Metallarni kesish jarayonini modellashtirish bo’yicha
asosiy tushunchalar
Metallarni kesish (qirqish) juda murakkab jarayon bo‘lib, uning tarkibiga katta kontakt bosimi (>200 kgk/mm2) va temperaturalar (> 900° C) sharoitida deformatsiyalanishning yuqori tezliklari (> 103106 s’’)da sodir bo'ladigan mexanik, issiqlik, elektrik, diffuzion, adgezion va shunga o‘xshash fizik-kimyoviy hodisalar kiradi. Bunda asosan ishqalanish, plastik deformatsiya va metallning yemirilishi kuzatilib, ularni o'rganish elastiklik va plastiklik, o‘xshashlik, dislokatsiyalar va boshqa nazariyalarga asoslanadi. Plastik deformatsiyaning sodir bo'lish xarakteri va deformasion mustahkamlanish mexanizmi ishlov o'tayotgan detallar o‘lchamlarining aniqligi, sirt tozaligi va ishlangan yuza qatlamining sifatiga ta’sir ko'rsatadi.
Kesish jarayoni ideallashtirilgan fizik modellarda matematik analiz asosida o‘rganiladi. Qirindi hosil bo'Iish jarayonini tadqiq qilishda metallning deformatsiyalanish modelining ikki varianti koriiladi.
Zvorikin (1893-y), Ernst, Merchant va boshqa mualliflar tomonidan keng miqyosda o'rganilgan. Bu modelga binoan qirindining hosil bo'lishi keskich uchidan boshlanib, ishlanayotgan zagotovka erkin yuzasida yotgan nuqta orqali o'tgan tekislik bo'yicha plastik siljish natijasida sodir bo‘lib, bu tekislikning ikkala tomonida ham plastik deformatsiya bo‘lmaydi (3.3-rasm, a). Ikkinchi variant modeli Palmer-Oksli, Okushima-Xitomi kabi guruh mualliflari tomonidan taklif etilgan bo‘lib, bunda deformatsiyalanish zonasi siljish tekisligi chegarasida rivojlangan ko'rinishiga ega (3.3-rasm, b). Qirindi hosil bo‘lish zonasini kino va fotoapparatura yordamida kuzatish kesish sharoitiga qarab, metallning deformatsiyalanishi u yoki bu modelga yaqinlashib borishini ko‘rsatadi.
b) rivojlangan zonaga ega bolgan model;
1-zagotovka; 2-surilish tekisligi; 3-qirindi; 4-keskich; 5-surilish zonasi; 0-surilish (yorilish) burchagi.
Past tezliklarda boradigan kesishda, ayniqsa yumshatilgan holatdagi metallarni kesib ishlashda deformatsiyaning rivojlangan zonasiga ega chiqamiz modeli, yuqori tezliklarda kesishda esa surilish tekisligi bo‘yicha sodir bo‘ladigan deformatsiya modeli ko'proq real hisoblanadi.
Metallarni kesish sohasi bo'yicha tadqiqotchilar kesish jarayonining shunday analitik nazariyasini yaratish ustida ish olib boradilarki, bu nazariya oldindan tajribalar o'tkazmay kesish mexanizmini tushuntirish va eng muhim parametrlarni ko‘rsatib berish imkonini yaratsin.
Merchant o'tkazgan izlanishlar natijasida kesish kuchlari va FQ ning qiymatlari, shuningdek yorilish burchagi uchun ishqalanish koeffitsiyenti uchun n = ‘gp hamda urinma va normal kuchlanishlar (t,Dislokatsiyalar nazariyasiga asoslangan izlanishlar kesish jarayonini
metallaming atom tuzilishi darajasida tushuntirishga harakat qilib, plastik deformatsiyani deformatsiyalanayotgan metall kristall panjarasi chiziqli nuqsonlari — dislokatsiyalaming paydo bo‘lishi, harakatlanishi va o‘sishi natijasidir, deb hisoblaydi. Plastik deformatsiya va yemirilish jarayonini modellashtirish bir qator muhim natijalarga olib keldi.
Qirindilarning tasnifsi
A. Time barcha hosil bo'ladigan qirindilarni tashqi ko‘rinishi va tuzilishi bo‘yicha 3 asosiy turga bo'ladi:
Siniq qirindi (zinasimon, «elementli» qirindi)—plastikligi kam chiqamiz po‘latlami kesishda va kesilayotgan qatlamning qalinligi katta chiqamizda hosil bo‘ladi. Qirindining elementlari o'zaro bog‘langan, qirindining keskichga qaragan tomoni silliq yuzaga, tashqi tomoni esa tishchalarga ega.
Tutash yoki uzlo’qsiz qirindi - qirindi uzlo’qsiz tasma shaklida chiqib, uning ikkala yon yoqlarida plastik deformatsiyaning izlari mayda o‘tkir tishchalar shaklida qoladi. Bunday qirindi katta tezliklarda plastik metallarni kesishda hosil bo‘ladi.
Uvoq qirindi — mo‘rt metall (cho‘yan, bronza)larni kesishda hosil bo’ladi. Qirindi o‘zaro juda sust yoki umuman bog'lanmagan ayrim elementlardan iborat
3.4-rasm. Qirindining turlari.
Qirindi hosil bo‘Iishidagi plastik deformatsiyaga ishlov o'tayotgan materialning kimyoviy tarkibi, stro’qtura holati va mexanik xossalari, kesilayotgan qatlamning qalinligi, kesuvchi asbobning old yuzasi vaziyatni aniqlovchi old burchagi (y), kesish tezligi, qo‘llanilayotgan sovitish-moylash suyuqliklarining turi va boshqalar ta’sir ko'rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |