3.Psixologning mijoz me’yorlari va qadriyatlariga yo`nalganligi
Psixolog-maslahatchining mijozni tashvishlardan qutilishiga yordam berishga intilish kabi R. Mey belgilab bergan sakkizinchi sifati alohida e'tiborga loyiq.
Tashvishlanish – bu mijozning o`z muammosiga va o`ziga befarq bo`lmagan munosabatning belgisidir. Agarda mijoz muammosini to`g`ri tushunmasa yoki uni hal qilishni to`g`ri yo`lini bilmasa, unda tashvishlari destruktiv rol o`ynashi mumkin. Hayajonlar, emotsional energiyasi muammoning yechimini to`g`ri tanlash va amalga oshirish uchun zarurdir. Demak, psixolog-maslahatchining vazifasi mana shu energiyani saqlab qolish, balki uni konstruktiv, to`g`ri yo`naltirish, bu energiyani kuchaytirish kerakdir.
O`z muammosini hal qila olishiga mijozda ishonch va qat'iylikni uyg`otish mahorati – bu alohida sifat hisoblanadi. U psixolog-maslahatchining odamni ishontira olish, uqtirish, qo`llab quvvatlashini bilish qobiliyatiga bog`liq bo`ladi.
Buning uchun mijozga ta'sir ko`rsatish kerakli verbal va noverbal vositalardan oqilona va mohirona foydalanishni o`rganib olish kerak.
Ushbu yo`nalishda fikr yuritishini davom ettirib, shaxs o`zining borliqdagi istalgan paytida nafaqat yagona balki ob'ektiv olamga nisbatan ko`p qirrali va ma'nodosh bo`lmagan sub'ektiv kechinmalar iskanjasidagi cheksiz yolg`iz zotdir, deb ta'kidlashimiz mumkin. Biroq borliq va berilgan borliqni anglash jarayoniga nasbatan shaxsning yolg`izligini tan olgan holda biz, shuningdek, anglash natijasida, turgan gapki, yolg`iz emaslikni tan olishimiz kerak. Biz dalil sifatida «turli xil» kechinmalar «bir xil kashfiyotlar natijasi sifatida yuzaga chiquvchi mohiyati bo`yicha, allaqanday farqlanuvchi voqelikni eks ettiradigan fan va san'atni mavjudligini esga olishimiz mumkin. Farqlanuvchi voqelik, birinchi navbatda ular tashkil qilgan belgi va qiyofalar hamda ularni anglatuvchi tushunchalar yakdilligi bilan aniqlanadi. Farqlanuvchi voqelikning mavjudligi, shuningdek, ko`rinuvchi farqlanuvchi voqelikning ham mavjudligini tahmin qiladi.
Ko`rinishning yuzaga chiqishi quyidagilar bilan tushuntirilishi (asoslanishi) mumkin:
bir xildagi qiyofa va belgilar, biroq ularga turlicha ma'no berilishi – ko`rinuvchi farqlanuvchi voqelik;
farqlanmaydigan boshqacha voqelikni ko`rinishi – bir xil tushuntiriluvchi yuzani turli xil belgi va qiyofalar. Binobarin, eklektik tanlovni biz taklif qilayotgan ruhiy falsafiy nuqtai-nazardan noaniqlikni qabul qilish orqali tasavvur qilish mumkin.
Aynan berilgan noaniqlik, mijoz murojaat qilayotgan xavotirli lahzani aks ettiradi. Boshqacha aytganda: berilgan xavotirli lahza «xushchaqchaq va javobgar bo`lish yoki qurbon bo`lishi orasidagi tanlov muammosini aks ettiradi.
Yuqorida aytilganlarning barchasi psixolog-maslahatchining mijozga nisbatan ichki qarashlari, munosabati va tashqi xulqiga taalluqlidir. Biroq psixologik-maslahat o`tkaziladigan vaziyatga, sharoitga maxsus talablar ham bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |