Alohida so’z turkumlari yoki Oraliqdagi so’z turkumlari. Reja: - 1 Undov so’zlar.
- 2 Taqlid so’zlar.
- 3 Modal so’zlar, Tasdiq va Inkor so’zlar.
His- hayajon, buyruq-xitobni ifodalovchi so’zlar undov so’zlar sanaladi. - His- hayajon, buyruq-xitobni ifodalovchi so’zlar undov so’zlar sanaladi.
- Undovlar ma’nosiga ko’ra ikki guruhga bo’linadi:
- 1) his-hayajon undovlari
- 2) buyruq – xitob undovlari
Misollar: - Oh, qanday go’zal bu olam!
- Iye, butun boshli bir odam tirilib keladi-yu, ovoragarchiligi bormi?
- Ey qotil, nega shunday katta azim terakni nobud qilding?
Yozuvda undov so’zlardan keyin vergul qo’yiladi.
Undalmalardan oldin kelganda esa undan keyin vergul qo’yilmaydi.
His- hayajon undovlari. - His – hayajon undovlari kishilarning quvonchi, erkalash-erkalanish, rohatlanish, hayron qolish, norozilik, g’azab-nafrat, og’riq singari hissiyotlarni ifodalaydi.
- His- hayajon undovlarining o’zi undov gap bo’lib kelishi yoki gap tarkibida kelib, uni undov gapga aylantirishi mumkin.
- Bunday gaplar oxiriga doimo undov qo’yiladi.
Buyruq- xitob undovlari. - Kishilar diqqatini tortish, jonivorlarni haydash, chaqirish va to’xtatish uchun qo’llaniladigan undovlar buyruq-xitob undovlari deyiladi.
Taqlid so’zlar. - Narsalarning tovushiga va holatiga taqlidni bildirgan so’zlar taqlid so’zlar deyiladi.
- Taqlid so’zlar nimaga taqlidni bildirishiga ko’ra ikki xil bo’ladiL:
- Tovushga taqlid so’zlar;
- Holatga taqlid so’zlar.
Misollar: - CHiroq lip-lip etdi.
- Namoz g’azabi oshib, dag’-dag’ qaltiray boshladi.
- SHu payt gurs-gurs oyoq tovushlari eshitilib, qarindoshlarimiz kela boshladi.
Narsalarning ovoziga taqlidni bildiruvchi so’zlar tovushga taqlid so’zlar deyiladi. - Narsalarning ovoziga taqlidni bildiruvchi so’zlar tovushga taqlid so’zlar deyiladi.
- Masalan: g’a- g’a, di- dit.
- Narsalarning holatiga taqlidni bildiruvchi so’zlar holatga taqlid so’zlar hisoblanadi.
- Masalan: lip- lip, jimir- jimir.
Misollar: - Yetti qaroqchi yulduzi tik kelganda g’o’ng’ir-g’o’ng’ir ovozdan uyg’onib ketdim.
- SHunday bo’lsa ham, vujudini tutgan qalt-qalt titroqni bosib hazilomuz qichqirdi.
- Allakim ship-ship qadam bosib, ayvon labiga kelayotganday bo’lardi.
Taqlid so’zlarning tuizilishi va imlosi. - Asosiy qismning aynan takrorlanishidan yoki ayrim tovush o’zgarishi bilan takrorlanishidan hosil bo’lgan taqlid so’zlar takroriy taqlid so’zlar sanaladi.
- Masalan: gumbur-gumbur, taq-tuq, chars-churs.
- Takroriy taqlid so’zlar qismlari chiziqcha bilan ajratib yoziladi.
Ifodalanilayotgan
fikrga
so’zlovchining
munosabatini
(ishonch,
gumon,achinish kabi)
bildirgan
so’zlarga modal
so’zlar deyiladi.
Misollar: - Xullas, har kuni buvisi nevarasiga bitta yangi ibratli ertak aytib beradigan bo’libdi.
- Avvalo, insonning qalbi go’zal bo’lmog’Ii kerak.
- Xayriyat, odamlarimizga insof va diyonat qaytib kelmoqda.
- Ularga qarshi kurashish hammamizning burchimiz,albatta.
Modal so’zlarning ma’no turlari. - Modal so’zlar bayon qilinayotgan fikrga so’zlovchining ishonch, gumon, quvonch, afsuslanuvchi munosabatlarni yoki fikrning tartibi, xulosasini bildiradi.
- Modal so’zlar gap tarkibida boshqa so’zlardan vergul bilan ajratiladi.
Sof va vazifadosh modal so’zlar. - Modal so’zlar ham sof modal so’zlar va vazifadosh modal so’zlarga bo’linadi.
- Faqat modal ma’no uchun xoslangan so’zlar sof modal so’zlar sanaladi: darhaqiqat, haqiqatdan, afsuski, avvalo avvalambor, xullas kabi.
Modal ma’noda ham qo’llangan aftidan, chamasi, balki, umuman, ehtimol, taxminan, shubhasiz singari so’zlar vazifadosh modal so’zlar hisoblanadi. - Modal ma’noda ham qo’llangan aftidan, chamasi, balki, umuman, ehtimol, taxminan, shubhasiz singari so’zlar vazifadosh modal so’zlar hisoblanadi.
Tasdiq va inkor so’zlar.
Ha, xo’p, mayli
singari
so’zlar
tasdiq
so’zlar; yo’q, mutlaqo singari
so’zlar
inkor so’zlar
sanaladi.
Misollar: - Men haq gapni aytyapman.-Ha, mayli, buni hozircha ochiq qoldiramiz.
- Ayting-chi, siz bu gaplarga ishonasizmi? – mutlaqo
- Mayli, yurtim, kezsang ham dunyo….o’zligingni unutma aslo.
Yo’q, yashay bilmasman asrimdan nari, da’vo ham qilmasman mangulik izga. - Yo’q, yashay bilmasman asrimdan nari, da’vo ham qilmasman mangulik izga.
- Mingboshi suvni o’zi so’radimi?- ha, o’zi so’radi.
- Yo’q, men buni hozirgi kayfiyatingga qarab aytayotganim yo’q.
Do'stlaringiz bilan baham: |