1-mavzu:V topshiriq. Mavzu yuzasidan tuzilgan quyidagi testlarni bajaring.
1. Qaysi fanni o‘qitish boshqa fanlarni o‘qitishdan anchayin keskin farq qiladi; shunga ko‘ra uni fan
sifatida qaraydiganlar bir guruhni tashkil etsa, uni o‘qitishni san’at turi sifatida baholab, bu fan
o‘qituvchisining ishini ham san’atkorona bir ish sifatida baholaydiganlar kam emas?
A) adabiyot B) til C) matematika *D) metodika
2. Oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilim, malaka va ko‘nikmalar
beradigan, davomiyligi kamida uch yil bo‘lgan tayanch oliy ta’limdir. Ushbu izoh qaysi
atamaga xos?
A) oliy ta’lim B) magistratura C) doktorantura * D) bakalavriat
3. Ta’lim jarayonidagi qaysi fanlarning asosiy maqsadi va mohiyati o‘quvchilarda – o‘sib
Kelayotgan yosh avlodda muayyan sohalarga oid bilimlarning asoslarini shakllantirish,
shularning negizida ularning boy ma’naviy olamini yaratishdan iborat?
A) til va adabiyotning B) adabiyotning C) tarixning *D) barcha fanlarning
4. Kim “Mustaqillik davrida o‘zbek tilshunosligi taraqqiyoti” (Tanlangan asarlar. 3 jildlik. –
Toshkent, 2012. 3-jild. – B.38) asarida tilshunoslikda tub burilish yasaganini ta’kidlaydi?
A) N.Mahmudov *B) A.Nurmonov C) Sh.Safarov D) A.Hojiyev
5. Tilshunoslikda qaysi paradigmaning shakllanishi til egasi – so‘zlovchi shaxs omilini tadqiq
etish bilan bog‘liq?
A) sistem B) struktur *C) antroposentrik D) an’anaviy
6. Qachondan matnni lingvokulturologik, pragmatik, sotsiolingvistik, kognitiv va psixolingvistik
tamoyillar asosida tadqiq etish an’anasi kuchaydi?
*A) XXI asr boshlaridan B) XIX asrdan C) XX asr oxiridan D) XX asr boshidan
7. Jahon tilshunosligida til tizimini shaxs bilan bog‘liq tarzda o‘rganish asosan qaysi sohaga oid
tadqiqotlarda namoyon bo‘ladi?
A) lingvistik semantika va kognitiv tilshunoslikka
B) psixolingvistika va pragmatik tilshunoslikka
C) lingvokulturologiyaga *D) barchasiga
8. Kim antroposentrik paradigmaning shakllanishi haqida: “Tilning ana shunday obyektiv
xususiyatiga muvofiq ravishda antroposentrik paradigmada inson asosiy o‘ringa chiqariladi, til
esa inson shaxsini tarkib toptiruvchi bosh unsuri hisobla-nadi. Mutxassislar taniqli rus adibi
S.Dovlatovning “inson shaxsiyatining 90 foizini til tashkil etadi” degan hikmatomuz gapini
tilga oladilar. V.A.Maslova ta’kidlaganiday, inson aqlini, insonning o‘ziday, tildan va nutq
yaratish hamda nutqni idrok qilish qobiliyatidan tashqarida tasavvur etib bo‘lmaydi” deya o‘z
fikrlarini bayon qiladi?
*A) N.Mahmudov B) A.Nurmonov C) Sh.Safarov D) N.Xomskiy
9. Lingvistika yoʻnalishidagi “Maxsus fanlar”ga qaysi fanlar kiradi?
A) maktablardagi “Ona tili” va litsey-kollejlardagi “Hozirgi oʻzbek adabiy tili”
B) “Tilshunoslik nazariyasi”, “Oʻzbek tili tarixi”, “Oʻzbek tilini oʻqitish metodikasi”
C) “Kognitiv tilshunoslik”, “Sotsiolingvistika”, “Lingvokulturologiya”
*D) koʻrsatilganlarning barchasi
10. Til tizimini va nutqiy faoliyat mahsuli bo‘lgan matn qurilishini shu paytgacha fizologik
nuqtai nazardan tahlil qilib kelayotgan bu tilshunoslik doirasi endilikda idrok etish,
bilish, tushunish, tahlil qilish faoliyatlariga oid tushuncha va kategoriyalar bilan
kengaydi. Natijada, …?
A) tilshunoslikning mantiq bilan hamkorligi kuchaydi
B) tilshunoslikning psixologiya bilan hamkorligi kuchaydi
C) tilshunoslikning bilish nazariyasi bilan hamkorligi kuchaydi * D) A, B va C
11. Sistem-struktur tilshunoslik, psixolingvistika, sotsiolingvistika, matn tilshunosligida asosiy
e’tibor nimaning tuzilishi va tarkibini, ma’lum hollarda ma’no xususiyatlarini o‘rganishga
qaratilgan?
A) kognitiv birliklar *B) so‘z, so‘z birikmasi, gap va matn
C) mikromatn va makromatn D) tovush, fonema, allafon, morfema
12. Qaysi xalq maqollarining birida: «Insonning qo‘liga bir dona baliq ber – u bir kun to‘q
bo‘ladi, unga baliq tutishni o‘rgat – u butun umri davomida to‘q yuradi», deyilgan?
A) o’zbek *B) xitoy C) arab D) yapon
13. «Metodika – bu vaqtni tejash malakasi, o‘quvchi kuchlarini oqilona sarflash, o‘quv
materialidagi asosiy va bosh narsani topish malakasi, jamoa mehnatini tashkil qilish san’ati,
bu o‘quvchilardagi xilma-xil individualliklarga tayanadigan ta’sir tizimidir». Ushbu metoduka
Do'stlaringiz bilan baham: |