Joy tanlash va himoyachi taqibidan qutilish. To‟psiz hujum qilayotgan
basketbolchi to‟pni qabul qilish, to‟pli sherigiga himoyachini taqibidan ozod
bo‟lishida yordam berishi uchun maydonda ma‟lum pozisiyani tanlaydi. Joy
tanlash to‟htashlar, burilishlar bilan birga yo‟nalish malakalarini tezlik bilan
o‟zgartirib maydonda harakat qilish bilan bajariladi. Savatga tushmay o‟tayotgan
to‟pni ilish uchun joyni to‟g‟ri tanlash katta ahamiyatga ega.
Ko’rsatilgan usullardan tashqari chalg’itishlar. To‟p bilan harakat
qilayotgan basketbolchi eng avval himoyachidan qutilishga va savatga to‟p otishga
harakat qiladi yoki o‟ziga bir necha himoyachilarni diqqatini jalb qiladi va
himoyachidan bo‟shagan sherigiga to‟p uzatadi.
To’pni uzatish. Eng asosiysi taktik harakat bo‟lib, savatga hujum
uyushtirishning natijasi uzatishning yo‟nalishiga va o‟z vaqtida bajarilganligiga
bog‟liq. Basketbolchi uzatishdan oldin uning qaysi tomonga va qaysi
basketbolchiga uzatilishi lozimligini hal qilish bilan birga mavjud vaziyatda
yahshiroq samara keltira oladigan uzatish usulini va vaqtni tanlashi lozim.
To’pni yerga urib yurish. Bu to‟pli basketbolchining asosiy yakka joydan
joyga ko‟chish vositasi bo‟lib hisoblanadi. O‟yinning o‟zgaruvchan vaziyatini
kuzata bilish to‟pni yerga urib yurushda katta ahamiyatga ega.
Savatga to’p otish. Bu katta mas‟uliyat bilan bajariladi, chunki to‟p savatga
tushmasa, uni raqib egallab olishi mumkin. Basketbolchi har gal savatga to‟p
otishdan avval o‟zining va raqib jamoa basketbolchilarining maydonda
joylashishini, shchitga nisbatan o‟zining pozisiyasini hisobga olishi, qulay holatni
egallashi lozim.
9.. Taktik tayyorgarlikning metodlari
To’pli yoki to’psiz hujumchiga qarshi harakatlar turlicha, garchand, ikkala holda ham raqibning kuzatish va u bilan faol kurashish kerak.
To’psiz hujumchiga qarshi harakatlar. To’psiz hujumchini ta’qib qilganda, himoyachi:
a) hujumchiga savatga hujum qilish uchun qulay pozisiyaga chiqib ishga yoki shu pozisiyada to’pni qabul qilib olishga yo’l qo’ymaslik;
b) raqib hujumchisi yoki lideriga yo’naltirilgan to’pni olib qo’yish;
v) raqibning o’zaro harakat qilish uchun siljishlarga, ayniqsa maydonning o’rtasidan shit tomonga keskin qo’yiladigan blokirovkaga e’tibor bergan holda qarshilik ko’rsatish kerak.
Himoyachi o’zi ta’qib qilayotgan hujumchilar va o’zining savati ostida shunday joylashishi kerakki, bunda u hujumchini ham, to’pni ham ko’rishi lozim. Himoyachining hujumchiga nisbatan holati va ular orasidagi masofa har qanday aniq vaziyatga raqibning tezligi, bo’yi va og’irligi hisobga olingan holda aniqlanishi kerak. Raqibning markaziy o’yinchisini ta’qib qilayotgan himoyachi, u bilan qulay pozisiya va to’pni olish uchun kurashishi kerak. Markaziy o’yinchiga to’pni shitdan uzoqlashib, u qo’shimcha harakat qilgan holdagina to’pni egallashiga yo’l qo’yish mumkin. Agar u shitning yaqinida bo’lsa, himoyachi uning oldida to’pni uzatishiga halaqit berish uchun turadi.
To’pli hujumchiga qarshi harakatlar. To’pli hujumchiga qarshi kurashda himoyachi:
a) raqibga to’pni savatga aniq tashlash da yo’l qo’ymaslik;
b) raqibning shit tomonga o’tishiga (ayniqsa kuchli, odatda, o’ng tomondan);
v) to’pni xavfli yo’nalishda uzatilishiga (ayniqsa, jamoa lideri yoki markaziy o’yinchisiga, aniq otuvchi (snayperga) merganga halaqit berish);
g) to’pni egallab olishga yo’l qo’ymaslik;
d) raqibning oldindan tayyorlangan o’zaro harakatlanishiga yoki kombinatsiyalariga o’tkazish uchun qilayotgan harakatlarga halaqit berishishga erishish uchun harakat qilishi kerak.
O’zining raqibini ta’qib qilayotgan vaqtda maydondagi umumiy vaziyatni ham kuzatib turishi shart. Bu esa o’zgarib borayotgan holatni o’z vaqtida baholash va o’z sheriklari bilan muvaffaqiyatli o’zaro harakat qilish imkonini beradi.
10. Himoyadagi guruh harakatlari
Himoyadagi guruh harakatlari deganda o‟yin vaziyatida hujumchilarga qarshi
harakat uchun yo‟nalgan ikki yoki uch o‟yinchining o‟zaro harakati ko‟zda tutiladi.
Ikki o‟yinchining o‟zaro harakati usullariga straxovka qilish, o‟yinchi almashish,
sirg‟anib o‟tish, chekinish (sherigiga yo‟l berish); uch o‟yinchining o‟zaro harakat
usullariga maxsus tashkil etilgan ikki o‟yinchiga to‟qnashtirishga qarshi qaratilgan,
ikki basketbolchi qo‟ygan to‟siqqa qarshi harakatlar, “uchlik”, “kichik sakkizlik”,
“kesib chiqish”ga qarshi o‟zaro harakatlar kiradi. Shchitdan sapchigan to‟p uchun
qarshi taktika masalasi alohida ko‟riladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |