1-Mavzu: Sotsial-psixologik psixik trening haqida umumiy tushuncha Reja


Tamoyillar: mijozga xushmuomilalik va baholamaslik munosabati



Download 168,06 Kb.
bet47/48
Sana25.03.2022
Hajmi168,06 Kb.
#509788
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
Bog'liq
Psixologiktrening seminar ishlanma

2.Tamoyillar: mijozga xushmuomilalik va baholamaslik munosabati
Psixolog-maslahatchi ega bo`lishi va mijoz bilan muloqotda u namoyon etishi kerak bo`lgan sifatlar to`g`risida to`xtalib o`tamiz.

    • Empatiya, hamdardlik, tashvishlanishga qodirligi. Bu qobiliyat boshqa odamning – mijozning ichki dunyosiga chuqur psixologik kirib bora olishi, uni tushunishi, sodir bo`layotganlarni uning shaxsiy nuqtainazariyasini ko`ra bilishi, dunyoni uning ko`zi bilan ko`rishi, uning nuqtai-nazaridan to`g`ri qabul qila olishi tushuniladi.

    • Ochiqlik, mijozni tushunishga, uning ichki dunyosiga kirishga intilib psixolog-maslahatchi unga o`zining shaxsiy his-tuyg`ularini ochiq aytadi, u tomondan empatik javob uyg`otadi va shu bilan uni o`zi uchun ochiq bo`lishini ta'minlaydi.

    • Mijozga hamdardlik, rahmi kelishi hamda mimika, ishoralar yordamida shaxsan g`amxo`rligini ifoda etish.

    • Do`stonalik, mijozga mehribonlik, emotsional ijobiy munosabatda bo`lish, uning muammosini hal qilishdan manfaatdorlik va ishtirok etish.

    • Mijozga baho bermay munosabatda bo`lish, maslahatchining hatto o`ziga bu xulq yoqmaydigan bo`lsa ham o`z xulqida odob, axloq qoidalariga amal qilish.

    • Huquqini o`rgatish, mijozga o`z maslahatlariga amal qilishni majburlashdan voz kechish.

    • Mijozga ishonish, uning o`z muammolarini mustaqil hal qila olishi mumkinligiga ishonch bildirish.

    • Mijozni faqat o`z tashvishlaridan qutilishiga, balki uning kechinmalarini to`g`ri yo`lga yo`naltirishga tayyorligi va intilishi.

    • O`zi va mijoz o`rtasida to`g`ri psixologik masofani saqlashni bilish.

    • Mijozning o`zini o`zgartira olishiga ishonchi va qat'iyligini uyg`otishni bilish.

Empatiya – bu psixolog-maslahatchi ega bo`lishi kerak bo`lgan asosiy shaxsiy sifatdir. Bu sifatda odamning boshqa odamni psixologik his etishga va tushunishga, o`z dunyoqarashini vaqtincha esdan chiqarib uning ko`zi bilan dunyoga qarashga tayyorligidir. Bu sifatni psixolog-maslahatchi butun maslahat berish jarayoni davomida namoyon etadi va shuning hisobiga mijozni yaxshiroq va chuqurroq tushunadi,unga samarali yordam bera oladi.
Ochiqlik – shaxs sifati bo`lib, bir necha ko`rinishlarga ega bo`ladi. Birinchidan, psixolog-maslahatchining shaxs sifatida mijoz uchun ochiq bo`lishga tayyorligi (lekin mijoz bilan maslahatchi o`rni almashib va mijoz maslahatchining muammolari to`g`risida bilib olib, uning o`ziga rahmi keladigan, hamdardlik qiladigan darajada emas). Rollarni almashish odatda psixolog-maslahatchi mijozga o`z muammolarini gapira boshlab, unda maslahatchiga yordam berish istagi paydo bo`lganida sodir bo`ladi. Ochiqlik me'yori mijozning sezgisi bilan belgilanadi: agarda u psixologmaslahatchini ochiq inson deb hisoblasa va uning oldida ochiqlikdan qo`rqmasa – demak, maslahatchining mijoz oldidagi ochiqlik masalasida hammasi joyida hisoblanadi.
Ikkinchidan, ochiqlik – bu psixolog-maslahatchining mijoz bilan muloqotda faqat o`z ustunliklarini emas, balki imkoniyatlarini va kamchiliklarini mijozga tabiiy namoyon etib, qanday bo`lsa shundayligicha qolishga intilishidir. Ochiq inson bo`lib psixolog-maslahatchi o`zining kamchiliklarini mijozga namoyon etib, uni o`ziga tortish yoki hayron qoldirishni, uning tomonidan hamdardlik yuzaga keltirishni xohlamaydi, balki maslahatchining o`zi ham oddiy tirik odam, barcha kabi ekanligini ko`rsatishni, kamchiliklari ham borligini va maslahat berish jarayonida hayotda unga xos bo`lmagan rolni o`ynashga harakat qilmasligini ko`rsatishga harakat qiladi.
Uchinchidan, ochiqlik maslahatchining mijozga u bilan har qanday masalalarni muhokama etishga tayyorligini ko`rsatishida namoyon bo`ladi. Empatiya ochiqlikni keltirib chiqaradi, biri ikkinchisisiz deyarli mavjud bo`lishi mumkin emas.
Maslahatchining mijoz to`g`risida chin ko`ngildan qayg`urishi, psixologmaslahatchining mijoz to`g`risidagi shaxsiy g`amxo`rligi ifodasi deb tushuniladi. Bunday g`amxo`rlik ham haddan tashqari bo`lishi kerak emas.
Mijozning psixologik holatiga hayajonlanuvchi ta'sir ko`rsatmaslik uchun psixolog-maslahatchi mijoz bilan muloqotda haddan tashqari ta'sirchan odam
bo`lmasligi tavsiya etiladi.
Do`stonalik – bu ham maslahatchining muhim psixologik sifati hisoblanadi. Ushbu sifat deyarli yuqorida aytib o`tilgan barcha shaxs xislatlari bilan aloqador bo`lsa ham, u o`zining shaxsiy individual ko`rinishiga ega. Ularga masalan har qanday vaziyatlarda, nima bo`lsa ham va mijoz o`zini qanday tutishiga qaramay psixolog-maslahatchining u bilan do`stona muloqot usulini saqlab qolishini bildiradi.
Psixologik maslahat amaliyotida psixolog-maslahatchining mijozga baho bermaslik deb ataluvchi munosabati alohida o`rin egallaydi. Bu nimani anglatishini tushuntirib o`tamiz. Eng avval – bu psixolog-maslahatchining mijoz bilan muloqot davomida uning harakatlari va shaxsini to`g`ridan-to`g`ri baholamasligi zarur. Uning muammolarini iloji boricha chuqurroq tushunishi va ushbu muammoni hal etishda unga yordam berishdan iborat hisoblanadi.

Download 168,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish