1-Mavzu: Sotsial-psixologik psixik trening haqida umumiy tushuncha Reja


Psixodinamik yo’nalishnink asosiy jarayonlari



Download 168,06 Kb.
bet14/48
Sana25.03.2022
Hajmi168,06 Kb.
#509788
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   48
Bog'liq
Psixologiktrening seminar ishlanma

Psixodinamik yo’nalishnink asosiy jarayonlari:

  1. Konfrontasiya – mijoz tomonidan tadqiqot uchun zarur bo’lgan psixik jarayonlarni aniqlanishi.

  2. Aniqlik kiritish – aniqlangan jarayonlarni asosiylarini qo’shimchalaridan ajratish.

  3. Interpretasiya(izohlash) – voqealarni asosiy mazmuni yoki sababini aniqlash.

  4. Qayta ishlash - qaytarish yordamida berilga materialni mijoz tushunchasida integrasiya qilish.

Psixodinamik yo’nalishda asosan mustaqil asosiasialar, ko’chirish va Andjonlik reaksiyalarini taxlili, tush ko’rish taxlili hamda kutilmagan xatti-harakatlar taxlilini o’z ichiga olgan verbal usullardan iborat metodlardan foydalaniladi. Masalan, Freyd asosan katarsis metodidan, Yung faol tasavvur metodidan, Xorni hayot yo’llarini birgalikdagi taxlili metodidan, Sallivan psixiatrik intervyu metodlarini qo’llashgan.
Mazkur yo’nalish tamoillarini D.Uotson, B.Skinner o’z ishlarida asoslab berishgan. Bu yo’nalish namoyondalari mijoz muammolarini atrof muxit tasirga javoban yuzaga keladigan noadaptiv xulq-atvor shaklida ko’rib chiqadilar. Demak, noadaptiv xulq-atvorni maqsadga yo’nalgan ta’sir asosida ijobiy tomonga o’zgartirish mumkin degan fikrni ilgari surishadi.
Trening va boshqa kichik usullar.
Treningni tarkibi nimadan iborat? Bu savolga javob berishdan avval amaliy psixologning maqsad vazifalarini aniqlashtirish va tahlil qilish kerak bo’ladi. Albatta bu haqida ko’plab holatlar keltirilgan. Psixologning ta’limdagi vazifasi: psixologik yordam ko’rsatish, psixologik yordam berish, bolaning rivojlanishini optimal variantini yaratish va boshqalardir. Hamma yinalishlarda asosiy maqsadlar mavjud desak mubolag’a bo’lmaydi. Hamma psixologik faoliyatlarda bolaning rivojlanishi va uning hayotidagi ijobiy o’zgarishlarni tahlili mavjuddir. Bunda psixolog boladan uzoqroq faoliyatda turgandek ko’rinadi, unga uzoqdan yordam berayotgandek tuyuladi. Aynan kattalar va bolalar psixologning xuzuriga undan maslahat so’rashga boradilar. Ular muammolarga duch kelsalar psixologdan uning yechimini xal qilib berishlarini so’raydilar. Ular psixologdan nimalarni kutadilar?
Birinchidan, mijoz psixologdan o’zining qaror qabul qilishi uchun muhim bo’lgan psixologik ma’lumotlarni so’rashi mumkin, unda shu holatlarni amalgan oshirish uchun mustaqillik yetishmasligi mumkin. Pedagoglar va katta sinf o’quvchilarining asosiy beradigan savoli, bu: «Psixologlar bu haqida qanday fikr bilidiradilar?» Masalan, firma ishchisi psixologdan: «Men oxirgi vaqtlarda xamkasblarim bilan mojarolarga aralashib qolayapman. Janjalga aralashmaslik uchun nima qilishim kerak?» Bu holatlarda psixologning asosiy usullaridan biri bu mijozga ma’lumot berishdan iborat bo’ladi.
Ikkinchidan, mijoz psixologning faqat ma’lumot berishiga emas, balki uni ma’lum bir holatda vaziyatlarni aniqlashtirishga yordam kutishi mumkin, psixologik tashxis qo’yish, mijoz bilan birgalikda o’zgarishi kerak bo’lgan proektlarni ishlab chiqishini kutadi. Masalan bizning klientni quyidagilar qiziqtirishi mumkin. Masalan, «Men qanday qilib bizning bo’limimizdagi xamkasblarim bilan shaxslararo munosabatlarni yaxshilashim mumkin. Bu holatda psixologning asosiy usullaridan biri bu maslahat berish hisoblanadi.
Uchinchidan, mijoz psixologdan o’zining proektiga o’zgartirishlar kiritishida yordam berishini so’rashi mumkin, va ularni quyidagicha ifoda qilishi mumkin: «SHunday qilinki, menga yaxshi bo’lsin, menga yordam
bering!» Aytaylik psixolog ota va uning kichik farzandi o’rtasida dallol
bo’lishi talab etiladi. Hattoki bu ishga ijtimoiy himoya organlarini ham
jalb qilish talab qilinadi., masalan oilada bolaga nisbatan zo’rlik
holatlari kuzatilsa. Bu holatda psixologning faoliyati mijozning hayotiga
bevosita aralashish hisoblanadi. Va nihoyat to’rtinchidan, mtijoz u yoki bu muammodan qutilishniemas, balki bu muammoni o’zi yechishini xohlashi mumkin. Kutilayotgan natija esa quyidagidan iboratdir: «Hozir amalga oshira olmayotgan ishimni, o’zim bajara olishga imkoniyat berishingizni va o’rgatishingizni xohlayman. Faraz qilaylik bizning mijoz bizga quyidagilarni so’zlayapti: «Siz menga qanday qilib to’g’ri muomala qilishni o’rgatdingiz, biroq men buni hozir qila olmayman, siz menga shuni o’rgating!» Bunday holatda psixologning metodi sifatida mashqqilish usuli shakllanadi. SHundagina mijoz u yoki bu faoliyatga mashqlar orqali o’rganishi mumkin bo’ladi. Yuqoridagi holatlardan kelib chiqqan holda, mijozlarning talablariga ko’ra to’rtta asosiy holatni meta usul sifatida ko’rsatish mumkin, bu usullar psixologning asosiy usullaridan biri hisoblanadi, bular quyidagilardan iborat: 1) ma’lumot berish, 2) maslahat berish, 3) interventsiya (bevosita aralashish); 4) trening. Birinchi uchta meta usullar dolzarb muammolarni hao qilishda qo’l keladi va bundan ortig’iga harakat qilmaydilar. To’rtinchi meta usulni treningga kelsak, ularni asosiy farqi quyidagilarda ko’rinadi, u qatnashchilarning nafaqam muammolarini yechishga qaratilgan, balki kelajakda shunday voqeliklarni sodir bo’lishini oldini olishga ham qaratilgandir. Bunda mijozlar muammoni yechishga o’rganadilar. Treningni ichida ma’lumot berish, maslahat berish, interventsiya usullarini ham qo’llashi mumkin. Biroq bu usullar yetakchi bo’lmasligi lozimdir. Agar bu holat sodir bo’lsa, trening usul sifatida o’zining o’ziga xosligini yo’qotadi.
Hozirgi davrda kishilar orasida asabiylashish hollari avvalgi paytlardagiga nisbatan ancha ko’p uchrayotganligi va buning natijasida ko’pgina hayotiy muammolar vujudga kelayotganligi ko’pchilikni, ayniqsa keng jamoatchilikni, shuningdek aynan psixolog mutaxassislarni ham tashvishga solayotganligi bejiz emas. Aytish mumkinki bunday asabiylashish holatlari turli darajadagi zo’riqishlar natijasida vujudga kelmoqda.
Ayni kunlarda asabiylashish holatlari kuzatilayotgan quyidagi kishilar guruhini alohida ta’kidlab o’tish joiz:

Download 168,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish