O’z-o’zini nazorat qilish savollari



Download 80,5 Kb.
bet1/3
Sana15.06.2022
Hajmi80,5 Kb.
#673999
  1   2   3
Bog'liq
3-Modul nazorat savollari (1)


O’z-o’zini nazorat qilish savollari:

1. Basketbolda musobaqa faoliyatining asosiy maqsadi


Basketbol o‟yinida har biri besh o‟yinchidan iborat ikkita jamoa qatnashadi.
Har ikkala jamoaning maqsadi raqib savatiga to‟p tashlash va boshqa jamoaning
to‟pni egallab olishiga hamda uni savatga tashlashga qarshilik ko‟rsatishdan iborat.
To‟pni uzatish, savatga tashlash, dumalatish yoki maydonda istagan tomonga
olib yurish quyida bayon etilgan qonunlarga rioya qilingan sharoitdagina mumkin.
O‟yin maydoni to‟g‟ri to‟rtburchak shaklida, yuzasi qattiq, yassi hamda
to‟siqlardan holi joy bo‟lishi kerak.
Olimpiada turnirlari va Jahon birinchiligi o‟yinlari uchun maydon o‟lchovlari
uzunligi 28m x 15m bo‟lishi va ular chegaralangan chiziqning ichki tomonidan
o‟lchanishi kerak.
Qolgan barcha musobaqalar uchun FIBAga tegishli strukturalar, masalan,
zonal hamda kontinental musobaqalarda zonal komissiya yoki ichki musobaqalar
uchun Milliy Federasiya mavjud o‟yin maydonlarining quyidagicha o‟lchovini
tasdiqlash huquqiga ega: o‟zgartirishlar bir-biriga proporsional bo‟lish sharti bilan,
4 m uzunligiga va 2 m eniga qisqartirish mumkin.
Barcha yangi qurilayotgan maydonlar FIBAning muhim rasmiy musobaqalari
uchun xos bo‟lgan talablarga mos, ya‟ni 28 m x 15 m bo‟lishi lozim.
Shift balandligi 7 m dan past bo‟lmasligi va etarli darajada yoritilgan bo‟lishi
zarur. Yorug‟lik manbalari o‟yinchilarga xalaqit bermaydigan joylarda o‟rnatilishi
shart.
2. Integral tayyorgarlikni ilg’or vositalari
O’yinchi maydon bo’ylab harakat qilish uchun yurish, yugurish, sakrash, to’xtalish, burilishlardan foydalanadi. Shu usullar yordamida u joyni to’g’ri tanlab olishi, uni ta’qib qilayotgan raqibdan uzoqlashishga (qochishga) va keyingi hujum uchun kerakli yo’nalishga chiqishi, boshqa usullarni bajarish uchun eng yaxshi, qulay dastlabki holatlarni egallashga erishishi mumkin. Bundan tashqari to’p bilan ajratiladigan ko’pgina texnik malakalarning harakatda va sakrab to’p tashlash va harakatlarning samaradorligi harakat paytida oyoqning to’g’ri ishlashiga va muvozanatni saqlashga bog’liq.
Yurish. Yurish o’yinda maydonda harakat qilishning boshqa usullariga nisbatan kamroq qo’llaniladi. Asosan undan qisqa fazalarda pozitsiyani almashtirish uchun yoki o’yin harakatlarining muddati susayganda, shuningdek, yugurish bilan qo’shilishidagi harakat tempini almashtirish uchun foydalaniladi. Odatdagi yurishdan farqli o’laroq, basketbolchi tizzada bir oz bukilgan oyoqlari bilan bir joydan ikkinchi joyga o’tadi, bu unga qo’qqisdan tezlanish uchun imkon beradi.
Yugurish. Yugurish o’yinda harakat qilishning bosh vositasi hisoblanadi. U yengil atletikadagi yugurishdan ancha farq qiladi. O’yinchi istalgan yo’nalishda, oldinga yoki orqasi bilan, har xil startga oud holatlardan maydon ichida tezlasha olishi, yugurish tezligi va yo’nalishini tez o’zgartira olishi kerak.

3. Texnika va taktikani o’zaro bog’liqligi


O’yin texnikasi – bu musobaqaning aniq vazifalarini muvaffaqiyatliroq hal qilishga imkoniyat beradigan usullar yig’indisidir. «Texnika usuli» termini ostida, deyarli bir xil o’yin topshirig’ini bajarishga yo’naltirilgan va to’zilishi bo’yicha o’xshash bo’lgan harakatlar sistemasi tushuniladi. U yoki bu usul qo’llaniladigan shart-sharoitlarning xilma-xilligi har bir usulni bajarish uslublarining shakllanishi va takomillashishiga qiziqishni kuchaytiradi.
Basketblchi yahshi natijaga erishmoqchi bo’lsa, u ko’p texnik usullarni egallagan bo’lishi, aniq sharoitga muvofiq keladigan usulni tez tanlay bilishi hamda ularni aniq bajara olishi lozim.
Shunday qilib, rivojlanishning har bir davrdagi sportchi texnikasi – bu o’yinchiga qoidalar doirasidan chiqmay, kurashning og’ir vaziyatlarida muvaffaqiyatli harakat qilishga imkon beradigan eng samarali, amalda sinalgan vositadir. Bir lahzada vujudga keladigan o’yin holatlarini eng yaxshi natijalarga erishish uchun, basketbolchi har xil texnik malakalar va usullarning hammasini egallashi, eng to’g’ri keladigan usulni yoki usullarni tanlay olishi, ularni tez va aniq bajarishi kerak.
Basketbol o’yini texnikasini bir tartibda o’rganish uchun tasnifdan foydalaniladi. 

4.O’yin faoliyatining bosqichlari


Jahonning kuchli erkaklar
jamoalari musobaqalarida o‟yindagi hamma to‟p otishlarning 70 foizgachasi huddi
shu usul bilan har xil masofalardan bajariladi, bu otishning bir qancha ko‟rinishlari
bor. Ularni masofaga qarab va himoyachining qarshi harakatining xususiyatiga
qarab tanlanadi. Namuna sifatida bu otishning o‟rta masofadan otish holatini tahlil
qilamiz.
Tayyorlov qismi: o‟yinchi to‟pni harakatda oladi va darhol o‟ng oyoq bilan
to‟xtatuvchi qadam qo‟yadi. So‟ng o‟ng oyog‟i yoniga chap oyog‟ini qo‟yadi,
tirsaklarini bukib to‟pni chap qo‟l bilan yuqoridan-yonidan ushlagan holda uni
o‟ng qo‟l bilan bosh ustiga olib chiqadi.
Asosiy qism: o‟yinchi ikkala oyog‟i bilan depsinib sakraydi, bunda gavda
to‟g‟ri halqa tomonga burilgan, oyoqlar biroz bukilgan. Sakrashning yuqori
nuqtasiga yetgan paytda o‟yinchi o‟ng qo‟lining oldinga-yuqoriga to‟g‟rilanishi
bilan to‟pni hamda barmoq panjalarining kuchli, lekin mayin harakati bilan
yo‟naltiradi. To‟pga teskari aylanma harakat beriladi. O‟ng qo‟l panjasining
harakati boshlangan paytda chap qo‟l to‟pdan olinadi
5.Trenerning asosiy vazifalari
Har bir jamoa tarkibida murabbiy
yordamchisi bo‟lishi mumkin. Agar jamoa biron bir turnirda uchtadan ortiq
o‟yinda ishtirok etadigan bo‟lsa, har bir jamoaning o‟yinchilari soni 12 tagacha
ortishi mumkin. O‟yin paytida har ikkala jamoadan beshtadan o‟yinchi maydonda
bo‟lishi kerak. Ular qoidalarga muvofiq almashishlari mumkin.
Agar jamoa a‟zosi maydonda bo‟lsa, u o‟yinchi bo‟lib hisoblanadi va o‟yinda
qatnashish huquqiga ega. Boshqa hollarda u zaxiradagi o‟yinchi bo‟lib hisoblanadi.
Agar hakam zahiradagi o‟yinchiga maydonga tushish uchun ruxsat bersa,
unda u o‟yinchiga aylanadi.
Har bir o‟yinchining ko‟krak va orqa tomonida raqami bo‟lishi kerak. Bu
raqamlar tushunarli va bir xil rangda, maykaning rangidan yaqqol ajralib turishi
zarur. Raqamlar aniq ko‟rinib turishi lozim: orqadagi raqamlarning balandligi
kamida 2 sm, ko‟krakdagi raqamlarning balandligi kamida 1 sm bo‟lishi shart.
Raqamlar uchun ishlatiladigan ashyoning eni 0,2 sm dan kam bo‟lmasligi kerak.
Jamoalar 4-chidan 15-chigacha bo‟lgan raqamlarni ishlatishlari lozim. Bir jamoa
o‟yinchilari takrorlanadigan raqamli maykani kiyib chiqishlari mumkin emas.
O‟yinchining sport kiyimi quyidagilardan iborat:
- bir jamoaning hamma o‟yinchilari old va orqa tomonlari bir xil va
umumiy rangda bo‟lgan maykalarni kiyishlari shart. Yo‟l-yo‟l maykalarni kiyish
man etiladi;
- bir jamoaning hamma o‟yinchilari bir xil va umumiy rangda bo‟lgan
shortik kiyishlari kerak;
- maykalar tagidan kalta yengli maykalar kiyish mumkin. Lekin kalta engli
maykalar kiyilsa, ularning rangi mayka rangiga mos bo‟lishi shart;
- kalta shim tagidan pastga chiqib turadigan ichki kiyim kiyilsa, uning
rangi kalta shim rangiga mos kelishi kerak.
Sardor zaruriyati tug‟ilganda maydonda o‟z jamoasining vakili bo‟lib
hisoblanadi. Bu qoidalarni izohlash bilan bog‟liq bo‟lgan savollar bo‟yicha yoki
kerakli ma‟lumot olish uchun hakamga murojaat qilish mumkin. Bu narsa
xushmuomalalik bilan qilinishi lozim. Sardor biron-bir uzrli sabab bilan
maydondan chiqib ketishdan oldin, katta hakamga o‟yinchilardan qaysi biri uning
o‟rniga sardor sifatida qolayotganligini ma‟lum qiladi.
Tartib bo‟yicha o‟yin boshlanishiga hech bo‟lmaganda 20 daqiqa qolganida
har bir murabbiy kotibga o‟yinda qatnashadigan o‟yinchilarning familiyalari va
raqamlarini, shuningdek jamoa sardori, murabbiyi va murabbiy yordamchisining
familiyalarini ma‟lum qilishi kerak.
O‟yin boshlanishiga 10 daqiqa qolganida murabbiylar o‟z o‟yinchilarining
familiyalari va raqamlarni tasdiqlaydilar va qaydnomaga qo‟l qo‟yadilar hamda
shu vaqtning o‟zida o‟yinni boshlaydigan 5 ta o‟yinchini belgilab qo‟yadilar. «A»
jamoasi murabbiyi shu ma‟lumotni birinchi bildirayotgan bo‟lib hisoblanadi.
Agar o‟yinchi o‟yin jarayonida o‟z raqamini o‟zgartiradigan bo‟lsa, unda bu
haqida kotib va katta hakamga ma‟lum qilishi zarur.
Bir daqiqalik tanaffuslar haqidagi iltimoslarni murabbiy yoki murabbiy
yordamchisi qilishlari mumkin. Agar murabbiy yoki murabbiy yordamchisi
o‟yinchini almashtirish kerakligi to‟g‟risida bir qarorga kelsalar, unda zahiradagi
o‟yinchi shu iltimosni etkazish uchun kotibga murojaat qilishi kerak va o‟yinga
darhol tushish uchun tayyor turishi zarur.
Agar jamoada murabbiy yordamchisi mavjud bo‟lsa, uning familiyasi o‟yin
boshlanishidan oldin qaydnomaga yozilgan bo‟lishi shart.
Agar murabbiy turli sabablarga ko‟ra o‟z vazifasini davom ettira olmasa,
bunda murabbiy yordamchisi murabbiy vazifasini bajaradi.
Jamoa sardori murabbiydek harakat qilishi mumkin. Agar u biron bir uzrli
sabab bilan maydondan chiqib ketishi kerak bo‟lsa, unda u murabbiy sifatida
harakatini davom ettirishi mumkin. Lekin, agar u qoidani buzganligi tufayli
o‟yinda qatnashish huquqidan mahrum etilgan bo‟lsa yoki og‟ir jarohatlanganligi
sababli murabbiylik vazifasini bajara olmasa, uning o‟rniga sardor sifatida o‟yinga
tushgan o‟yinchi uni murabbiy sifatida ham almashtirish kerak.
6. Taktik tayyorgarlikning asosiy xususiyatlari
Taktika – bu sport kurashi olib borishning usul va ko‟rinishlarini, tadbirlarini
o‟yinning rivojlanish qonuniyatlarini va aniq raqibga qarshi ularni ratsiyonal
qo‟llashni amaliy va nazariy jihatdan o‟rganadigan bo‟limdir.
Taktik tayyorgarlik avvalo har xil ko‟rinishdagi kombinatsiyalarni o‟rganishni
taqoza etadi. Kombinatsiya deganda, basketbolchilardan birining savatga hujum
qilish uchun sharoit yaratishga yo‟naltirilgan, aniq sistema chegarasida guruh yoki
jamoaning hamma o‟yinchilari tomonidan ilgaridan o‟rganilgan va o‟zaro
kelishilgan harakatlar tushuniladi. Bundan tashqari kombinatsiya, tipovoy o‟zaro
harakatlar, ularning uyg‟unligi va yig‟ilgan musobaqa tajribalari asosida
o‟yinchilar tomonidan ijodiy tuzilgan va amalga oshirilgan bo‟lishi mumk.
Basketbol taktikasi o‟yinini olib borishda qo‟llanadigan juda ko‟p vositalarga,
usullarga va sistemalarga boydir. Jamoalar hujumni yoki himoyani yakka, guruhli
va jamoa taktik harakatlari yordamida uyushtiradilar
7. Taktik tayyorgarlikda metodik harakatlarning vazifalari
O‟yinning asosiy mazmuniga muvofiq taktika hujum va himoya taktikasiga
bo‟linadi. Uning har bir bo‟limi o‟yinchilari harakatini tashkil qilish prinsipiga
qarab yakka, guruhli va jamoaliga bo‟linadi. O‟z navbatida, har bir guruh o‟yinni
olib borish ko‟rinishini hisobga olib, ko‟rinishlarga bo‟linadi (masalan, yakka
harakatlar, hujum davomida o‟yinchilarning to‟psiz harakati va o‟yinchining to‟p
bilan harakati ham bo‟lishi mumkin). O‟yin harakatlarining aniq mazmuniga qarab
ko‟rinishlar usullarga bo‟linadi. Bajarishning har xil xususiyatlarga ega bo‟lgan
usullar variantlarning paydo bo‟lishiga sabab bo‟lishadi. Masalan, markaziy
o‟yinchi orqali hujum qilish sistemasi pozitsion hujum qilish usullaridan biri
hisoblanadi. Bir vaqtning o‟zida tayangan markaziy o‟yinchilar sonini hisobga
olib, bu sistema uchta variantga ega bo‟lishi mumkin: bitta markaziy o‟yinchi
orqali, ikkita va uchta markaziy o‟yinchilar orqali hujum qilish.
8. Taktik tayyorgarlikning vazifalari
Har bir basketbolchi jamoada bajaradigan vazifasidan qat‟iy nazar, hujumda
katta faollik ko‟rsatishi lozim. Buning uchun u hujum usullarini puxta va malakali
egallagan bo‟lishi, o‟yin sharoitini diqqat bilan kuzatishi, aniq vaziyatga eng mos
pozisiya va harakatlarni tez xamda to‟g‟ri tanlay olishi kerak.

Download 80,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish