Har bir shaxsning jamiyatda yashashi uning ijtimoiy normalarga rioya kilgan xolda iziga o’xshash odalar bilan o’rnatadigan murakkab o’zaro munosabatlari va ularning taьsirida xosil bo’ladigan xodisalarning tabiatini va qonuniyatlarini tushintirib berish – ijtimoiy psixologiyaning asosiy vazifasidir. Odamlarning jamiyatda Xamkorlikdagi ish faoliyatlari jarayoni davomida ularda xosil bo’ladigan tasavvurlar, fikrlar, etiqodlar, g’oyalar, xis tuyg’ular, kechinmalar, turli xil xulq atvor shakllarini psixologiyaning asosiy soxasi bo’lgan ijtimoiy psixologiya o’rganadi va tushintirib beradi. Sotsial-psixologik trening ana shunday murakkab psixik voqeliklarni o’rganuvchi ijtimoiy psixologiyaning Amaliy tadbiqiy soxasi hisoblanadi.
Hozirgi davrda ijtimoi psixologiyaning dolzarbligi va uning jamiyatdagi sodir bo’layotgan barcha jarayonlarga aloqadorligi uning tadbiqiy soxalari doirasini ham kengaytirdi. Sotsial trening avvalo shaxs yoki gruhni samarali muloqot malakalariga o’rgatish va ulardagi komminakativ bilimdonlikni oshirish usullarini va ularni amalyotga tadbiq etish chora tadbirlarini ishlab chiqadi. Inson o’z xayotida shaxsiy tajriba, ijtimoi malaka va ko’nikmalarni ortirib borishi jarayonida xosil bo’ladigan, bevosita shakllanadigan ijtimoiy bilimdonlik yoki kommunikativ sovodxonlikdan farqli psixologiya fanida Ushbu jarayonlarni maqsadli shakllantirish, shaxs va yaxlit guruh faoliyatiga taьluqli ijtimoiy fazilatlarni zudlik bilan shakllantirish uchun qo’llaniladigan uslublar majmui mavjud. Ularni qisqacha qilib ijtimoiy psixologiya trening (IPT) yoki sotsial trening deb ataladi.
«Trening» tushinchasi inglizcha «o’rgatish» «mashq» degan maьnoni anglatib – bu turli ijtimoi faoliyat soxalariga shaxsni tayyorlashdan iborat bo’lib bunda shaxs yoki yaxlit guruhning muloqot soxasidagi bilimdonik darajasi maqsadga muvofiq tarzda maxsus mashqlar tizimi orqali rivojlantiriladi. Yaьni u shaxsni ijtimoi muloqotga oldindan maksadli tarzda tayyorlaydi. Masalan: bo’lajak mutaxassislarni kelgusi faoliyatlarini samarali amalga oshirishga tayyorlash. Raxbar kadrlarni samarali boshqarish usullariga o’rgatish va xokazolar. Ijtimoiy psixologik trening maxsus tarzda uyushtirilib unda aloxida vaziyatlarda xar bir trening ishtirokchisining shaxsiy extiyojlari ularda individual shakllinishi zarur bo’lgan sifatlar katta rol o’ynaydi va shaxs ataylab u yoki bu ijtimoiy psixologik vaziyatlarga qo’yiladi. Trening mashgulotlari uchun maxsus vaziyat aniq maqsad, shaxsiy extiyojlar xamda ana shunday mashg’ulotlarni o’tkazuvchi shaxs yoki boshlovchi zarur trening mashg’ulotlari muvofoqiyatli bo’lishi uchun ayrim tamonlarga aniq bo’ysunish va boshqarish malakasi mavjud bo’lishi lozim.
Ijtimoiy psixologik treninga quyiladigan talablar quydagilardan iborat: