Nizomiy nomidagi TDPU “Tarix o’qitish metodikasi” fakulteti 302-guruh talabasi Qayumov Farrux ning
“SOHIBQIRON AMIR TEMUR” MAVZUSIDA BIR SOATLIK NA’MUNALI
DARS ISHLANMASI
Zamonaviy o’qituvchi yosh avlodga ta’lim tarbiya berish jarayonida “Fasilitator”(yo’l boshlovchi, o’rgatuvchi) vazifasini bajarishi zarur.Fasilitator o’qituvchi dars mashg’ulotining boshqaruvchisi, kuzatuvchisi va hulosalovchisidir.O’qituvchi o’z “fasilitatorlik” vazifasini bajarish bilan birga o’quvchilarni bilim olishga mustaqil fikrlashga o’rgatadi.Zero o’qituvchi o’zlashtirgan bilimlar orqali dunyoni taniydi.Zamonaviy o’qituvchi o’quvchilarni o’qitmaydi, ammo ularni o’qitishga o’rgatadi.
Bolaga nisbatan do’stona munosabatda bo’lgan maktabda
O’qituvchi nazoratga emas balki taraqqiyotga ko’maklashadi, o’quv jarayonini jonlantiradi.Darslik- bilim olish manbalaridan biri hisoblanadi.
O’quvchilarning o’rganish va ijtimoiy yo’nalishga oid imkoniyatlarini takomillashtiradi.
Bilim olishning interfaol usullari qo’llaniladi.
Bilim olishning turli yo’llari va usullari inobatga olinadi.
Buyuk bobolarimizning ma’naviy olami haqida fikr
yuritilganda Sohibquron Amir Temur haqida alohida
to’xtalishimiz tabiiydir.Chunki tengsiz azm-u shijoat,
mardlik va donishmandlik ramzi bo’lgan bu mumtoz siymo
buyuk saltanat barpo etib, davlatchilik borasida o’zidan ham ,
ham nazariy meros qoldiradi, ilm-u fan, madaniyat,
bunyotkorlik, din va ma’naviyat rivojiga keng yo’l ochadi.
V-sinf Tarixdan hikoyalar
Mavzu: Sohibquron Amir Temur
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O’quvchilar bu darsda sarkarda buyuk ,sohibquron, davlat arbobi Amir Temur haqidagi bilimlarga ega bo’ladilar.
Tarbiyaviy:O’quvchilarda Amir Temurning yurtni mustahkamlash, qudratli buyuk davlat qilib birlashtirganligi dunyoga taniqli davlatlar ham Amir Temur bilan yaxshi munosabat o’rnatishga harakat qilganligidan g’urur hissi paydo bo’ladi.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilar mustaqil , yurtni mustahkamlashga, uning obodonchiligiga har tamonlama rivojlanishiga hissa qo’shishga harakar qiladilar.
Darsdan kutilayotgan natijalar:
1.Yangilik
2.Hamkorlik
3.Ijodkorlik
4.Erkin fikrlash
5.Bunyotkorlik
Darsning oltin qoidasi:
T-tartiblilik
A-adolat, ahillik
R-raqobat, rostgo’ylik
I- ilmiylik, ijodkorlik
X- xotira
Darsning shiori:Bilm qaytarish va qaytarish mevasidir.
(Abu Rayhon Beruniy)
T/r
|
Darsning blok sxemasi
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
2 daqiqa
|
2
|
Siyosiy axborot
|
2 daqiqa
|
3
|
O’tilgan mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzu bayoni
|
10 daqiqa
|
5
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
15 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifani berish
|
3 daqiqa
|
7
|
O’quvchilarni baholash
|
3 daqiqa
|
2.Dars turi: interfaol
3.Darsning jihozi: rasnlar,tarqatmalar, darslik, krasvord.
4.Dars uslubi: ortiqcha so’ni top, Assistint tehnikasi, tarixiy diktant, klaster, oltin sandiq.
Tashkiliy qism:
a)Salomlashish
b)Sinf madaniyati va o’quvchilarning tashqi ko’rinishi
c)O’quvchilar davomatini rasmiylashtirish
d)Sana va mavzuni yozish, ichki muhitni yaratish
Dars rejasi:
Siyosiy savodxonlikni sinash
B)O’tgan mavzuni so’rash, mustahkamlash
Yakka va guruhlar bilan ishlash
Yangi darsni mustahkamlash
Fanlar aro bog’liqligi: iqtisod, matematika, geografiya,MIG’
O’tilgan mavzuni mustahkamlash:
O’tilgan mavzu:”Tarixiy diktant” bilan mustahkamlaymiz.
Xorazmshohlar davlatining so’ngi hukumdori, mohir sarkarda
Do'stlaringiz bilan baham: |