3-Mavzu: Guruhiy konsultantning ahloqiy me’yorlari.
Reja:
1. Trenerning ahloqiy me’yorlari.
2. Trener shaxsiga qo’yiladigan talablar.
3. Guruhiy konsultantga konsultatsiya o’tkazishga oid tavsiyalar.
Guruxiy konsultant konsultatsiya jarayonida bir qancha kasbiy-axloqiy me’yorlarga, talablarga amal qilishi lozimki, bu me’yorlar konsultatsiyaning samaradorligini oshirib, ijobiy natijasini ta’minlashga xizmat qiladi. SHuni unutmaslik kerakki, trener o’qituvchi emas. Uning vazifasi — sharoit, vaziyatni yaratish yoki ishtirokchilarga ko’maklashishdan iborat.
Trener quyidagilarni bajarmaslikka harakat qilishi lozim:
- guruhga rahbarlik qilish;
- guruhga tayyor axborotlarni berish;
- guruh nima ish qilishi kerakligi to’g’risida maslahat berish yoki taklif kiritish.
Trenerning vazifasi — guruhning qiziqishini oshirib, ularni yo’naltirib va rag’batlantirib borishdan iborat. Ishtirokchilarning o’zi ishlashi uchun trener ularga faqat sharoit yaratib berishi lozim. Shunday qilinsa ishtirokchilar muammolarni tahlil qilish va ma’lum bir hulosalarga kelish jarayonida o’zaro ishonch va hurmat ko’nikmalarini egallab boradi. Ishtirokchilar mustaqil ravishda biror fikrga kelsa, trener uni to’g’ri qaror sifatida qabul qilishi kerak. Trener har bir ishtirokchining muvaffaqiyatini rag’batlantirib ularning yashirin iste’dodlarini namoyon qilishlariga imkon yaratishi kerak, m-n, ishtirokchi kechikib kelganda chiroyli qo’shiq yoki she’r aytishi; rolli o’yinda yaxshi rolь bajarishi.
Trener har qanday vaziyatda quyidagilarga amal qilishi kerak:
mavzu doirasidan chetga chiqmaslik, muhokama etilayotgan mavzularga nisbatan o’z fikrini bildirish va mashg’ulot so’ngida albatta xulosa yasashi shart;
trener har bir kishini eshitishi, sust ishtirokchilarni faollashtirishi va faol qatnashayotgan ishtirokchilarni rag’batlantirishi shart;
trener iloji boricha ishtirokchilarni yaqindan bilishi, ishni yaxshi tashkil qilishi, guruhda do’stona muhitni tashkil qilishi, ziddiyatli holatlarga yo’l qo’ymaslikka harakat qilishi kerak.
Trenyerda fikr almashish malakasi juda yaxshi rivojlangan bo’lishi kerak. Bu malakani egallash quyidagilarga bog’liq:
- diqqat bilan eshitish;
- eshitib bo’lgach o’z fikrini bildirish;
- o’z hissiyotlarini va kechinmalarini bildirish.
Diqqat bilan eshitish malakasi quyidagilardan iborat:
- gapirayotgan kishiga qarab turish kerak va iloji boricha ko’zlariga boqib turishi;
- uning gaplarini bo’lmaslik;
- atrofdagi ta’sirlarga berilmaslik;
- iloji boricha tinchlikni saqlashga harakat qilish;
- ish jarayonida guruhda yuzaga keluvchi muammoli vaziyatlarni hal etishga tayyor bo’lish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |