Kesish kuchlarini tajribada baholash
Kesish kuchlari uchun keltirilgan nazariy tenglamalar faqatgina P kuchining rejim, geometrik va fizik parametrlarga bog‘liqligini sifat jihatidan tahlil qilish imkoniyatini beradi va tajribada kesish kuchlarini miqdoriy ifodalash uchun noqulaydir. Amaliyotda kuchlami baholash kuchning tashkil etuvchilari Px, P va P: ni o'lchash yoki empirik formulalar bo‘yicha hisoblash orqali olib boriladi. Kuchlarni o‘lchash maqsadida qollaniladigan dinamometrlar turlicha tuzilishga ega bo‘lib, ularning quyidagi turlari mavjud:
-mexanik dinamometrlar (richagli va prujinali);
-elektrik dinamometrlar (sig'imli, indo’qsion, pyozokvarsli, simli qarshilik datchiklaridan tuzilgan tenzometrik);
-gidravlik (membranali va porshenli).
Shuningdek dinamometrlarning bir (P. ni o'lchash uchun), ikki va uch (Px, Py, P1ni o'lchash uchun) komponentli turlari bo'ladi.
0‘tkazilgan tekshirishlar asosida turli omillaming kesish kuchlariga ta’siri o‘rganilib, yo‘nish usuli uchun quyidagi ko‘rinishdagi hisoblash formulalari taklif etilgan:
Bu yerda:
Cp (yoki Cp, x (yoki Xp, u (yoki Yp, z(yoki Zp),w lar tajriba koeffitsiyentlari bo‘lib, ishlov berish sharoiti va materiallarning xos- salarini hisobga oladi;
Kpz- tajribadan farqli sharoitni hisobga oluvchi to‘g‘rilovchi koeffitsiyent;
t - kesish chuqurligi;
s - surish qiymati;
HB - ishlov o'tayotgan zagotovka materialining Brinnel bo‘yicha qattiqligi.
Barcha keltirilgan koeffitsiyentlar aniq mos tajriba natijalaridan yoki kesish rejimi bo‘yicha ma'lumotnomalardan olinadi. Kesish kuchining miqdori va uning o'zgarish xarakteriga quyidagilar katta ta’sir ko‘rsatadi:
-zagotovka va asbob materiallarining xossalari va stro’qtura holatlari;
-kesuvchi asbobning konstruksiyasi va geometrik parametrlari;
-kesish rejimi ;
-foydalaniladigan sovitish-moylash suyuqliklari (SMS) va ulami kesish zonasiga yetkazish usullari;
-kuchni qo'yish usuli va deformatsiya jarayonining xarakteristikasi;
-texnologik sistemaning bikirligi va boshqalar.
4.4 Kesish jarayonida quwat va energiya sarfining miqdori
Kesilayotgan qatlam materialini deformatsiyalash va buzish hamda uni qirindiga aylantirish uchun ma’lum miqdordagi energiyani sarflash va qandaydir ishni bajarish zarur bo‘ladi.
Kesish jarayonini to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshirish uchun sarf bo'ladigan quwatni effektiv quwat deb ataladi va harfi bilan belgilanadi. Agar ta’sir etuvchi kuch P va kesish tezligi v ning yo'nalishlari bir xil bo'lsa
N-60 Pv, kW.
Bu yerda P-kesish kuchi, kN;
v - kesish tezligi, m/min. yoki
P2V
Do'stlaringiz bilan baham: |