshiradi?
1) umumiy o‘rta ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash; 2) milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchilarni tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish; 3) o‘quv-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quvchilari va bitiruvchilarining malakasiga qo‘yiladigan talablarni belgilash; 4) kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash; 5) ta’lim va uning pirovard natijalari, o‘quvchilarning malaka talablarini egallaganlik darajasini tizimli baholash tartibini, shuningdek, ta’lim-tarbiya faoliyati sifatini nazorat qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish; 6) davlat ta’lim standartlari talablarining ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini taminlash.
A) 1, 2, 3, 5 B) 2, 4, 6 * C) barchasi D) 1, 3, 4, 5, 6
8. Ta’lim maqsadi haqida bildirilgan qaysi fikr notoʻgʻri?
A) Ta’lim maqsadini o’rganish birinchi navbatda DTSlarining mazmuni bilan yaqindan tanishish lozimligini anglatadi; ta’lim – bilim berish, malaka va koʻnikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi.
B) Ta’limning mazmuni va mohiyati jamiyatning moddiy va madaniy taraqqiyoti darajasi bilan belgilanadi; ijtimoiy munosabatlar, umumiy maʼlumotga boʻlgan ehtiyoj, kishilarning kasbiy tayyorgarligiga, ta’lim haqidagi pedagogik gʻoyalarga qarab kishilik jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida ta’limning mohiyati, metodi, tashkiliy shakllari oʻzgarib borgan.
*C) Maqsad – muayyan natijaga erishish yo’l va usullarini belgilovchi omil emas.
D) Ta’limning maqsadi obyektiv hayot talablariga muvofiq holda oʻzgarib borgani kabi, ta’limning xarakteri, yoʻnalishi ham uning maqsadiga muvofiq oʻzgarib boradi; oʻz navbatida ta’limning maqsadi va vazifalari ijtimoiy tuzum, shuningdek, muayyan oʻquv yurtining funksiyasiga muvofiq tarzda oʻzgarib borishi mumkin.
9. Ta’lim jarayonidan koʻzlangan maqsad quyidagi qaysi vazifalarni amalga oshirishni talab qiladi?
1) ta’lim va tarbiya jarayonida qo’yiladigan talablarni avvaldan fikran loyihalashtirish; 2) ijtimoiy zarurat, ijtimoiy talab, ijtimoiy buyurtma hamda didaktik masalani aniq belgilash; 3) ta’limning umumiy va xususiy maqsadini amalga oshirishda ta’lim shakllari, metodlari va vositalarini to’g’ri tanlash; 4) ta’limning tur va bosqichlarida maqsad va uzviyligini ta’minlash.
A) 1, 4 B) 1, 2 C) 2, 3, 4 * D) 1, 2, 3, 4
10. Qaysi javobda talim maqsadining xususiyatlari notoʻgʻri koʻrsatilgan?
A) Ta’lim maqsadi ta’limiy, tarbiyaviy hamda rivojlantiruvchi vazifalarni amalga oshiradi, har bir pedtexnologiyani yaratishga asos bo‘ladi.
B) Maqsadning zamonaviy ta’lim va tarbiya muammolarini yuqori samaradorlik bilan hal qilishga qaratilgan bo‘lishi zarur asos hisoblanadi. Biror pedagogik texnologiyani yaratish uchun eng zarur shart shunday dolzarb maqsadni aniqlay olishdan iborat.
C) Ta’lim maqsadlarini belgilash maxsus fanlarni oʻqitishni loyihalash va rejalashtirishning asosi hisoblanadi, alabatta, filologik fanlarni loyihalash va rejalashtirishda ham jahon ta’lim tizimi bilan uygʻunlikda amalga oshadi. *D) barchasi toʻgʻri
11. Bugungi kunda dunyoda yuzaga kelayotgan barcha muammolar ildizi … tizimidagi sifat nuqsonlari natijasi desak xato boʻlmaydi. Buning yechimi unga e’tiborni yanada oshirish, bu sohaga yanada koʻproq mablag‘ ajratish orqali ta’lim sifatini yuksaltirish bilan hal etilishi mumkin?
A) iqtisodiyot B) jamiyat * C) ta’lim-tarbiya D) ma’naviyat
12. Hozirgi vaqtda dunyo ilmida ijtimoiy antropologiya, jamiyatdagi insonning oʻrnini oʻrganish va buning markaziga kimni yoki nimani qoʻyishga katta e’tibor qaratilmoqda?
*A) insonni B) mablagʻni C) maqsadni D) ta’limni
13. “Integratsiya” tushunchasi XVIII asrda kim tomonidan qoʻllanilgan?
A) F. de Sossyur *B) G.Spenser C) I.N.Zornikov D) L.P.Volkova
14. Ilmiylik nuqtai nazaridan olib qaraganda nimaning asosini olamning yaxlitligi va uni tashkil etuvchi qism (element)larning oʻzaro aloqadorligi, munosabatlari tashkil etadi?
A) differensiatsiyaning * B) integratsiyaning C) standartning D) B va C
15. “Tabaqalanish differensiatsiya – ruhiy jarayonlar va holat (xususiyat)larni koʻpayishiga olib kelsa, integratsiya – tartibga keltirish, subordinatsiya va uning natijalarini ma’lum ketma-ketlikda joylashtirishga olib keladi. Integratsiyalash yoʻli bilan yangi psixologik jarayon, yangi faoliyat tuzilmasi hosil boʻladi. Bu yangi tuzilma ilgari alohida-alohida boʻlgan elementlardan sintezlash yoʻli bilan hosil qilinadi”. Ushbu fikrlar muallifi?
A) F. de Sossyur B) G.Spenser *C) G.S.Kostyuk D) L.P.Volkova
16. Quyidagi integratsiya haqidagi qaysi fikr notoʻgʻri?
A) Genetik jihatdan integratsiya-uzviylik, predmetlararo aloqadorlik, oʻzaro aloqadorlik va nihoyat oʻzaro bir-birini toʻldiruvchi, kengaytiruvchi hamda chuqurlashtiruvchi, oʻquv predmetlari mazmunini eng kamida ta’lim standartlari darajasida sintezlab, mantiqan tugallangan mazmun shakli va oliy darajasidir.
B) Predmetlararo aloqadorlikning har qaysi quyi darajasi, oʻrganilayotgan oʻquv predmetlari doirasida ma’lum didaktik birliklar orasida oʻrnatilib, ularni oʻrganish mazmunini va muddatlarini muvofiqlashtirishni koʻzda tutadi, bundan farqli oʻlaroq integrativ aloqadorlik asosida tashkil etilgan oʻquv predmeti yoki integratsiyalab oʻrganilayotgan predmet, hodisa yoki jarayonlarni yaxlit tizim shaklida har tomonlama aloqadorlik va munosabatlar nuqtai nazaridan talqin etishni talab etadi.
C) Bu hozirgi va istiqbol talablariga javob beradigan, mustaqil fikr yurituvchi va ijodiy faoliyat koʻrsatuvchi, malakali mutaxassis shaxsini shakllantirishga imkon beradi, chunki u tahsil oluvchilardan faqatgina tahlil qilish va sintezlash operatsiyalarini talab qilish bilan chegaralanib qolmasdan, balki mavhumlashtirish, algoritmlashtirish, turkumlash, shartli belgilar yordamida ifodalash, sabab oqibatli aloqadorlikni aniqlash, tahlil etish, sintezlash, tizimlashtirish, modellashtirish kabi yuksak darajali tafakkurlash operatsiyalarini talab etadi.
*D) Demak, integratsiya har doim ham uning ikkinchi tomoni boʻlgan tabaqalashtirish (integratsiya)ga tayangan holda rivojlanib boradi yoki aksincha.
17. Integratsiya masalasini pedagog olimlar va amaliyotchilar qaysi yoʻnalishlarda tadqiq etishni tavsiya etadilar?
A) oʻquv predmetlari va fanlar turkumi doirasidagi mazmunni integratsiyalab oʻrganish.
B) turli oʻquv predmetlaridan tahsil beruvchi shaxslarning faoliyatlarini integratsiyalash.
C) ta’lim-tarbiya ishini tashkil etish shakllarini integratsiyalash. *D) barchasini
18. Quyidagi qaysi fikr toʻgʻri?
A) Integratsiya yoʻnalishlarning har birining aniq oʻz maqsadi boʻlib, uni amalga oshirish uchun mos shakl, metod, vosita va shart-sharoitlarni talab etadi.
B) Amaliyotda ulardan uyg‘un holda foydalanilgandagina koʻzlangan maqsadga erishish mumkin, yaxlit tizimni tuzishda integratsiyalanuvchi aloqadorlik muhim
ahamiyatga ega boʻlib, ularni ichki ilmiy aloqadorlik ham deb ataladi.
C) Tizimlashtirishdan koʻzlangan asosiy maqsad ichki ilmiy aloqadorlikni tartibga keltirish yoʻli bilan yaxlitlikni yuzaga keltirishdan iboratdir, integratsiyalashtirishning mohiyati, nazariy sintez vositasi sifatida yangi darajadagi bilish natijalariga erishishdir.
*D) koʻrsatilgan barcha fikrlar toʻgʻri
19. Mutaxassislikka oid fanlarni integratsiyalab oʻrganish qaysi masalalarni hal etishga qaratilgan?
1) mutaxassislikka oid fanlarni integratsiyalab oʻrganishning mohiyati, mazmuni va uni amalga oshirish shart-sharoitlari va vositalarini oʻrganish;
2) turli fanlar mazmunini integratsiyalashtirishning ilmiy-nazariy va pedagogik-uslubiy asoslari bilan tanishish;
3) tahsil oluvchilarning oʻquv-bilish faolligi, mustaqilligi va bilimlar darajasini integrativ oshirishda bilimlarning dolzarbligini isbotlash;
4) ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, ruhiy-pedagogik, texniktexnologik bilimlarni sintezlash talablari, imkoniyatlarini aniqlash.
A) 1, 3 B) 1, 2, 4 * C) 1, 2, 3, 4 D) 2, 3, 4
20. Filologik ta’limda … ni qoʻllash bilimlarning umumlashuvi va ularning ongda tizimli holatda mavjud boʻlishini ta’minlaydi. Hozirgi zamon talabi esa yangi oʻquv muhiti, ya’ni yangi information texnologiyalar yordamida ixtiyoriy joyda turib bilim olish, ixtiyoriy oʻquv yurtlari bilan aloqa qilish va jahonning ixtiyoriy nuqtasidagi
ma’lumotlarni olishdir. Bunda bizga internet tizimi yordam berishi mumkin. Ushbu fikrda tushirilgan atamani belgilang.
*A) integratsiya B) differensiatsiya C) internet tizimi D) tabaqalash
21. Internet tizimi orqali ta’lim tizimi tashkil qilishning afzalliklarini belgilang.
A) maktablar, kollejlar va oʻquv yurtlari hozirgi kunda rivojlanib borayotgan "virtual oʻquv yurtlari"ga birlashish imkoniga ega boʻladi
B) oʻquv muassasalari orasidagi masofani qisqartirib, ma’lumotlar almashinuvini maksimal darajada ta’minlaydi va shu jihatdan masofaviy ta’lim filologik ta’limda ta’lim berishning va olishning juda zarur va tezkor turi sifatida ommalashdi
C) oʻqituvchi funksiyasini oʻrgatuvchi va sinovchi vositalar (toʻla avtomatlashtirilgan, tugal dasturiy mahsulotlar) bajaradi, shuningdek, oʻqitishning avtomatlashtirilgan muhitini tashkil etuvchi video va elektron nashr etilgan uslubiy material bajaradi
*D) barchasi
22. “Elektron darslikning imkoniyatlarini multiplikatsiya va videotexnikaning zamonaviy vositalarini qoʻllagan holda kengaytirish mumkin” degan fikr muallifi?
A) I.N.Zornikov B) L.P.Volkova *C) har ikkalasi D) G.Spenser
23. Oʻqitishning multimediyali vositalari sirasiga nimalar kiradi?
1) didaktik dasturlar; 2) elektron darslik; 3) kompyuter topshiriqnomalari; 4) elektron hamyon; 5) multimediyali elektron darsliklar.
A) 1, 2, 3, 4, 5 * B) 1, 2, 3, 5 C) 1, 3, 5 D) 2, 3, 4, 5
24. Rivojlangan davlatlarda yangi tipdagi oʻquv yurtlari qanday deb nomlana boshlandi?
*A) “ochiq”, “masofali” universitet, “elektron”, “virtual” kollejlar
B) “intelektual” universitetlar, “virtual”, “itelekt” kollejlar
C) “cheksiz”, “masofali” universitetlar, “tizimli”, “virtual” kollejlar D) barchasi
25. Qayerda ta’limning masofaviy turi oʻquvchilar koʻp qismini qamrab olgan, qolaversa, oʻqitishning masofali shakli an’anaviy ta’lim tizimlari bilan (maktab oʻrta ta’limdan keyingi hamma ta’lim turlari firmalar ichidagi kasbiy ta’lim) tabiiy ravishda birlashtirilgan?
A) MDH davlatlarida *B) AQShda C) Yaponiyada D) Oʻzbekistonda
26. Qayerda faqatgina 1 millionga yaqin odam masofali ta’lim tizimida oʻqitiladi. Misol uchun 40 ta injenerlik maktablaridan konsorsium tashkil etuvchi Milliy texnologik universitet 90-yillardayoq masofali ta’lim metodi bilan 1100 talabalarni magistr darajasiga tayyorlashni ta’minladi?
*A) MDH davlatlarida B) AQShda C) Yaponiyada D) Oʻzbekistonda
27. Bu yerda masofali ta’lim uchun televideniedan keng foydalaniladi. PBS-TV ommaviy telekoʻrsatuvlar tizimi doirasida milliondan ortiq talabalar oʻqitiladi. Kattalarni oʻqitish dasturi fan biznes boshqaruv kurslarini oʻz ichiga oladi?
A) MDH davlatlarida * B) AQShda C) Yaponiyada D) Oʻzbekistonda
28. Biznes moliya va AQShdan chiqishsiz huquqi sohasida bakalavr magistr va doktor diplom hamda ilmiy darajalarini olish bilan qaysi universitetidagi masofali oʻqitish dasturi ta’lim xizmatlari orasida alohida oʻrin tutadi?
A) Benedikt kollejidagi B) Kaliforniya universitetidagi
*C) Kennedi-Vetseri universitetidagi D) Xalqaro Michigan univesitetidagi
29. Kim tomonidan boshqariladigan Illinoye shtati Benedikt kolleji “Guttler berg” loyihasi ASCH-fayllar 60 koʻrinishida klassik asarlarni iloji boricha keng auditoriyaga etkazish maqsadini oʻz oldiga qoʻyadi?
A) Ilon Mask *B) Mayk Xart C) Jorj Kennedi D) G.S.Kostyuk
30. Quyidagi qaysi fikr notoʻgʻri?
A) Amerika ta’lim xizmatlarini ta’lim xizmatlar bozorida taqdim etishda BMI (Business Management International) – Kaliforniya shtatida (AQSH) San-Fransisko shahrida shtab-kvartirasiga ega ixtisoslashtirilgan amerika konsalting kompaniyasi katta faollik koʻrsatadi.
B) G‘arbda masofali ta’limning rivojlanishi asosiy tendensiyasi masofali ta’lim tizimi orqali taqdim etiladigan ta’lim xizmatlarining kengligi va turli xilligi hisoblanadi.
*C) Masofali ta’limning rivojlanishi axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarning rivojlanishi bilan bog‘liq emas.
D) Filologik ta’limda ham ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanish Milliy ta’lim tizimida jahon standartlaridan boxabarlik asosida oʻqitishning eng samarali usullari bilan boyitib borishni maqsad qiladi.
4-mavzu. V topshiriq. Mavzu yuzasidan tuzilgan quyidagi testlarni bajaring.
1. Talim metodlarini tanlash qaysi mezonlar asosida aniqlanadi?
1) didaktik maqsad asosida;
2) talim mazmuni asosida;
3) asosiy didaktik maqsadlari asosida;
4) talabalarning oʻquv koʻnikmalarini egallash va rivojlanish darajasi asosida.
A) 1, 2, 3 B) 2, 3, 4 *C) 1, 2, 4 D) 1, 2, 3, 4
2. “Ta’lim metodlari tasnifi ularning ma’lum belgilari boʻyicha tartibini ifodalovchi tizimdir. Hozirgi vaqtda oʻnlab ta’lim metodlari ma’lum. Biroq bugungi kunda yetakchi sanaluvchi didaktik gʻoya yagona va oʻzgarmas metodlar majmuini yaratishga intilish samarasiz ekanligini tushinishga yordam beradi. Oʻqitish – favqulodda harakatchan, dialektik jarayon. Metodlar tizimi ham bu harakatlanishni aks ettiradigan darajada joʻshqin boʻlishi, metodlarni qoʻllash amaliyotdagi doimiy oʻzgarishlarni hisobga olishi kerak”. Ushbu fikrlar muallifi?
*A) I.P.Podlasiy B) Mayk Xart C) Jorj Kennedi D) G.S.Kostyuk
3. … sо‘zi grekcha “tadqiqot, maqsadga erishish yо‘li, usuli” deganidir. Bu sо‘zning etimologiyasi (kelib chiqishi) uning ilmiy kategoriya sifatidagi talqinida ham aks etgan. Tushirilgan soʻzni belgilang.
A) Ta’lim usuli * B) Metod C) Induktiv D) Binar
4. “… – eng umumiy ma’noda – maqsadga erishish usuli, ma’lum tarzda tartibga solingan faoliyat”. Tushirilgan atamani belgilang.
A) Ta’lim usuli B) Insert C) Induktiv *D) Metod
5. Nima ta’lim metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni boʻlib, metodlar bilan ular munosabati о‘zaro bir-biriga bog‘langan va ular yordamida faqat pedagogik yoki о‘quv vazifasining bir qismi hal qilinadi?
*A) Ta’lim usuli B) Metod C) Qoida D) Binar
6. Nima tanlab olingan metod bilan bog‘liqlikda faoliyat usullarini amalga oshirish uchun qulay tarzda harakat qilish zarurligini belgilab beruvchi meyoriy kо‘rsatmalardir?
A) Ta’lim usuli B) Metod *C) Qoida D) Binar
7. An’anaviy (manbasiga kо‘ra) ta’lim metodlari tasnifini kimlar taklif qilgan?
*A) Y.I.Golant, N.M.Verzilin B) I.Y.Lerner va M.N.Skatkin
C) M.A.Danilov va B.P.Yesipov D) M.I.Maxmutov va Y.K.Babanskiy
8. О‘quvchilarning bilish faoliyati tavsifiga kо‘ra ta’lim metodlari tasnifini kimlar taklif qilgan?
A) Y.I.Golant, N.M.Verzilin * B) I.Y.Lerner va M.N.Skatkin
C) M.A.Danilov va B.P.Yesipov D) M.I.Maxmutov va Y.K.Babanskiy
9. Asosiy didaktik maqsadlariga kо‘ra ta’lim metodlari tasnifini kimlar ishlab chiqqan?
A) Y.I.Golant, N.M.Verzilin B) I.Y.Lerner va M.N.Skatkin
*C) M.A.Danilov va B.P.Yesipov D) M.I.Maxmutov va Y.K.Babanskiy
10. Ta’limning binar metodlarini kim taklif qilgan?
A) Y.K.Babanskiy B) I.Y.Lerner C) M.N.Skatkin * D) M.I.Maxmutov
11. Yaxlit yondashuv bо‘yicha ta’lim metodlari tasnifi muallifi kim?
*A) Y.K.Babanskiy B) I.Y.Lerner C) M.N.Skatkin D) M.I.Maxmutov
12. Ta’limning interfaol metodlari qaysi javobda berilgan?
A) Hikoya metodi; Suhbat metodi; Tushuntirish metodi; Ma’ruza metodi;
Munozara metodi.
B) Illyustratsiya metodi; Demonstratsiya metodi.
C) Mashq metodi; Amaliy metodi; Laboratoriya metodi; Didaktik о‘yin metodi.
*D) Erkin yozish, Klaster, Aqliy hujum, B-B-B chizmasi, Chalkashtirilgan mantiqiy
zanjirlar ketma-ketligi, Semantik xususiyatlar tahlili, Bir-biriga о‘rgatish; Bir-biridan
sо‘rash, Ikki qismli kundaliklar, Eng asosiy tushunchalar; T-chizma, Konseptual jadval,
Venn diagrammasi, Nilufar guli, Besh minutlik esse, О‘n minutlik esse.
13. An’anaviy – manbasiga kо‘ra ta’lim metodlari qanday tasniflanadi?
A) Oʻrgatish metodlari va oʻrganish metodlari
*B) Ogʻzaki, koʻrgazmali, amaliy, kitob bilan ishlash, videometod.
C) yangi bilimlarni egallash metodlari; kо‘nikma va malakalarni shakllantirish metodlari;
bilimlarni amaliyotda qо‘llash metodlari; bilim, kо‘nikma va malakalarni
mustahkamlash va nazorat qilish metodlari.
D) О‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari; o‘quv-bilish
faoliyatini motivatsiyalash va rag‘batlantirish metodlari; o‘quv-bilish faoliyatini nazorat
va о‘z-о‘zini nazorat qilish metodlari.
14. Asosiy didaktik maqsadlariga kо‘ra ta’lim metodlari qanday tasniflanadi?
A) Oʻrgatish metodlari va oʻrganish metodlari
B) Ogʻzaki, koʻrgazmali, amaliy, kitob bilan ishlash, videometod.
*C) yangi bilimlarni egallash metodlari; kо‘nikma va malakalarni shakllantirish metodlari;
bilimlarni amaliyotda qо‘llash metodlari; bilim, kо‘nikma va malakalarni
mustahkamlash va nazorat qilish metodlari.
D) О‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari; o‘quv-bilish
faoliyatini motivatsiyalash va rag‘batlantirish metodlari; o‘quv-bilish faoliyatini nazorat
va о‘z-о‘zini nazorat qilish metodlari.
15. Ta’limning binar metodlarini belgilang.
*A) Oʻrgatish metodlari va oʻrganish metodlari
B) Ogʻzaki, koʻrgazmali, amaliy, kitob bilan ishlash, videometod.
C) yangi bilimlarni egallash metodlari; kо‘nikma va malakalarni shakllantirish metodlari;
bilimlarni amaliyotda qо‘llash metodlari; bilim, kо‘nikma va malakalarni
mustahkamlash va nazorat qilish metodlari.
D) О‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari; o‘quv-bilish
faoliyatini motivatsiyalash va rag‘batlantirish metodlari; o‘quv-bilish faoliyatini nazorat
va о‘z-о‘zini nazorat qilish metodlari.
16. Ta’lim metodlari yaxlit yondashuvga kо‘ra qanday tasniflanadi?
A) Oʻrgatish metodlari va oʻrganish metodlari
B) Ogʻzaki, koʻrgazmali, amaliy, kitob bilan ishlash, videometod.
C) yangi bilimlarni egallash metodlari; kо‘nikma va malakalarni shakllantirish metodlari;
bilimlarni amaliyotda qо‘llash metodlari; bilim, kо‘nikma va malakalarni
mustahkamlash va nazorat qilish metodlari.
*D) О‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari; o‘quv-bilish
faoliyatini motivatsiyalash va rag‘batlantirish metodlari; o‘quv-bilish faoliyatini nazorat
va о‘z-о‘zini nazorat qilish metodlari.
17. An’anaviy – manbasiga kо‘ra ogʻzaki metodlarni belgilang.
*A) Hikoya metodi; Suhbat metodi; Tushuntirish metodi; Ma’ruza metodi; Munozara metodi.
B) Illyustratsiya metodi; Demonstratsiya metodi.
C) Mashq metodi; Amaliy metodi; Laboratoriya metodi; Didaktik о‘yin metodi.
D) О‘qish metodi; О‘rganish metodi; Reja tuzish metodi; Konspekt qilish metodi.
18. An’anaviy – manbasiga kо‘ra koʻrgazmali metodlarni belgilang.
A) Hikoya metodi; Suhbat metodi; Tushuntirish metodi; Ma’ruza metodi; Munozara metodi.
*B) Illyustratsiya metodi; Demonstratsiya metodi.
C) Mashq metodi; Amaliy metodi; Laboratoriya metodi; Didaktik о‘yin metodi.
D) О‘qish metodi; О‘rganish metodi; Reja tuzish metodi; Konspekt qilish metodi.
19. An’anaviy – manbasiga kо‘ra amaliy metodlarini belgilang.
A) Hikoya metodi; Suhbat metodi; Tushuntirish metodi; Ma’ruza metodi; Munozara metodi.
B) Illyustratsiya metodi; Demonstratsiya metodi.
*C) Mashq metodi; Amaliy metodi; Laboratoriya metodi; Didaktik о‘yin metodi.
D) О‘qish metodi; О‘rganish metodi; Reja tuzish metodi; Konspekt qilish metodi.
20. An’anaviy – manbasiga kо‘ra kitob bilan ishlash metodlarini belgilang.
A) Hikoya metodi; Suhbat metodi; Tushuntirish metodi; Ma’ruza metodi; Munozara metodi.
B) Illyustratsiya metodi; Demonstratsiya metodi.
C) Mashq metodi; Amaliy metodi; Laboratoriya metodi; Didaktik о‘yin metodi.
*D) О‘qish metodi; О‘rganish metodi; Reja tuzish metodi; Konspekt qilish metodi.
21. An’anaviy – manbasiga kо‘ra videometodlarini belgilang.
A) Hikoya metodi; Suhbat metodi; Tushuntirish metodi; Ma’ruza metodi; Munozara metodi.
B) Illyustratsiya metodi; Demonstratsiya metodi.
*C) Kо‘rish metodi; О‘rganish metodi; Nazorat qilish metodi.
D) О‘qish metodi; О‘rganish metodi; Reja tuzish metodi; Konspekt qilish metodi.
22. Ta’limning binar metodi sanalgan oʻrgatish metodlarini belgilang.
A) Ijro etish, reproduktiv, ijodiy-amaliy, qisman izlanishli, izlanishli
*B) Axborot-ma’lumotli, tushuntirishli, koʻrgazmali-amaliy, tushuntirishli-undovchi, undovchi
C) Bilish faoliyatini tashkil etishga doir о‘yinlar. О‘quv munozaralar. Vaziyatlarni yaratish.
D) Kо‘rish metodi; О‘rganish metodi; Nazorat qilish metodi.
23. Ta’limning binar metodi sanalgan oʻrganish metodlarini belgilang.
*A) Ijro etish, reproduktiv, ijodiy-amaliy, qisman izlanishli, izlanishli
B) Axborot-ma’lumotli, tushuntirishli, koʻrgazmali-amaliy, tushuntirishli-undovchi, undovchi
C) Bilish faoliyatini tashkil etishga doir о‘yinlar. О‘quv munozaralar. Vaziyatlarni yaratish.
D) Kо‘rish metodi; О‘rganish metodi; Nazorat qilish metodi.
24. О‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari qaysi jihatlariga koʻra tasniflanadi?
1) o‘quv axborotini uzatish va idrok etish manbasiga kо‘ra; 2) oʻquv axborotini uzatish va idrok etish mantig‘iga kо‘ra; 3) o‘quvchilarning mustaqil fikrlash darajasiga kо‘ra; 4) o‘quvchilarning mustaqil fikrlash darajasiga kо‘ra.
A) 1, 2 B) 1, 2, 3 * C) 1, 2, 3, 4 D) 2, 3, 4
25. О‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari o‘quv axborotini uzatish va idrok etish manbasiga kо‘ra qanday koʻrinishlarga ega?
*A) Og‘zaki, Kо‘rgazmali, Amaliy B) Induktiv va deduktiv
C) Reproduktiv Produktiv: muammoli, muammoli izlanishli, evristik
D) О‘qituvchi rahbarligida bajariladigan о‘quv ishi, o‘quvchilarning mustaqil ishlari.
26. О‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari o‘quv axborotini uzatish va idrok etish mantigʻiga kо‘ra qanday koʻrinishlarga ega?
A) Og‘zaki, Kо‘rgazmali, Amaliy *B) Induktiv va deduktiv
C) Reproduktiv Produktiv: muammoli, muammoli izlanishli, evristik
D) О‘qituvchi rahbarligida bajariladigan о‘quv ishi, o‘quvchilarning mustaqil ishlari.
27. О‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari o‘quvchilarning mustaqil fikrlash darajasiga kо‘ra qanday koʻrinishlarga ega?
A) Og‘zaki, Kо‘rgazmali, Amaliy B) Induktiv va deduktiv
*C) Reproduktiv Produktiv: muammoli, muammoli izlanishli, evristik
D) О‘qituvchi rahbarligida bajariladigan о‘quv ishi, o‘quvchilarning mustaqil ishlari.
28. О‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari o‘quv ishini boshqarish tasnifi boʻyicha qanday koʻrinishlarga ega?
A) Og‘zaki, Kо‘rgazmali, Amaliy B) Induktiv va deduktiv
C) Reproduktiv Produktiv: muammoli, muammoli izlanishli, evristik
*D) О‘qituvchi rahbarligida bajariladigan о‘quv ishi, o‘quvchilarning mustaqil ishlari.
29. О‘qishga qiziqishni motivatsiyalash metodlarini belgilang.
A) О‘rganishning shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatiga ishonch hosil qilish. Talab qо‘yish.
Rag‘batlantirish. Ogohlantirish.
*B) Bilish faoliyatini tashkil etishga doir о‘yinlar. О‘quv munozaralar. Vaziyatlarni yaratish.
C) Individual sо‘rov, ommaviy sо‘rov, dasturlashtirilgan sо‘rov, og‘zaki о‘z-о‘zini nazorat ishi
D) Yozma nazorat ishi, dasturlashtirilgan yozma ish, yozma о‘z-о‘zini nazorat ish
30. О‘qishga burch va mas’uliyatni rag‘batlantirish metodlarini belgilang.
*A) О‘rganishning shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatiga ishonch hosil qilish. Talab qо‘yish.
Rag‘batlantirish. Ogohlantirish.
B) Bilish faoliyatini tashkil etishga doir о‘yinlar. О‘quv munozaralar. Vaziyatlarni yaratish.
C) Individual sо‘rov, ommaviy sо‘rov, dasturlashtirilgan sо‘rov, og‘zaki о‘z-о‘zini nazorat ishi
D) Yozma nazorat ishi, dasturlashtirilgan yozma ish, yozma о‘z-о‘zini nazorat ish
31. Nazorat va о‘z-о‘zini nazorat qilishning og‘zaki metodlari qaysi javobda berilgan?
A) Laboratoriya ishi, laboratoriyali о‘z-о‘zini nazorat ishi.
B) Bilish faoliyatini tashkil etishga doir о‘yinlar. О‘quv munozaralar. Vaziyatlarni yaratish.
*C) Individual sо‘rov, ommaviy sо‘rov, dasturlashtirilgan sо‘rov, og‘zaki о‘z-о‘zini nazorat ishi
D) Yozma nazorat ishi, dasturlashtirilgan yozma ish, yozma о‘z-о‘zini nazorat ish
32. Nazorat va о‘z-о‘zini nazorat qilishning yozma metodlari qaysi javobda berilgan?
A) Laboratoriya ishi, laboratoriyali о‘z-о‘zini nazorat ishi.
B) Bilish faoliyatini tashkil etishga doir о‘yinlar. О‘quv munozaralar. Vaziyatlarni yaratish.
C) Individual sо‘rov, ommaviy sо‘rov, dasturlashtirilgan sо‘rov, og‘zaki о‘z-о‘zini nazorat ishi
*D) Yozma nazorat ishi, dasturlashtirilgan yozma ish, yozma о‘z-о‘zini nazorat ish
33. Nazorat va о‘z-о‘zini nazorat qilishning amaliy metodlari qaysi javobda berilgan?
*A) Laboratoriya ishi, laboratoriyali о‘z-о‘zini nazorat ishi.
B) Bilish faoliyatini tashkil etishga doir о‘yinlar. О‘quv munozaralar. Vaziyatlarni yaratish.
C) Individual sо‘rov, ommaviy sо‘rov, dasturlashtirilgan sо‘rov, og‘zaki о‘z-о‘zini nazorat ishi
D) Yozma nazorat ishi, dasturlashtirilgan yozma ish, yozma о‘z-о‘zini nazorat ish
34. О‘rganilayotganlarini о‘zlashtirishga da’vat qilish metodlari boʻlgan interfaol metodlrni
belgilang.
*A) Erkin yozish, Klaster, Aqliy hujum, B-B-B chizmasi, Chalkashtirilgan mantiqiy zanjirlar
ketma-ketligi, Semantik xususiyatlar tahlili
B) Semantik xususiyatlar tahlili, B-B-B chizmasi, О‘qitish bо‘yicha qо‘llanma, Bir-biriga
о‘rgatish; Bir-biridan sо‘rash, Ikki qismli kundaliklar, Eng asosiy tushunchalar
C) Eng asosiy tushunchalarni takrorlash, T-chizma, Konseptual jadval, Venn diagrammasi,
Nilufar guli, Besh minutlik esse, О‘n minutlik esse.
D) barchasi toʻgʻri koʻrsatilgan
35. Yangi materialni anglash metodlari boʻlgan interfaol metodlrni belgilang.
A) Erkin yozish, Klaster, Aqliy hujum, B-B-B chizmasi, Chalkashtirilgan mantiqiy zanjirlar
ketma-ketligi, Semantik xususiyatlar tahlili
*B) Semantik xususiyatlar tahlili, B-B-B chizmasi, О‘qitish bо‘yicha qо‘llanma, Bir-biriga
о‘rgatish; Bir-biridan sо‘rash, Ikki qismli kundaliklar, Eng asosiy tushunchalar
C) Eng asosiy tushunchalarni takrorlash, T-chizma, Konseptual jadval, Venn diagrammasi,
Nilufar guli, Besh minutlik esse, О‘n minutlik esse.
D) barchasi toʻgʻri koʻrsatilgan
36. О‘rganilganlarini fikrlashga imkon beruvchi metodlar boʻlgan interfaol metodlrni
belgilang.
A) Erkin yozish, Klaster, Aqliy hujum, B-B-B chizmasi, Chalkashtirilgan mantiqiy zanjirlar
ketma-ketligi, Semantik xususiyatlar tahlili
B) Semantik xususiyatlar tahlili, B-B-B chizmasi, О‘qitish bо‘yicha qо‘llanma, Bir-biriga
о‘rgatish; Bir-biridan sо‘rash, Ikki qismli kundaliklar, Eng asosiy tushunchalar
*C) Eng asosiy tushunchalarni takrorlash, T-chizma, Konseptual jadval, Venn diagrammasi,
Nilufar guli, Besh minutlik esse, О‘n minutlik esse.
D) barchasi toʻgʻri koʻrsatilgan
37. Qaysi javobda ta’lim metodlarini tanlab olish shartlari toʻgʻri va toʻliq koʻrsatilgan?
1. Ta’limning umumiy maqsadlari.
2. Fanning va о‘rganilayotgan mavzuning mazmuni hamda о‘ziga xosliklari.
3. Biror fanni о‘qitish metodikasining о‘ziga xosliklari.
4. Materialni о‘rganishga ajratilgan vaqt.
5. О‘quv mashg‘ulotining maqsadi, vazifalari va mazmuni.
6. О‘quvchilarning yoshi va bilish imkoniyatlari.
7. О‘quvchilarning tayyorgarlik darajasi.
8. Ta’lim muassasasining moddiy ta’minlanganligi.
9. О‘qituvchining nazariy, amaliy va metodik tayyorgarligi, pedagogik mahoratni
egallaganlik darajasi.
A) 1, 2, 3, 5, 7, 9 B) 1, 3, 4, 5, 6, 8 C) 2, 4, 6, 7, 8, 9 *D) barchasi
38. Qaysi xalq maqollarining birida shunday deyiladi: «Insonning qoʻliga bir dona baliq ber
– u bir kun toʻq boʻladi, unga baliq tutishni oʻrgat – u butun umri davomida toʻq
yuradi»?
A) oʻzbek *B) xitoy C) yapon D) hind
39. «Metodika — bu vaqtni tejash malakasi, oʻquvchi kuchlarini oqilona sarflash, oʻquv materialidagi asosiy va bosh narsani topish malakasi, jamoa mehnatini tashkil qilish san’ati, bu oʻquvchilardagi xilma-xil individualliklarga tayanadigan ta’sir tizimidir». Ushbu fikrlar muallifini belgilang.
*A) M.A.Ribnikova B) V.V.Golubkov C) N.I.Kudryashev D) A.Zunnunov
40. «Barcha metodikalar, ularning qaysi bir fanga aloqadorligidan qat’iy nazar, oʻqituvchining ish prinsiplari, material va metodlarini muayyan ketma-ketlikda, izchillikda koʻrib chiqishiga hamda uchta eng asosiy, ya’ni nima uchun, nimani va qanday, degan savollarga javob berishiga koʻra bir-biriga oʻxshaydi». Ushbu fikrlar muallifini belgilang.
A) M.A.Ribnikova *B) V.V.Golubkov C) N.I.Kudryashev D) A.Zunnunov
41. «Adabiyot oʻqitish metodikasi oʻquvchilarni oʻquv predmeti sifatida tarbiyaviy ahamiyat kasb etib, adabiyotni oʻqitishdagi ijtimoiy jarayon manbayi boʻlgan va unga toʻg‘ri rahbarlik qilish maqsadida bu jarayonning qonuniyatlarini ochishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan xususiy pedagogik fandir». Ushbu fikrlar muallifini belgilang.
A) M.A.Ribnikova B) V.V.Golubkov * C) N.I.Kudryashev D) A.Zunnunov
42. «Adabiyot oʻqitish usuli pedagogika fanining uzviy qismi boʻlib, badiiy adabiyotni tadqiq etadi, adabiyot oʻqitish shartlari va usullarini ilmiy asosda ishlab chiqish va tatbiq etish, sinfda va uyda oʻqish, shuningdek, sinf va maktabdan tashqari mashg‘ulotlarning shakli va usullarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Uning asosini badiiy asarni ta’lim va tarbiyaning muhim vositasi sifatida oʻrganish, oʻquvchilarni estetik tarbiyalash jarayoni tashkil qiladi. Shu jarayonda oʻqituvchi yozuvchi yaratgan badiiy obrazlarning ahamiyatini oʻquvchilar ongiga singdiradi, badiiy obrazning mohiyatini ochadi, oʻquvchilarning ma’naviy dunyosini boyitadi». Ushbu fikrlar muallifini belgilang.
A) M.A.Ribnikova B) V.V.Golubkov C) N.I.Kudryashev *D) A.Zunnunov
43. Quyidagi qaysi fikr notoʻgʻri?
A) Boʻlajak adabiyot oʻqituvchilari oʻz ish faoliyatlarida oʻquv-tarbiya jarayonlarining insonparvarlashuviga, ta’lim jarayonida har bir oʻquvchining alohida, oʻziga xos boʻlgan tabiiy-ijodiy imkonlariga e’tibor berishi maqsadga muvofiq boʻladi.
B) Badiiy adabiyot yaxshi insoniy fazilatlarni targ‘ib qilishga, urushni, zoʻravonlikni qoralab, tinchlikni, xalqlarning osoyishta hayoti va oʻzaro doʻstligini ulug‘laydigan, xunuklikdan nafratlanib, goʻzallikni targ‘ib etadigan, oʻsib kelayotgan avlodga yuksak ma’naviy fazilatlarning shakllanishi va rivojlanshiga imkon beradigan xislatlari bilan e’tiborlidir.
C) Maktabgacha tarbiya muassasalari, boshlang‘ich ta’lim, umumiy oʻrta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar ta’limidagi adabiy ta’limning uzviyligi va uzluksizligining natijasi oʻsib kelayotgan yosh qalbda goʻzallikka boʻlgan ijobiy va ijodiy munosabatni shakllantirishdan, ularga badiiy asarga – kitobga boʻlgan mehr va muhabbatni oʻstirishdan, bularning zamirida esa undagi badiiy-estetik didni takomillashtirishdan iborat.
*D) Oʻquvchilardagi barqaror g‘oyaviy, ma’naviy-axloqiy va estetik ishonch-e’tiqodlarning shakllanishi, ularning eng muhim hayotiy tushunchalar mag‘zini chaqa olishi ma’lum ma’noda fizika oʻqituvchisining mahoratiga bog‘liqdir.
44. «Adabiyot oʻquvchini tarbiyalash uchun uning ongi, fikrigagina emas, qalbiga, zavqiga, tuyg‘ulariga ham ta’sir etishi kerak. Shunday asarlargina chinakam san’at namunasi deb atalish huquqiga ega». Ushbu fikrlar muallifini belgilang.
A) Sh.Mirziyoyev *B) O.Sharafiddinov C) N.I.Kudryashev D) A.Zunnunov
Do'stlaringiz bilan baham: |