2-mavzu: IV topshiriq. Mavzu yuzasidan tuzilgan quyidagi testlarni bajaring.
1. Oʻquv-me’yoriy hujjatlar sirasiga nimalar kiradi?
A) davlat ta’lim standartlari, dastur, ishchi oʻquv reja
B) majmua, kalendar reja, elektron hujjatlar, sillabuslar
C) mavzu konspektlari, dars ishlanmalari, dars tahlili * D) A va B
2. Qaysi me’yoriy hujjat ta’lim sohasidagi eng yuqori oʻquv-me’yoriy hujjat sanaladi va u Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi hamda bu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan hisobga olinadi?
*A) davlat ta’lim standartlari B) namunaviy oʻquv dastur
C) kadrlar tayyorlash milliy dasturi D) ta’lim nizomi
3. Hozirda amaldagi DTSlari Ozbekiston Respublikasining Talim togrisidagi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nechanchi yildagi PQ-4796-son “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tasdiqlangan?
A) 2019-yil 3-avgustdagi * B) 2020-yil 3-avgustdagi
C) 2021-yil 19-oktabrdagi D) 2021-yil 27-oktabrdagi
4. Hozirda amaldagi DTSlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirining nechanchi yildagi 35-2021-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan?
A) 2019-yil 3-avgustdagi B) 2020-yil 3-avgustdagi
*C) 2021-yil 19-oktabrdagi D) 2021-yil 27-oktabrdagi
5. Hozirda amaldagi DTSlari Adliya vazirligi tomonidan qaysi sanada hisobga olingan?
A) 2019-yil 3-avgustda B) 2020-yil 3-avgustda
C) 2021-yil 19-oktabrda * D) 2021-yil 27-oktabrda
6. “Uzluksiz ta’limning oliy ta’lim muassasalarida amalga oshiriladigan, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi ikki bosqichdan iborat (bakalavriat va magistratura) mustaqil turi”. Ushbu izoh DTSlaridagi qaysi atamniki?
*A) oliy ta’lim B) bakalavriat C) magistratura D) oliy ma’lumot darajasi
7. “Oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilim, malaka va ko‘nikmalar beradigan, davomiyligi kamida uch yil bo‘lgan tayanch oliy ta’limdir”. Ushbu izoh DTSlaridagi qaysi atamniki?
A) oliy ta’lim *B) bakalavriat C) magistratura D) oliy ma’lumot darajasi
8. “Tegishli bakalavriat negizidagi aniq mutaxassislik bo‘yicha davomiyligi kamida bir yil bo‘lgan oliy ta’limdir”. Ushbu izoh DTSlaridagi qaysi atamniki?
A) oliy ta’lim B) bakalavriat *C) magistratura D) oliy ma’lumot darajasi
9. “Shaxs tomonidan oliy ta’limning muayyan o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini mazkur ma’lumot haqida tegishli davlat hujjati berilgan holda o‘zlashtirishi natijasi”. Ushbu izoh DTSlaridagi qaysi atamniki?
A) oliy ta’lim B) bakalavriat C) magistratura *D) oliy ma’lumot darajasi
10. “Akkreditatsiyadan o‘tgan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga beriladigan va ularning oliy ta’limning o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini bajarganliklarini tasdiqlovchi davlat namunasidagi hujjat. Hujjat uzluksiz ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish yoki olingan akademik darajaga muvofiq ishlash huquqini beradi”. Ushbu izoh DTSlaridagi qaysi atamaniki?
*A) oliy ma’lumot haqida davlat hujjati (diplom)
B) oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori
C) malaka talablari D) o‘qitishning me’yoriy muddati
11. “Oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash uchun bakalavriat ta’limi yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining tizimlashtirilgan ro‘yxati”. Ushbu izoh DTSlaridagi qaysi atamaniki?
A) oliy ma’lumot haqida davlat hujjati (diplom)
*B) oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori
C) malaka talablari D) o‘qitishning me’yoriy muddati
12. “Oliy ta’lim tegishli bosqichi bitiruvchisining bilim, ko‘nikma va kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar”. Ushbu izoh DTSlaridagi qaysi atamaniki?
A) oliy ma’lumot haqida davlat hujjati (diplom)
B) oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori
*C) malaka talablari D) o‘qitishning me’yoriy muddati
13. “Ta’lim oluvchilar tomonidan o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini o‘zlashtirilishi uchun belgilangan muddat”. Ushbu izoh DTSlaridagi qaysi atamaniki?
A) oliy ma’lumot haqida davlat hujjati (diplom)
B) oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori
C) malaka talablari *D) o‘qitishning me’yoriy muddati
14. DTSlaridagi “o‘quv fanlari bloki” atamasining izohi qaysi javobda toʻgʻri koʻrsatilgan?
*A) o‘quv rejalarida belgilangan fanlar majmualari, qoida tariqasida “majburiy fanlar” bloki va “tanlov fanlari” blokiga ajratiladi
B) oliy ta’limning muayyan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi yoki magistratura mutaxassisligi boyicha oquv faoliyati turlari, o‘quv fanlari va kurslarining tarkibi, ularni o‘rganishning izchilligi, soatlar va kreditlardagi hajmini ta’lim davrining to‘liq muddati uchun belgilaydigan hujjat
C) o‘quv dasturlarni o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan akademik soatlar hajmi
D) ta’lim jarayonida muayyan ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklar bo‘yicha o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan tegishli ilmiy, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy sohalardan saralab olingan bilim va ko‘nikmalar tizimi
15. DTSlaridagi “o‘quv reja” atamasining izohi qaysi javobda toʻgʻri koʻrsatilgan?
A) o‘quv rejalarida belgilangan fanlar majmualari, qoida tariqasida “majburiy fanlar” bloki va “tanlov fanlari” blokiga ajratiladi
*B) oliy ta’limning muayyan bakalavriat ta’lim yonalishi yoki magistratura mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv faoliyati turlari, o‘quv fanlari va kurslarining tarkibi, ularni o‘rganishning izchilligi, soatlar va kreditlardagi hajmini ta’lim davrining to‘liq muddati uchun belgilaydigan hujjat
C) o‘quv dasturlarni o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan akademik soatlar hajmi
D) ta’lim jarayonida muayyan ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklar bo‘yicha o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan tegishli ilmiy, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy sohalardan saralab olingan bilim va ko‘nikmalar tizimi
16 DTSlaridagi “o‘quv yuklama” atamasining izohi qaysi javobda toʻgʻri koʻrsatilgan?
A) o‘quv rejalarida belgilangan fanlar majmualari, qoida tariqasida “majburiy fanlar” bloki va “tanlov fanlari” blokiga ajratiladi
B) oliy ta’limning muayyan bakalavriat talim yo‘nalishi yoki magistratura mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv faoliyati turlari, o‘quv fanlari va kurslarining tarkibi, ularni o‘rganishning izchilligi, soatlar va kreditlardagi hajmini ta’lim davrining to‘liq muddati uchun belgilaydigan hujjat
*C) o‘quv dasturlarni o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan akademik soatlar hajmi
D) ta’lim jarayonida muayyan ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklar bo‘yicha o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan tegishli ilmiy, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy sohalardan saralab olingan bilim va ko‘nikmalar tizimi
17. DTSlaridagi “o‘quv fani” atamasining izohi qaysi javobda toʻgʻri koʻrsatilgan?
A) o‘quv rejalarida belgilangan fanlar majmualari, qoida tariqasida “majburiy fanlar” bloki va “tanlov fanlari” blokiga ajratiladi
B) oliy talimning muayyan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi yoki magistratura mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv faoliyati turlari, o‘quv fanlari va kurslarining tarkibi, ularni o‘rganishning izchilligi, soatlar va kreditlardagi hajmini ta’lim davrining to‘liq muddati uchun belgilaydigan hujjat
C) o‘quv dasturlarni o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan akademik soatlar hajmi
*D) ta’lim jarayonida muayyan ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklar bo‘yicha o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan tegishli ilmiy, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy sohalardan saralab olingan bilim va ko‘nikmalar tizimi
18. “Oliy ta’lim muassasasida bir ta’lim kursini yakunlashga mo‘ljallangan o‘quv faoliyati davri”. Ushbu izoh DTSlaridagi qaysi atamniki?
*A) o‘quv yili B) o‘quv semestri C) o‘quv dasturi D) malaka amaliyoti
19. “Oliy ta’lim muassasasida o‘quv yilining yarmini tashkil etuvchi o‘zaro bog‘langan fanlarning ma’lum majmuini o‘zlashtirishga mo‘ljallangan va ular bo‘yicha yakuniy nazorat bilan tugallanadigan qismi. Ayrim hollarda o‘quv semestri o‘quv yilining uchdan bir qismini tashkil etishi mumkin”. Ushbu izoh DTSlaridagi qaysi atamniki?
A) o‘quv yili *B) o‘quv semestri C) o‘quv dasturi D) malaka amaliyoti
20. “Ta’lim mazmunini belgilovchi o‘quv fanining asosiy mavzulari, mazmuni, o‘zlashtirilishining eng maqbul usullari, axborot manbalari ko‘rsatilgan hujjat”. Ushbu izoh DTSlaridagi qaysi atamniki?
