emasman, biroq men otxonaga kelsamda, faqat bittasidan tashqari hamma
otlar qochib ketgan bo’lsa, men shu bitta otga yem bergan bo’lar edim.
Bu so’zlardan ta’sirlangan ruhoniy bolani o’tkazib qo’yib, unga ma’ruza
o’qishni boshlabdi. U juda go’zal so’zlar bilan, hissiyot bilan, quvonch bilan
nutq so’zlabdi. Nutqni nihoyasiga yetkazgach u maqtov olishni xohlabdi va
o’zining notiqlik san’ati haqida bola qanday fikrda ekanligini bilgisi
kelibdi.
Boladan, -xo’sh mening ma’ruzam senga yoqdimi?- deb so’rabdi.
- Men sizga aytganimdek, men otboqarga yordam beraman, siz bo’lsa ziyoli odamsiz, agar menda faqat bitta otdan tashqari hamma otlar qochib ketganda men unga yem berardim albatta, biroq men otlarga mo’ljallangan hamma yemlarni bermasdim,- debdi bola.
Boshlovchining treningni monologga aylantirishi, uni ma’ruzaga o’xshash bo’lib qolishi, treningni asosiy holatlarini faollik holatini yo’qolishiga olib keladi. Treningda qatnashchilar faol ishtirok etishi kerak, bu esa trener doim jim turishi kerak degan fikrni anglatmaydi. Biroq trenierning nutqi qisqa va lo’nda bo’lishi kerakdir. Trenyerdan ma’lumot so’ralgan vaqtda, trener bu savolni guruhga yo’naltirib yuborishi mumkin. U bu haqida trening qatnashchilari nima deb o’ylashadi degan savolni berib, guruhning fikrini bilishi mumkindir. Bu holatdagi diskussiya nihoyatda samarali bo’ladi, chunki trening qatnashchilari bu ma’lumotlarni ma’ouzaga nisbatan munozara bo’lgan vaqtda yaxshiroq eslab qolishadi.
Maslahat berishga va ma’lumotlarni tahlil qilishga kirishib ketish. Ko’pgina xollarda asosan ishning boshlanishida mijozning trenerga beradigan savollari o’zi haqida bo’ladi. Mijozning fikriga ko’ra trener bu haqida og’iz ochgan ekan uning nimani anglatishini tushuntira olishi kerak bo’ladi, nimani noto’g’ri qiodim, bunday vaziyatlarda o’zimni qanday tutishim kerak edi, siz qanday maslahat bergan bo’lar edingiz. Bu holatlarda trener maslahat berishga kirishib ketish ehtimoli yuqoridir, butsnda trener bunday holatlarni tahlil qilishga qodirman deb o’ylaydilar. Lekin bu tuzoqdir, tuzoqqa tushishi bunday holatlarda osonroqdir. Agar haqiqatdan ham shunday holatlarga tushsa, trener o’zini topa oladigan inson sifatida tasavvur qilishi mumkin. Bu holatlar hammaning oldida tahlil qilinmaydi, chunki mijoz hammaning oldida o’zini noqulay his qilishi mumkin. Noqulaylikdan so’ng u keyingi vaziyatlarda o’zini qanday tutishini trenyerdan so’raydi va undan keyingi hayoti uchun maslahat kutadi. Bu holatda trening ommaviy maslahatga aylanib ketishi mumkin. Hattoki bu holatlarda trening qatnashchilari ham maslahat berishga o’tib ketadilar.
Interventsiyaga juda qiziqib ketish. Interventsiya (bu so’z harbiy faoliyat, agressiya bilan bog’liq so’zga o’xshaydi) psixologiyada ma’lum bir faoliyatga psixologning aralashuvi tushuniladi, ma’lum bir vaziyatlarda psixologning ma’lum bir faoliyatga aralashuvi zarur hisoblanadi. Buyuk rassom Leonardo da Vinchi bu haqida qiziqiarli rivoyat to’qigan, bu aynan shu holatga misol bo’la oladi. Olovdan juda qattiq tarsaki yegan chaqmoq tosh jahli chiqib undan so’radi:
-Sen nega menga yopishib ketding? Men seni tanimaymana-ku. Sen meni
kim bilandir adashtirayapsan. Iltimos mening yuzlarimni o’z holiga qo’y.
Men hech kimga yomonlik qilmayapmanku.
-Jahling bekordan bekorga chiqmasin, - debdi olov unga javoban,- Agar
sen ozgina sabr qilib kutsang men sendan nima olishimni ko’rasan.
Bu so’zlarni eshitgan chaqmoqtoshning jahli tushdi va u sabr bilan
nima paydo bo’lishini kuta boshladi. Va nihoyat chaqmoqtoshdan mo’jizalar
yaratagan olov paydo bo’libdi. SHu tariqa chaqmoqtoshning sabri
mukofotlanibdi.
Biroq bir tomonlama ta’sir trening ishtirokchilarini ma’lum bir vaziyatlarga, holatlarga o’z faolligini ko’rsatish imkoniyatidan mahrum qiladi. SHuning uchun ham interventsiya faqatgina kerakli vaqtlardagina amalga oshirilishi kerak bo’ladi. Boshlovchi har doim shuni yodida tutishi kerakki, doimiy interventsiya o’zining fikri ko’pligi va mutlaq xokimlikka olib kelishi mumkin. Ba’zi bir trenerlar aynan shunday toifaga kiruvchilar hisoblanishadi. Bu holatlar asosan NLP bilan shug’illanadigan amaliy psixologlarga xosdir. Bunday paytda quyidagi xodisa esga tushadi. Bir kuni juda yosh trener (NLPni birinchi saboqlarini egallagan) homiydan ma’lum bir mablag’ oldi va unga trenig xonasi uchun mebel olishni ma’qul ko’rdi. Bu holatga tasodifiy guvoh bo’lindi, yosh trener kaialoglardan mebelni tanlay boshladi. qatnashchilarga qulay va yengil o’rindiqlar tanlandi. Bunday holat albatta hech qanday e’tirozlarni keltirib chiqarmadi. Biroq! Trener o’zi uchun bar uchun mo’ljallangan kursini ma’qul topdi. U hammadan 10 sm yuqorida o’tirishi mumkin bo’lgan quvonchini hammadan yashira olmadi. Bu holatlar albatta trenerlarning faolyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |