Guruhda bunday muammolarni hal etish uchun quyidagicha yo’l tutish mumkin:
agar guruh ishida og’ishlar ro’y bersa, guruhga muloyimlik bilan vaqt behuda ketayotganligini va berilgan topshiriqni bajarish yoki muammoni muhokama qilish lozimligini eslatish lozim;
muammo tug’dirayotgan ishtirokchi bilan alohida gaplashish kerak. Guruh qabul qilgan qoidalarga to’xtalib, keyin bir kishining xulq-atvori qolganlarga ham salbiy ta’sir qilishini tushuntirish lozim va undan keyingi mashg’ulotlarda guruh bilan hamkorlikda ishlashini so’rash kerak;
boshqalarning so’zini bo’layotgan ishtirokchiga shunday ogohlantirish berish mumkin: “Meni kechirasiz-u lekin sizga shuni eslatib qo’ymoqchiman — guruhning har bir a’zosi gapirish huquqiga ega va uning so’zini bo’lish kerakmas”;
agar biror ishtirokchining xulq-atvori va xatti-harakati ishlashga halaqit berayotgan bo’lsa, uni guruhning o’zida ochiqchasiga muhokama qilish kerak. Qilingan harakat yoki aytilgan gapni tanqid qilinadi, uning salbiy tomonini va guruh ishiga halaqit berganligini ko’rsatib beriladi, lekin hech qachon shu ishni qilgan yoki gapirgan ishtirokchining o’zini tanqid qilinmaydi;
mashg’ulot so’ngida guruhning o’zlashtirish darajasini muhokama qilish va bunda kimningdir hissiyotlariga tegib ketmaslikka harakat qilish lozim.
Guruhda ishlash. Quyida kichik guruhlarda mashg’ulot o’tkazishda nimalarga e’tibor berish lozimligi haqida ayrim tavsiyalarni havola etamiz.
Ishni 3 kishidan iborat bo’lgan guruhlar bilan ishlashdan boshlash maqsadga muvofiq. SHu usul bilan ishtirokchilardagi qo’rquvni yo’qotish osonroq kechadi.
Boshlovchining vazifasi — trening yopilishini yuqori hissiy to’lqinlarda yakunlash tadbirini tayyorlash va o’tkazish, har bir ishtirokchiga qulay sharoit yaratish, ularga birgalikdagi faoliyatlari uchun o’zaro tashakkur bildirishlariga imkon berish, ulardan bo’lib o’tgan trening samarasi haqida fikrlarini so’rash, hamda ishtirokchilarga nisbatan o’z moyilligini namoyon etish. Trening faoliyatini ishtirokchilarni u yoki bu harakatlarni o’zlashtirishga qaratilgan usuldir. Yangi faoliyatni o’zlashtirishda qanday shart-sharoitlar kerak bo’ladi? Demak, insonda quyidagilar bo’lishi kerakdin: 1) xohish (shu faoliyatga nisbatan); 2) bilish qanday amalga oshirishni; 3) qila olish shu faoliyatni. Psixologik treningga nisbatan bu quydagi vazifalarni amalga oshiririshi talab qilinadi. 1. Yangi faoliyatga nisbatan ijobiy munosabatlarni shakllantirish va motivlashtirish Sub’ektiv munosabatlar har xil shaklda kelishi mumkin. Munosabat esa faqat kerakli bo’lgan ob’ektlarga nisbatan paydo bo’lishi mumkin. Emotsional jabhalarda bu holalar hissiyotlar, xohish bilan ta’simrlanadi, ob’ektni tushunishda esa ma’no kasb etadi, shaxsning yo’nalishida qadriyat mavjud bo’ladi, xatti-harakatni boshqarishda ustanovka sifatida namoyon bo’ladi, ijtimoiy muhitga nisbatan dispozitsiya sifatida paydo bo’ladi. Trening qatnashchilarni shu hislatlarni egallab olish uchun mo’ljallangandir. Masalan kasbiy pedagogik o’zini o’zi anglash treningida psixologning vazifasi qatnashchi o’qituvchilarni o’z faoliyatini refleksiya qilishga o’rgatishdan iboratdir, ular o’zlarining xatti harakatlarini va o’quvchilar faoliyatni tahlil qila olishlari kerak bo’ladi. 2. Mijoz ko’rinish tizimlarini shakllantirish masalasi. Bu holatlarda tushnchalarnini shakllantirish haqida emas, balki ko’rinishlar tizimini shakllantirish haqida so’z yuritilmoqda. Trening dars emas, bunda bilimlarni chuqur egallash tushunchasi yo’qdir. Bu yyerda bilimlar va ko’rinishlarning o’rtasidagi farqlarni bilish darkordir. Bu holatda tasavvurlar asosiy o’rinni egallamaydi, insonnning xatti harakatlarini tahlil qilish yetakchi o’rinlarga qo’yiladi. Tasavvurlar insonlarning taqdirlariga juda kuchli ta’sir qilishi mumkin. Trener ba’zi vaqtlarda qatnashchilarning tasavvurlarini o’zgartirishiga yordam berishi uchun juda katta kuch sarflanishi kerak bo’ladi. Kasbiy pedagogik o’zligini anglash treningiga kelsak o’qituvchilar bu holatlarda o’z xatti harakatlarini tubdan ko’rib chiqishlariga to’g’ri keladi. Ular o’z pedagogik faoliyatilarini o’zgartirishlari ham talab qilinadi. 3. Bilimlarni shakllantirish masalasi. Bu treningdagi eng ko’p qaytariladigan va eng zarur bo’lgan masalalardan biri hisoblanadi. Bilimlar deganda bu holatda biz insonning ko’rinib turgan tasavvurlarini boshqarish qobiliyatini tushunamiz, ular ma’olum bir aniq vaziyatlarga, shart-sharoitlarga aloqador bo’lishi mumkin. Bilimlar uch xil ko’rinishda bo’lishi mumkin: texnologik, strategik va dispozitsion. Agar texnologik bilimlar bilim va malakalarni aniq bir vaziyatlarda ishlatish qobiliyati hisoblansa, strategik esa – o’zida mavjud bo’lgan holatlardan strategiyani ko’rinishini yaratishdir, dispozitsion esa ma’lum bir vaziyatlarni tanlab shu holatlarga nisbatan sub’ektiv fikrlarning mavjudligi hisoblanadi. Pedagogik faoliyatda bu bilimlar juda muxim bo’lib hisoblanadi. Kasbiy pedagogik o’zini anglash treningida trener qatnashchilar bilan birgalikda bu bilimlarni tahlil qilishga to’g’ri keladi, chunki ko’pgina pedagoglar bu bilimlarga ega emasligini ko’rishimiz mumkin. An’anaviy ta’limning jiddiy muammolaridan biri bu o’qishga bo’lgan diqqatning yetarli emasligi, bu bilimlar psixologlarni tayyorlashda ko’proq ishlatiladi. Psixologik fakulьtetni bitirgan talabalar ko’p gnazariy bilimlarga ega bo’lsalarda, ular ijodiy faoliyatga nisbatan qobiliyatsiz bo’lib hisoblanishadi, ular tadqiqot qila olishmaydi, va amaliy jihatdan ham foydali ish bilan shug’illana olishmaydi. Bunda ularga ijodiylik yetishmaydi dgb bo’lmaydi, balki muammoga duch kelgan mutaxassis, birinchi o’rinda yechimni o’z bilimlariga tayangan holda topishga intiladi, agar bu ma’lumotlarni tora olmasalar ular o’zlarini yo’qotib qo’ya boshlaydilar. Hech kim unga yangi texnologiyalarni yaratishni o’rgatmagan. Har xil texnologiyalar, har qanday vaziyatlar uchrab turishi mumkin. Mutaxassis strategiyalar haqida bilimlarga ega emas, u ma’lum bir strategiyalarning mavjudligini biladi. CHunki muallimlar ma’lum bir jihatlarini tahlil qilishlari mumkin, biroq texnikaviy holatlarini tahlil qilmaydilar. Demak xulosa qilishimiz mumkin. Trening faoliyatidan foyda olish uchun eng kamida mijoz quyidagilarni bilish kerak bo’ladi: 1) samarali muloqaot va muloqotning turlari haqidagi bilimlarga ega bo’lishi kerakdir; 2) muloqotda shaxsiy munosabatlarni har xil strategiya va texnologiyalarni shakllantirishi va o’ziga mosini tanlab olishi kerak; 3) aniq texnikalarni tanlashi har xil vaziyatlarda muomalaga kirishish yo’llarnini aniqlab olishi zarur; va nihoyat eng asosiysi boshqa qatnashchilar bilan muloqotda har xil vaziyatlarda o’zini tuta olishi kerak.