A) o‘quv yili B) o‘quv semestri *C) o‘quv dasturi D) malaka amaliyoti
21. “O‘quv jarayonining nazariy bilimlarini mustahkamlash, amaliy ko‘nikma hosil qilish, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarning ma’lum (yakuniy) qismidagi mavzu bo‘yicha materiallar to‘plash uchun o‘tkaziladigan bir qismi”. Ushbu izoh DTSlaridagi qaysi atamniki?
A) o‘quv yili B) o‘quv semestri C) o‘quv dasturi *D) malaka amaliyoti
22. DTSlaridagi “yakuniy davlat attestatsiyasi” atamasining izohi qaysi javobda toʻgʻri koʻrsatilgan?
*(A) bakalavr yoki magistr akademik darajasiga qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiq holda, ma’lum talab va tartib asosida (fanlar bo‘yicha davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi yoki magistrlik dissertatsiyasi himoyasi) bitiruvchi tomonidan oliy ta’lim o‘quv reja va o‘quv dasturlarining o‘zlashtirish darajasi hamda sifatini baholash jarayoni
(B) ta’lim oluvchining bilim saviyasini tekshirish va uning o‘quv dasturini o‘zlashtirish darajasini aniqlash
C)( o‘qitish mazmuni va natijalarining davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqligini tekshirish
D) (davlat ta’lim standartlariga muvofiq oliy ta’lim muassasasi faoliyatini baholash va kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatini aniqlash bo‘yicha davlat nazoratining asosiy shakli
23. DTSlaridagi “o‘qitish sifatini nazorat qilish” atamasining izohi qaysi javobda toʻgʻri koʻrsatilgan?
(A) bakalavr yoki magistr akademik darajasiga qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiq holda, ma’lum talab va tartib asosida (fanlar bo‘yicha davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi yoki magistrlik dissertatsiyasi himoyasi) bitiruvchi tomonidan oliy ta’lim o‘quv reja va o‘quv dasturlarining o‘zlashtirish darajasi hamda sifatini baholash jarayoni
*(B) ta’lim oluvchining bilim saviyasini tekshirish va uning o‘quv dasturini o‘zlashtirish darajasini aniqlash
C)( o‘qitish mazmuni va natijalarining davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqligini tekshirish
D) (davlat ta’lim standartlariga muvofiq oliy ta’lim muassasasi faoliyatini baholash va kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatini aniqlash bo‘yicha davlat nazoratining asosiy shakli
24. DTSlaridagi “ta’lim sifatini nazorat qilish” atamasining izohi qaysi javobda toʻgʻri koʻrsatilgan?
(A) bakalavr yoki magistr akademik darajasiga qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiq holda, ma’lum talab va tartib asosida (fanlar bo‘yicha davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi yoki magistrlik dissertatsiyasi himoyasi) bitiruvchi tomonidan oliy ta’lim o‘quv reja va o‘quv dasturlarining o‘zlashtirish darajasi hamda sifatini baholash jarayoni
(B) ta’lim oluvchining bilim saviyasini tekshirish va uning o‘quv dasturini o‘zlashtirish darajasini aniqlash
*C)( o‘qitish mazmuni va natijalarining davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqligini tekshirish
D) (davlat ta’lim standartlariga muvofiq oliy ta’lim muassasasi faoliyatini baholash va kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatini aniqlash bo‘yicha davlat nazoratining asosiy shakli
25. DTSlaridagi “oliy ta’lim muassasasi attestatsiyasi” atamasining izohi qaysi javobda toʻgʻri koʻrsatilgan?
(A) bakalavr yoki magistr akademik darajasiga qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiq holda, ma’lum talab va tartib asosida (fanlar bo‘yicha davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi yoki magistrlik dissertatsiyasi himoyasi) bitiruvchi tomonidan oliy ta’lim o‘quv reja va o‘quv dasturlarining o‘zlashtirish darajasi hamda sifatini baholash jarayoni
(B) ta’lim oluvchining bilim saviyasini tekshirish va uning o‘quv dasturini o‘zlashtirish darajasini aniqlash
C)( o‘qitish mazmuni va natijalarining davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqligini tekshirish
*D) (davlat ta’lim standartlariga muvofiq oliy ta’lim muassasasi faoliyatini baholash va kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatini aniqlash bo‘yicha davlat nazoratining asosiy shakli
26. “Oliy ta’lim muassasasi faoliyati darajasini davlat ta’lim standartlarining mezon va talablariga javob berishi hamda bitiruvchilar oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni berish huquqining davlat tomonidan e’tirof etilishi”. Ushbu izoh DTSlaridagi qaysi atamniki?
*A) (oliy ta’lim muassasasi akkreditatsiyasi B) fan dasturi (Oʻquv dasturu)
C) oʻquv uslubiy qoʻllanma D) ishchi oʻquv reja
27. Qaysi me’yoriy hujjat DTSiga asosan tayanch yoki yetakchi oily ta’lim muassasalari mutaxassislari tomonidan tuziladi hamda Oʻzbekiston oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Tasdiqlangan namunaviy fan dasrurlari aynan shu vazirlik tomonidan roʻyxatga olinadi, Fan dasturi Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari boʻyicha O‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashning bayonnomasi bilan ma’qullanadi?
A) (oliy ta’lim muassasasi akkreditatsiyasi * B) fan dasturi (namunaviy fan dasturu)
C) oʻquv uslubiy qoʻllanma D) ishchi oʻquv reja
28. Ko’pincha tilshunoslik va adabiyotshunoslik fanlarining Fan dasturlari qaysi universitet tomonidan yaratiladi va Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi. Boshqa oliy ta’lim muassasalarida ana shu Fan dasturlari asosida muayyan fanga berkitilgan mutaxassislar tomonidan xususiy fan dasturlari shakllantiriladi?
A) Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat Oʻzbek tili va adabiyoti universiteti
B) Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti
C) har bir oliy ta’lim muassasasining oʻzida * D) A yoki B
29. Qanday fanlardan oʻquv dasturlarni har bir oliy ta’limdagi kafedraning yetakchi professor-oʻqituvchilarning oʻzi shakllantirishi mumkin, bular ham oliy ta’lim muassasasining muayyan kafedrasi majlisida muhokama qilinadi va oʻquv ishlari prorektori tomonidan tasdiqlanadi?
A) mutaxassislik * B) tanlanma C) mutaxassislik boʻlmagan D) B va C
30. Qaysi me’yoriy hujjat fanni oʻrganish boʻyicha hujjat hisoblanib, boʻlajak mutaxassisga qoʻyilgan talablarga mos holda ta’lim mazmunini va uni oʻquvchi-talabalar tomonidan oʻzlashtirishni tashkil etish usullarini aks ettiradi; alohida oʻquv predmetlari boʻyicha bilim, koʻnikma va malakalar mazmuni va hajmini, ularni oʻrganish ketma-ketligini belgilaydi; har bir mavzu boʻyicha fan uchun ajratilgan soatdan kelib chiqqan holda, mavzuning mazmunini oʻzlashtirish uchun uning xususiyatlarini, mavzuning murakkabligi, oʻzlashtirish zarur boʻlgan masalalar, qoʻyilgan muammo va boshqalarni hisobga olib oʻquv jarayonining tashkiliy shakllari boʻyicha vaqt ajratilib, har bir mavzu oʻrganiladigan fanning shu mavzu doirasidagi qisqacha mazmunini ifodalaydi?
A) sillabus( * B) fan dasturi (namunaviy fan dasturu)
C) oʻquv uslubiy qoʻllanma D) ishchi oʻquv reja
31. Fan oʻquv dasturlari quyidagi qaysi talablarga javob berishi zarur?
1. Dastur aniq qoidaga asoslangan boʻlishi kerak. 2. Ilmiylik (aniqlik) prinsipiga asoslanishi kerak. 3. Yangilik prinsipiga asoslanishi kerak. 4. Tarixiylik va zamonaviylik talabiga javob berishi lozim. 5. Gumanitarizm va milliylik talablariga mos boʻlishi zarur. 6. Izchillik va nazariy bilimlar bilan amaliyot birligini ta’minlashi kerak. 7. Xalqaro standart va raqobatbardoshlik talablariga mos boʻlishi lozim.
A) 1, 3, 5, 7 B) 1, 2, 3, 4, 6, 7 *C) barchasi D) 2, 4, 5, 6, 7
32. Namunaviy oʻquv dasturi davlat ta’lim standartlariga oʻzgartirishlar kiritilgan taqdirda yoki oʻzga hollarda necha yilda bir marta qayta ishlab chiqilishi va qabul qilingan tartibga asosan qayta ekspertiza hamda tasdiqdan oʻtishi zarur?
A) 1 B) 2 * C) 3 D) 5
33. Qaysi me’yoriy hujjat tasdiqlangan namunaviy fan dasturiga asoslanib, har bir professor-oʻqituvchi tomonidan fan mazmun-mundarijasidan kelib chiqib, individual ishlab chiqiladigan, kafedra majlisida mutaxassislar tomonidan muhokama qilingan va oliy ta’lim muassasasining maxsus oʻquv ishlari boʻlimi tomonidan tasdiqlanadigan hujjat sanaladi?
A) sillabus( B) fan dasturi (namunaviy fan dasturi)
C) oʻquv uslubiy qoʻllanma *D) ishchi oʻquv reja
34. Qaysi hujjatda fan boʻyicha mavzular rejasi qismida mavzular nomi, ajratilgan jami soatlar, dars-mashgʻulot oʻtish, mashgʻulot turlari: ma’ruza (nazariy), seminar va amaliy mashgʻulotlar, mustaqil ta’limga ajratilgan soatlar jadval tarzida keltiriladi; ma’ruza, amaliy va seminar mashgʻulotlari mavzularida har bir mavzuda oʻrganilishi zarur boʻlgan mavzuning oʻquv maqsadidab kelib chiqib, qisqacha mazmuni beriladi; mavzuni oʻrganish va oʻzlashtirish uchun zarur boʻlgan adabiyotlar roʻyxati raqamlarda ifodalanadi?
A) sillabusda( B) fan dasturi (namunaviy fan dasturi)da
C) oʻquv uslubiy qoʻllanmada * D) ishchi oʻquv rejada
35. Qaysi hujjatning “Oʻzlashtirishni nazorat qilish” qismida shu fanni oʻzlashtirish boʻyicha baholash talablari, metodlari va shakllari koʻrsatiladi; “Foydalanilgan adabiyotlar” qismida oʻquvchi-talabalar tomonidan shu fanni oʻrganish va oʻzlashtirish uchun lozim boʻlgan asosiy va yordamchi adabiyotlar roʻyxati va elektron manzillar koʻrsatiladi?
A) sillabusning( B) namunaviy fan dasturining
*C) ishchi oʻquv rejaning D) davlat ta’lim standartlarining
36. Qaysi me’yoriy hujjat yagona metodologiya boʻyicha oʻrganiladigan fanning mazmuni va uning xususiyatlariga koʻra oʻqitishni tashkil etish bilan bogʻliq boʻlgan ta’lim mazmunini va oʻzlashtirish jarayonini amalga oshirishda qatnashuvchi barcha vositalarni oʻz ichiga oladi?
*A) oʻquv uslubiy qoʻllanma( B) fan dasturi (namunaviy fan dasturi)
C) sillabus D) ishchi oʻquv reja
37. Oʻquv-uslubiy majmuaning tarkibi nimalarni amalga oshirishga qaratilgan?
A) ta’limning maqsadi (oʻqitishdan maqsad nima? nima uchun oʻqitamiz?)
B) ta’limning mazmuni (nimani oʻqitamiz? nimani oʻrgatamiz?)
C) ta’lim metodlari (qanday qilib oʻqitamiz?) va ta’lim vositalari (nimalar vositasida oʻqitamiz?)
*D) A, B va C
38. Hozirgi paytda oʻquv-uslubiy majmua tarkibi nimalardan tuzilishi lozim?
1) fan boʻyicha namunaviy dastur; 2) fan boʻyicha ishchi-oʻquv dasturi; 3) texnologik xarita; 4) dars oʻtish calendar rejasi; 5) amaliy va seminar mashgʻulot darslari rejasi; 6) ma’ruzalar matni; 7) asosiy tayanch tushunchalar; 8) masala, mashq, topshiriqlar va testlar; 9) fan boʻyicha joriy, oraliq va yakuniy baholash mezonlari; 10) yozma ishlarni baholash mezonlari; 11) fan mavzulari boʻyicha tayyorlangan slaydlar, chizmalar va boshqa namoyish etiluvchi materiallar; 12) amaliy mashgʻulotlarga moʻljallangan oʻyinlar; 13) kurs ishi mavzulari; 14) mustaqil ish va referat mavzulari; 15) yozma ish savollari; 16) davlat ta’lim standartlari.
A) 1, 2, 4, 5, 6,8, 9, 11, 13, 14, 16 *B) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15
C) 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 12, 14, 16 C) 1, 3, 5, 7, 9, 11, 13, 15, 16
39. Mutaxassislik fanlar uslubiy majmuasiga yana nima qoʻshish mumkin?
A) bilet savollari B) magistrlik nizomi *C) bitiruv malakaviy ishi mavzulari D) Ava B
Do'stlaringiz bilan baham: |