4-Mavzu: Guruxiy psixologik konsultatsiyaning asosiy bosqichlari va guruxiy dinamika jarayonlari
Reja:
1. Guruxiy psixologik konsultatsiyaning asosiy bosqichlari.
2. Psixologik yordamga muxtoj guruxlar bilan ishlash.
3. Treningni tashkil etishda amal qilinadigan bosqichlar ketma-ketligi.
O’tgan asrning 50 yillariga kelib trening guruh bilan ishlashda eng qulay, tashkillashtirilgan usullardan biri hisoblanadi. Trening o’zida maxsus psixoterapevtik va psixokorrektsion usullardan tashqari o’zida, rolli o’yinlar, diskussion usullar, guruhiy qarorlar qabul qilishni o’z ichiga oladi, boshqacha qilib aytganda yangi malakalarni ishlatishda qo’llaniladi. Aynan trening boshqa psixologik usullar orasida kasbiy va shaxsiy insonlar ongini va zahiralarni aktuallashtirishni psixologik shartsharoitlarini yaratib beradi. Insonlarni hatti-harakatlarini o’zgartirish va dunyoga bhlgan munosabatini aniqlash imkoniyatini beradi. Treningni o’zi esa noaniqligicha qolaveradi. Illyustratsiya sifatida quyidagi voqeani misol keltirish mumkin:
Bir mashxur va tajribali psixologdan so’rashdi:
- Siz guruhingi bilan shug’illanayotganingizda ularni davolaysizmi?
- Albatta ha, - deb javob berdi
- Balki siz ularni shaxsiy rivojlanishida yordam berasizmi?
- Ha,-deb tasdiqladi u.
- Biroq stzning guruhingizga qatnashganlar sizning hech nima
demaligingiz haqida aytdilar-ku
- Bu ham to’g’ri
- Unda sizning samarali faoliyatingizning asosi nimada?
- Menga insonlar qiziqdir. Men ularning o’zgarish qobilimyatlariga
ishrnaman.
V.I.Slobodchikov va Ye.I.Isaevlar amaliy psixologiyada ikkita tushunchani ajratishadi: 1) amaliy psixologiya amaliy tartib intizom sifatida, uning asosi esa tabiiy ilmiy tipdagi psixologiyani tadqiq qilishdir; 2) amaliy psixologiya «umumiy psixologik tajriba sifatida» bunda asosiy tadqiqot psixikani tadqiq qilish emas balki psixika bilan ishlashdir (V.I. Slobodchikov, Ye.I. Isaev, 1995, s. 113—115). Trening boshqa tushuncha bilan ham tushuntirilishi mumkin. Birinchi holatda trening o’ziga xos tadqiqot usuli sifatida tahlil qilinadi, ular shaxslararo munosabatlarni yoki ijtimoiy fenomenlarni o’rganadi. Ikkinchi holatda esa trening amaliy ish sifatida tahlil qilinadi, bunda aniq insonlarning psixologik xarakteristikasi o’rganiladi. Trening tushunchasi va uning sabablari psixolog trener uchun va bu yerga yig’ilgan tinglovchilar uchun turlicha bo’lishi mumkin. Muammoli bo’ladi qachonki, trener va tinglovchilarning dunyoqarashlari boshqa-boshqa bo’lgan vaziyatlarda.
Treningda asosiy vazifa nima degan savolga javob berish uchun «trening» tushunchasini nimani anglatishini tahlil qilib olish maqsadga muvofiq bo’lar edi. Trening so’zi ingliz tilidan olingan bo’lib, mashq qilmoq tushunchasini anglatadi. Mashq qilishning asosi nimada? Mashq qilish vaqtida inson mashq qilishi mumkin bo’lgan harakatlarni amalga oshiradi. Masalan inson suzishni o’rganishi uchun u avval suvda tura olishni o’rganishi kerak, ularni quruq basseynda mashq qilishi juda g’alatidir. SHundan kelib chiqqan holda ba’zilarning so’zlariga e’tiroz bildirish o’rinlidir, ularning fikricha: «trening bu hayotning qandaydir modelidir, reallikni mashq qildirish usulidir, u haqiqiy hayotga o’xshaydi». Bu noto’g’ri qarashdir. Yashashni o’oganish uchun inson yashashi kerak. Demak trening qatnashchilar hayotining bir qismi bo’lib qolishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |