1-mavzu. Qirish. Asosiy tushuncha va ta’riflar reja



Download 1,25 Mb.
bet1/38
Sana28.10.2022
Hajmi1,25 Mb.
#857733
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
1-maruza uzb 3-62 (2)



1-MAVZU. QIRISH. ASOSIY TUSHUNCHA VA TA’RIFLAR


REJA:



  1. Fanning mazmuni va vazifalari.

  2. Metallarni kesib ishlash ishlov berishning texnologik usulidir.

  3. Konstruksion metallar va ularning kesib ishlanuvchanligi.



Tayanch so‘z va iboralar: 1. Fanni o‘qitishdan maqsad. 2. Mexanik ishlov berish. 3. Kesib ishlanuvchanlik. 4. Asbobsozlik materiallari.

    1. Fanning mazmuni va vazifalari.

Metallarni kesish (qirqish) nazariyasi asoslari, metall kesuvchi stanoklar va asboblar fanida kesish jarayonining asoslari, qirqib ishlash usullari va bunda qo'llaniladigan kesuvchi asboblar, metall kesuvchi stanoklarning zamonaviy konstruksiyalari, ularning texnologik imkoniyatlari va sozlash uslublari, shuningdek raqamli dastur bo‘yicha boshqariladigan oson qayta sozlanuvchan ishlab chiqarish stanoklaridan iborat modullarni, robotlashtirilgan texnologik komplekslar (RTK) va oson qayta sozlanuvchan avtomatlashtirilgan sistemalar (sexlar va zavodlar)ni yaratish masalalari o‘rganiladi. Mazkur fan­ning yaratilishi va rivojlanishiga I. A. Time (1870-y), K. A. Zvorikin, Ya. G. Usachev (1914-y), A. N. Chelyustkin (1925- y), A. N. Rezriikov (1930—1935-yy)., G.I. Granovskiy, Andrey Nartov (1712- y), A. V. Godolin (1877-y), N.S. Acherkan (Rossiya), F.Teylor (XIX asrning oxiri, AQSH),Genri Modeley (1878-y, Angliya) va boshqa tadqiqotchilar o‘z hissalarini qo‘shganlar.




    1. Metallarni kesib ishlash ishlov berishning texnologik usulidir.

Zagotovkalarga mexanik ishlov berish metall kesuvchi asboblar yordamida metall kesuvchi dastgohlarda amalga oshiriladi. Kesib ishlov berishda ishlov o‘tayotgan zagotovkaning ma'lum qalinlikdagi qatlami (qo'yi'ma, pripusk) kesib ajratiladi va qirindiga aylantiriladi. Bunda kesib olinayotgan metall kesish jarayonida plastik deformatsiyalanadi va yemiriladi.

Detallar ta’sir etuvchi kuchlarga qarshilik ko‘rsata olishi uchun mashinasozlikda qo'llaniladigan konstruksion metallardan tayyorlanadi.


Bunday metall va qotishmalar (po'lat, cho'yan, jez, bronza, aluminiy qotishmalari va boshqalar) ularning kimyoviy tarkibi va struktura holatiga bog‘liq chiqamiz turli mexanik xossalariga egadir. Keltirilgan ko‘rsatkichlar majmuasi

konstruksion materiallaming kesib ishlashga qarshiligini ifodalaydi.


Metallarning kesib ishlanuvchanligi qirindi hosil bo‘lishi, yangi yuzalarning shakllanishi va ishlangan yuzalar sifatini ifodalovchi jarayonlarning umumiy qonuniyatlarida o‘z aksini topadi. Barcha konstruksion metallar shartli ravishda ularning qiyosiy kesib ishlanuvchan­ligi bo‘yicha 4 guruhga bo‘linadi:

  1. oson ishlanuvchan (jezlar, bronza, aluminiyning deformatsiyalanuvchi qotishmalari, yumshoq cho‘yanlar);

  2. o‘rta darajada kesib ishlanuvchan (uglerodli va past legirlangan konstruksion po‘latlar, siluminlar, o'rtacha qattiqliqdagi cho‘yanlar);

  3. o‘rtadan pastroq darajada kesib ishlanuvchan (yuqori legir­langan martensit, martensit-ferrit, austenit-martensit sinfiga oid chiqamiz po‘latlar, qattiq cho'yanlar);

  4. qiyin ishlanuvchan (austenit sinfiga oid yuqori legirlangan konstruksion po‘latlar, issiqbardosh va kislotabardosh maxsus nikelferritli va nikelli qotishmalar, qiyin eruvchan qotishmalar).

Mexanik xossalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar, xususan, qattiqlik va mustahkamlik chegarasining ortishi bilan metallning kesuvchi asbobga ko‘rsatadigan qarshiligi ham o'sadi. Shu sababdan bu ko‘rsatkichlar kesish rejimini ifodalovchi parametrlar hisoblanadi.



Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish