Treningni asosiy paradigmalari va o’ziga xos xususiyatlari.
Treningni o’ziga xususiyatlari bu amaliy psixologiya fanidan ajratish imkoniyatini yaratadi. Ular quyidagilardan iboratdir:
guruhiy faoliyatda ma’lum bir tamoyillarga tayanadi;
qatnashchilarga psixologik yordam berishga yo’nalganlik, bunda yordam
nafaqat trenyerdan, balki qatnashchilarning o’zidan ham chiqishi
mumkin
doimiy guruhning mavjudligi (odatda 7 tadan 15 tagacha), 2-5 kun
davomida doimiy ravishda ishlaydigan guruh sifatida
binoni tashkillashtirish va aniqlashtirish (ko’pgina hollarda bu
eshitilmaydigan bino bo’lgani ma’qul, ishtirokchilar ko’pgina
vaqtlarini aylanadan o’tirgan holda o’tkazishadi);
guruh ishtirokchilari o’rtasidagi munosabatlarga e’tiborni
qaratish, bunda «bu yyerda va hozir» vaziyatlariga asoslangan holda
bo’ldi;
guruhiy faoliyatda faol usullarni qo’llash
suhbatda erkinlik va ochiqlik ishtirokchilarning o’rtasida paydo
qila olish zarurdir, bunda ishtirokchilar psixologik xavfsizlikni
xis qilishlari kerak bo’ladi.
Treningni ko’rinishiga qarab turli xillarini ko’rishimiz mumkin. Aynan guruh bilan ishlash vaqtida bu katta ahamiyat kasb etadi: ikki kundan boshlab bir yilgacha. Kichik guruhlar ichidagi qonuniyatlarni rivojlanishi treningni asosiy xususiyalaridan biri hisoblanadi. Treningda uch asosiy bosqich mavjud: boshlang’ich faoliyat, ish faoliyati va yakunlovchi faoliyat. Ba’zi hollarda bular quyidagicha talqin qilinadi «yaxning erishi»,
«o’zgarish», «muzlatish». Treningni psixologning dunyoqarashiga alohida e’tibor qaratilgan holda amalga oshiriladi. Trening paradigmalari turlicha bo’lishi mumkin:
1. trening o’ziga xos bo’lgan dressirovka usulidir, bunda ta’sir orqali o’zingiz xrhlagan vaziyatni keltirish mumkin, salbiy ta’sir orqali kerak emas bo’lgan so’zlar unitiladi;
2. trening mashqqa o’xshaydi, buning natijasida bilim va ko’nikmalarni tahlil qilish va shakllantirish mumkin, bular ijobiy xatti harakatatlarni shakllantirishi mumkin.
3. trening faol o’qitish usuli sifatida, uning maqsadi psixologik bilimlarni berish va bilim va malakalarni rivojlantirishdir.
4. Trening o’zini namoyon qilish usuli sifatida, bunda ishtirokchilar mustaqil ravishda o’zlari yechimga keladilar.
Yuqorida keltirilgan paradigmalar o’zining boshqarilishi darajasida quyidagi tarzda joylashgandir. «dressirovkachi» o’zgarishlardagi mas’uliyatni o’ziga oladi, guruhdagi tushunishlarni qiziqtirmaydi ichki jarayonlarni hisobga olmaydi. «Trener» faqat kichik mas’uliyatlarni hisobga oladi. «O’qituvchi» ishtirokchilar bilan xamkorlik faoliyatini amalga oshirishi mumkin, biroq ishtirokchilarga to’liq mas’uliyatni bermaydi. «Etakchi» ishtirokchilarning o’zi uchungina mas’uliyatni olishi mumkin, ularning shart sharoitlarini yaxshilaydi. Psixologik trening tushunchasining turli holatlari turlicha talqin qilish imkoniyatini yaratadi. Mutaxassislarni turli nom bilan nomlash imkonini beradi: rahbar, guruh direktori, ekspert, fasilitator, boshqaruvchi va boshqalar. To’g’ri har qanday treningni yuqorida qayd qilingan guruhlarga ajratish mumkin emas, chunki treningni oldiga turli vazifalar qo’yilishi mumkin. ko’pgina adabiyotlarni trening o’tkazuvchining o’rni treningni qanday bo’lishini belgilashi ta’kidlab o’tilgan. Turli xil maktablarda turlicha yo’nalishlar bilan treninglar o’tkazilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |