2-Mavzu: Guruhiy konsultantning shaxsi va kvalifikatsiyasi.
Reja:
1. Guruhiy konsultantning shaxsiga qo’yiladigan talablar
2. Guruhiy konsultantning treningni tashkil etish mahorati.
3. Trening tashkil etishda ta’sir etuvchi omillar.
Ijgimoiy psixologik trening insonlar o’rtasidagi sog’lom munosabatlarning bo’lishiga erishishni maqsad qilib qo’yar ekan, uni o’tkazuvchi, uyushtiruvchi shaxs va uning o’z ishini mukammal bilishi faoliyat samarasini ta’minlovchi asosiy omillardan biridir. Trening o’tkazuvchiga qo’yiladigan asosiy shartlardan va talab-lardan biri shuki, u muloqot jarayonining barcha qirra- larini professional darajada mukammal egallagan bo’lishi kerak. U ham bo’lsa - nazariy bilimlarni bevo-sita amaliyotda, trening jarayonida tso’llay olishidir. Ularni odatda trenerlar, instruktorlar, boshlovchilar, deb atashadi. Demak, treninglar uyushtiruvchi muassasa yoki tashkilotda eng avvalo e’tibor berilishi zarur bo’lgan narsa ham shuki, u yyerda ijtimoiy psixologik tre-ningni olib boruvchilarni o’qitish, tayyorlash, ulardan mutaxassis yetishtirishdir. Trener shaxsiga qo’yiladigan talablar quyidagilar: 1) u avvalo o’zgalar shaxsiga xos bo’lgan psixologik xususiyatlarni juda yaxshi bilishi va bunda inglizlar aytganidek, "O’zgalar psixologiyasini bilish - ular ustidan xukmronlikning bir shaklidir", degan naqlni esdan chiqarmaslikdir; lekin bunda pedago-gik alьtruizm, ya’ni o’zgalar manfaatini o’zinikidan ustun qo’yish xislati mavjud bo’lishi kerak; 2) o’zining shaxsiy fazilatlari va psixologiyasini mukammal bili-shi va uni boshqara olish qobiliyatiga ega bo’lishi zarur;
har qanday chigal yeki ziddiyatli vaziyatlardan chiqib ketishgina emas, balki uning oldini ola bilish, vaziyat to’g’ri kelganda esa uni bartaraf etib, ishtirokchilarga to’g’ri maslahat bera olish;
empatiya, ya’ni o’zgalar ho latlarini chuqur xis qila olish
qobiliyatining mavjudligi;
o’zgaruvchan, moslanuvchan aql sohibi bo’lish, kutilmagan
holatlarga o’zini oldindan tayyorlash, o’zini yo’qot-glaslik;
o’z xatti-harakatlarini doimo ma’lum marom-da ushlash va kerak bo’lsa o’zidagi motorikani rivojlan-tira olish;
o’zgalar nutqi, reaktsiyalarini aniq tushu-nish va tinglash,
mimika va harakatlar mohiyatini to’g’ri talqin etish va tushunish;
tinglovchilar va o’yin ishti-rokchilarining ehtiyojlari va
qiziqishlariga Andjon bor-maslik;
rejalashtirish qobiliyatining bo’lishi, bunda oldinda kutilaetgan jarayonning barcha muhim va nomu-him jihatlarini oldindan taxminan bo’lsa ham, tasavvur qilib, aniq reja tuza olish;
10)o’ziga ishonch, e’tiqod-ning mavjudligi, real tafakkur va irodaning bo’lishi .
Boshlovchi trenerning asosiy vazifalari ham uning shaxsiga qo’yiladigan talablardan bevosita kelib chiqa-di. Ya’ni,u avvalo ta’lim dasturiga ega bo’lishi kerak. Dasturga mos stsenariylar tanlay bilishi, ularni kerak bo’lsa, har bir aniq holat va vaziyatga moslashtirishi, mashg’ulotlarni tashkil qilishda ham ushbu holatlarga e’tibor qaratishi shart. Qatnashchilarning yeshi, jinsi, kasbiy malakalari, madaniyati darajasi va extiyojlari-ga mos ravishda dastur va stsenariylarga o’z vaqtida tuza-tishlar' kiritish qobiliyatiga ega bo’lishi, mashg’ulotlar shakli, vaqti, joyini ham yuqoridagi omillarga mos ra-vishda tanlashi ularning samaradorligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Imkoniyat boricha, tinglovchilarni mashgulotlar boshlanishidan avval mavzu bo’yicha yozma matnlar bilan ta’minlashi va ma’ruzalarni iloji bo-richa, o’zi o’qib, amaliy mashg’ulotlarga ham begonalarni jalb qilmagani ma’qul. CHunki bu yyerda "nimaga o’rgatish" va "qanday o’rgatish" degan savollarga javobgar shaxs bir kishi bo’lsa, harakatlarda uyg’unlik bo’lishi mumkin.
Ijtimoiy psixologik treningda boshlovchi roliga duch kelgan shaxslarni jalb etib bo’lmaydi. CHunki mashg’ulot-larni o’tkazuvchi maxsus tanlovlarda ishtirok etgan bo’li-shi va unda uning kommunikativ mahrrati, o’z-o’zini na-zorat qila olish qobiliyati, bosiqligi, hissiyotlarning muqobilligi, ularga ma’lum ma’noda turg’unlik xos bo’li-shi shart. Tanlovni umuman xolis ekspertlar o’tkazib, trenerlarni tayyorlash kurslari ham iisbatan uzoq muddatga mo’ljallangan mashg’ulotlar tizimidan iborat bo’ladi. IPTda samarali muloqotga e(eishish uchun quyidagi omillar hisobga olinishi maqsadga muvofiq:
a)maqsadning aniq bo’lishi, uning boshlovchi va ishtirokchilar tomonidan bir xil idrok qilinishi va tushunilishi. Demak, bu o’rinda guruhiy va individual maqsadlar o’rtasidagi moslik va kelishuvning mavjudliligiga e’tibor qaratilishi shart;
b) ikki tomonlama muloqotning mavjudligi, ya’ni fikr va hissiy kechinmalarning aniqligi, ochiqligi va rostgo’ylik tamoyillariga e’tibor berish;
v) faol ishtirok va guruhdagi liderlikning a’zolar o’rtasida teng taqsimlanishiga erishish, ya’ni guruhda yaqqol ko’zga tashlangan lider yoki doimo o’z hissiy kechinmalarini va irodasini boshqalarga o’gkazishga harakat qilayotgan shaxsning bo’lmasligi;
g) ta’sir ko’rsatish yoki ruhiy tazyiqning ishtirokchilar bilimlari, qobiliyatlari va malakalariga asoslanishi, lekin bunda boshqalarning kamsitilishiga yo’l qo’ymaslik;
d) qaror qabul qilish va munozaralarni yakunlash bosqichlarida vaziyatga qarab, boshlovchining tashabbusni o’z qo’liga olish huquqidan foydalanish;
e) bahs va tortishuvlarga doimo to’g’ri, oqilona, odilona, konstruktiv tus bera olish, bu omil ishtirokchilar tashabbuslarini qo’llab-quvvatlaydi va ularda shakllanadigan sifatlarning mustahkamlanishiga zamin hozirlaydi;
j)guruh faoliyatining samaradorligi masalasi ham o’sha guruh a’zolari tomonidan baholanishi o’yin yoki munozarani yana davom ettirish yoki to’xtatish masalasiga oydinlik kiritadi, aks holda boshlovchi bu mas’uliyatni o’z bo’yniga olsa, unda guruh o’z faoliyatidan qoniqmay qolishi mumkin.
z) T-guruh a’zolarining maksimal tarzda o’zini ko’rsatish, hattoki, o’zidagi yashirish emotsiyalarni va yangi liklarni ro’y-rost namoyon etishga undash lozimki, toki u har qanday sharoitda ham o’z individualligini ko’rsatish qobiliyatiga ega bo’lsin.
SHunday qilib, ijtimoiy psixologik treningning sa-maradorligi bir tomondan, ishtirokchilarning faol qatnashishlari va o’zlarini erkin his qilishlariga bog’liq bo’lsa, ikkinchi tomondan, 6u narsa, boshlovchi -trener shaxsining xususiyatlariga bevosita bog’liqdir. SHuning uchun ham trener yosh bo’lsa va unda ijtimoiy psi-xologik trening o’tkazish tajribasi yetishmasa, u o’ziga xos va mos auditoriyani topib ishlashi, birdaniga katta-lar guruhida, noma’lum kishilar bilan ishlashdan o’zi-ning tiyishi kerak. CHunki agar u o’z amaliy faoliyati boshidayoq mag’lubiyatga uchrasa, keyinchalik u hech qachon trening mashg’ulotlari o’tkaza olmasligi mumkin. Bu unda shaxsiy tushkunlikni keltirib chiqarib, o’zi yordamga muhtoj bo’lib qoladi. Boshlovchi ham o’z faoliyatining amalga oshirishida yuqoryda ta’kidlanganidek, IPTning turli shakllaridan o’ziga ma’qulroq turidan boshlashi mumkin. Masalan, o’zidan yosh bo’lgan bolalar guruhida turlicha oson o’yinlar tashkil qilish, savol-javob guruhlarini uyushtirish, dumaloq stol atrofida turli hayotiy kazuslarni muhokama qilishga o’rgatishi mumkin. CHunki, psixodramatik o’yinlar, ayniqsa, sotsiodramalar shaxsdan yuksak kasbiy sifatlarni, insonlar bilan ishlash tajribasini talab qiladi. Boshlovchidan talab qilinadigan psixologik professionalizmning asl mohiyati shundaki, u odamlar ko’ziga va xatti-harakatiga qarab, ularning niyat-istaklarini, treningda ishtirok etish qo-biliyatini taxminan oldindan chamalay olishi va o’yin davomida mohirlik bilan ular harakatini zimdan bosh-qarish qobiliyatiga ega bo’lishi shart. SHuning uchun maxsus ijtimoiy psixologiya kurslarida tahsil olmagan, professional tayyorgarlikka ega bo’lmagan shaxslar treningni boshqara olmaydilar. Bundan tashqari, boshqaruvchi shaxslardan fidoyilik, o’z manfaatini o’zgalarnikidan pastroq qo’yish, sabr-chidam, tezkorlik, fahm-farosat sifatlari talab qilinadi. Bu sifatlar, ma’lumki, nafaqat nazariy tayyorgarlik asosida, balki ko’proq hayotiy muloqot va ijtimoiy faoliyatning murakkab turlarida faol ishtirok etish natijasidagina qo’lga kiritiladi.
Ma’lumki, yangilik doimo ayrim qiyinchiliklar va kishilar ongidagi to’siqlardan o’tib, hayotda o’z aksini topadi. Ijgimoiy psixologik treningning shaxs tarbiya-si, uning ijtimoiy vaziyatlarga to’g’ri moslashishi, mu-loqot madaniyati va texnikasining hosil bo’lishidagi ahamiyati cheksiz. Lekin bunga o’xshash texnologiyalar in- soniy munosabatlar sohasida yangi bo’lib, ularni keng amaliyotga joriy etishda xalqning psixologiyasi, uning ming yillar mobaynida shakllanib, xalq ongi va xotira-sida saqlanib, mustahkam o’rnashib ketgan an’analar, rasm-rusumlar va odatlar qatorida o’z o’rnini topishiga aloqador mahalliy hamma milliy o’ziga xoslikni hisob- ga olish zarur.
Bu o’rinda kitobxon diqqatini ikki narsaga qaratish o’rinlidir. Birinchidan, o’zbek xalqi va O’zbekistonda yashayotgan boshqa millat vakillarida asrlar davomida shakllanib, sayqal topgan muomala madaniyati, odob-axloqqa aloqador fazilatlar va qadriyatlar borki, ular dunyo tsivilizatsiyasi doirasida juda yuqori baholanib kelinmoqda. Lekin, ana shu olijanob insoniy munosa-batlarda ayrim jihatlar borki, ular aynan ijgimoiy psixologik treningni tashkil qilish va o’tkazishda o’ziga xos xususiyatlarni keltirib chiqaradi. Masalan, o’zgalar fikriga ergashish, shaxs yoshi va hayotiy tajribasini, ja-miyatdagi obro’-e’tiborni har qanday sharoitda ham hisobga olish, tanqid yoki o’zini tanqid qilishda yuz-xotirlik fazilatlari, o’z hissiy kechinmalarini o’zgalar oldida ochiq-oydin izhor qilmaslik, Yevropa standartla-ri bo’yicha ijtimoiy psixologik treningni tashkil qilish va o’tkazishga monelik qilishi mumkin. Ikkinchidan, xalqning, ayniqsa, yoshlarning yangiliklarga intiluvchan- ligi, yangi innovatsion texnologiyalar, xorijiy tillarni o’rganishga intiluvchanligi va bu boradagi yoshlar iqtido-rini hisobga oladigan bo’lsak, ularda jahon talablari darajasida treninglarni faqat yoshlar auditoriyasida tashkil etish maqsadga muvofiqmikin, degan tabiiy savol paydo bo’ladi.
Bizning fikrimizcha, har qanday vaziyat yoki omil doirasida ham etnopsixologik va hududiy o’ziga xosliklar hisobga olinishi zarur. Bu o’rinda shu narsa hech qanday e’tirozsiz qabul qilinishi lozimki, hozirgi davrda o’qitish va taьlim-tarbiya tizimining barcha jab-halarida faol ijtimoiy psixologik tayyorgarlik usul-laridan foydalanish va foydalanilganda ham uning eng samarali, millat psixologiyasiga mos uslublarni keng targ’ib etish va amaliyotlarda joriy etish lozim. O’zbe-kiston Respublikasida kadrlar tayyorlash bo’yicha milliy dasturni amalga oshirishda ham uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarida faol metodlardan keng ko’lamda foydalanish o’zining samarasini berishi shubhasiz. Zero, bugungi kunda bilimdonlikning eng muhim jihatla-ridan biri ham ijtimoiy psixologik bilimdonlikdir. Bu narsa, ayniqsa, kattalar faoliyatini to’g’ri tashkil etish va uni o’zgartirish borasida o’z o’rniga ega.
Ijtimoiy psixologik treningni tashkil etishning hu-dudiy va milliy jihatlarini hisobga olish deganda nimalarni tushunamiz?
Birinchidan, har bir treningning maqsadiga oydinlik kiritilayotganda, uning qaysi toifali kishilarga mo’ljallanganligiga qarab tahlil qilish. Masalan, ayrim psixodramatik o’yinlarda kattalar va kichiklar, erkaklar va ayollar, hatgoki, turli kasb egalari va nasab vakillari aralash ishtirok etilavergan. Lekin bizning sharoitimizda agar katga yoshlilar bilan yoshlarni, man-sabdorlar bilan oddiy fuqarolarni, erkaklar bilan ayollarni qo’shib trening o’tkazish rejalashtirilsa, u o’zining yaxshi samarasini bermasligi mumkin. Bizning tajribalardan shu narsa ayon bo’ldiki, treningni boshlashdagi kirish qismida ishtirokchilar o’rtasidagi psixoemotsional tanglikning oldini olish uchun erkin muloqot yoki xushomadlar qilish mashqlari ham aralash jinsli auditoriyalarda juda qiyinchilik bilan kechdi. Yeki boshliq bilan xodim birga bo’lgan hollarda, tashab-bus negadir doimo boshliq qo’lida qolaveradi. Odatda rollar almashinuvi mavjud bo’lib, ular sun’iy ravishda o’zgartirilganda ham, ular xulqida tortinchoqlik, ko’ng-lidagi bor gaplarni ayta olmasliklarni uchratish mumkin. SHuning uchun qisqa vaqt oralig’ida o’tkazilgan tre-ninglarda guruh a’zolarini o’ziga mos toifalarga qo’shish jonliroq muloqotlarga sabab bo’ldi.
Ikkinchidan, treningda ishtirokchilarning yashash shart-sharoitlari, yashash hududi ham hisobga olinishi zarur. Masalan, shahar va qishloq, ishchilar shaharchasi vakili bilan dehqonlar o’rtasidagi muloqotlardan tez samara olish ham oson emas. Hattoki, bunday toifali insonlar "tiliga" xos jihatlar ham mavjudki, ular muloqot paytida qiyinchiliklar va ruhiy anglashilmovchiliklarni keltirib chiqardi.
Uchinchidan, o’yin usullarini T-guruhlarda qo’llashda ham kutilgan natijaga erishish uchun milliy qadriyatlar, milliy ta’b va did hisobga olinishi kerak. Katgalar guruhida o’yinni tashkil etish uchun guruh ishtirokchilari-ni ko’proq psixoemotsional ko’nikishlariga imkon yaratish, bir-birlarini yanada yaxshi tanib olishlariga sharoitlar yaratish zarur. CHunki bizning xalqimizda begonalar ol-dida o’z hissiyotlarini yashirish, tortinchoqlik, istihola qilish sifatlari borki, shu sababli odam sun’iy o’yin sharoitiga ko’nikish uchun ma’lum vaqt talab qilinadi. Bundan tashqari, o’tkazilgan kuzatishlardan shu narsa ma’lum bo’ldiki, bir seansda o’ynagan rolga taqlid qi-lib, uni qaytarish hollari ham milliy psixologiyada shaxsan ma’qul bo’lgan xulq shakliga taqlid qilish va ta’sirlanishdan kelib chiqadi. SHuning uchun bu holatning oldini olish uchun o’yinchilarga oldindan turli variantli xulq-atvor shakllari haqidagi stsenariylar bilan tanishtirilgani ma’qul, aks holda, kutilganidek, ko’p variantli harakatlar modeli vujudga kelmaydi.
To’rtinchidan, azaldan o’zbek oilasi va mahallalar faoliyatida ustuvor bo’lgan jihat shuki, ayollar va er-kaklar alohida etalonlar bilan tarbiyalangan va ko’p hollarda ular faoliyati alohida-alohida tashkil etilgan. SHuning ta’sirida bo’lsa kerak, T-guruhlarda jinslararo aralashuv ro’y berganda, erkin fikrlash yoki harakatlar o’z- o’zidan cheklana boshlaydi. SHuning uchun mu-nozara, bahs yoki rolli o’yinlar tashkil etishda ham jinsiy o’ziga xosliklar inobatga olinishi yoki o’yinchilarni maksimal tarzda faollik ko’rsatishlari maqsadida guruhlararo jinsiy bo’linishlarni ham hisobga olish darkor. Eksperimental kuzatishlar shuni ko’rsatdiki, masa-lan, qizlar guruhi alohida o’yin sharoitiga qo’yilganda, bemapol, emotsional jihatdan boy treninglar ko’rsatdilar, unda ular ham erkak, ham ayol, ham katta, ham kichik rollariga bemalol kira oldilar. Yigitlarning sof guruhida ham ikkala rolni uddalash xollari kuzatildi. Lekin aralash guruxlar sharoitida bunday samaraga erishish uchun ko’proq vaqt, psixologik mahorat va qayta-rishlar talab qilindi.
Beshinchidan, mahalliy sharoitda shaxsning erkin o’z fikrini oxirigacha bayon etishga o’rgatish ma’lum qiyin-chiliklar bilan ro’y beradi. CHunki xalq ongida o’zgalar fikri bilan hisoblashish, "obro’li birovning" ishiga taqlid, o’qituvchi aytgan fikrni tanqidsiz qabul qilish . an’analari mavjud. Bu jihat ham samarali treningni maqsadga muvofiq tarzda tashkil etishga ko’pincha to’siq bo’ladi. SHuning uchun ham O’zbekiston sharoitida ijtimoiy psixologik treningni tashkil etishga juda puxta tayyorgarlik ko’rish, guruhlarni shakllantirishda yosh, jins va mavqega bog’liq jihatlarni hisobga olish, mashqlantirishni (trenirovkalarni) ma’lum ma’noda uzoqroq mud-datli qilib tashkil etishga e’tibor berish zarur. Ay-niqsa, bu o’rinda boshlovchi-trener shaxsiga beriladigan e’tibor katta. CHunki, agar u ko’proq tashabbuskorlik qilib, o’z "eruditsiyasini" namoyon qilib qo’ysa, munozara qisqa bo’lishi, yoki tajribasizligi ayon bo’lib qolsa ham muloqot samarasiz yakunlanishi mumkin. SHuning uchun ham U jiddiy tayorgarlikdan o’tgan, trening tajribasiga ega bo’lgan malakali mutaxassis bo’lishi maqsadga muvofiq. U nafaqat ayrim shaxslar va guruhlar psixologiyasini, balki milliy psixologiyani maxsus ravishda o’rgangan, o’ta kuzatuvchan va bilimdon shaxs bo’lishi joiz. O’zbekistonda mavjud bo’lgan psixologlar tayyorlovchi oliygohlar o’z dasturlari doirasida*ana shunday naza-riy hamda amaliy malakalarga ega bo’lgan mutaxassis-larni tayyorlashga alohida e’tiborni qaratmoqlari, pedagogika oliygohlari va boshqa yo’nalishdagi o’quv yurtlarida ham ijtimoiy psixologik trenerning o’sha ixtisoslikka aloqador mashqlarini o’quv dasturlariga kiritish lozim. Faqat shundagina, biz sinfga kirib o’quvchilardan cho’chimaydigan, bapki ular faoliyatini ilmiy jihatdan to’g’ri tashkil eta oladigan bilimdon o’qituvchilarni, o’z jamoasidagi har bir a’zo bilan, boshliq yoki bo’ysunuvchi xodim (tobe odamlar) bilan to’g’ri munosabatlar o’rnata oladigan ziyoli shaxslarni ijtimoiy faoliyatning turli sohalariga oldindan qisman tayyorlagan bo’lamiz. SHu narsani yana hisobg,a olish lozimki, IPTlar mehnat jamoalaridagi ijtimoiy xodimlar - psixolog, sotsiolog va boshqalarning ham odatiy ishlaridan biriga aylanishi, joylardagi mutaxassislarni psixologik korrektsiya qilishda treninglardan unumli foydalanish kerak. Ana shundagina, mamlakatimizda demokratik jarayonlarga odamlarni va yaxlit guruxyaarni tayyorlash ishi yanada jadallashadi va sharqona demokratik tamoyillar har bir shaxsning ongi (shuuri)ga aylanadi.
Psixologning mijozlari treninga yangi ma’lumotlarni olish uchun keladilar. Biroq mijozlarga ko’proq ma’lumotlarni berish bo’lgan xohish psixolgning ustidan yomon xazil qilishi mumkin. Trener doimo quyidagi rivoyatni esidan chiqarmasligi lozim: Bir yosh ruhoniy uzoq qishloqdagi o’ishloq aholisiga din haqida ma’lumot berish uchun shu qishloqqa boradi. Ruhoniy bu ma’ruzaga juda uzoq tayyorgarlik ko’rdi. Har bir so’zini nima deyishini oldindan aniqladi va juda puxta tayyorgarlik ko’rdi. Biroq qishloqqa kelganda hamma qishloq a’zolari dalada edilar. qishloqda faqat bir bola qolgan edi, otboqarning yordamchisi.
- Men nima qilay dedi,- xafa bo’lgan ruhoniy.
- Bilasizmi men faqat otboqarning yordamchisiman, men ziyoli inson
Do'stlaringiz bilan baham: |